Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Huquqiy tarbiyaning umumiy pedagogik xususiyatlari


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Huquqiy tarbiyaning umumiy pedagogik xususiyatlari 
Maktabdagi huquqiy tarbiya – o‘z ichiga o‘quvchilarni huquqiy 
bilimlar bilan qurollantirish, mazkur bilimlar asosida o‘z xulq-
atvoriga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, qonun va 
qoidalarga rioya qilish muhimligini uqtirish, muayyan huquq va 
erkinliklardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini singdirishni qamrab 
oladi. Umuman, uslubiy rejadan kelib chiqib, tarbiyaga kompleks 
yondashuv prinsipi nuqtayi nazardan qaralganda, uni g‘oyaviy, 
siyosiy, axloqiy, estetik tarbiya ta’sirining yig‘indisi sifatida 


284 
tushunish mumkin. Huquqiy tarbiyaning quyidagi uslublarini 
ajratish lozim: 
1. Huquqiy ongni shakllantirishda:
- e’tiqod, isbot; huquqiy mavzularda suhbatlar, ma’ruzalar, 
hikoyalar;
- Huquqiy mavzularga oid bosma materiallarni va san’at 
asarlarini muhokama qilish.
2. Huquqiy axloq asosini, malakasini, odatlarini va huquqni 
himoya qilish faoliyati tajribasini shakllantirish usuli: 
- Umumiy talab (ayrim holatlarida huquqiy asoslar bilan):
- O‘rnatish: 
- Misol: 
- O‘quvchilarning huquqini himoya qilish faoliyatini 
tashkillashtiradi; 
- Ijodiy o‘yindan foydalanish:
- Musobaqa: 
3. Huquqiy tarbiyani kuchaytirish uchun rag‘batlantirish yoki 
jazo usullarini qo‘llash. 
O‘quvchilar huquqiy tarbiyaning nafaqat subyektlarida, balki 
subyektlari sifatida ular avvalo jamoa fikri bilan o‘z a’zolariga faol 
ta’sir etib jamoa a’zolari sifatida ham qatnashmoqdalar. Maktab 
o‘quvchilarini huquqiy tarbiyalash shakllar tizimi ikki qismdan 
iborat bo‘lib, og‘zaki va amaliy ishlardir. Ular o‘zaro bog‘liq. 
Huquqiy tarbiyaning asosiy og‘zaki shakli darslar jarayonida o‘z 
ifodasini topadi. Fikrimizning dalili sifatida olib borilayotgan 
darslarni misol tariqasida keltirish mumkin. Shu o‘rinda huquqiy 
tarbiya o‘quvchilar ruhiyatiga qanday singdirilayotganligi ma’lum 
bo‘ladi. Darhaqiqat, yaxshi dars yirik bir asardir.
Huquqiy darslar davomida o‘quvchilarni qonuniy va qay 
holatlarda qonun buzilishlar sodir etilishini chuqur idrok etib 
borishlari lozim. Shuningdek, ushbu darajalarda davlat ramzlari, 
ularga nisbatan faxr-iftixor, Ona Vatanga cheksiz mehr tuyg‘ulari 
singdirilib borilishi lozim. 
Huquqiy tarbiyaning og‘zaki yana bir shakli yoki ko‘rinishi bu 
qonunchilikning asoslari bo‘yicha fakultativ darslardir. Bunday 
darslarga amaliy tashkiliy tadbirlar, jumladan, qonunni muhofaza 


285 
qiluvchi idoralar xodimlari, qonunshunoslar bilan uchrashuvlar 
bilan, huquqiy mavzuda uyushtirilgan muloqotlarni o‘tkazish, 
tashkiliy hujjatlarni tuzish singari faoliyatlarni kiritish mumkin 
emas. Tarbiyaning mustaqil shakli huquqiy mavzuda bahs yuritish. 
Bunda o‘quvchilarning faolligi, huquqiy mavzular bo‘yicha bilimi, 
qonuniy va noqonuniy xatti-harakatlar to‘g‘risidagi e’tirozlari, u 
yoki bu qonunbuzarlarga nisbatan qarashlari aniqlanadi.
Huquqiy tarbiyaning yana bir shakli bu huquqiy mavzularda 
suhbatlar, huquqiy yo‘naltirish, konferensiyalar, seminarlar va 
hokazolar tashkil etish.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling