283
O‘quvchilarning huquqiy ongini oshirmasdan fuqarolik davla-
tini barpo etish murakkab vazifadir. Huquqiy ong poydevoriga
avvalo oilada asos solinadi. So‘ngra ta’lim-tarbiya muassasalarida
bu faoliyat davom ettiriladi.
Huquqiy tarbiya metodlari:
-
ishontirish; majburlash; kasbiy na’muna; rag‘batlantirish.
Bolalarning qalbi va vujudiga go‘daklik paytidan boshlab
odob-axloq, huquqiy qonun-qoidalar
haqida ilk tasavvur va
tushunchalarni singdirishda jamiyatning asosi, negizi bo‘lgan
oilaning roli va ahamiyati katta.
Daho xalqimiz bu borada ham
o‘ziga xos huquqiy tarbiya maktabini yaratgan. Ota-bobolarimiz
bolalarga turli mavzularda ertaklar aytib
berish orqali ularning
ongida ilk huquqiy tushunchalarni shakllantirganlar.
“Tekin tomoq
bo‘lma”, “Mehnatdan qochma”, “Yolg‘on gapirma”, “Yomonga
yaqinlashma”, “Yomon bilan yurma” kabi ibrat, o‘git mazmunida-
gi gaplar ham kichkintoylarni tasavvurida ilk huquqiy tushuncha-
larni paydo qiladi. Huquqiy tarbiya serqirra, o‘ta murakkab, uzoq
davom etadigan jarayondir. Aslida
“Qonunlar qonuni vijdondir”.
“Faqat vijdongina insonlar hayotining odil rahnamosidir” (Lev
Tolstoy). Yoshlarni huquqiy savodxon qilib tarbiyalashda huquqiy
ta’lim katta ahamiyatga ega. Huquqiy ongni shakllantirish orqali
huquqiy tarbiya me’yorlarini hayotga
tadbiq etish muayyan
qoidalarga amal qilishga yordam beradi. Huquqiy ongni oshirish va
huquqiy madaniyatni yuksaltirish O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va boshqa mavjud qonunlar yoki huquqiy me’yoriy
hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: