Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy daqiqalar
- Sinfdan tashqari ishlar
Davolash gimnastikasi – maxsus davolash muassasalarida
mutaxassis shifokorlar va jismoniy tarbiya sohasida ish olib boruvchi xodimlar rahbarligida o‘tkaziladi. Ayrim hollarda, agar maktab shifokori yoki jismoniy tarbiya o‘qituvchisining ma’lum tayyorgarligi bo‘lsa, davolash gimnastikasini maktabda o‘tkazsa ham bo‘ladi. Agar maktab shifokori yoki jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bu maxsus sohani, ya’ni davolash gimnastikasini bilmasalar, uni o‘tkazishga urinmasliklari kerak. 318 Jismoniy daqiqalar Gimnastikaning yuqorida ko‘rsatib o‘til- gan turlaridan tashqari quyi sinf o‘quvchilari bilan o‘quv mashg‘ulotlari davomida jismoniy daqiqalar o‘tkaziladi. Odatda, jismoniy daqiqalar o‘quv kunining ikkinchi yarmidagi darslarda, ya’ni o‘quvchilarning charchaganligi o‘quv materiali- ning idrok qilinishi va o‘zlashtirilishiga ta’sir eta boshlagani sezilganda o‘tkaziladi. Charchashlikning oldini olish, markaziy nerv tizimiga qisqa dam berish va bolaning harakat qilishga bo‘lgan tabiiy istagini qanoatlantirish uchun 2-3 daqiqa davomida bir necha mashq (2-3 mashqni partalar yoniga chiqib turib bajarish) qildiriladi. Jismoniy daqiqalarni sinf o‘qituvchisi bolalar diqqatining susayganini, o‘quv materialining o‘zlashtirilishi pasayganini yoki o‘quvchilarning charchaganligini payqagandan keyin o‘tkazadi. Sinfdan tashqari ishlar O‘quvchilarni jismoniy jihatdan tarbiyalash ishlari darslardagina emas, balki sinfdan tashqari vaqtlarda ham olib boriladi. Boshlang‘ich maktabda jismoniy tarbiyada sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy shakllari: fizkultura to‘garaklari, fizkultura bayramlari, fizkultura chiqishlari, musobaqalar, maktabda va maktabdan tashqarida dam olishni uyushtirish (tanaffus vaqtlaridagi o‘yinlar, ekskursiyalar, sayrlar) dan iboratdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil etiladigan turli shakldagi ishlar jismoniy tarbiya darslarini mazmunan to‘ldirib boradi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida bolalar va o‘smirlar sportiga alohida e’tibor qaratilib, mazkur yo‘nalish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etildi. Respublikada yoshlarni jismoniy tarbiyalashga qaratilgan “Sog‘lom avlod dasturi” ishlab chiqildi. Mazkur dastur talablariga muvofiq respublika miqyosida quyidagi uch bosqichli sport musobaqalarining o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi: 1. Umumiy O‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Umid nihollari” bellashuvi. 2. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari o‘rtasidagi “Barkamol avlod” bellashuvi. 319 3. Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasidagi “Universiada” bellashuvi. Shuningdek, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha joylarda ommaviy sport bayramlari, musobaqalarning tashkil etilishi ommaviy tus oldi. Jismoniy tarbiya maktabgacha tarbiya muassasalaridan boshlab tizimli ravishda amalga oshiriladi hamda maktabda jismoniy tarbiya asosiy fan sifatida o‘tiladi. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling