Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
3. Alisher Navoiy (1441-1501)
O‘zbek adabiyotining asoschisi, she’riyat mulkining sultoni, 
ma’rifatparvar shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy 1441 yil 9 fev-
ralda Hirot shahrida tug‘ilgan. Yosh Alisher favqulodda iste’dod 
egasi bo‘lib, iste’dodining dastlabki ko‘rinishlari u uch-to‘rt yoshga 
to‘lgan vaqtlardayoq namoyon bo‘la boshlagan. Shu vaqtda u 
Farididdin Attorning “Mantiq-ut-tayr” asarini yod oladi.
Alisherdagi ilm o‘rganishga bo‘lgan kuchli qiziqish hamda 
ishtiyoqni o‘z vaqtida anglagan ota-onasi uni 1445 yilda maktabga 
beradilar. Maktabda tahsil olayotgan chog‘larida o‘tmish mutafak-
kirlari va o‘z zamonasining zabardast shoirlarining ijodlari bilan 
yaqindan tanishadi. Mazkur davrda badiiy mavjud asarlar mazmu-
nini o‘qib-o‘rganish bilan kifoyalanib qolmay, 10-12 yoshidayoq 
mustaqil ravishda she’rlar yoza boshlaydi. Yosh Alisher tomonidan 
yaratilgan she’riy misralar o‘zida yuksak badiiy va falsafiy 


400 
g‘oyalarni aks ettirar edi. Chunonchi, uning ustozi Lutfiyga o‘qib 
bergan quyidagi misralari bugungi kunga qadar she’riyat ixlos-
mandlarining xayratiga sazovor bo‘lib kelmoqda: 
Orazin yopqoch ko‘zimdin sochilur har lahza yosh
Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lgach quyosh. 
Qomusiy bilimlarni chuqur o‘zlashtirgan Alisher Navoiy xalq 
orasida hurmat-e’tibor qozonadi. Bolalikda birga ulg‘aygan do‘sti 
sulton Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning iste’dodi, bilimi hamda 
hayotiy qarashlarini yuksak qadrlagan holda uni o‘ziga vazir etib 
tayinlaydi. Davlat arbobi sifatida faoliyat olib borgan Alisher 
Navoiy fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, 
musiqa, hattotlik, tasviriy san’at hamda me’morchilikning rivoji 
yo‘lida amaliy harakatlarni olib borish bilan birga yoshlarga ta’lim 
va tarbiya berish masalalariga ham alohida diqqat-e’tibor qaratdi. 
Ulug‘ mutafakkir o‘zining “Xamsa”, “Mahbub-ul-qulub”, “Muno-
jot”, “Vaqfiya”, “Majolis-un-nafois”, “Muhokamat-ul-lug‘atayin”, 
shuningdek, Abdurahmon Jomiyning “Arba’in” nomli asarining 
tarjimasi sifatida yaratilgan “Chihil hadis” (“Qirq hadis”) kabi 
asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga oid qarashlarini ifoda etadi. 
Alisher Navoiy o‘z asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, 
ular qiyofasida namoyon bo‘luvchi ma’naviy-axloqiy sifatlarni 
ulug‘lagan bo‘lsa, ta’limiy-axloqiy muammolarni yorituvchi 
asarlarida esa komil insonni shakllantirish jarayonining mazmuni, 
ushbu jarayonning o‘ziga xos jihatlari, yo‘llari, shakl va usullari 
borasidagi mulohazalarni bayon etadi. 
Allomaning tasavvuridagi komil inson o‘z qiyofasida eng 
yuksak insoniy fazilatlar mujassam eta olishi lozim. Chunonchi, u 
ijodkor, qobiliyatli, shu bilan birga ilm-fanga nisbatan muhabbatli 
bo‘lmog‘i zarur. Alisher Navoiyning qarashlariga ko‘ra, ana 
shunday sifatlarning sohibi bo‘la olgan insongina o‘z kuchi hamda 
aql-u zakovatiga ishonadi. o‘z kuchi va aql-u zakovatiga qattiq 
ishona olgan insongina turli qiyinchiliklarga bardosh bera oladi, u 
o‘ta murakkab muammolarni ham yechimini topa olishga qodir. 
Ilm-fan sirlaridan xabardor bo‘lishning inson ahamiyatini yoritar 
ekan, alloma ayni o‘rinda ilmni qorong‘ulikni yoritadigan chiroq, 
hayot yo‘lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy 


401 
qiyofasini ko‘rsata oluvchi omil sifatida ta’riflaydi. Ushbu fikr 
mutafakkir tomonidan yaratilgan “Nazmul-javohir” asarida 
quyidagicha bayon etiladi: 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling