Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Milliy g‘urur asoslari. O‘zining o‘zbek millatiga mansubligini 
anglash; “o‘zbek xalqi” tushunchasining madaniy mohiyatini tu-
shunish, o‘zini o‘zi millatining farzandi deb bilib, milliy burchlarini 
anglash; ona tilini cheksiz sevish, shu tilda to‘gri so‘zlash va 
fikrlash. 
Milliy odob. Avval salomlashib, keyin so‘z boshlash; o‘zbek 
xalqida “yaxshi”, “yomon” deb baholanuvchi xulq namunalarini
bilish, barchani “siz”lash, o‘zidan katta va kichiklarni izzatlash, 
do‘stlik burchlarni bilish; ustozlarini e’zozlash munosabati, uyat 
so‘z, so‘kinishga, odobsizlikka salbiy munosabat bildirish. 
Vijdoniylik. Biror ishga qo‘l urishdan avval “Bu ilmga 
odamlar nima deyisharkan?” degan mulohaza va andishaga borish
rostgo‘ylik, yaxshi xulq va yomon xulqning farqlarini tushinish, 
yaxshi xulqqa ijobiy, yomon xulqqa salbiy munosabatini bildirish, 
ko‘nglidagi gapni ochiq aytishga o‘rganish. 
Shu tushunchalar mohiyati ochib berilishi lozim. 
 


250 
Nazorat uchun va savol topshiriqlar 
 
1. 
Ma’naviyat deb nimaga aytiladi? 
2. 
Madaniyatga izoh bering. 
3. 
Milliy tarbiya deb nimaga aytiladi? 
4. 
Sharqona tarbiya deganda nimani tushunasiz?. 
Qur’oni karim, Hadis, Sharq allomalari asarlarida komillikka 
erishishning muhim vositasi qanday ifodalangan? 
 
 
 


251 
 
XI BOB. TARBIYA USULLARI 
 
1.Tarbiya usullari haqida umumiy tushuncha 
Tarbiya metodlari (usullari) – o‘qituvchi - tarbiyachining 
o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish usullari, ularga ijobiy xulq-atvor 
ko‘nikmalari va malakalarini singdirish maqsadida ularning hayoti 
va faoliyatini tarbiyaviy jihatdan to‘g‘ri ta’sir etish yo‘llaridir.
Tarbiya usuli deb tarbiyachining bolalarga axloq-odob 
fazilatarini tarkib topishi maqsadida ularning ongi va irodasiga 
ta’sir etish yo‘llariga aytiladi.Ilmiy adabiyotlarda tarbiya usullarini 
tarbiya metodlari deb ham ishlatiladi. 
“Metod” - grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “yo‘l”, “usul” 
ma’nosini bildiradi. 
O‘tmishdan bizga ma’lumki, ota-bobolarimiz bola tarbiyasida 
turli xil ya’ni, nasihat, tushuntirish, maqtash, rag‘batlantirish, 
na’muna ko‘rsatish, tanbeh berish, taqiqlash, majbur qilish, po‘pisa
qilish, qo‘rqitish kabi usullardan foydalanganlar. Jamoa azolari 
bu usullarni qo‘llashda, axloq qoidalariga suyangan holda, qilgan 
ishi, xatti-harakatining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida bolada 
ishonch hosil qilishga harakat qilganlar, unga axloqlilik va 
axloqsizlik, odillik va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlikning 
ma’nosini tushuntirganlar. Bu tartib tarbiyada asosiy qoida 
hisoblangan. Tushuntirishda bolalarning yoshi hisobga olingan.
Ota-onalar bolalarga axloq qoidalarini tushuntirishda, “Kam-
tarlik ham bir xislat”, “Odob-kishining zeb-u ziynati”, “Eshik ochiq 
bo‘lsa ham so‘rab kir” kabi maqollaridan foydalanishgan. Chunki 
maqollar bolalar ongiga, hissiyotiga kuchli ta’sir etgan.
Ajdodlarimiz davr sinovidan o‘tgan ajoyib insoniy fazilatlar
hamda ularni amalga oshirish usul va vositalarini yaratganlar, shu 
asosda yoshlarmi ijtimoiy hayot talablariga javob beradigan 
kishilar qilib tarbiyalab kelganlar.


252 
Bolalarda insoniy his-tuyg‘ularni tarbiyalashning asosi - 
kishilarga mehr-muhabbat qo‘yish, izzat-hurmat bilan muomala 
qilish, insoniy huquqlarini himoya qilish, qadrlash, kishilar oldidagi 
o‘z burchini anglash, odamlarga nisbatan samimiy, halol, rostgo‘y 
bo‘lish kabi odob va axloq qoidalarini o‘z ichiga oladi. 
O‘tmishda axloq tarbiyasida nasihat qilish, maslahat berish 
usuli ham keng qo‘llangan. Ota-onalar o‘z bolalariga kattalar 
o‘rtasida ular bilan so‘zlashganda mehmonga borilganda, o‘zini 
qanday tutish haqida nasihat qilganlar, axloq qoidalariga rioya 
etgan bolalar va kattalar nomini o‘rnak qilib tilga olganlar. O‘zbek 
xalq pedagogikasining muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xusiyat-
laridan yana biri folklor materiallarida xalq pegogikasida qo‘lla-
niladigan tarbiya yo‘llari, usuli va vositalarining yoritilishidir.
Mehnatkash xalq ommasi, yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, 
uzoq davrlar davomida vujudga kelgan tarbiya usullari va 
vositalaridan foydalangan. Chunonchi, tushuntirish, odatlantirish 
(o‘rgatish va mashq qildirish), bolalarning kundalik hayot tartibi, 
ibrat ko‘rsatish, maslahat berish, o‘git-nasihat, undash, ko‘ndirish, 
iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma’qullash, maqtash, 
rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash, taqiq qilish, man etish, 
ta’na, gina qilish, qoralash.
Allohdan qo‘rqishga undash, tanbeh berish, uzr so‘rash, majbur 
qilish, masxara-mazax qilish, zaharxandalik, ayblash, uyaltirish, 
koyish, qarg‘ash, qo‘rqitish, nafrat bildirish, aybiga iqror qildirish, 
ont-qasam ichirish, la’natlash, so‘kish, urish-kaltaklash; jamoa 
hukmiga havola qilish kabi usullar tarbiyada qo‘l kelganligi 
ta’kidlanadi. 
Bolalarni odob-axloq ruhida tarbiyalashda, asosan, quyidagi 
metodlardan foydalaniladi:
I. Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari. 
II. Ibrat-na’muna metodlari.
III. Rag‘batlantirish va jazolash. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling