Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
Nazorat uchun savol topshiriqlar. 
 
1. Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahrda fan
madaniyat, ta’lim qanday rivojlandi? 
2. Nima sababdan XIV asrning ikkinchi yarmi ‒ XVI asrlar 
Sharq Uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichi deyiladi? 
3. Ulug‘bekning fan va ta’limni rivojlantirishdagi xizmati 
nimalardan iborat? 
4. Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari nimalardan 
iborat? 
 
 
 
 


407 
 
XVII BOB. XIX ASRNING IKKINCHI YARMI VA XX ASR 
BOSHLARIDA TURKISTON O‘LKASIDA TA’LIM-
TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR 
 
1. Markaziy Osiyoda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr 
boshlarida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr 
Markaziy Osiyo zaminida Temuriylar hukmronligi inqirozga 
yuz tutgandan keyin, bu o‘lkani qo‘lga kiritish uchun jahonning 
ko‘pgina mamlakatlari harakat qildilar. Ana shulardan biri Chor 
Rossiyasi edi.
Markaziy Osiyoni Rossiyaga qaram qilish g‘oyasi Petr 1 dan 
boshlanib, uning vafotidan so‘ng Yekaterina hukumati tomonidan 
davom ettirildi. Nikolay II taxtga o‘tirgach, tezlik bilan Markaziy 
Osiyoni o‘ziga bo‘ysundirishga intildi. 
Rossiyaning bosqinchilik yurishi XIX asrning ikkinchi yarmiga 
to‘g‘ri keladi. Chunki bu davrda sobiq imperiya o‘rnida 3 ta xonlik 
– Buxoro amirligi, Xiva hamda Qo‘qon xonliklari bo‘lib, bular 
o‘rtasida nizo kuchaygan edi. Bundan foydalangan chor hukumati 
o‘zining yovuz niyatlarini amalga oshirishga kirishib dastlab 
Qozog‘istonni o‘zlariga tobe qildilar. So‘ngra Qozog‘iston orqali 
1864 yilda Turkmaniston, Chimkent, Avliyo otani, 1865-yilda 
Toshkentni zabt etdilar. 1867-yilda Yettisuv viloyati, 1868-yilda 
Samarqand, 1876-yilda Farg‘ona viloyati Rossiya qo‘liga o‘tdi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling