Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
6.Abdurauf Fitrat (1886-1938) 
Ma’naviyatimizning ilk namoyandalaridan biri Abdurauf Fitrat 
garchand qatag‘on qurboni bo‘lib, jismonan oramizda bo‘lmasa 
ham u hamisha tirik. Qismati og‘ir bo‘lgan ulug‘ siymolar qatori 
Fitrat butun kuch-qudratini xalqqa bag‘ishladi. Abdurauf 
Abdurahim o‘g‘li Fitrat 1886-yili Buxoro shahrida tug‘iladi. 
“Fitrat” Abduraufning adabiy taxallusi bo‘lib, bu so‘z “tug‘ma 
tabiat”, “tug‘ma iste’dod” degan ma’noni anglatadi. Abdurauf 
1
Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. 51-bet.


424 
Fitrat zullisonayn yozuvchi sifatida Abdurahmon Jomiy va Alisher 
Navoiy an’analarini davom ettirib, o‘zbek va tojik tillarida birday 
mukammal asarlar yarata oldi. 
Fitratning “Rahbari najot” asari to‘la ravishda ta’lim-tarbiya 
masalalariga bag‘ishlanadi. Ayniqsa, asarning uchinchi bobi oila, 
bola tarbiyasi, axloq-odob mavzulariga bag‘ishlangan bo‘lib, bu 
masalalar hozirgi davrda ham katta ma’rifiy ahamiyatga egadir. 
Fitrat ota-onaning vazifasi o‘z bolalarini yetuk kishilar qilib 
tarbiyalashlari zarurligi, bunda ayniqsa, uch tarbiyaga:
1. Jismoniy tarbiya salomatlik,
2. Aqliy tarbiya sog‘lom fikrlilik,
3. Axloqiy tarbiya axloqiy sano, ya’ni axloqiy poklikka e’tibor 
berish kerakligi ta’kidlanadi. 
Asarning “Bola tarbiyasi” masalalari bobida quyidagilar 
ko‘rsatib o‘tiladi. 
Tarbiya-i avlod. “Oila vazifalaridan biri avlodni tarbiyalashdan 
iboratdir. Yosh avlodni tarbiyalash hayotiy vazifalardan bo‘lib 
hisoblanadi. Ma’lumki, dunyo kurashning umumiy maydoniga 
o‘xshaydi va bu maydonning pahlavonlari insonlardir. Har bir kishi 
barkamollik yoshiga yetgach, u o‘z saodati ta’mini uchun shu 
maydonga kirmasdan iloji yo‘qdir. Bu kurashda g‘olib chiqish 
uchun uch xil o‘lchov quroli (salohi masseh)ga ega bo‘lish kerak. 
1. Salomatlik;
2. Sog‘lom fikr (nuqsonsiz fikr, ya’ni yuqori iste’dod);
3. Axloqi sano (oliy darajali axloq, ya’ni axloqi poklik). 
Fitrat “Har bir kishi shu uch quroldan birisisiz maydonga kirsa, 
albatta mag‘lub bo‘lishi tabiiydir, deb aytib, bu bilan uch tarbiyani 
doimo qo‘shib olib borish kerakligini, agar bu tarbiyalarning 
birontasi kam bo‘lsa, yetuk kishi tarbiyalab bo‘lmasligini 
ko‘rsatmoqchi bo‘ladi”. Yana aytadiki: “Agar har bir ota o‘z 
farzandining badbaxt bo‘lishini xohlamasa, uni bu maydonning 
g‘olibi qilib tayyorlashi kerak. Farzandingizni jismoniy, aqliy, 
ruhiy tomondan barkamollikka yetkazing va jamiyatning qobil 
a’zosiga aylanishi uchun g‘amxo‘rlik qiling”. U bola tarbiyasi faqat 
oiladagina olib borilmasdan, bu ish bilan keng jamoatchilik, davlat 
ham shug‘ullanishi kerakligini, chunki davlatning kelajagi mana 


425 
shu yoshlar qo‘lida bo‘lishini ta’kidlab o‘tadi. “Bolalarni barkamol 
qilib yetkazish uchun uning tarbiyasiga faqat oilagina javobgar 
bo‘lmasdan, butun qavm a’zolari javobgardirlar, chunki yoshlar har 
tomonlama yetuk inson bo‘lib tarbiyalansa, qavmning kelgusi 
taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo‘ladi”. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling