Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Uyaltirish, qizartirish. Odamning eng nozik his-sezgilaridan 
biri uyat, or-nomus, sharm-hayo hissidir. Odam o‘z: «shaxsi»ning 
boshqa odamlar ko‘z oldida qadrsizlanishini, ya’ni belgilangan 
qoidalarni buzganini yoki bilishi kerak bo‘lganini bilmay qolganini 
anglagan taqdirda qizaradi, uyaladi. 
Bolalarni tarbiyalashda ularning uyat, sharm-hayo hissiga 
ehtiyotlik bilan ta’sir etish kerak. Bolaning uyalishi va qizarishi uni 
shu ayb-xatoni qaytarmaslikka olib kelishi, u tavba qilishi mumkin. 
Lekin uyalish-qizarish natijasi hamma vaqt ham bolani tavba 


261 
qilishga olib bormaydi. Bola boshqalar oldida sharmanda bo‘lish, 
qizarishni istamagani uchun noto‘g‘ri xatti-harakatlarni yashirincha 
qilishga intiladi. Mana bunday holda uyat ikki yuzlamalik, 
munofiqlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham bolalarni 
hadeb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi. Bundan oqilona 
va o‘z o‘rnida foydalanishgina ijobiy natija beradi. Bolalarni 
yolg‘iz ekanida yoki kamroq bolalar o‘rtasida uyaltirish 
kerak.Yuqorida aytib o‘tilgan metodlardan tashqari kun tartibi
odatlantirish va o‘yin hamda sport vositalaridan foydalaniladi. 
Odatlantirishda, asosan o‘rgatish, mashq qildirish va biror 
yomon odatdan qaytarib olish shakllaridan foydalaniladi.
 
2.O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va taffakurni 
shakllantirish 
Yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamma 
davrlarda millatning ilg‘or kishilari diqqat markazida bo‘lib kelgan. 
Insoniyat boshidan kechirgan barcha tuzumlarda davrning 
o‘qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo ilm faniga umumin-
soniy madaniyatiga salmoqli xissalarini qo‘shganlar. Bilim ilmiy 
dunyoqarashning asosi bo‘lib hisoblanadi. Bilim olish, albatta, 
yoshlikdan boshlanadi. “Yoshlikda olingan ilm toshga o‘yilgan 
naqshdir”, - deydi dono xalqimiz. Bilimli kishi hech qachon tarix 
sahifalaridan, xalqimizning qalbidan o‘chmaydi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling