Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida nafosat tarbiyasi


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida nafosat tarbiyasi. 
Boshlang‘ich maktablarning o‘quv rejasiga umumiy ma’lumot 
beradigan fanlardan tashqari nafosat fanlar sikli: rasm, ashula va 
sinfdan tashqari o‘qish kiritilgan. 
Bu darslarni o‘qitishdan maqsad bolalarda nafosat tuyg‘usini 
uyg‘otibgina qolmasdan, balki o‘quvchilarga muayyan san’at 
turining xususiyati va asosi haqida tushuncha berish, ularda ijodiy 
malaka va ko‘nikmalarni, tegishli qobiliyatlarni o‘stirishdir. 
Badiiy so‘z vositasi bilan nafosat tarbiyasini berish. Bola 
o‘qishni o‘rganmasdan ilgariroq unga badiiy so‘z ta’sir eta 
boshlaydi. U kattalar o‘qib beradigan bolalar kitobini, kattalar 
hikoyasini tinglaydi, maqol va masallarni eshitadi, bolalar 
yozuvchilarining she’rlarini yod oladi. 
Sinfdan tashqari o‘qish darsining asosiy vazifasi bolalarni 
kitobga qiziqtirish, ularning zamondosh yozuvchilarimiz haqidagi 
bilimlarini kengaytirish, o‘qish darsi rejasiga kirmagan asarlarni 
ham o‘qishga qiziqtirishdir. Sinfdan tashqari o‘qish darsiga o‘qish 
texnikasini o‘stirish vositasi deb emas, balki bunday dars 
jarayonida bolalarda kitob o‘qishga qiziqish hislarini, nafosat 
tuyg‘ularini uyg‘otuvchi vosita deb qarash kerak.
Shuning uchun o‘qituvchi sinfdan tashqari o‘qish darsida 
o‘quvchilarning odatdagi darslardagiga qaraganda ifodaliroq, 
o‘qishiga ko‘proq e’tibor berishi lozim, chunki ta’sirchan va ifodali 
qilib o‘qilgan asarlar kishiga ta’sir etadi. 
O‘qituvchining o‘zi ifodali o‘qishda namuna bo‘lishi, ya’ni 
hikoyani ta’sirchan ohangda o‘qiy olishi, hikoya qahramonlarining 
kayfiyati va ularning nutqidagi o‘ziga xos xususiyatlarni yetkazib 
bera olishi, o‘qilayotgan narsaga o‘z munosabatini bildirishi lozim. 
Tasviriy san’at vositasida nafosat tarbiyasini berish. Badiiy 
ishlangan rasm va suratlar o‘quvchilarni tevarak-atrofdagi hayot 
bilan tanishtiradi, tabiatni, insonni va uning mehnatini sevishga 
o‘rgatadi, o‘z imkoniyatiga qarab, go‘zalliklar yaratishda ishtirok 
etish orzusini uyg‘otadi. 


311 
Agar o‘qituvchi rasm darsini xilma-xil metodlar (san’atga oid 
suhbatlar o‘tkazish, bolalar tushuna oladigan badiiy materiallar 
ko‘rgazmasini uyushtirish, rassomlar va san’at arboblari bilan 
uchrashuvlar o‘tkazish) qo‘llangani holda qiziqarli olib borsa, bu 
dars bolalarning sevimli darsiga aylanishi mumkin. 
Badiiy materiallar yuzasidan ish olib borilganda bolalarda 
kuzatuvchanlik o‘sadi, ular tasviriy san’at janrlari to‘g‘risida, 
ranglarning bir-biriga uyg‘unligi to‘g‘risida, har xil ranglar 
to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchaga ega bo‘ladilar, o‘tmishdagi va 
hozirgi zamon atoqli rassomlarining nomlarini bilib oladilar, 
ularning ijodi bilan tegishlicha tanishadilar.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling