Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
10. Nafosat tarbiyasi 
Nafosat tarbiyasi barkamol shaxs tarbiyasining ajralmas tarki-
biy qismidir. O‘quvchilarda nozik didlilikni, go‘zallikni fahmlay va 
qadrlay olishga o‘rgatish nafosat tarbiyasining asosiy masalalaridan 
biridir.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya) bu o‘quvchilarni voqelik-
dagi, san’atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat 
munosabatlaridagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish hamda 
to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda 
go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotiga go‘zallik olib kirish 
qobiliyatlarini tarbiyalashdir. 
Nafosat tarbiyasining vazifalari: 

nafosat tarbiyasiga doir bilimlarni shakllantirish; 

nafosat madaniyatini tarbiyalash; 

madaniy qadriyatlarga estetik munosabat

faoliyatga estetik munosabat; 

nafis his-tuyg‘ularni rivojlantirish; 

insonni hayot, tabiat, mehnat go‘zalliklariga oshno qilish;

hayoti va faoliyatini qurishda go‘zallik qonunlariga qurish 
istagini rivojlantirish; 

hayolda, faoliyatda, xatti-harakatda, tashqi ko‘rinishda 
go‘zal va yoqimli bo‘lish istagini uyg‘otishdan iborat. 


308 
Madaniy qadriyatlarga, faoliyatga estetik munosabatni shakl-
lantirish maqsadida tevarak-atrofdan tanlab olingan turmush, tabiat, 
san’at go‘zalligi va bolalarning badiiy faoliyatini tashkil etishga 
yo‘naltirilgan pedagogik jarayon nafosat tarbiyasining muhim 
vositalari hisoblanadi. Ba’zi ota-onalar bolalarda did va farosat 
o‘stirishni yuzaki tushunadilar va o‘z bolalarida shu hislatlarni 
tarbiyalamoqchi bo‘lgan vaqtlarida jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yadilar. 
Chunonchi, bolani sodda va ozoda kiyintirish o‘rniga qimmatbaho 
kiyim va buyumlar olib beradilar va shunday qilish bilan bolaning 
did va farosatini buzayotganliklarini sezmaydilar. Shuni yaxshi 
bilish kerakki, did va farosat tug‘ma bo‘lmaydi. U bolalarda yoshlik 
chog‘dan boshlaboq oilada, bog‘chada, maktabda, qurshab olgan 
muhit, kishilar, o‘rtoqlari ta’siri ostida, shuningdek, kinofilmlar va 
turli madaniy muassasalar ta’sirida tarbiyalanadi va kamolotga yeta 
boradi. 
Shuning uchun oila, maktab, maktabdan tashqi muassasalar, 
“Kamolot” va “Kamalak” tashkilotlari bolalardagi yaramas odatlar-
ni yo‘qotishga, ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilari orasidagi “stilga” 
intilish (harakatlari)ga barham berishga, ularda chin insonga xos 
bo‘lgan did va farosatni tarbiyalash va takomillashtirishga alohida 
e’tibor berishlari kerak. Barkamol shaxsning nafosat tarbiyasidagi 
zaruruiy jihatlardan biri, ularning eng yuksak nafosat tuyg‘uga ega 
bo‘lishlari, sodda, ozoda va chiroyli kiyinishlari, san’atni 
qadrlashlari va ma’naviy jihatdan pok bo‘lishlari lozim.
Pedagog-tarbiyachilarining birdan-bir vazifasi bolalarga ana 
shunday xislat va odatlarni singdirish hamda bolalarda did va 
farosat qanchalik taraqqiy etgan bo‘lsa, ularning intizomi ham 
shuncha yaxshi bo‘lishini unutmaslikdan iborat. Bolalarda did va 
farosatni tarbiyalash masalasi bilan faqat oila, bog‘cha va 
maktabgina emas, balki maktabdan tashqari muassasalar va butun 
jamoatchilik ham shug‘ullanishi lozim. 
Bolalar o‘rtasida “Madaniy xulq to‘g‘risida”, “Odob to‘g‘-
risida”, “Xushmuomalalik to‘g‘risida”, “Kiyinish to‘g‘risida” va 
boshqa shu singari mavzularda tez-tez suhbat, ma’ruza va 
munozaralar o‘tkazib turish kerak. 


309 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling