Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Nafosat tarbiyasini berish yo‘llari


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Nafosat tarbiyasini berish yo‘llari: Maktabda nafosat 
tarbiyasini berish turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Nafosat 
tarbiyasi o‘qish jarayonida, o‘quvchilarga badiiy jihatdan tarbi-
yalaydigan “Matematika”, “O‘qish”, “Jismoniy tarbiya” “Mehnat 
darsi” fanlarni o‘qitish jarayonida, ijtimoiy foydali mehnat 
jarayonida, turmushni chiroyli qilib tashkil etish va o‘quvchilarning 
bir-birlari bilan bo‘ladigan munosabatlarida beriladi. 
Ta’lim jarayonidagi nafosat tarbiyasi. Maktabning 
boshlang‘ich sinflarida o‘qitiladigan har bir fan hamda maktabdan 
va sinfdan tashqari jarayonda tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlar, 
tarbiyaviy soatlar bolalarga nafosat jihatdan ta’sir etish imkonini 
beradi. O‘quvchilar she’rlar, hikoyalar, xalq og‘zaki ijodi 
namunalari – maqol, matal, ertak, doston, qo‘shiq, rivoyat va 
hikoyatlarni o‘qish orqali ularda go‘zallikka intilish kuchayadi. 
Shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodiy faoliyati, asarlari bilan 
tanishish tahlil qilish orqali o‘quvchilarning bilim doirasi
kengayadi, his-tuyg‘ulari va til boyligi takomillashadi. O‘qish 
darslari o‘quvchilarda go‘zallikni idrok etishni ta’minlaydi. 
Boshlang‘ich sinflardagi mehnat darsi ham bolalarda nafosat 
tuyg‘usining o‘sishiga yordam beradi. O‘quvchilar arralash va 
kesish, kashta tikish, loydan turli buyumlar yasash malakalarini 
orttirish paytida chiroyli bezak va shakllarni tanlashga, rangiga 
qarab ip tanlashga, ishda saranjom-sarishtalikka, sabr-toqatli 
bo‘lishga, eng asosiysi, o‘zlarining chiroyli qilib yasalgan 
buyumlaridan zavqlanishga o‘rganadilar. Mehnat jarayonida 
tayyorlangan har bir buyum (tovar)ning ahamiyati, funktsiyasi, 
zaruriligi insonning tabiiy ehtiyojlarini qondirishi jihatidangina 
emas, balki uning qanchalik go‘zalligi bilan ham baholanadi. 
Go‘zallik bu hayotning o‘zi, tabiat hamda inson mehnati natijalari, 
insoniy munosabatlarning mukammalligidir. 
Jismoniy tarbiya fani bolalarni aniq va chiroyli harakat qilish, 
ularda musiqaga jo‘r bo‘lib ommaviy ravishda jismoniy mashqlarni 
bajarish vaqtida muvofiqlashtirilgan jamoa harakatlarining chiroyli 
chiqishini ko‘rish va undan quvonish imkonini beradi. 
I-IV sinflarning jismoniy tarbiya rejasiga harakatli o‘yinlar, 
musiqa va sanoqqa qarab harakat qilish kiritilgan. Bu o‘yin va 


310 
mashg‘ulotlar bolalarda nafosat tuyg‘usi va kechinmalarini hosil 
qiladi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling