Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


I. Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

I. Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari. 
O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va ishonch-e’tiqodni 
shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘ulari va irodasiga 


253 
har tomonlama ta’sir ko‘rsatishqa quyidagi metodlardan keng 
foydalaniladi: 
 
Tushuntirish. Tushuntirish tarbiya ishlari jarayonida juda ko‘p 
qo‘llaniladi. Bolalarga biror fazilatning afzalligi va kishi uchun 
zarurligi qisqa, aniq qilib tushuntirib beriladi.
Uqtirish. Uqtirish biror axloqiy fazilatni tarbiyalanuvchilar 
ongiga singdirish va ular tomonidan uqib olinishini ta’minlashga 
asoslanadi. Shuning uchun o‘qituvchilar va tarbiyachilar 
o‘quvchilarni tarbiyalaganda va ularga axloqiy fazilatlarni 
tushuntirganda uning afzalliklarini va zarur ekanini ko‘rsatuvchi 
dalillar keltirishi, isbotlashi, ishontirishi lozim. “O‘qigandan uqqan 
yaxshi” degan xalq maqoli bor. Uqib olingan axloqiy fazilat bolada 
mahkam singib qoladi. 
Ishontirish. Ishontirish deb, bolalarda ma’naviy-axloqiy 
fazilatlarni tarbiyalash va mustahkamlash, xarakter va xulqlaridagi 
salbiy tomonlarni yo‘qotish maqsadida ularning ongi, tuyg‘usi va 
irodasiga ta’sir ko‘rsatishga aytiladi. 
Ishontirish metodi o‘quvchilarni g‘oyaviy-siyosiy jihatdan 
tarbiyalashda va ularning xarakterini shakllantirishda muhim rol 
o‘ynaydi. O‘qituvchi ishontirish metodini birgina o‘quvchigagina 
emas, balki butun jamoaga ham qo‘llashi mumkin. 
Ishontirish metodi o‘quvchilar jamoasida sog‘lom jamoatchilik 
fikrini vujudga keltirishga yordam beradi, axloq normalariga, axloq 
Ijtimoiy ongni 
shakllantirish metodlari
axloqiy suhbatlar
buyruq va talab
iltimos va istak
ishontirish
uqtirish
tushuntirish
o`git-nasihat
maslahat berish


254 
qonun-qoidalariga va ayrim o‘quvchilarning xatti-harakatlariga 
sinfdoshlari tomonidan to‘g‘ri baho bera bilishni tarbiyalaydi. 
O‘git-nasihat. O‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda 
tajribada sinalgan va xalqimiz tomonidan doim qo‘llanib kelingan 
o‘git-nasihatdan ham foydalanmoq kerak. 
O‘qituvchi, tarbiyachi va kattalarning yoshlarga o‘z tajribalari, 
ko‘rgan-bilganlari va o‘qiganlarini dalillar, konkret misollar bilan 
ishonarli qilib aytib berishlari, yaxshi fe’l-atvorga, odobga va axloq 
qonun-qoidalarini bajarishga da’vat etish, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga 
o‘git-nasihat deyiladi. 
Nasihat qilmoq yoshlarni yaxshilik tomon yo‘llamoq, yaxshi 
fazilatlarni egallashda ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmoq demakdir. 
O‘qituvchilar ham, tarbiyachilar ham, ota-onalar ham hamma vaqt 
bu metodni qo‘llaydilar. 
O‘git-nasihat o‘quvchilarga yakka holda va guruh-guruh qilib 
berilishi mumkin. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling