Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Tarbiyai fikriya Fikr va aql insonni kamolotga yetkazadi va 
o‘qish, o‘rganish qobiliyati uni saodatmand qiladi. Insonning komil 
aqli yaxshilik muhokamasidir. Muhokama nima? Muhokama ikki 
qismga bo‘linadi: birinchisi Kaziyyatxoi ma’lum (ma’lum bo‘lgan 
hukm, voqea va hodisalar), ikkinchisi Kaziyatxoi majhul 
(noma’lum voqea va hodisalar)dan xulosa chiqarilishidir. 
Masalan, “Vatan xizmati vojibdir” (shartdir). Bu hukm no-
ma’lum (majhul)dir. Bu hukmga yana boshqa ikki ma’lum hukm 
lozimdir, ya’ni “Vatan bizning valine’matimizdir” (sahovat-
mandimiz, ne’matlar bilan ta’minlovchimizdir). “Har bir vali-
ne’mat (oliy himmat inson)ning Vatan uchun xizmati vojibdir”, bas 
“Vatan xizmati vojibdir” degan hukm yuqoridagi ikki ma’lum 
kazi(y)yatlar bilan ochiladi. 
Demak, muhokama uch qismdan tashkil topib, avvalgi hukm 
noma’lum bo‘lib, qolgan ikki qismi avvalgisini to‘ldiradi va 
kazi(y)yati ma’lum deb, ataladi. Demak, inson muhokama orqali 
kamolotga yetadi. Muhokamani aniq va ravshan bo‘lishi uchun uch 
narsa zarur bo‘lib hisoblanadi. 
1. Isobot. 
2. Istiqomat.
3. Sur’at. 
Isobot ma’lum kaziyyati hukmning to‘g‘riligiga, bexatoligiga 
aytiladi. Istiqomat ma’lum voqea-hodisalarning hukmning 
barqarorligi, sur’at esa to‘xtovsiz, tezlik bilan tartib berilishi 
demakdir. 


427 
Avvalo, bolalarni hisobot sohibi bo‘lishlarida, bir voqea va 
hodisa ustidan fikr yuritganlarida ularga to‘g‘ri, bexato ma’lumot-
lar beraylik, chunki xato fikrlar ularni xatolarga, xatarli yo‘llarga 
olib borishi tabiiydir. Asossiz muhokama bolalar tarbiyasiga katta 
ziyon yetkazadi. Keyin bolalarni istiqomat sohibi qilib fikr yuritish-
lariga ahamiyat berishimiz kerak, ularni ma’lum kaziyyatlarni 
noma’lum kaziyyatlardan to‘g‘ri, aniq ajrata oladigan holatda 
tarbiyalash lozim, ya’ni har bir masala sohasidagi ma’lumotlarni 
g‘alati tushunmasliklari uchun bolalarni muhokama qilishga 
odatlantirish kerak. Yomonning yomonligini, yaxshining yaxshili-
gini muhokama orqali tushuntiring, doimo shunga diqqat qilingki, 
bolalar hech narsani ko‘r-ko‘rona taqlid sifatida qabul qilmasinlar. 
Madaniyatli akvomlar (qavmlar, xalqlar) o‘z maktablarida hisob
tarix, madaniyat, fizika, jo‘g‘rofiya, ashyoviy darsi va boshqa 
maxsus fanlarni yuqoridagi ikki maqsad (Isobot va Istiqomat 
maqsadlari)ga jalb qilish uchun o‘qitadilar. 
Fitrat bu fikrlari bilan bolaga to‘liq aqliy ta’lim berish uchun 
mana shu yuqoridagi ijtimoiy, ilmiy, dunyoviy fanlarni maktab 
dasturlariga kiritish kerak degan xulosaga keladi. Va jadidlar bilan 
ochgan yangi usul maktablarida iloji boricha shu fanlarni ham 
bolalarga o‘rgatadilar. 
Fitrat maktablarda bolalarga nisbatan qo‘llaniladigan tan 
jazolarini butunlay qoralaydi, unga qarshi chiqadi. Bolani tayoq 
zarbi bilan yaxshi inson qilib tarbiyalab bo‘lmasligini tushuntirib 
beradi. 
Fitrat o‘quvchi shaxsini hurmat qilish zarurligini, unga nisbatan 
insoniy munosabatda bo‘lish, qilgan gunohlarini o‘ziga to‘g‘ri, 
yaxshi so‘z bilan tushuntirish kerakligini, shunda u ham o‘qituv-
chini hurmat qilishini uqtiradi. Fitrat yana bolaga beriladigan bilim 
uning yoshi va bilish darajasiga mos bo‘lishi, bolaga qiyinlik 
qilmasligini, agar beriladigan bilim bolaga juda oson yo juda 
qiyinlik qilsa u bilim olishdan bezib qolishini uqtiradi. 
Fitrat inson kamolotiga erishish uchun doimo intilishi, harakat 
qilishi lozimligi, doimo oldiga maqsadlar qo‘yishi va unga 
yetishish uchun kurashishi kerakligini, hech bir baxt yoki boylik 
ham inson intilmasa o‘z-o‘zidan kelmasligini uqtirib o‘tadi va bu 


428 
o‘rinda Qur’oni karimdan quyidagi parchani keltiradi: “Inson har 
nima topmasin, o‘zining intilishidan topadi, intilmas ekansiz, hech 
narsaga erisha olmaysiz”. 
Fitrat bilim va iqtidor inson uchun eng zarur ekanligini, u mana 
shu bilimi va aqli bilan dunyodagi barcha mahluqlardan ham ustun 
turishini, shuning uchun inson doimo bilim olishga va o‘z bilimini 
yanada oshirib borishga intilishi kerak. 
Fitrat deydi: Parvardigorimiz insonlarga “Sizlarni olamning 
eng oliy mahluqi qilib yaratdim”, ‒ der ekan, shuni yaxshi bilish 
kerakki, biz ko‘z va qoshlarimiz evaziga e’tiborli mahluqqa aylan-
ganimizcha yo‘q, balki e’tiborligimiz va ustunligimiz bilimimiz va 
iqtidorimizdan foydalanmasak, nainki, e’tiborli balki eng yomon va 
past mahluqlardan ham pastroq va yomonroq bo‘lib qolishimiz 
aniqdir. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling