Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


 Sharqona tarbiyaning o‘ziga xos ko‘rsatkichlari


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

4. Sharqona tarbiyaning o‘ziga xos ko‘rsatkichlari 
Davlatimiz sobit qadamlar bilan o‘z taraqqiyot yo‘lidan bor-
moqda. Bu yo‘l – milliy xususiyatlar, qadriyatlarni tiklash, saqlash, 
rivojlantirish, milliy g‘ururimizni uygotish, vatanparvarlik va 
umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan mafkura negizida kamo-
lotga erishish yo‘lidir. Bu esa, o‘z navbatida sobiq sho‘ro tarbiya 
nazariyasida o‘rganilish mumkin bo‘lmagan milliy odob, milliy 
e’tiqod, iymon-diyonat kabi insonning butun milliy xususiyatiga 
bevosita bog‘liq fazilatlarni yosh avlodning shaxsiy sifatlariga 
aylantirilishini dolzarb vazifa qilib qo‘ydi. Shu tariqa yuqoridagi 
fazilatlarni shakllantirishni o‘z ichiga oluvchi yangi pedagogik 
yo‘nalish dunyoga keldi. Darhaqiqat, milliy tarbiya – O‘zbekiston 
milliy mustaqilligining pedagogik maqsadi va shartidir.
Milliy tarbiya O‘zbekistonning davlat mustaqilligini mustah-
kamlash va amalga oshirishga tayyor farzandlarni tarbiyalab voya-
ga yetkazishga xizmat qiladi. Bu maqsadga erishishning o‘ziga xos 
nazariy muammolari bor. Shulardan biri – milliy tarbiya nazariya-
sining asosiy qoidalari va ilmiy tushunchalari yaratilmaganligidir.
Ikkinchi muammo – «O‘zbekiston mustaqilligini amalga 
oshirishga, mustahkamlashga tayyor farzandlar qanday fazilatlarga 
ega bo‘lishi kerak?» degan savolga aniq tajribada asoslangan 
javoblar olish masalasidir. Bularning barchasi O‘zbekiston 
maktablarida milliy istiqlol tarbiyasining mezonlarini ilmiy 
asoslash zaruratini vujudga keltirmoqda. O‘quvchilarini milliy 
tarbiyalash mezonlari mustaqillik tufayli yanada dolzarb ahamiyat 
kasb etgan shaxsning milliyligiga bevosita aloqador bo‘lgan 
fazilatlarini singdirish tamoyilidan kelib chiqib belgilanadi.


249 
Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustaqil O‘zbekis-
tonning ijtimoiy buyurtmasi bo‘lmish ijobiy sifatlar: milliy iftixor, 
vatanparvarlik, millatlararo muloqot madaniyati, milliy odob, 
vijdoniylik, iymon-e’tiqod, milliy istiqlol mafkuraviy ongini 
rivojlantirish zarur. Ularning aksi bo‘lgan salbiy sifatlar: milliy 
befarqlik, vatanfurushlik, xoinlik, manqurtlik, millatchilik, mahal-
liychilik, vijdonsizlik, mafkurasizlik kabilarga nafrat uygotish 
darkor. Bu ishlarni bir-biri bilan uzviy bog‘lab olib borish 
o‘qituvchi-tarbiyachi tomonidan maxsus mezon qilib olinishi 
kerak.Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda o‘quvchilarning yosh, 
aqliy imkoniyatlarini e’tiborga olinadi.
Quyida boshlang‘ich sinf o‘quvchisining milliy tarbiyalan-
ganlik ko‘rsatkichlari va mezonlari qanday bo‘lishini taxminiy 
na’munasini keltiramiz. O‘zbekiston – Vatanim mening.
O‘zbekistonning tabiiy, ma’naviy, jug‘rofiy va milliy xususiya-
tini anglash; o‘lkaning o‘tmishini, hozirgi hayot va kelajagi haqida 
tushunchalarga ega bo‘lish; O‘zbekistonning, o‘zbek xalqining 
qahramon farzandlari xizmatlarini bilish; O‘zbekiston Davlat 
ramzlarini bilish. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling