Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
O‘qituvchi o‘qitish jarayonida huquqiy tarbiya masalalari va
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
O‘qituvchi o‘qitish jarayonida huquqiy tarbiya masalalari va
uslublarni… O‘qituvchi o‘qitish jarayonida huquqiy tarbiya masalalarini hal qilishda bolalarning yoshini e’tiborda tutmog‘i joiz, hamda tarbiya muammolarini “markaziy tarmog‘i” ni aniqlashga harakat qilish zarur. Xususan, u shu tarzda o‘quvchining yoshiga qarab, (maktab, litsey, kollej, oliygoh, va hokazo). Huquqiy tarbiyaning shakl va uslublarini chuqurlashtirib borgani durust. O‘qituvchining bor sa’y- harakati, o‘quvchi qalbida o‘z xatti-harakatiga nisbatan chuqur mas’uliyat hissini uyg‘otishdan iboratdir. Inchunun, huquqiy fanlarni o‘rganish jarayoni uchta asosiy elementlarning uzviy bog‘liqligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, bu o‘qituvichi faoliyati, o‘quvchilar sa’y-harakati va ta’lim mazmun-mohiyatidan iboratdir. Xususan, buni shunday izohlash mumkin. Ushbu faoliyat huquqiy tarbiyaning maqsadlarga yo‘naltirilishi (bo‘ysundirilishi) va ularning bilim olish jarayonida o‘quvchilar yutuqlari natijalarida namoyon bo‘lishidir. Shu tarzda huquqiy bilimlar (sistemasi) tizimlar qay tarzda singdirilganligi aniqlanadi hamda tinglovchi- larda huquqiy qarashlar va axloqiy e’tiqod mavzusini shakl- lantiradi. 287 7. Mehnat tarbiyasi Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat tarbiyasining o‘rni beqiyosdir. Insonning kundalik turmush tarzi mehnat va faoliyati bilan bog‘liqdir. Shu sababli mehnat butun moddiy va ma’naviy boyliklarning ijtimoiy taraqqiyotining negizidir. Mehnat tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlan- tirishning ajralmas qismidir. Shuningdek, bolaning har tomonlama shakllantirish vositasi, uning shaxs sifatda ulg‘ayish omili hamdir. Muntazam qilingan mehnat jarayonidagi bola o‘z aqlini, irodasini, hissiyotini, xarakterini rivojlantirishi mumkin. Mehnat – farovon va baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo‘lganligi sababli hamma insonlar uchun majburiydir. Bolalarni mehnatni sevish ruhida tarbiyalash-butun insoniyatni tarbiyalash demakdir. Shu boisdan yosh avlodni mehnatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash barcha ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatining asosiy negizi bo‘lib qolmoqda. Pedagogikada yosh avlodni shakllantirishda mehnat tarbiyasi juda katta ro‘l o‘ynashini ta’kidlab o‘tgan rus pedagogi K.D. Ushinskiy bunday deb yozgan edi: “Tarbiyaning o‘zi, agar u kishining baxtiyor bo‘lishini istar ekan, uni baxt uchun tarbiyalash kerak emas, balki turmush mehnatiga tayorlashi lozim”. Mehnat faoliyati bolaning tevarak-atrofidagi muhitini, real buyumlarni anglab, bilib olishning mustahkam vositasi bo‘lib, unga nazariy bilimlarni qo‘llanish imkoniyatini yaratib beradi, uning ongini hissiy tasavvurlar bilan boyitish. Jumladan, mehnatning ijtimoiy axloqiy ahamiyatiga e’tibor berish, mehnat o‘quvchining yoshi, hayot tajribasi va imkoniyatlariga mos bo‘lishi, mehnat faoliyatlari ijodiy harakatda bo‘lishi, o‘z vaqtida turli kasblar haqida ma’lumotlar berib borilishi, mehnat ahllari bilan doimo suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish kabilar. Umuman olganda, mehnat tarbiyasi ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Mehnat tarbiyasining bosh g‘oyasi shaxsda mehnat faoliyatini tashkil etish, ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, ijtimoiy mehnatni qadrlash, mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash sanaladi. Insoniyat tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar, ijtimoiy 288 taraqqiyot asosida, mehnat faoliyati natijasidir. Jamiyatda tashkil etiladigan mehnat tarbiyasi yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, ularning vatan ravnaqi, el-yurt farovonligi yo‘lida mehnat qilish, rivojlangan demokratik va huquqiy davlatni barpo etish jarayonida faol ishtirok etishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish, yagona maqsad yo‘lida harakat qilishga tayyorlashdan iborat jarayonni o‘z ichiga oladi. Sharqning yetuk mutafakkirlari mehnatning shaxs kamoloti, shuningdek, jamiyat rivojidagi ro‘liga yuksak baho berishgan. Zero, mehnat insonning ham ruhan kamolotga yetishini ta’minlaydi. Inson o‘z mehnati bilan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratib berar ekan, ayni vaqtda uning o‘zi ham shaxs sifatida shakllanib boradi, chunki inson aksariyat hollarda o‘z mehnat faoliyati bilan ijtimoiy munosabatlar subyekti ( ishtirokchisi )ga aylanadi. Shu bois insonni yoshligidanoq mehnat faoliyatiga jalb etish maqsadga muvofiqdir. Mustaqil har tomonlama kamolga yetgan barkamol shaxs uchun zarur bo‘lgan ma’naviyat qirralari iymon, e’tiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat, do‘stlik, sadoqatlik, mehnatsevarlik, milliy g‘urur kabi fazilatlarini shakllantirish zarur. Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsad va vazifalari. Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy- foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllan- tirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko‘maklashsin. Mehnat tarbiyasining provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishdir. O‘quvchilarning ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda mehnat tarbiyasi muhim shartlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Uning amalga oshirilishi davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy siyosat mazmuni bilan belgilanadi. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllan- tirishning asosiy tamoyillari jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning asosi sanaladi. 289 Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar rivojlanishini yuksak bosqichga ko‘tarish uchun ishlab chiqarishni keng ko‘lamda kompyuterlashtirish, iste’mol mahsulotlarini jahon standartlari darajasida ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda. Bularning barchasi yuksak intellektual va jismoniy kamolotga ega bo‘lish, ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslaridan to‘laqonli xabardor bo‘lish, mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo‘ladigan yoshlarni tarbiyalashni taqozo etadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim muassasalarida mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan ulkan talablarni qo‘yadi. Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq: − yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash; − Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling