Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Jazo. Jazo – bolalarning o‘z xulqi va harakatidagi nojo‘yalik 
hamda kamchiliklarni anglashiga, tugatishiga, yaramas harakat-
lardan, sho‘xliklardan o‘zlarini tiyishiga yordam beradi. Maktab 
yoshidagi kichik bolaning xatti-harakatidagi yomon tomonlarni o‘z 
vaqtida qoralash va ta’qiqlash, bolani ikkinchi marotaba shu 
nojo‘ya harakatlarni qilmaslikka, o‘z xulq-atvorini tuzatishga 
yo‘llaydi. Lekin bo‘lar-bo‘lmasga jazolayverish ham zararlidir.
Bolalarga nisbatan jazo choralarini qo‘llashda quyidagi 
pedagogik talablariga amal qilish kerak:
a) jazoning haqqoniyligi
b) jazo aybdorni tarbiyalashi 
d) aybdor nima uchun jazo olayotganini bilishi lozim
Asosan quyidagi jazo choralari qo‘llanishi mumkin: o‘qituv-
chining, sinf rahbarining, direktorning o‘quv yoki ma’naviy-
ma’rifiy ishlar bo‘yich o‘rinbosarining tanbehi; parta, sinf doskasi 
yoki o‘qituvchi stoli yonida tikka turg‘azib qo‘yish; sinf o‘quv-
chilari oldida ogohlantirish berish, darsdan chiqarib yuborish; 
bajarilmay qolgan sinf yoki uy vazifasini bajarish uchun darsdan 


260 
keyin olib qolish; ta’sir ko‘rsatish uchun pedagoglar kengashiga 
chaqirish; direktorning maktab bo‘yicha beradigan buyrug‘i bilan 
ogohlantirish e’lon etish; xulqiga qo‘yilgan bahoni pasaytirish; 
sanab o‘tilgan jazo choralarini qo‘llanganda o‘qituvchi har bir 
bolaning shaxsiy va yosh xususiyatlarini, sinfning o‘ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olmog‘i kerak. 
Po‘pisa. Po‘pisa – man etilgan va be’mani xatti-harakatlarni 
to‘xtatishga va oldini olishga yordam beradi. «Abbos, so‘kishni 
tashlamasang, sinfga kirgizmayman» yoki «Vali, kelgusi darsga 
yozib kelmasang, shu yerda olib qolib yozdiraman». Mana bunday 
po‘pisa kichik bolalar uchun mos hamda ishonarli bo‘ladi. Shuni 
ham aytish kerakki, po‘pisa qilgan bilan aytganini qildirolmagan 
o‘qituvchining obro‘si tushib ketadi. Shuning uchun o‘qituvchi 
bolalarga oqilona, onda-sonda po‘pisa qilishi va har bir buyurilgan 
ishning qat’iyat bilan amalga oshirilishiga erishishi kerak. 
Koyish. Koyish – bema’ni qiliqlarning yaramasligini aytish va 
ogohlantirish shakllaridan biridir. Bolalarning salbiy harakatlari, 
qiliqlari va tartibni buzganliklari uchun ularni koyib qo‘yish zarur. 
Koyish o‘git-nasihat bilan birga qo‘shilgan holda qo‘llanadi. Ya’ni 
bolaga qilgan gunohining yaramas ekanligi, bu gunohning oqibati 
xayrli emasligi yotig‘i bilan tushuntiriladi va uni tuzatish yo‘llari 
ko‘rsatiladi va yana qaytarmasligi uqtiriladi. 
Bolalarni koyiganda ularni to‘g‘ri yo‘lga solib yuborish ko‘zda 
tutiladi. Shuning uchun har bir qilingan aybning o‘z darajasiga 
qarab bolaga shu aybning yaramasligi tushuntiriladi. Koyish 
paytida nihoyatda osoyishta hamda muloyimlik bilan gapirilishi 
lozim. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling