Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Axloqiy suhbatlar. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy ruhda 
tarbiyalashda suhbatlar, ma’ruza va munozaralar o‘tkazish keng 
qo‘llanib kelmoqda. Ishontirish va tushuntirishning eng yaxshi 
vositalaridan biri bo‘lgan axloqiy suhbat yolg‘iz maktabdagina 
emas, balki oilada ham, maktabda ham olib boriladi. 
Suhbatni etik, estetik, siyosiy ta’lim va bilishga oid mavzu-
larda, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etish, huquqiy, ekologik
iqtisodiy shuningdek, gigiyenik mavzularda tashkil etish mumkin. 
Ibn Sino suhbat uslubini qo‘llaganda bolaning shaxsini hur-
mat qilish lozimligi xususida shunday yozadi: “bolaga zug‘um


256 
qilib, unga hurmatsizlarcha munosabatda bo‘lmaslik, aksincha
tengdosh o‘rtoqlarday gaplashish lozim”. Suhbat mobaynida bir 
qator talablarga rioya etish har ikki tomon uchun ham foydalidir. 
Bu qoidalar quyidagilardir:
1. Suhbat chog‘ida o‘quvchilarning o‘z fikrlarini erkin ifoda 
etishlariga sharoit yaratish
2. O‘quvchilarning mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi 
savollar bilan murojaat qilish; 
3. Suhbatdoshning shaxs sifatidagi huquq va erkinliklarini tan 
olish. 
4. Suhbat mavzusi o‘quvchining yoshiga mos bo‘lishi; 
5. Suhbat adabiy tilda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. 
II. Ibrat-na’muna metodlari. Na’muna yoki ibrat bolalarda-
gi taqlidchanlikka asoslanadi. Taqlid boshqalarning xulq-atvorini, 
yurish-turishini ongli yoki ixtiyorsiz ravishda takrorlash demakdir. 
O‘qituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalarning o‘zlari, hammadan 
burun, bolaga na’muna bo‘lmoqlari, o‘zlarida eng yaxshi fazilat-
larni aks ettirmoqlari kerak, o‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda 
hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko‘rishlari va ulardan ijobiy 
na’muna olishlari nihoyatda muhimdir. Shu bilan birga, o‘quvchilar 
ibrat uchun na’munalarni ilg‘or kishilarning hayoti va faoliyatidan, 
fan, adabiyot va san’at arboblari hayoti va faoliyalidan, xalq 
og‘zaki ijodi, bolalar adabiyoti, maktab, sinf hayoti, ota-onalar 
faoliyatidan olmoqlari kerak. 
O‘quvchilar quyidagilardan na’muna oladilar: 
Ibrat-namuna 
metodlari 
Ota-ona namunasi 
O‘qituvchi xatti-
harakati 
O‘rtoqlari namunasi 
Nasihat, pandnoma 
Ilg‘or kishilar 
namunasi 
Abadiy asarlar, film 
qahramonlari xatti-
harakati 


257 
Na’munadan xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan. 
Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini hamisha yaxshilardan, 
donolardan, ulug‘ kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. 
Bolalar faqat yaxshi hislatlarga emas, ba’zan yomon sifatlarga 
ham taqlid qiladilar. Shuning uchun kattalar har qanday holatda 
ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. Xalqimiz “Qush uyasida 
ko‘rganini qiladi” deb bejiz aytmagan. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling