Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayotiy tajriba
- Milliy ong va mafkura.
Estetik dunyoqarash tabiiy va ijtimoiy borliqqa estetik
qadriyatlar – go‘zallik, xunuklik, kulgili, fojiaviy va boshqalar asosida yondashishga asoslanadi. Ilmiy dunyoqarash – bu ilmiy metodlar yordamida ko‘p bor tekshirish, umumiy holda insoniyat tajribasi bilan tasdiqlanish qonunlariga tayanuvchi dunyoqarash. Ilmiy qarash (yunoncha “idea” – g‘oya, tasavvur, tushunchalar yig‘indisi) muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g‘oya bo‘lib, u shaxs tomonidan mavjud ilmiy bilimlar tizimi puxta o‘zlashtirilganda, bilimlarni bir-biri bilan taqqoslash, solishtirish, predmet, hodisa yoki jarayon mohiyatini tahlil qilish natijasida yuzaga keladi. Ilmiy qarash ilmiy dunyo- qarashdan farqlanib, uning shakllanishi uchun asos vazifasini o‘taydi. 264 Hayotiy tajriba – har bir shaxs tomonidan uning umri davomida orttirgan bilimlar, malakalar, o‘quvlar majmui. Hozirgi kunda kishilarning ongi dunyoqarashida yangicha fikrlash yo‘sini mustahkamlanmasa, milliy istiqlol g‘oyasi, mazmuni va mohiyati ularga tushuntirilmasa katta o‘zgarish sodir bo‘lmasligi mumkin. Hozirgi muhim dolzarb masalalardan biri kishilarning eskicha dunyoqarashini o‘zgartirish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy jabhalarda fikrlashni o‘rgatish, mustaqillikni mustahkam- lashda o‘z haq-huquqlarini anglab olish va noo‘xshov holatlarning hayotga kirib qolmasligiga qarshi kurashishga undashdan iborat. Milliy ong va mafkurani shakllantirish hozirgi kun talabi ekan, bu tushunchalar mohiyatini ham chuqur bilishimiz zarur. Milliy ong va mafkura. Ongni arabcha “aql” so‘zidan olingan, deb ta’kidlaydi bir qator olimlar. Lekin ong va aql iboralari o‘rtasida farqlar ham bor. Odamning fikrlash qobiliyati nazarda tutilganda, ong va aql atamalari bildirgan ma’nolar bir-biriga mos keladi, ong ham, aql ham odam miyasining mahsulidir. “Odam onglaydi (anglaydi), aql yuritadi, fikrlaydi. Ong, shuningdek, kishining ruhiy, ruhoniy, siyosiy, falsafiy nuqtayi nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining ham majmuyi hisoblanadi”. Milliy ong - bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e’tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning o‘zaro ta’siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma’naviy sohalarda faollik darajasi. “Milliy ong - O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning samarali omillaridan biridir”. Milliy ongni davr talabi darajasiga ko‘tarish uchun davlatimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda taolim-tarbiya muassasalarining roli ayniqsa muhimdir. Mafkura (arabcha “mafkura” - nuqtayi nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmuyi) - jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmui. Mafkura ijtimoiy borliqning, ya’ni keng ma’noda jamiyat ha- yotining ma’naviy-siyosiy inikosidir, uning inson ongida aks etishi, inson tomonidan anglanib, bir butun tizim holiga keltirilishi va bu 265 tizimning amaliy faoliyatda nazariy asos hamda ruhiy tayanch bo‘lib xizmat qilishidir. Ongimiz va dunyoqarashimizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishimiz kerak ekan, dastlab bu mafkuraning mohiyatini chuqur anglab olishimiz kerak. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling