Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orazin yopqoch ko‘zimdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lgach quyosh.
- “Nazmul-javohir”
3. Alisher Navoiy (1441-1501) O‘zbek adabiyotining asoschisi, she’riyat mulkining sultoni, ma’rifatparvar shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy 1441 yil 9 fev- ralda Hirot shahrida tug‘ilgan. Yosh Alisher favqulodda iste’dod egasi bo‘lib, iste’dodining dastlabki ko‘rinishlari u uch-to‘rt yoshga to‘lgan vaqtlardayoq namoyon bo‘la boshlagan. Shu vaqtda u Farididdin Attorning “Mantiq-ut-tayr” asarini yod oladi. Alisherdagi ilm o‘rganishga bo‘lgan kuchli qiziqish hamda ishtiyoqni o‘z vaqtida anglagan ota-onasi uni 1445 yilda maktabga beradilar. Maktabda tahsil olayotgan chog‘larida o‘tmish mutafak- kirlari va o‘z zamonasining zabardast shoirlarining ijodlari bilan yaqindan tanishadi. Mazkur davrda badiiy mavjud asarlar mazmu- nini o‘qib-o‘rganish bilan kifoyalanib qolmay, 10-12 yoshidayoq mustaqil ravishda she’rlar yoza boshlaydi. Yosh Alisher tomonidan yaratilgan she’riy misralar o‘zida yuksak badiiy va falsafiy 400 g‘oyalarni aks ettirar edi. Chunonchi, uning ustozi Lutfiyga o‘qib bergan quyidagi misralari bugungi kunga qadar she’riyat ixlos- mandlarining xayratiga sazovor bo‘lib kelmoqda: Orazin yopqoch ko‘zimdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lgach quyosh. Qomusiy bilimlarni chuqur o‘zlashtirgan Alisher Navoiy xalq orasida hurmat-e’tibor qozonadi. Bolalikda birga ulg‘aygan do‘sti sulton Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning iste’dodi, bilimi hamda hayotiy qarashlarini yuksak qadrlagan holda uni o‘ziga vazir etib tayinlaydi. Davlat arbobi sifatida faoliyat olib borgan Alisher Navoiy fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, hattotlik, tasviriy san’at hamda me’morchilikning rivoji yo‘lida amaliy harakatlarni olib borish bilan birga yoshlarga ta’lim va tarbiya berish masalalariga ham alohida diqqat-e’tibor qaratdi. Ulug‘ mutafakkir o‘zining “Xamsa”, “Mahbub-ul-qulub”, “Muno- jot”, “Vaqfiya”, “Majolis-un-nafois”, “Muhokamat-ul-lug‘atayin”, shuningdek, Abdurahmon Jomiyning “Arba’in” nomli asarining tarjimasi sifatida yaratilgan “Chihil hadis” (“Qirq hadis”) kabi asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga oid qarashlarini ifoda etadi. Alisher Navoiy o‘z asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ular qiyofasida namoyon bo‘luvchi ma’naviy-axloqiy sifatlarni ulug‘lagan bo‘lsa, ta’limiy-axloqiy muammolarni yorituvchi asarlarida esa komil insonni shakllantirish jarayonining mazmuni, ushbu jarayonning o‘ziga xos jihatlari, yo‘llari, shakl va usullari borasidagi mulohazalarni bayon etadi. Allomaning tasavvuridagi komil inson o‘z qiyofasida eng yuksak insoniy fazilatlar mujassam eta olishi lozim. Chunonchi, u ijodkor, qobiliyatli, shu bilan birga ilm-fanga nisbatan muhabbatli bo‘lmog‘i zarur. Alisher Navoiyning qarashlariga ko‘ra, ana shunday sifatlarning sohibi bo‘la olgan insongina o‘z kuchi hamda aql-u zakovatiga ishonadi. o‘z kuchi va aql-u zakovatiga qattiq ishona olgan insongina turli qiyinchiliklarga bardosh bera oladi, u o‘ta murakkab muammolarni ham yechimini topa olishga qodir. Ilm-fan sirlaridan xabardor bo‘lishning inson ahamiyatini yoritar ekan, alloma ayni o‘rinda ilmni qorong‘ulikni yoritadigan chiroq, hayot yo‘lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy 401 qiyofasini ko‘rsata oluvchi omil sifatida ta’riflaydi. Ushbu fikr mutafakkir tomonidan yaratilgan “Nazmul-javohir” asarida quyidagicha bayon etiladi: Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling