Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
Ixlos, hurmat, intilish, tirishqoqlik obro‘ning uzviy zanjirlari 
hisoblanadi.

 
Ota-onalarning ijtimoiy muhitda, jamoatchilik o‘rtasida va 
oila davrasidagi samimiyligi va g‘amxo‘rligi ularga katta obro‘
keltirishi mumkin. 
Ulardagi samimiylik, g‘amxo‘rlik fazilatlari farzandlar ruhiy 
dunyosiga katta ta’sir etadi, ruhlanish, to‘lqinlanishi, shijoat, 
ehtirosni vujudga keltiradi. Ularning ibratli xislatlari, shaxsiy 
fazilatlari, irodaviy sifatlari, o‘z-o‘zini qo‘lga olish kabi jihatlari 
yigit va qizlar qalbida o‘chmas iz qoldiradi. Ota-onaga nisbatan 
ishonch, intilishi moyillik hamdardlik sifatlari shakllana boradi. 
Oilada ruhiy muhit, totuvlik mavjud bo‘lishi uchun ota-onalarda 
haqiqiy ma’nodagi nazokat hamda obro‘ mustahkam shakllangan 
bo‘lishi kerak. 
 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Tarbiya nazariyasi va uning usullari nimalardan iborat?
2. Milliy tarbiya nima? 
3. O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashi va taffakurni shakillan-
tirishning mazmuni nimalardan iborat? 


329 
4. Ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmunini izohlang. 
5. Huquqiy tarbiya mazmun mohiyati nimalardan iborat? . 
6. Iqtisodiy va mehnat tarbiyasining maqsadi va mazmunini 
yoritib bering. 
7. Ekologik tarbiyaning bosh vazifasi nimalardan iborat? 
8. Nafosat va jismoniy tarbiyaning vositalari nimalardan 
iborat? 
9. Oila – uning maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 
 
 
 
 
 
 
 


330 
 
IV BO‘LIM 
 
XII BOB. PEDAGOGIKA TARIXI 
 
1. Pedagogika tarixining bo‘limi maqsad va vazifasilari 
 
Tarixni unutgan xalq, jamiyat o‘z yo‘lini yo‘qotadi. Bunday 
xalq va jamiyatning kelajagi yo‘q. Axborot- kommuniqatsiya tex-
nologiyalari, matematika, fizika, kimyo, sanoat, menejment –bu-
larning hammasi kerak, albatta. Lekin, avvalambor tarixni bilish – 
bu hayotiy zarurat. Hayotni bilish, biz qaysi asrda yashayotga-
nimizni anglash bu hammamizning burchimiz. Ya’ni hayotdan 
oyog‘i uzilgan, real voqelikdan uzoqlashgan odam hech qachon o‘z 
maqsadlariga erisha olmaydi. Bugun yurtimizda kechagi kunni 
eslmaydigan, ajdodlarni, bobolarini yodga olmaydigan odamning 
o‘zi yo‘q, desam, adashgan bo‘laman. Dunyo tarixida qudratli 
saltanat yaratgan sohibqiron Amir Temur bobomiz, o‘z aql-
zakovati, ulkan ilmiy salohiyati bilan jahon tamadduniga beqiyos 
hissa qo‘shgan buyuk allomalarimsiz, aziz- avliyolarmiz bilan kim 
faxrlanmaydi deysiz? 2014 yil may oyida Samarqanda bo‘lib o‘tgan 
O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling