Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e’tibor 
beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g‘oyasi eng qadimgi davrlardan 
boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida 
yaratilgan barcha ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos 
bo‘lgan.
Zero, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy 
jihatdan kamol topishi uchun zarur bo‘lgan muayyan talablar o‘z 
ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat sharq balki g‘arb 
xalqlarining ham muhim ma’naviy merosi bo‘lib qoldi.
Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning 
barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g‘oyalarining nazariy 
va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham 
yuqori bo‘lishiga olib kelgan. 
 


344 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Ibtidoiy odamlar hayotida tarbiyaning o‘ziga xosligi 
nimalarda namoyon bo‘ladi? 
2. Qadimgi yozuvlar va ularning kelib chiqishi haqida 
nimalarni bilasiz? 
3. Xalq og‘zaki ijodida insondagi qaysi xislatlar ulug‘langan? 
4. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asaridagi 
o‘gitlardan misollar keltiring. 
5. “Avesto” eng qadimgi yozma yodgorliklari nimalardan 
iborat. 
 
 
 


345 
 
XIII BOB. VII ASRDAN XIV ASRGACHA BO‘LGAN 
DAVRDA MAKTAB, TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKR 
TARAQQIYOTI 
 
1. Islom dini g‘oyalarining ta’lim-tarbiyaga ta’siri. 
Musulmon maktablarida ta’lim-tarbiya mazmuni 
Islom dinining asoschisi va targ‘ibotchisi Muhammad ibn 
Abdulloh 570 yilda Makkada quraysh qabilasiga mansub Hoshi-
miylar xonadonida tug‘iladi. Otasi Abdulloh Shom safariga keta-
yotib Madina shahrida vafot etganda, yoshi 30 ga yetmagan edi. 
Yosh Muhammad besh yoshida onasi Ominadan ham ajraladi. 
Shundan so‘ng uni bobosi Abdul Mutallib o‘z tarbiyasiga oladi. Bu 
chog‘da Abdul Mutallibning yoshi yuzdan oshgan edi. Ko‘p o‘tmay 
u ham vafot etadi. Bobosining vafotidan so‘ng uning vasiyatiga 
ko‘ra, hali voyaga yetib utgurmagan Muhammadni amakisi Abu 
Tolib tarbiyalaydi. Ushbu yillarda u savdogarlik kasbining sir-
asrorlarini o‘rgana boshlaydi. Voyaga yetgach Makka shahrining 
badavlat ayollaridan biri bo‘lgan Xadichaning xizmatiga ishga 
kiradi.
609–610-yillardan boshlab Muhammad payg‘ambar sifatida 
yagona Allohga e’tiqod qilish g‘oyasini targ‘ib eta boshladi. Islom 
dinining g‘oyalarini quraysh va boshqa qabilalarning a’zolari 
o‘rtasida targ‘ib etishda Muhammad alayhissalomga Xadicha har 
jihatdan ko‘mak beradi, ular bir umr maslakdosh, hamfikr bo‘lib 
qoladilar. Islom dini g‘oyalari targ‘ibotining dastlabki yillari 
payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning g‘oyaviy e’tiqodla-
riga qarshi kofirlar va Makka mushriklarining adovati tobora 
kuchayib boradi. Bir necha urushlar bo‘ldi. Shundan so‘ng 
Allohning izni bilan Makka shahridan Madina shahriga hijrat 
etishga ruxsat bo‘ldi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom 
622 yilda o‘z sahoba va tarafdorlari bilan Madina shahriga yo‘l 
oldilar. Musulmonlarning hijriy yil hisobi xuddi shu yildan 


346 
boshlanadi. Madinada qabilalar qo‘shilib, yangi ittifoq – jamoa 
tuziladi. Bora-bora Madina shahrida musulmon jamoalari kuchli 
davlatga aylanadi. 
632 yilda Muhammad alayhissalom Makka shahriga yana bir 
bor haj qiladilar, oradan uch oy o‘tgach, Madina shahrida vafot 
etadilar. 
“Qur’on” - dunyo madaniyatining ulkan boyligi, musulmon-
larning muqaddas kitobi bo‘lib, arab tilida “qiroat” ma’nosini 
anglatadi. “Qur’on” 114 suradan iborat bo‘lib, ularning 90 tasi 
Muhammad alayhissalom Makka shahrida, 24 tasi esa Madina 
shahrida istiqomat qilgan davrlarda nozil bo‘linganligi to‘g‘risida 
manbalarda ma’lumotlar keltiriladi. “qur’on” g‘oyalari kishilarni 
tenglik, birodarlik, tinch-totuv yashash va ezgulikka undaydi. 
Shunga ko‘ra, u katta axloqiy qimmatga ega. “qur’on” g‘oya-
larining ma’naviy-axloqiy xususiyatlari xususida so‘z yuritilar 
ekan, uning insonning ma’naviy kamolga yetishida qay darajada 
muhim o‘ringa ega ekanligiga amin bo‘lamiz. Shuning uchun u 
mana necha asrlardan beri insoniyatning eng ulug‘ qadriyati sifatida 
e’zozlanib kelinmoqda. Qur’oni Karim kishilarni tinch-totuv 
yashash, birodarlik, tenglik, saxiylik va bir-biriga mehr-muhabbat 
ko‘rsatishga undaydi. Shunga ko‘ra u katta axloqiy ahamiyatga ega. 
“Qur’on”ning axloqiy qimmati uning insonni ma’naviy kamolotga 
erishishida rioya etishi lozim bo‘lgan talablarni bir butun holda 
mujassam eta olganligi bilan belgilanadi. Shu bois u necha 
asrlardan buyon insoniyatning eng ulug‘ qadriyatlaridan biri sifa-
tida e’zozlanib kelinmoqda. Ota-onalar “Qur’oni karim” g‘oya-
lariga ko‘ra eng birinchi navbatda ehson ko‘rsatilishiga loyiq 
kishilar sifatida qayd etilgani holda ularning haqlari belgilab berila-
di. Ota-onaning farzand oldidagi haqqi quyidagilardan iboratdir: 
− farzandga ota-ona xatti-harakatlarining malol kelmasligi; 
− ota-ona bilan gaplashganda ularning dillariga og‘ir botadigan 
so‘z aytmaslik; 
− ota-onaga ehtirom bajo keltirish; 
− ota-onaga rahm-shafqat ko‘rsatish;
− ota-onaning haqlariga duo qilish. 


347 
“Qur’on”da faqat ota-ona emas, oilaning boshqa a’zolariga, 
qarindoshlar, yetimlar, kambag‘allar, qo‘ni-qo‘shnilarga ham 
yaxshilik qilish ta’kidlangan. “Niso” surasining 36-oyatida “Ota-
onangizga ham qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh, 
qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, 
yo‘lovchi musofirga yaxshilik qilingiz!” (58 bet) deya, kishilarni 
bir-biriga yaxshilik qilishga undaydi. Bu oyat katta ijtimoiy-axloqiy 
ahamiyatga ega. Chunki har bir oilaning mustahkamligi jamiyatni 
mustahkamlashga, har bir yetimga g‘amxo‘rlik esa jamiyatning 
taqdiri uchun harakat qiladigan ma’naviy yuksak insonni kamolga 
yetkazishga olib keladi. Qo‘ni-qo‘shnilar bilan totuvlik esa mahalla 
hayotining tinch-totuv bo‘lishini ta’minlaydi, bu esa o‘z navbatida 
jamiyatning barqarorligiga olib keladi. Demak, yuqoridagi sura oila 
va jamiyat o‘rtasidagi mustahkam aloqa mohiyatini ham ifoda 
etadi. “Qur’on”da sabr-qanoatga ham yuksak axloqiy fazilat 
sifatida katta e’tibor beriladi. Shuning uchun ham sabr “Qur’on”da 
eng ko‘p zikr etiladigan xislat bo‘lib, quyidagi xislatlarni kamol 
toptiradi. Shu o‘rinda shijoat qiyinchiliklarga, iffat - shahvoniy 
hirsga, halimlik esa jahlga sabr qilishning mezoni sifatida talqin 
etiladi. “Qur’on”da ta’kidlanganidek, sabrli, sabotli bo‘lish - bu 
qiyinchiliklarga bardosh berish, yomon kishilar tomonidan 
yetkazgan nohaqliklarga chidash, boshga tushgan musibatlarga 
nisbatan bardoshli bo‘lishdan iboratdir. Quyida keltiriluvchi 
oyatlarda qayd etilgan fikrlarga rioya etish insonda sabr-toqat 
hamda matonat kabi xislatlarni tarbiyalaydi: “Va albatta, sizlarni 
xavf-u xatar, ochlik, mol-u jon va meva-chevalarni kamaytirish 
kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Biror musibat kelganda: 
“Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga 
qaytguvchilarimiz”, deydigan sobirlarga xushxabar bering (Ey 
Muhammad)! Ana o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot 
(ma’rifat) va rahmat bordir. Ana o‘shalar haq yo‘lini 
topguvchilardir” (“Baqara” surasi, 155-157-oyatlar). 
Yuqorida keltirilgan oyatlar mazmunidan anglanadiki, sabrli 
kishilar hayotda doimo to‘g‘ri yo‘lni tanlab oladilar, har qanday 
qiyinchiliklarga bardosh beradilar, musibatlar oldida bosh 
egmaydilar. Qur’oni karim insonni sabr-bardoshli bo‘lishga 


348 
undaydi. Bu esa har bir kishining eng oliy xislati sanaladi. 
“Qur’on”da insonda tarkib topishi kerak bo‘lgan oliy xislatlardan 
yana biri sadoqat deb ta’lim beriladi. Har bir jamiyatning ravnaqi 
shu jamiyatda yashayotgan kishilarning o‘z vatani va xalqiga 
bo‘lgan sadoqatiga ham bog‘liqdir. Zero, sadoqat bor joyda 
ishonch, e’tiqod mavjud bo‘ladi. Jamiyat a’zolarining vatani hamda 
xalqiga nisbatan sadoqatli bo‘lishlari jamiyat ravnaqini 
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi omillardan biri 
hisoblanadi. “Qur’on”da sadoqat barcha yaxshiliklarning 
debochasi sifatida, shuningdek, rostgo‘ylik ma’nosida ham talqin 
etilgan. Sadoqat o‘zgalarning omonatiga xiyonat qilmaslik, bergan 
va’dasiga vafo etish kabi holatlarni ham ifoda etadi. Shunga ko‘ra 
Alloh musulmonlarni bir-birlariga sadoqatli bo‘lishga undagan: 
“Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va iymonlarida sadoqatlilar 
bilan birga bo‘lingiz”, ‒ deyiladi “Tavba” surasining 119-oyatida. 
“Qur’on”da kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilash 
to‘g‘risida ham gap boradi va bu oliy darajadagi insoniy xislat 
bo‘lib, pok qalbli kishilargina bunga erisha oladi, deyiladi. Jamiyat 
a’zolarining bunday xislatga ega bo‘lishlari ham jamiyatda, ham 
odamlar orasida tinchlik va osoyishtalikning barqaror bo‘lishiga 
zamin hozirlaydi. Shu bois ham kishilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani 
mustahkamlash musulmonchilikning asosiy talablaridan biri 
sanaladi. “Hujurat” surasining 10-oyatida bu xususda: “Mo‘’min-
lar, hech shak-shubhasiz, og‘a-inilardir. Bas sizlar ikki og‘a-
iningizning o‘rtasini o‘nglab qo‘yinglar”, - deyiladi. Kishilar 
o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning oldini olish yoki ularning o‘zaro 
totuv yashashlariga erishish jamiyat ahamiyatiga egadir. Ijtimoiy 
hayotda har bir shaxs yoki umumxalqning farovon va baxtli hayoti 
ko‘p jihatdan ularning o‘zaro tinch-totuv yashashlariga bog‘liq. 
“Qur’on”da kishilar o‘rtasida yo‘lga qo‘yiluvchi o‘zaro yordamga 
alohida ahamiyat beriladi. Atrofdagilarga nisbatan yaxshilik qilish 
hamda taqvodorlik yo‘lida bir-biriga yordam berishga chaqiriladi. 
“Qur’on”da yaxshilik tushunchasi ostida rostgo‘ylik, omonatga 
xiyonat qilmaslik, saxiylik, shijoat va boshqa barcha fazilatlar 
nazarda tutiladi. Shu bilan birga “Qur’on”da jamiyat, shuningdek, 
biror kishining manfaatiga zarar yetkazuvchi yomonlik hamda 


349 
dushmanlik qoralanadi. “Qur’on”da insondagi eng zarur xislatlar-
dan sanalgan oliyjanoblik haqida ham fikr yuritiladi. Oliyjanoblik-
yaxshilikni o‘zi uchun emas, boshqalar uchun ham zarurligini 
anglash istagidir. Demak, oliyjanoblik ruhiy holat bo‘lib, inson 
kamolotini ko‘rsatuvchi xislatdir. “Xashr” surasining 9-oyatida 
“Garchi o‘zlarida ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘zlarini qo‘yib (o‘zgalarni) 
iysor-ixtiyor qilurlar. Kimki o‘z nafsining baxilligidan saqlana olsa, 
bas, ana o‘shalar najot olguvchi zotlardir”, –
deya o‘zgalarga 
nisbatan oliyjanoblik qila olgan insonlar sharaflanadilar. Muomala 
madaniyatiga rioya qilish qonun-qoidalari Islom dini g‘oyalari 
yaratilgunga qadar ham tizimlangan bo‘lsada, biroq Islom 
ta’limotigina uning asl mohiyati, shuningdek, inson kamoloti va 
jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini to‘laqonli ravishda ochib berdi. 
Kishilarida shirinso‘zlik, madaniy muomala qila olish ko‘nikmalari 
taraqqiy etgan mamlakatlardagina ijtimoiy-iqtisodiy hamda 
madaniy taraqqiyot ro‘y beradi. Shirinso‘zlik insonning muomala 
madaniyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi, uning obro‘sini oshiradi, 
elning hurmatiga sazovor qiladi. Shu bois “Qur’on”da har bir 
insonning shirinso‘z bo‘lishi ham o‘zi uchun, ham jamiyat uchun 
foydali ekanligiga alohida urg‘u beriladi. Boshqa oyatda esa Alloh 
kishilarni so‘zlashganda past ovoz bilan so‘zlashga undaydi: 
“Kishilarga chiroyli so‘zlar so‘zlangiz” (“Baqara” surasi, 53-oyat). 
“Qur’on”da yana insonni axloqiy kamolga yetkazishga zid 
xususiyatlar: manmanlik, aroqxo‘rlik, qimorbozlik, yolg‘onchilik, 
boshqalarni kamsitish, badgumonlik, josuslik, g‘iybatchilik, 
maishiy buzuqlik, g‘azabnoklik, xasadgo‘ylik, ochko‘zlik kabilar 
xususida ham muhim fikrlar bildirilgan. 
Manmanlik - o‘z aybini tan olmaslik, takabburlik sanaladi. 
Manmanlik illati kishilarni sog‘lom fikr yuritishdan, o‘zini tako-
millashtirib borishdan mahrum etadi. Natijada jaholat illati paydo 
bo‘ladi (“A’rof” surasining 146-oyati). “Qur’on”da aroqxo‘rlik va 
qimorbozlik ham insonni tubanlik sari yetaklovchi, or-nomusini 
oyoq osti qiluvchi illat sifatida qoralanadi. Chunki aroqxo‘r asta-
sekin or-nomusini unuta boshlaydi, maishiy tubanlikka yuz tutadi. 
Inson naslining buzilishi, jamiyatning inqiroziga sabab bo‘ladi. 
Aroqxo‘rlik va qimorbozlik ruhan va jismonan insonning ma’naviy 


350 
qashshoqlanishiga olib keladi. Bunday inson ham oila, ham jamiyat 
uchun bevosita zarar keltiradi. Shunga ko‘ra, islom ta’limoti 
g‘oyalarida aroq xarom hisoblanishi qayd etiladi. 
Qimor esa insonga ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan zarar 
keltiradi, inqirozga yuz tutishga olib keladi. Shuning uchun ham 
ushbu yomon illatlarning oldini olish ta’kidlanadi. “Qur’on”da 
yolg‘onchilik va uning turlari, zararli oqibatlari haqida ham batafsil 
to‘xtab o‘tilgan. Unda yolg‘onchilik razolat bilan bir qatorga 
qo‘yiladi. Odamlar yolg‘onchi kishining gaplariga ishonmay 
qo‘yadilar, unga bo‘lgan ishonchlarini yo‘qotadilar. Shuningdek, 
mazkur kitobda yolg‘onchilikning turlari ham bayon etiladi. 
Shulardan eng xavflisi xiyonat deb ta’kidlanadi. Zero, xiyonat 
jamiyat uchun ham, shu jamiyatda yashovchi odamlar uchun ham 
zarar keltirib, uni xarob etadi. “Anfol” surasining 27 hamda “Niso” 
surasining 107 oyatida xiyonat qilganlarni Alloh kechirmasligi 
ta’kidlangan. Yolg‘onchilikning yana bir turi va’daga vafo qilmas-
lik deb ko‘rsatiladi. Irodasiz, birovga yaxshilikni ravo ko‘rmay-
digan, ishonchsiz kishilar va’daga vafo qilmasligi bayon etiladi. 
Islomda va’dasining ustidan chiqmaslik - munofiqlik deb tushun-
tiriladi. Bu xususidagi fikrlar hadislarda ham o‘z ifodasini topgan, 
xususan, “Munofiqlikning belgisi uchta: gapirsa-yolg‘on gapiradi, 
va’da bersa-vafo qilmaydi, omonatga xiyonat qiladi” tarzida ifoda 
etilgan. Yolg‘on guvohlik berish ham kishilarga jabr-zulm 
o‘tkazishga sabab bo‘lishiga “Qur’on”da alohida e’tibor beriladi.
Chaqimchilik ham yolg‘onning bir turi sifatida, kishilar 
o‘rtasiga nifoq soluvchi razolat tarzida qoralanadi. “Qur’on”da 
haqiqiy inson o‘zgalarni kamsitmasligi, boshqalarni hurmat qilishi, 
shu bilan kishilar o‘rtasida totuvlikni mustahkamlash mumkin 
ekanligi kabi g‘oyalar ham mavjud. Islom ta’limotida hasad ham 
eng qabih xislat sifatida qoralanadi. “Qur’on”da insonning axloqiy 
kamol topishida bekorchi gap-so‘zlardan yiroq yurish, mayda va 
behuda gaplarga vaqt ketkazmaslik, ulardan o‘zini chetga olish 
kabilarni ham bajarish farz ekanligi ta’kidlanadi. Insonning 
ma’naviy kamol topishiga salbiy ta’sir etuvchi xislatlardan biri - 
ochko‘zlik ekanligi ta’kidlanib, kishilarning bunday xislatga ega 
bo‘lmasligi darkor ekanligi uqtiriladi. Chunki mol-u dunyo 


351 
orttirishga bo‘lgan rag‘bat manmanlik, berahmlik, isrofgarchilik 
kabi yomon xislatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi (“A’rof” 
surasining 31-oyati). Ochko‘zlik, xasislik esa mol-dunyoga ruju 
qo‘yishga olib keladi. 
“Qur’on”da ta’lim berilishicha, mol-dunyo insonni sinash 
uchun beriladi. Mol-dunyoga erishgan har bir inson uni to‘g‘ri 
yo‘lda sarflashi lozim (“Anfol” surasi, 28 oyat).“Qur’on”da boylik 
emas, haqiqat va yaxshilik abadiydir, deyiladi. Ba’zilar mol-
dunyosi ortganda manmanlik kasaliga giriftor bo‘ladilar, aql va 
adolatni unutadilar. Inson boylik orttirsa, haddidan oshadi, shu 
sababli kishilarning boylik orttirgan chog‘ida kekkayib, gerdayib 
ketishlaridan saqlanish masalalari keng yoritiladi.Islom ta’limotida 
ilgari surilgan g‘oyalardan yana biri va uning eng muhim tarkibiy 
qismi poklik va tozalikka rioya qilishdir.
Xulosa qilib aytganda, Islom va uning asosiy ta’limoti 
mujassamlashgan Qur’oni karim insonda aqliy, axloqiy hamda 
jismoniy xislatlarni shakllantirish, bir so‘z bilan aytganda, komil 
insonni tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling