Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Huquq – qonun belgilab bergan erk me’yoridir. Huquqiy ong


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Huquq – qonun belgilab bergan erk me’yoridir.
Huquqiy ong huquqiy madaniyatning g‘oyat muhim 
qismlaridan biri bo‘lib, u eng avvalo odamlarning qonunga 
munosabatlarini ifodalovchi qarashlari va e’tiqodlaridan, ularning 
huquqiy tasavvurlaridan, intilish va tuyg‘ularidan iboratdir. 
Huquqiy ong o‘z ichiga: huquqiy tushuncha; huquqiy his-tuyg‘u; 
xohish-iroda kabi qismlarni qamrab oladi. 
Huquqiy ongni shakllantirish orqali huquqiy tarbiya 
me’yorlarini hayotga tadbiq etish muayyan qoidalarga amal 
qilishga yordam beradi. Huquqiy ongni oshirish va huquqiy 
madaniyatni yuksaltirish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
va boshqa mavjud qonunlar yoki huquqiy me’yoriy hujjatlar 
asosida amalga oshiriladi. 


282 
Xususan, bu borada “Huquqshunoslik”, “Inson huquqlari”, 
“Huquqiy tarbiya uslubiyati” kurslarini o‘rganish muhim sanaladi. 
Huquqiy bilim asoslarini o‘rgatuvchi maxsus ta’lim turlari bilan bir 
qatorda huquqiy targ‘ibot-tashviqot ishlari ham katta ahamiyat kasb 
etadi. Jumladan, huquqshunoslar ishtirokidagi muloqotlar huquqni 
muhofaza qilish idoralari xodimlari bilan uchrashuvlar, savol-javob 
kechalari va shuning singari tashkiliy tadbirlar ijobiy samara berishi 
shak-shubhasizdir.
Huquqiy tarbiyaning maqsadi o‘quvchilarda huquqiy 
madaniyatni shakllantirish, ularda huquqiy demokratik davlat 
sharoitida yashash ko‘nikmasini tarbiyalashdir. 
Huquqiy tarbiyaning mazmuni. Huquqiy tarbiyani tashkil 
etish jarayonida o‘quvchilarga davlat Konstitutsiyasi, davlat 
haqidagi ta'limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma'muriy 
nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma'no-
sini tushuntirish, ularga ijtimoiy-huquqiy me'yorlarning shaxs va 
jamiyat hayotidagi ahamiyati haqidagi tushunchalarni berish, 
huquqiy munosabatlar mohiyati yuzasidan tasavvurga ega bo‘lish-
larini ta'minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, huquqiy faoli-
yatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, 
huquqiy madaniyatni shakllantirish masalalariga e'tibor qaratiladi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling