Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Dunyoqarash faqat insongagina xos xususiyat bo‘lib, hayvonot 
dunyosi boshqa narsa, buyumlar va mavjudotlar uchun bu hayotdir. 
Ularda dunyoqarash kishilarning olam va uning o‘zgarishi, 
rivojlanishi haqidagi ilmiy falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, 
estetik diniy, qarashlari va tasavvurlari tizimidan iborat. Demak, 
dunyoqarash bu olam haqidagi yaxlit umumiylashtirilgan bilimlar 
to‘plamidir. Kishilar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar to‘g‘risi-
da qancha ko‘p ma’lumotlarga, bilimga ega bo‘lsa, ularning 
dunyoqarashi ham shu darajada mukammal va puxta bo‘ladi. Avva-
lo ta’kidlash lozimki ilmiy dunyoqarash turlicha bo‘ladi. Turli kasb 
egalari turli xil dunyoqarashga ega bo‘ladi. 
 


262 
Dunyoqarash deb, shaxsning tabiatga, jamiyatga, o‘zining 
ijtimoiy muhitdagi o‘rniga, o‘z-o‘ziga, turli voqeliklarga munosa-
batini belgilab beradigan qarashlari, e’tiqodi, hayotiy tajribasi va 
faoliyat tamoyillarining tizimidir. 
Dunyoqarash kishilarda olam haqida yaxlit umumlashtirilgan 
bilimlar, g‘oyalar turkumini hosil qiladigan, ularni muayyan 
ijtimoiy guruhlar, sinflar, ommaviy harakatlar, davlatlar maqsadi-
dan kelib chiqib baholaydigan va shunga qarab hayotdagi o‘z-
o‘zini, amaliy faoliyat yo‘nalishlarini, maqsadlarini aniqlab olishga 
imkoniyat beradigan ko‘p qirrali va sermazmun tushunchadir. 
Dunyoqarashning ikkita darajasi mavjuddir. 
birinchisi, kishilarning kundalik hayotiy amaliy tajribasi 
hamda kasbiy faoliyati asosida to‘plangan bilimlar, tasavvurlar, 
qarashlar tashkil qilsa, 
ikkinchisini ilm-fan tufayli to‘plangan nazariy bilimlar
g‘oyalar yig‘indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-biri bilan 
uzviy bog‘langan bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. 
Dunyoqarash ijtimoiy borliqning inikosidir. Unda ijtimoiy 
turmush aks etadi va u ijtimoiy tuzumga bog‘liq bo‘ladi. 
Dunyoqarashning doimo o‘zgarib, rivojlanib turishi uning 
tarixiy turlarining almashuvida yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Dunyoqarash quyidagi turlarga ajratiladi: 
1) mifologik dunyoqarash
2) diniy dunyoqarash; 
3) falsafiy dunyoqarash; 
4) ijtimoiy-siyosiy dunyoqarash; 
5) estetik dunyoqarash; 
6) ilmiy dunyoqarash; 
7) hayotiy tajriba. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling