Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Iqtisodiy tarbiya vazifalari: 

 
o‘quvchilarda iqtisodiy ongni izchillik bilan rivojlantirib 
borish; 

 
oqilona ehtiyojlarni, ularni moddiy imkoniyatlar bilan 
taqqoslash qobiliyatini shakllantirish

 
bolalarda o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga bo‘lgan 
izlanishlarda mehnatga yo‘nalganlikni tarbiyalash; 

 
kasb tanlashga ongli munosabatda bo‘lish, tejamkorlik, 
rejalilik, omilkorlik, ishchanlik, xo‘jalikni tejab-tergab olib borish 
kabi sifatlarni tarbiyalash; 

 
o‘quvchilarni iqtisodiy tahlil qilish malaka va ko‘nikmalari 
bilan qurollantirish, tejamkorlik va iqtisod qilish odatlarini 
tarbiyalash, aqliy va jismoniy mehnat madaniyatini shakllantirish, 
mehnatni ilmiy tashkil etish asoslarini egallab olish; 

 
mas’uliyatsizlikka, mehnatdagi tartibsizlikka, bekorchilikka, 
boqimandalik kayfiyatlariga, xo‘jasizlikka, isrofgarchilikka, bepar-
volikka murosasiz munosabatda bo‘lish hissini tarbiyalash va 
hokazo. 
Iqtisodiy tarbiyaning ahamiyati xususida Sharq mutafakkirlari
pedagog olimlar o‘z qarashlarini bayon etganlar. Ibn Muso al-
Xorazmiy kishi hisob ilmini bilishi va o‘z ishiga pishiq bo‘lishi 
kerakligi, shundagina u o‘z mehnatining natijalarini o‘lchovlar 
orqali aniqlay olishi mumkinligini ta'kidlasa, Abu Nasr al-Forobiy 
insonga yashash uchun juda ko‘p narsalar kerakligi va ularni 
vujudga keltirish yo‘lida boshqa shaxslarga murojaat qilishni 
e’tirof etadi. Al-Forobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida” asarida 
shunday yozadi: “Inson o‘z mablag‘ini sarflashni bilishi kerak. Pul 
sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni 
rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi”. 


300 
Ibn Sino bolalarni hayotga tayyorlash uchun ularga hunar 
o‘rgatish lozim deb ko‘rsatadi. Inson hunarni puxta o‘rganishi 
shart. Chunki hunar unga kelajakda ro‘zg‘or tebratish uchun kerak. 
Bu shunday olib borilishi kerakki, u o‘z mehnatining natijalarini 
ko‘ra bilsin. Shundagina bola o‘z imkoniyatidan to‘g‘ri yoki 
noto‘g‘ri foydalanayotganini anglashi lozim. Hunar egallash yosh-
larni mustaqillikka o‘rgatadi. Bu jarayonda bola hisob-kitob qilish-
ni ham o‘rganadi, ishbilarmonlik va tadbirkorlik hususiyatlariga 
ega bo‘ladi. 
Tejamkorlik, ijodkorlik, mas’uliyat hissi tashabbuskorlik, 
ishbilarmonlik, hisob-kitob mohirligi o‘quvchilar iqtisodiy 
tarbiyadan qanday saboq olayotganliklarini ko‘rsatuvchi muhim 
belgilardir. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling