Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

2. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek 
Ulug‘bek 1394 yilning 22 martida Eronning g‘arbidagi 
Sultoniya shahrida bobosi Sohibqiron Amir Temurning harbiy 
yurishi paytida tavallud topdi. U Shohruh Mirzoning to‘ng‘ich 
o‘g‘li bo‘lib, unga Muhammad Tarag‘ay ismi berildi. Lekin uni 
bobosi alohida mehr bilan “Ulug‘bek” deb atayvergani uchun 
uning asosiy ismi Ulug‘bek bo‘lib qoladi va jahonga ana shu nom 
bilan shuhrat tarqatadi. Ulug‘bekning otasi Shohruh Amir 
Temurning uchinchi o‘g‘li bo‘lib, Xuroson hukmdori, ma’rifatli, 
ilm-fanga qiziqqon shoh edi. Onasi Gavharshodbegim ham o‘z 
davrining oqila, bilimdon ayollaridan hisoblanardi. 
... “Taqdir bu ulug‘ zotning zimmasiga behad ulkan va 
mashaqqatli vazifalar yukladi. Buyuk sarkarda amir Temur bunyod 
etgan saltanatning vorisi bo‘lishdek mislsiz sinov aynan unga nasib 
etdi”.
1
Ulug‘bekning bolalik yillari bobosi Temurning harbiy 
yurishlarida o‘tdi. Garchi Ulug‘bek tug‘ilganda biroz zaif bo‘lgan 
bo‘lsa-da, harbiy yurishlar davrida chiniqdi. 
Amir Temur nabirasi Ulug‘bekning o‘tkir zehnli, aqlu farosatli 
bo‘lganligi uchun juda sevardi. “Ko‘zimning nuri, saltanatimning 
umidli niholi”, deb erkalatardi. Biroq, Ulug‘bek Mirzo nozik bo‘lib 
o‘sdi. Buning ustiga ko‘p vaqtini kitob mutolaa qilish bilan 
o‘tkazar, davlat ishlariga rag‘bati yo‘q ko‘rinar edi. Ulug‘bekning 
tarbiyasi bilan buvisi Saroy Mulk xonim shug‘ullanib, sevimli 
nabirasiga o‘quv-yozuvni o‘rgatgani, tarixiy mavzularda hikoya va 
ertaklarni so‘ylab bergani uning hayotida o‘ziga xos maktab bo‘ldi. 
1405-1411 yillarda, o‘sha davrning qonun-qoidalariga binoan 
amir shoh Malik yosh mirzoga otabegi bo‘lib tayinlangan. Otabegi 
Ulug‘bekka asosan harbiy va siyosiy tarbiyadan ilm 
o‘rgatgan.O‘rta asrlardan saqlanib qolgan kitoblarda ma’lum 
bo‘lishicha, saltanatga vorislar davlatni boshqarishda muayyan 
tartib-qoidalar bayon qilingan qo‘llanmalar asosida tayyorlangan. 
1
И.А.Каримов. Истиқлол ва маънавият. Тошкент, «Ўзбекистон», 1994 й., 96-бет.


396 
Shulardan biri Shahzodalar va Xonzodalar bilishi zarur bo‘lgan 
“Suluk ul-muluk” (Podshohlarga qo‘llanma) kitobidir. 
Ulug‘bek ham an’anaga ko‘ra mazkur kitobni mukammal 
o‘rganar va unda ko‘rsatilgan davlatni idora qilish san’ati ‒ turli 
lavozim egalarini tayinlash, soliq to‘plash, ruhoniylar, mansab-
dorlar hamda boshqa yurtlardan kelgan elchilarni qabul qilish, 
xayru sadaqa berish kabi tartib-qoidalar bo‘yicha ko‘nikmalarni 
egallaydi. 
Ulug‘bek yoshligidan ko‘p kitoblarni mutolaa qiladigan bo‘lib, 
u ayniqsa, matematika, astronomiya ilmlariga qiziqdi. 
U bobosining xos munajjimi mavlono Badriddin bilan ko‘p 
vaqtini o‘tkazar, undan hisob va taqvimdan dars olar, ba’zi 
kechalari, qor tinib osmon yorishgan paytlarda yulduzlarning o‘rni 
va harakatini kuzatish bilan mashg‘ul bo‘lar edi. 
1411 yilda 17 yoshli Ulug‘bek Mirzo Movarounnahr va Turkis-
tonning hokimi etib tayinlanishi Temuriylar xonadonida 
Ulug‘bekning mavqei naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. 
Ulug‘bek hokim bo‘lgach, bobosidan farqli o‘laroq harbiy yurishlar 
bilan qiziqmadi. Aksincha, u o‘rta asrlardagi boshqa hokimlardan 
o‘zgacha yo‘l tutdi, ko‘proq ilm-fanga moyil edi.
Samarqanddagi madrasa qurilishi 1417 yili boshlanib, uch yilda 
qurib bitkaziladi. Tez orada Ulug‘bek madrasaga mudarris va 
olimlarni to‘play boshlaydi va shu tariqa uning falakiyotshunoslik 
maktabi shakllanadi. Bu maktabning asosiy mudarrislari ilmiy 
ishlarga qulay sharoit va panoh izlab Temur davridayoq 
Samarqandga kelgan Taftazoniy, Mavlono Ahmad va Qozizoda 
Rumiy kabi olimlar edi. Qozizodaning maslahati bilan Ulug‘bek 
otasining mulki Xurosonning Koshon shahridan G‘iyosiddin 
Jamshid Koshiyni chaqirtirdi. Shunday qilib, Movarounnahrning 
turli shaharlaridan va Xurosondan to‘plangan olimlar soni 1417 
yilga kelib 100 dan ortib ketdi. Ular orasida adiblar, muarrixlar, 
xattotlar, rassomlar, me’morlar bor edi. Lekin yulduzshunoslik va 
riyoziyot sohasidagi olimlar sharafliroq va obro‘liroq edi. Ular 
orasida Qozizoda va Koshiy eng salobatli va nufuzli edilar. 
1420 yili Samarqand madrasasining tantanali ochilishi bo‘ldi. 
Manbalarda qayd etilishicha, “madrasa binosi bitishiga 


397 
yaqinlashganda, bu yerga to‘plangan adabiyot, san’at va fan 
namoyandalari Ulug‘bekdan madrasaga kimni mudarris etib 
tayinlamoqchisiz, deb so‘rashganda, Ulug‘bek, barcha fanlardan 
xabardor biror odamni qidirib topaman, deb javob bergan. Shu 
yerda g‘ishtlar orasida oddiy kiyimda o‘tirgan mavlono 
Muhammad Ulug‘bekning bu gapini eshitib qolgan va shu onda 
o‘rnidan turib, bu vazifaga men loyiqman, degan. Shundan keyin 
Ulug‘bek uni imtihon qilib, uning chinakam bilimdon odam 
ekanligiga ishonch hosil qilgan va uni hammomda yuvintirib, 
yaxshi kiyintirish to‘g‘risida buyruq bergan. Madrasaning ochilish 
kunida mavlono Muhammad mudarris sifatida ma’ruza o‘qigan; 
Mavlono Muhammadning olimlardan 90 kishi ishtirokida qilgan 
ma’ruzasini Ulug‘bek bilan Qozizoda Rumiydan boshqa hech kim 
tushuna olmagan. Chunki bu ma’ruza haddan tashqari ilmiy 
jihatdan kuchli va murakkab masalalarni o‘z ichiga olgan edi.” 
Bu yerda tilga olingan Qozizoda Rumiy (Salohiddin Musa bin 
Mahmud) mashhur matematik va astronomdir. U Ulug‘bek 
madrasasining dastlabki mudarrislaridan biri edi. G‘oyat bilimli bu 
olimni zamondoshlari “o‘z davrining Aflotuni” deb ataganlar.
Ulug‘bek “Ziji” o‘rta asrlardagi eng mukammal asar bo‘lib, 
tezda zamondoshlarining diqqatini o‘ziga jalb etdi. Eng avval, bu 
asar Samarqandda Ulug‘bek atrofida to‘plangan olimlar ijodiga 
katta ta’sir ko‘rsatdi. 
1449 yili Ulug‘bekning fojiali halokatidan so‘ng Samarqand 
olimlari asta-sekin Yaqin va o‘rta Sharq mamlakatlari bo‘ylab 
tarqalib ketadilar. Ular o‘zlari borgan yerlarga Samarqand olimla-
rining yutuqlarini va “Ziji”ning nusxalarini ham yetkazadilar. 
Jumladan, Ali Qushchi 1473 yili Istambulga borib, u yerda 
rasadxona quradi. Shu tariqa Ulug‘bek “Ziji” Turkiyada tarqaladi 
va Turkiya orqali Ovro‘pa mamlakatlariga ham yetib boradi. 
Hozirgi kundagi ma’lumotlarga ko‘ra “Zij”ning 120 ga yaqin 
forsiy va 15 dan ortiq arabiy nusxasi mavjud. O‘rta asrlarda yozil-
gan hech bir astronomik yoki riyoziy asar bunchalik ommalashma-
gan. “Ziji” musulmon mamlakatlarining deyarli barchasida 
o‘rganilgan. 


398 
Mirzo Ulug‘bek xizmatlaridan yana biri shundaki, u avvalo 
yosh avlodning aqliy va ma’rifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berib, 
ularni dunyoviy bilimlarni egallashga da’vat etdi, har qanday 
johillik va bilimsizlikka qarshi kurashdi. U insonning imkoniyatlari 
cheksiz ekanligiga ishora qilib, yoshlarni ilm egallashga, insofli va 
himmatli bo‘lishga, halollik va rostgo‘ylikka da’vat etadi. 
Ulug‘bekning bilimlarini nafaqat kitoblardan, balki bevosita 
hayotning o‘zidan ham olishni tavsiya etadi. 
Ulug‘bek yangi-yangi ilmiy kashfiyotlar qilishni inson uchun 
oliy fazilat deb biladi. U Movarounnahr shaharlarini, xususan 
Samarqand va Buxoroni ilm-u ma’rifat dargohiga aylantiradi. 
Ulug‘bek “Bilimga intilish har bir muslim va muslima uchun 
farzdir” degan shiorni ilgari suradi va uni madrasaning peshtoqiga 
yozdirib qo‘yadi. Madrasada esa ilmning turli sohalarining o‘qi-
tilishiga jiddiy e’tibor beriladi. 
Ulug‘bekning fikricha, ta’lim-tarbiyada matematika, falakkiyot 
fanlari bolaning aqliy qudrati va qobiliyatini o‘stirishda muhim 
vosita bo‘lsa, tarix va adabiyot fanlari esa bolalarning vatanparvar 
bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi. 
Ulug‘bek ta’lim-tarbiyada mudarrislarning odil va halol bo‘li-
shiga, o‘z pedagogik mahoratlarini, bilimlarini oshirib borishga, har 
bir mashg‘ulotni yuksak saviyada o‘tkazishga da’vat qiladi, ana shu 
bilangina o‘quvchilarda bilimga qiziqish orttirish mumkinligini 
ta’kidlaydi. Uning fikricha, tarbiyachi avval o‘zini tarbiyalashi, 
bilim va malakalarini egallashi lozim. 
Ulug‘bek bolalarni tarbiyalashda uy sharoiti va ota-onalarning 
faoliyatiga yuqori baho beradi, ularni hayotda chidamli, meh-
natsevar qilib tarbiyalash juda zarur deydi. Buning dalili sifatida 
“Zij” ustida ishlash paytidagi qiyinchiliklar haqida shunday deydi: 
“Yulduzlar jadvalini tuzish maqsadida biz kechayu kunduz 
ishladik, o‘z mo‘ljallagan maqsadimizga yetguncha biz o‘zimizga 
qadar yaratilgan jadvallarni taqqosladik, qayta tuzdik va shu tariqa 
yuz qaytalab tuzatishlar kiritgach, o‘n sakkiz yildan so‘nggina o‘z 
ko‘zlagan niyatimizga yetdik”
1

1
Улугбек. Новые Гураганова астрономические таблицы. Т., идз. «Фан» АН. РУз, 1994 й.
3‒32-бетлар. 


399 
Ulug‘bek axloqiy tarbiya haqida gapirar ekan, bu masalada 
insonlar orasidagi o‘zaro munosabat, do‘stlik va birodarlik alohida 
ahamiyat kasb etish kerakligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, haqiqiy 
va soxta do‘stlarni ajrata bilish lozim, g‘arazli kishi hech vaqt do‘st 
bo‘lmaydi, kishilarni u to‘g‘ri yo‘ldan ozdiradi. Shu bois g‘arazli 
kishilardan har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da, yiroq bo‘lish, kasbi va 
xulq-atvori yaxshi, hamma hurmat qiladigan, xushfe’l kishi bilan 
do‘stlashish lozimligini tavsiya etadi. 
Har bir kishi do‘stona hamkorlik bilan hayotiy muammolarni 
hal etishi mumkin, kishi yolg‘iz o‘zi, do‘stlarsiz hech narsa qila 
olmaydi. Uning ta’kidlashicha, har bir insonning axloqiy 
shakllanishi olimlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham bog‘liqdir, 
ular o‘rtasidagi yaxshi hamkorlik talabalarning axloqiy tarbiyasida 
g‘oyat muhimdir. Bunday do‘stona va beg‘araz hamkorlik 
mohiyatini biz Ulug‘bek faoliyati misolida ko‘rishimiz mumkin. 
Masalan, Ali Qushchi umrining oxirigacha unga sodiq qoldi. 
Ulug‘bek o‘zining ko‘p yillik mehnati evaziga yaratilgan “Ziji 
Ko‘ragoniy” asarini unga ishonib topshirdi va u o‘z navbatida 
ustozining ishonchini oqladi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling