Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
Nazorat uchun savol topshiriqlar. 
 
1. IX-XII asrlarda ta’limiy-axloqiy asarlarning paydo bo‘lishi 
shart-sharoitlari. 


391 
2. Ta’limiy-axloqiy asarlar mazmunidagi o‘xshash va farqli 
tomonlarni aniqlang. 
3. Ta’limiy-axloqiy asarlarda ifodalangan komil insonga xos 
xislatlar jadvalini tuzing.
4. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida nimalar 
haqida fikr bildirilgan? 
5. Inson kamoloti haqida “Qutadg‘u bilig” asarida nimalar 
ilgari surilgan? 
 
 
 


392 
 
XVI BOB. XIV-XVI ASRLARDA TARBIYA, MAKTAB VA 
PEDAGOGIK FIKRLAR 
 
1. Sohibqiron Amir Temur (1336‒1405) 
Amir Temur Ko‘ragon ibn Amir Tarag‘ay Kesh (Shahri-
sabz)ning Xo‘jailg‘or (hozirgi paytda bu qishloq Yakkabog‘ 
tumaniga qarashli) qishlog‘ida 1336 yilning 9 aprelida tavallud 
topgan. Uning otasi Amir Tarag‘ay o‘ziga to‘q, badavlat kishi 
bo‘lgan. Onasi Tegina Begim esa buxorolik taniqli olim 
Ubaydullohning qizi bo‘lgan. 
Temur 7 yoshidan bilim olishni boshlaydi. U yosh bolalik dav-
ridan boshlab mard, dovyurak, jasur bo‘lib o‘sadi. Harbiy san’atni 
mukammal egallaydi. Qur’oni karimni yod oladi, hadis ilmini 
o‘rganadi. Dunyoviy bilimlarga ham ega bo‘ladi. Shuning uchun 
ham iymon-e’tiqodli, halol pok, aql-zakovatli, o‘z e’tiqodiga 
mustahkam rioya qiladigan, adolatli inson bo‘lib yetishadi. 
Amir Temur o‘z davlati qudratini yuqori ko‘tarib dunyoga 
tanitadi. 
Amir Temur johillik, yovuzlikni, zo‘ravonlikni yoqtirmas, 
insonparvar, adolatli hukmdor edi. Masalan, “Temur tuzuklari” 
hukmdorning hokimiyatni boshqarish qoidalari hamda odob-axloq 
me’yorini belgilab beruvchi yo‘riqnomadir. Taniqli olim Bo‘riboy 
Ahmedov “Temur tuzuklari” podsholarning turish-turmush va 
axloq-odob normalarini belgilovchi risoladir, deb ta’riflaydi. 
Haqiqatan ham, mazkur asarni turmush odobi, hulq-odob qoidalari 
tartib berilgan an’anaviy asarlar qatoriga qo‘ysak bo‘ladi. Zero, 
tarixan ta’limiy-axloqiy asarlarning barchasida ham dastlab 
davlatni boshqarishga oid qarashlar, so‘ng axloq me’yorlari bayon 
etiladi. Shunga ko‘ra bu asardan ta’limiy-axloqiy asar sifatida 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Amir Temur bu asarida insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolat-
lilik, vatanga sadoqat, jasorat, to‘g‘rilik, do‘stlik va hamkorlik, 


393 
mehr va muruvvat ko‘rsatish, sabr-qanoat, yaxshilik kabi xislatlarni 
ulug‘laydi va xiyonat, bevafolik, sotqinlikni qoralaydi. Hayotda 
“rosti-rusti” qoidasiga rioya etgan, Amir Temurning o‘zi 
naqshbandiylik tariqatidagi “Dil ba yoru, dast ba kor” tamoyiliga 
ko‘ra ish tutib, Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr Forobiy, Jaloliddin 
Davoniy va boshqalar tomonidan targ‘ib etilgan va haqiqiy komil 
inson, adolatli hukmdor uchun zarur bo‘lgan quyidagi o‘n ikki 
qoidani o‘ziga yo‘riq qilib olganini ko‘ramiz:
– Har yerda va har vaqt islom dinini quvvatlash;
– davlat va saltanatni boshqarishda o‘n ikki tabaqa, toifadagi 
kishilarga tayanish;
– dushman bilan kurashda maslahat, kengash, tadbirkorlik 
bilan ish ko‘rish, faollik, hushyorlik, ehtiyotkorlik ko‘rsatish, 
saltanat ishini yurg‘izishda murosay-u madora, muruvvat hamda 
sabr-toqat bilan ish ko‘rish;
– davlat ishlarini yurg‘izishda davlat qonun-qoidalariga 
qat’iy rioya qilish; adolat va insof bilan ish yuritish;
– sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqil-u donolar, muhandislar, 
tarixchilarni izzat-hurmat qilish;
– azm-u jazm bilan ish ko‘rish (aytganiga rioya etish), 
buzuqchilikning oldini olish;
– fuqaroning axvolidan ogoh bo‘lib turish;
– barchaga hurmat-e’tiborda bo‘lish, yaxshilik, muruvvat, 
ehson, izzatu ikrom, haqqini ado etish
– farzandlar, qarindoshlar, oshnolar va do‘st birodarlarni 
doimo yodda tutib, ular bilan yaqin aloqada bo‘lish;
– sipohiylarni hurmat etish va ularga g‘amxo‘rlik qilish. 
Ko‘rinib turibdiki, Amir Temur mazkur talablarga rioya 
etgani tufayli uning saltanati rivoj topdi, fan va madaniyat taraqqiy 
etdi, davlatining nufuzi oshib, nafaqat Sharqda, balki G‘arbda ham 
mashhur bo‘ldi.Bu o‘n ikki qoidaga rioya qilishdan tashqari, Amir 
Temur o‘zining hayoti tamoyillari haqida shunday degan: “Men o‘z 
hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qo‘ydim va 
hamishalig‘ ularga amal qildim, ular ushbulardir: 
Alloh — ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig‘insang, 
istagan murodu maqsadingga yetkazadi


394 
tafakkur — fikrlash va mushohada qobiliyati; 
qilich — ul yigitning yo‘ldoshi, el-yurt osoyishtaliginining 
posboni, har qanday dushmanni mahv etish quroli, aning qudrati ila 
dinsizlarni dinga solmoq mumkin; 
iymon — ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turuvchi 
xususiyatdir. Imonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug‘lari, 
elu-xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat 
biladi; 
kitob (bitik) — barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql 
idrokning, ilm-u donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi 
murabbiydir». 
Demak, Amir Temur hayoti va faoliyatida o‘zi qat’iy rioya 
etgan, haqiqiy yetuklik belgisi sanalgan din, iymon, aql bilan ish 
yuritish va ilmga e’tiqodni boshqalarga ham tavsiya etgan hamda 
avlodlarni ham shu ruhda tarbiyalashga e’tibor bergan. Amir Temur 
zamonida musiqa, badiiy adabiyot, rassomlik san’ati rivoj topib, 
yoshlarga she’r yozish, rasm chizish, musiqa asboblarini chalish, 
kitobxonlik, lison ilmi, husnixat o‘rgatilar edi. Bu san’at turlari 
o‘sha davr tarbiyasi tarkibiga kiritilgan edi. Sohibqironning buyuk 
saltanatida ijod qilgan shoirlar, rassomlar, mashshoqlar va 
boshqalar buning yaqqol dalilidir. Bu davrda katta shahar hunar-
mandlari ham ashula, raqs, suxandonlik bilan shug‘ullanganlari 
haqida Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida qayd 
etilgan. Amir Temur jismoniy tarbiyaga ham katta e’tibor bergan. 
Sharqda dilovarlik tarbiyasi, ya’ni yoshlarda mardlik, jasurlikni 
tarbiyalash asosiy masalalardan sanalgan. Yigitlar bolalikdan 
merganlik, chavandozlik, suvda suzish, ovchilik, qilichbozlik, 
shaxmat o‘yini kabilarni mohir murabbiylardan o‘rganib, bu borada 
mashq qilar edilar.
Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning buyuk davlatchilik 
siyosati — mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish bilan 
birga tarix oldida ma’rifiy xizmatlari ham beqiyos. Uning ta’lim-
tarbiyaga oid o‘gitlari, tutgan siyosati hozir ham o‘z qiymatini 
yo‘qotmagan. 
Amir Temurning ta’lim-tarbiyaga oid ishlari, qarashlari hozirgi 
barkamol insonni shakllantirishda katta rol o‘ynaydi. 


395 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling