Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


 Eng qadimgi davrdan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
2. Eng qadimgi davrdan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va 
pedagogik fikrlar 
Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming 
yillar oldin yashagan bo‘lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni 
vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. 
Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanish, ancha 


333 
takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug‘chilik davriga 
kelib, xo‘jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni 
o‘z ichiga olgan davrgacha bo‘lgan tariximiz ota-bobolarimizning 
boy 
qadimiy 
madaniyatga 
ega 
bo‘lganligidan 
dalolat 
beradi.Ajdodlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan qadimiy 
madaniyati tarkibidan ta’lim-tarbiyaga oid merosi ham alohida 
o‘rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning 
bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, 
adabiyot va san’at namoyandalarining ijodiy merosi, san’at va 
adabiy asarlarning namunalari buning dalilidir. Ma’lumki, kishilik 
jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik 
jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki 
diniy e’tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi 
holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo‘ldi. Bu 
jarayon minglab yillarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ana shu davrda 
inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob 
qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan 
davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini 
tashkil etadi. Eng qadimgi kishilarga xos bo‘lgan xislatlar, ularning 
dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks 
etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o‘z 
ifodasini topgan. Ruhga sig‘inish (onimizm), ajdodlar ruhiga 
sig‘inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar 
yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning 
tafakkur dunyosi aks etgan. Ma’lumki, ibtidoiy kishilar mehnat 
faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh 
avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo‘lga qo‘ya olish 
borasidagi nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga 
zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni 
dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo‘lga qo‘yish negizida 
amalga oshirilgan bo‘lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy 
jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi. 
Dastlabki urug‘chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun 
kurashgan, mazkur davrda urug‘ning barcha a’zolari jamoa bo‘lib 
harakat qilganlar. Keyinroq kishilar mehnat faoliyatini jamoa 


334 
a’zolarining yosh jihatlariga ko‘ra quyidagi uch guruh asosida 
tashkil etganlar. 

 
bolalar va o‘smirlar; 

 
ijtimoiy hayot va mehnatda to‘la ishtirok etuvchilar; 

 
keksalar. 
Ibtidoiy jamiyatda bola o‘zi uddalay oladigan faoliyatning 
tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat 
qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan. Bu holat og‘ir sharoitda 
kechgan. o‘g‘il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi 
yumushlarni bajarsalar, qizlar, ayollar tomonidan bajariladigan 
mehnat sirlarini o‘zlashtirar edilar. Hech qayerda yozilmagan odat 
va an’analarga ko‘ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida ma’lum 
tajribalarga ega bo‘lardilar. Bola ma’lum tayyorgarliklardan so‘ng 
maxsus sinovlardan o‘tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish 
huquqini qo‘lga kiritar edi. Ushbu an’ana, ya’ni, bolalarni ma’lum 
yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshirish yaqin davrlargacha 
saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko‘zga tashlanadi. 
Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga 
dalalarni o‘lchash, suv toshqinlarining oldini olish, kishilarni turli 
kasalliklardan davolash usullariga oid bilimlarni berishga bo‘lgan 
ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mazkur ehtiyojni qondirish yo‘lidagi 
harakatning tashkil etilishi natijasida turli maktablar faoliyat yurita 
boshladi. Maktablarda asosiy e’tibor bolalarga og‘zaki bilimlar 
berish bilan birga ularda yozuv ko‘nikmalarining shakllantirilishiga 
qaratildi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo 
bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik qo‘shni mamlakatlardan kirib kelgan 
harflar yordamida yozish usuli paydo bo‘ladi va bu usul tez tarqala 
boshlaydi. 
Eng qadimgi davrlarda yo‘lga qo‘yilgan ta’lim-tarbiyaga oid 
qimmatli ma’lumotlarni biz yana xalq og‘zaki ijodi namunalari: 
afsonalar, qahramonlik eposlari, qo‘shiqlar, maqol va iboralarda 
ilgari surilgan g‘oyalardan ham olishimiz mumkin. Chunki xalq 
donishmandligining yorqin namunasi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodida 
xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya tajribalari umumlashgan. 
Ibtidoiy kishilarning tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlari, ular 


335 
tomonidan amal qilingan urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlari 
mazmuni xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri 
bo‘lgan afsonalarda ifodalangan. Afsonalarning qahramonlari 
yaxshilikning tantana qilishi uchun yomonlik hamda nurning 
muqarrar mavjud bo‘lishi uchun zulmat bilan kurash olib boradilar, 
yaxshilik va baxt-saodatga chulg‘angan o‘lkalarini yaratadilar. 
Aksariyat afsonalarning qahramonlarini inson sifatida gavdalangan 
xudolar tashkil etgan. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, 
o‘y-fikrlari, maqsad va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan 
afsonalarning ko‘pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar - 
“Avesto”, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarlari orqali 
ma’lumdir. 
Qadimgi miflarda kishilarning tabiiy ofatlar va yovuz kuch-
lardan saqlanish borasidagi dastlabki tasavvurlari tirik mavjudot 
boshiga falokat keltiruvchi tabiiy kuchlarga qarshi mardonavor 
kurashgan inson va uning xatti-harakatlari orqali ifoda etilgan.
Miflar asosida yaratilgan afsonalarning qahramonlari 
tomonidan olib borilgan harakatlar qahramonlik eposlarining 
yaratilishi uchun zamin hozirlagan. Qahramonlik eposlarida 
vatanga bo‘lgan muhabbat, erk va ozodlik uchun kurash, yurtining 
har bir qarich yerini asrash, qadrdon qabilasining farovonligi, 
to‘kin-sochinligini ta’minlash yo‘lida jonini fido etish, qabilaning 
sha’ni, sharafi, ori va nomusi uchun kurashish tuyg‘ulari tarannum 
etilgan. Zarina, Sparetra, To‘maris hamda Shiroq (Siroq)lar 
tomonidan ko‘rsatilgan yuksak vatanparvarlik na’munalari, Zarina 
va Striangey, Zariadr va Odatida muhabbatlari, mardlik va 
qahramonlik timsollari bo‘lgan Rustam va Siyovush (Xorazm-
Qang‘ eposi)larning jasoratlari to‘g‘risida hikoya qiluvchi 
epopeyalar shular jumlasidandir. Bizgacha yetib kelgan epik asar 
(afsona va rivoyat)larda asosan ajdodlarimizning yurt ozodligi, 
vatan ravnaqi va qabila farovonligi yo‘lida olib borgan kurashlari 
o‘z ifodasini topgan. qahramonlar vatanni va xalqni sevadi. Or-
nomusni muqaddas deb bilish, do‘st va safdoshlarga sadoqat, 
burchni yuksak darajada anglash, unga sodiqlik, vatan va xalqi 
uchun o‘z jonini qurbon etish, har qanday mashaqqatga bardosh 
berish, o‘z sevgi-muhabbati yo‘lida aziyat kechishga tayyorlik kabi 


336 
insoniy tuyg‘ular ularning asosiy xususiyatlaridir. Qahramonlik 
eposlarida ulug‘langan eng asosiy axloqiy xislatlari - jasurlik va 
mardlikdir. 
Jasurlik, kuchlilik va mardlik – qadimiy kishilarda tarkib 
topishi zarur bo‘lgan eng muhim fazilatlar sanalgan. Tarixiy 
shaxslarning hayoti va qahramonliklari borasida ma’lumotlar 
beruvchi rivoyatlar fikrimizning yorqin dalilidir. Ularda muayyan 
shaxs faoliyati, donishmandligi, qahramonliklari, tarixiy shaxs ega 
bo‘lgan axloqiy fazilatlar: nazokat, kamtarlik, aql-idrok, o‘zgalarga 
muhabbat, yorga vafo, sadoqat, baxt, odillik, odamiylik, oliy 
himmatlilik va mehnatsevarlik kabilar ulug‘langan. 
Qadimgi ajdodlarimiz insonga xos jasurlik, adolat, sadoqat va 
insoniylik kabi xislatlarni qadrlaganlar. Bu xislatlar insonda o‘z-
o‘zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyat hayotida ro‘y bergan 
o‘zgarishlar, ibtidoiy urug‘chilik davrida qaror topgan turmush 
tarzi insonda ana shunday xislatlarning shakllanishini taqozo etgan. 
Eng qadimgi qo‘shiq va lirik she’rlarda jasurlik, adolat, sadoqat va 
insoniylik kabi xislatlar tarannum etilgan. Bunday qo‘shiq va lirik 
she’rlar XI asrda yashagan ulug‘ olim Mahmud Qoshg‘ariy 
tomonidan yaratilgan “Devonu-lug‘atit-turk” asari orqali bizgacha 
yetib kelgan. 
Turkiy xalqlarning tarixini yorituvchi qadimgi manbalarda 
pand-nasihat va o‘gitlar etilgan asarlar ham ko‘plab uchraydi. Ana 
shunday asarlar jumlasiga Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu 
lug‘atit-turk” asari ham kiradi.
Asarning mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi manbalarning 
aksariyatida Mahmud Qoshg‘ariyning qo‘shiqlarni xalq orasidan 
yiqqanligi ta’kidlanadi. Aziz Qayumov esa bu she’r parchalarining 
asl nusxasida o‘sha davrda mavjud bo‘lgan badiiy ijodga nisbatan 
yuksak talabchanlik aniq sezilib turishi, she’rlarni yaratgan 
shoirlarning juda ma’lumotli ekani, chuqur bilim va nafis badiiy 
didga ega ekani xususidagi fikrlarni qayd etadi va pand-nasihatga 
oid qo‘shiqlarni alohida guruhga ajratib, ularni tarjima qilib, 
mazmunini tahlil etadi. 
Pand-nasihat janridagi asarlarning mazmunida asosiy o‘rinni 
ilm olishga undash, uning foydalari, ilm ahlini hurmat etish 


337 
to‘g‘risidagi fikrlar egallaydi. Yoshlarga ilmli kishilarga 
yaqinlashish, ulardan o‘gitlar olish maslahat beriladi: 
O‘g‘lim, senga qoldirdim o‘git,
Unga amal qil. 
Olimlarga yaqinlash, bahra olgil, 
Tutib dilo‘ (3-t. 445-bet).
Demak, o‘g‘ilga nasihat qilgan ota bilimli kishilardan yaxshilik 
kelishiga ishonadi, ammo ularning fikrini eshitibgina qolmay, 
amalda unga rioya etish lozimligini ham uqtiradi. 
O‘gitlarda ilm-ma’rifat hamda muayyan hunar borasidagi 
ko‘nikmalarning ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat 
qilishiga erishish kerak deyiladi. 
Ilm o‘rganish yo‘lida aziyat chekkan, mashaqqat tortgan 
kishigina uni to‘laqonli o‘zlashtira olishi, kasb-hunar sirlarini 
mukammal egallashi mumkin, deydi. Bilimli, yuksak fazilatga ega 
bo‘lgan kishilar hayoti doimo mashaqqatli kechadi. Umr bo‘yi ilm 
va hunar asoslarini o‘zlashtirgan olim va fozillar hayoti ham bir kun 
kelib poyoniga yetadi. Bilimlarining ko‘lami ortib, yuksak orzu-
istaklari amalga oshayotgan bir paytda insonning umri tugaydi. 
“Devonu-lug‘atit-turk” asarida insoniy fazilatlarning yana biri 
- xushxulqlik alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bilim va hunar egasi 
bo‘lish, ezgulik, yaxshilik yo‘lida hamda umum manfaati uchun 
mehnat qilish xushxulq insonga xos fazilat ekanligini alloma 
alohida qayd etib o‘tadi:
Ulug‘liging oshsa agar,
Xushxulq bo‘lg‘il.
Bek yonida xalq uchun 
Xo‘b ish qilg‘il (1-t. 95 bet).
Kishilar o‘rtasida totuvlik, o‘zaro ahillikning yuzaga kelishi 
yurtning farovon bo‘lishi, odamlarning to‘kin-sochin yashashining 
asosiy omili ekanligiga alohida urg‘u berar ekan, alloma mazkur 
fikrlarni quyidagicha ifodalaydi: 
Qo‘ni-qo‘shni qarindosh 
Ko‘rsin sendan yaxshilik. 
Ne-ne sovg‘a qilishsa, 
Yaxshirog‘in qil tortiq (1-t. 137 bet). 


338 
Ushbu pand-nasihatlar she’rlarning amaliy hayot bilan uzviy 
bog‘langanidan dalolat beradi. 
Mol-dunyo to‘plashga nisbatan yuzaga kelgan hirsni shoir 
xuddi tog‘dan kelayotgan selga o‘xshatadi. Molu-davlat yig‘ish 
hirsiga berilgan kishi sel ostida qolgan toshdek chilparchin bo‘ladi, 
deyiladi: 
Mol yig‘ishni sel kelish deb hisobla, 
Mol egasin tosh kabi yumalatar (3-t. 69 bet). 
Shu bois aqlli inson bunday xavf ro‘y berishining oldini olishi, 
atrofdagilarning nazaridan qolmasligi lozim. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ta’lim-tarbiyaga oid pand-
nasihatlarga boy she’rlar turmush tarzining turli tomonlarini 
yoritishga xizmat qiladi. She’rlarda ilgari surilgan g‘oyalardan yana 
biri inson hayotining abadiy emasligi, shu sababli imkon qadar 
kishilarga yaxshilik qilish lozimligi, yoshlik kuchi va husniga 
ishonish suvga suyanish bilan barobar ekanligi alohida ta’kidlanadi. 
Demak, eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda ifoda etilgan va 
qadrlangan xislatlar - jasurlik, mardlik, adolat, sadoqat, insoniylik, 
xushmuomalalikdan iborat bo‘lgan. Tabiiyki, ushbu xislatlar 
insonda o‘z-o‘zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyat hayotidagi 
o‘zgarishlar, ibtidoiy urug‘chilikka asoslangan turmush tarzi 
insonning ana shunday xislatlarga ega bo‘lishini taqozo etgan. Ikki 
katta kuch - yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurash 
insonda yuqorida qayd etilgan xislatlarning bevosita shakllanishiga 
turtki bo‘lgan. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling