Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


 Kreativlik va uning tashxislanishi


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

2. Kreativlik va uning tashxislanishi 
XX asrning 50 yillarida ingliz-amerika psixologlarining 
izlanishlarida kreativlik deb nomlanadigan (creatio – lotincha 
“yaratish”) alohida qobiliyatlarni o‘rganish katta ko‘lamda qiziqish 
uyg‘otmoqda. Kreativlikni alohida o‘rganishga an’anaviy intellekt 
testlari bilan muammoli vaziyatni muvaffaqiyatli yechimi orasida 
aloqaning mavjud emasligi haqidagi ma’lumotlarning aniqlanishi 
turtki bo‘ldi. E’tirof etilishicha, kreativlik ma’lum masalaning 
yechimini topishdagi axborotlarni tez sur’atda foydalanish 
qobiliyatiga bog‘liq. Bu qobiliyatni kreativlik deb atadilar va uni 
intellektga bog‘liq bo‘lmagan holatda – individning yangi 
tushunchalar yaratuvchi va shakllantiruvchi yangi malakalari 
sifatida o‘rgandilar. Kreativlik shaxsning ijodiy ko‘rsatkichlari 
bilan belgilanadi. Kreativlikni o‘rganish asosan ikki yo‘nalishda 
olib boriladi: 
1-yo‘nalish. Kreativlikni intellekt bilan bog‘liqligi masala-
larini va kreativlik bilan bog‘liq ta’limiy jarayonlarni belgilashni 
o‘rganadi. 
2-yo‘nalish. Shaxs va uning psixologik o‘ziga xosligi kreativ-
likning asosiy aspekti ekanligi, shaxsga va uning motivatsion 
chizgilariga urg‘u berilishi bilan tasniflanadi. 
Intellektual faktorlarni ta’limiy yo‘nalishlarda qo‘llanilishida, 
kreativlikni o‘rganish, baholashda 1950 yillarda J.Gilford va uning 
izdoshlari 16 ta gipotetik intellektual qobiliyatni ajratib 
ko‘rsatadilar. Ular orasida: fikrning turliligi (ma’lum vaqt orali-
g‘idagi g‘oyalarning miqdori), fikrning (bir g‘oyadan ikkinchisiga 
ko‘cha olishi) originalligi (o‘ziga xoslik – umume’tirof etilgan 


206 
qarashlardan farq qiluvchi g‘oyani yaratish qobiliyati), qiziquv-
chanlik (o‘zini o‘rab turgan olamdagi muammolarga ta’sirchanlik), 
gipoteza qilish qobiliyati (reaksiyaning stimuldan mantiqiy 
mustaqilligi), fantastikali (stimul va reaksiya orasidagi mantiqiy 
bog‘liqlikning borliq hayotdan butunlay uzilganligi). Gilford bu 
faktorlarni tafakkurning divergentligi degan umumiy nom bilan 
ataydi, u muammo endigina aniqlanayotgan, uning yechimini 
avvaldan belgilangan, aniq yechimi bo‘lmagan vaqtda yuzaga 
keladi, deydi (ma’lumotga tayanuvchi yoki muammoning «mos» 
yechimi, konvergent tafakkurdan farqli ravishda). 
Tafakkurni ifodalovchi qobiliyatlarni o‘rganish, an’anaviy 
intellektual testlar vositasida kreativlikni maxsus testlar vositasida 
aniqlash jarayonida olimlar qarama-qarshi natijalarga erishdilar. Bu 
natijalar asosida intellekt va kreativlik o‘zaro aloqadorligi haqida 
xulosa chiqarish mumkin emas. Agarda testlar o‘rniga kreativlikni 
baholovchi boshqa mezon – bajaruvchi faoliyat yuritgan ish turi 
bo‘yicha erishilgan ijodiy muvaffaqiyatlar bo‘yicha baholanganda, 
intellekt va kreativlikni belgilovchi bir xil mazmunga ega natijaga 
erishish mumkin. Ba’zi olimlar kreativlikka intellektning an’anaviy 
testlar yordamida o‘lchab bo‘lmaydigan bir qirrasi sifatida 
yondashadilar. Ular kreativlikni orttirilgan tajribaga, o‘zlashtirilgan 
bilim va malakalar tasnifiga, qurshab turgan muhitning o‘ziga 
xosligiga bog‘liqligini ko‘rsatadigan tajribalar natijasiga 
tayanadilar. Barcha mamlakatlarda tabaqalashtirib o‘qitiladigan 
sinf o‘quvchilari kreativlik testlari bo‘yicha o‘zlarining oddiy 
sinflarda o‘qiydigan tengdoshlariga nisbatan yaxshiroq natijaga ega 
bo‘lganlar.
Kreativlikni baholashda atrof-muhitning bog‘liqligi uning 
shakllanishi va rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Avvalo qanday 
muhitdan rivojlantiruvchi ta’sirni kutish mumkin? Tadqiqotlarning 
natijasiga ko‘ra, muhit, axborotning ko‘pligi va erkinlikni 
ta’minlanganligi bilan ajralib turishi kerak.Tadqiqotlar kreativ-
likning rivojlanishida shaxsiy qobiliyatning katta ahamiyatga ega 
ekanligini ko‘rsatadi. 
Kreativlikni o‘rganishda yakka yondashuvda asosiy e’tibor 
hissiy va motivatsion omillarga qaratiladi. Kreativlik bilan bog‘liq 


207 
shaxsiy qobiliyatlar munosabatida turli tadqiqotlar natijasida o‘zaro 
moslik mavjud. Kreativ individlarni kreativmaslardan ajratib 
ko‘rsatadi. Ba’zilarda shaxsiy o‘ziga ishonch, tajovuzkorlik, o‘z-
o‘zidan qoniqish, ijtimoiy cheklovlarga va o‘zgalar fikriga 
toqatsizlik aniqlangan. Ba’zi psixologlarning fikricha, kreativ 
bo‘lmagan tipdan farqli ravishda, kreativlikka ega bo‘lgan kishilar 
tipi mavjudligini bildiradi. Shunisi qiziqki, bolalar va yoshlar 
orasida o‘tkazilgan tadqiqotlar yosh va balog‘atga yetgan 
individlarda kreativlik belgilari bir xil bo‘ladi. Shunday xulosa 
chiqarish mumkinki, kreativlik shaxsiy qobiliyatlarga asoslangan 
holda bolalarning juda kichikligidan bashoratlash mumkin. Ijodiy 
muvaffaqiyatlar asabbuzarliklar bilan bog‘liq degan nuqtayi nazar 
ham mavjud. Shu bilan birga bu fikrga qarama-qarshi ravishda 
yuksak kreativ individlarda katta ruhiy kuchga egalik, tashqi 
muhitga, turli nizolarga nisbatan muvozanat mavjudligini 
ta’kidlovchi tadqiqotchilar ham mavjud. Kreativlikni motivatsion 
tasniflashga aloqador yagona qarashlar mavjud emas. Bir nuqtayi 
nazarga asosan kreativ individ o‘z imkoniyatlaridan iloji boricha 
samarali foydalanishga, yangi, o‘zlashtirilmagan yangi faoliyat 
turlarini bajarishda o‘z qobiliyatlarini ishga soladi. Boshqa nuqtayi 
nazarga ko‘ra kreativ bolalar motivatsiyasi tavakkalchilik, o‘z 
imkoniyatlari chegaralarini aniqlashga asoslanadi.Yuqorida 
aytilganlarni xulosalab aytish mumkinki, intellektual qobiliyat-
larning kreativlik deb nomlanadigan alohida tipi bugungi kun 
psixologlari tomonidan keng ko‘lamda o‘rganilmoqda. 
Kreativlik va shaxsning ijodiy muvaffaqiyatlari orasida bog‘-
liqlik mavjud, ammo uning xususiyatlari oxirigacha o‘rganilmagan. 
Kreativlikni intellektning an’anaviy tushunchalaridan ajratib olish 
mumkin emas.Kreativlikning birinchi testlari J.Gilford tomonidan 
XX asrning 50 yillarida yaratilgan. 
Bu metodika Janubiy Kaliforniya testlari nomi bilan mashhur 
bo‘lib, Gilford tomonidan divergent deb nomlangan fikrlashning 
o‘ziga xos tipini belgilashda foydalanilgan 14 ta testdan iborat 
bo‘lgan. Ularning dastlabki 10 tasiga og‘zaki javob, 4 tasiga tasvir 
orqali javob talab etilgan.Verbal vazifalardan namunalar: 


208 
1. So‘zdan foydalanishda yengillik. Berilgan tovush 
ishtirokida so‘z yozing (“o” – oy, ro‘mol, oddiy, muddao va b.); 
2. Assotsiatsiyalardan foydalanishdagi yengillik. Berilgan 
so‘zga mazmunan o‘xshash so‘zlarni yozing (“og‘ir”, “zilday”, 
“vazmin” va boshqalar). 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling