Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

G
im
n
as
ti
ka 
tu
rl
ar
i
akrobatika va 
badiiy gimnastika 
sport gimnastikasi 
gimnastikaning yordamchi
turlari
davolash gimnastikasi 
dars boshlanishidan oldingi 
gimnastika 


317 
o‘yinlar va sport o‘yinlariga tayyorlaydigan o‘yinlarni mashq qilish 
kiritiladi. 
Gigiyenik gimnastika. O‘quvchilarning jismoniy jihatdan 
to‘g‘ri o‘sishlari uchun kundalik ertalabki gimnastika yoki 
zaryadka katta ahamiyatga ega. Kishi sog‘lig‘ini mustahkamlash
uning kun buyi charchamay, normal ishlash qobiliyatini ta’minlash 
va unda turmushda zarur bo‘ladigan muhim gigiyenik ko‘nikmalar 
hosil qilish – gigiyenik gimnastikaning vazifasidir. Ertalabki 
gimnastika ochiq havoda yoki derazasi (fortochkasi) ochib 
qo‘yilgan xonada uyqudan turish bilanoq qilinadi. Bu gimnastika 
barcha muskullarning ishtirok etishini ko‘zda tutadigan bir necha 
mashqlar va suv protsedurasidan iborat bo‘ladi. Lanjlik, ta’sir-
chanlik, betoblik sezilganida, ishtahasizlik va uyqusizlik paydo 
bo‘lganida darhol shifokorga murojaat qilish va gimnastika 
mashg‘ulotini vaqtincha to‘xtatish lozim. Bolani har kuni ertalabki 
gimnastika bilan shug‘ullanishga odatlantirishda ota-onalar va 
o‘qituvchilarning o‘zlari namuna ko‘rsatishlari juda katta rol 
o‘ynaydi. 
Sport gimnastikasi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga 
jismoniy tarbiya dasturi asosida umumiy jismoniy tayyorgarlik 
beriladi. Bu yoshdagi o‘quvchilar sport gimnastikasi bilan to‘la 
shug‘ullanmaydilar, uning oddiy elementlari bilangina tanishadilar. 
Ularning yoshi ulg‘aygan sari sport gimnastikasi darsda ham, 
darsdan tashqi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida ham borgan sari 
katta o‘rin egallay boshlaydi. Sport gimnastikasi mashg‘ulotlarini 
ehtiyotlik bilan o‘tkazish, jismoniy yuklamani sinchiklab 
taqsimlash, o‘smir organizmiga ortiqcha nagruzka berib yuborishga 
yo‘l qo‘ymaslik kerak. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling