Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va aha-


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va aha-
miyati” mavzusidagi xalqaro konferensiya dunyoning 50 mamla-
katidan kelgan atoqli olimlar bu tarixiy merosini butun insoniyat 
manfaati yo‘lida birgalikda o‘rganish, uni targ‘ibu tashviq qilish
amaliy hayotdan yanada keg qo‘llash kerakligini alohida ta’kid-
lagani, aytganlar, hammamizga g‘urur va iftixor bag‘ishla-
maydimi?
O‘zlikni anglash - bu o‘z tarixmizni, ming-ming yillik an’an-
larimizni bilish degani. Agarki har qaysi odam kechagi kunni yax-
shi biladigan bo‘lsa, hech qachon avvalgi xatosini yana takror-
lamaydi. Buyuk alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyolar yetishib 
chiqadigan joyda, avvalo, ilmu ma’rifat, madaniyat va ma’naviyat 


331 
o‘choqlari rivojlangan bo‘lishi kerak. Bo‘m-bo‘sh joyda hech 
qachon buyuk sivilizatsiya paydo bo‘lmaydi. Jahon tarixi buni 
ko‘p-ko‘p misollarda isbotlab beradi
1
.
Pedagogika tarixi fanini o‘zlashtirish ma’naviy-ijtimoiy, siyo-
siy va iqtisodiy hayotning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lishi inson 
kamoloti haqidagi g‘oyalarni nihoyatda puxta bilishni talab etadi. 
Pedagogika tarixi fani – kishilik jamiyati taraqqiyotida ijtimoiy 
o‘zgarishlari bilan bog‘liq va talim tarbiyaning yangi yo‘nalishlari 
va bu yo‘ldagi tarbiya pillapoyalarining tajribalariga suyangan 
holda har bir bo‘lg‘usi o‘qituvchida pedagogik bilim, malaka, 
ko‘nikma va mahoratni, didaktik va tarixiy asarlarni tahlil qilish va 
ularga munosabat bildirish kabi malakalarni shakllantiradi. 
Pedagogika tarixi ijtimoiy fan bo‘lib uning metodologik asos 
yosh avlodni tarbiyalash an’analarini jamiyatning taraqqiyoti bos-
qichidagi o‘qitish va kamol toptirish tizimlarini ularning qonun-
qoidalarini, qomusiy mutafakkirlar, ma’rifatparvar adiblar va peda-
goglarning ta’lim-tarbiya, ma’rifatga doir g‘oyalarini va ularning 
rivojlanishini mukammal o‘rganadigan fandir. Pedagogika tarixi 
fani umumjahon, shu jumladan Markaziy Osiyo xalqlari tarixidagi 
ma’naviyat va ta’lim-tarbiya faniga oid fikrlarni o‘zlashtirish uchun 
xizmat qilar ekan. Bu fan o‘tgan avlodlarimiz qoldirgan boy 
pedagogik manbalar va ularning milliy asoslarini o‘zlashtirishga 
qaratilgan bo‘lib, «Pedagogika tarixi» bo‘lajak o‘qituvchilarga 
bilim beribgina qolmay ularda milliy iftixor va g‘urur hissini ham 
tarbiyalaydi. Chunonchi yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Xalqimiz 
tayanchi-ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi bir 
xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanish kerak”
2
.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling