Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


 Turkiston o‘lkasida diniy-islomiy tarbiyaviy muassasalar va


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
2. Turkiston o‘lkasida diniy-islomiy tarbiyaviy muassasalar va 
pedagogik fikr taraqqiyoti 
XIX asrning o‘rtalarida Turkiston o‘lkasida boshlang‘ich ma’-
lumot beradigan maktab hamda o‘rta va oliy diniy ta’lim beradigan 
madrasalar mavjud edi. Maktablarning aksariyati, shu jumladan, 
qishloq maktablarining ko‘pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng oddiy 
boshlang‘ich maktablar edi. Bu maktabda machitlarning imomlari, 


408 
savodxon mullalar dars berardilar. Bunday maktablarda o‘qitish 
eng oddiy diniy vazifalarni o‘rgatish bilan, ya’ni arab tilida 
yozilgan Qur’onni o‘qishni o‘rgatish, har bir musulmon uchun 
zarur bo‘lgan asosiy vazifalarni bildirish bilan cheklanardi. 
Shahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari, umumiy ta’lim 
elementlari – yozish va hisoblash yo‘llari o‘rgatilardi.
Shahar maktablarida o‘quvchilar soni 20-30 taga qishloq joyla-
rida esa 10-15 taga yetar edi. o‘qishga 6 yoshdan qabul qilinib, 
o‘zlashtirishga qarab 17-18 yoshlarigacha davom etardi. Maktabda 
avval “Haftiyak”, keyin “Qur’on” yod olinar, so‘ng “Chor kitob”ga 
o‘tilardi. 
“Chor kitob” 4 bo‘limdan iborat bo‘lib, 1-bo‘lim – haq-xudo-
ning nomlari tushuntirilardi, din qoidalari, tahorat, namoz bayon 
etiladi, ikkinchisida bidon-e’tiqodni anglash, uchinchi bo‘limda 
kalomi nabi-rivoyatlar bahs etilgan. Shuningdek, xalq orasida 
mashhur shoirlarning she’r va g‘azallari o‘qitilar edi. Odatda, 
bunday maktablarning o‘quvchilari badavlat oilalarning bolalari 
bo‘lar edi. Ular o‘qishni tamomlab, olgan bilimlarini savdo-sotiq 
ishlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida qo‘llar edilar, ba’zilari 
qo‘shimcha ta’lim olib, xattotlik kasbi bilan shug‘ullanar, ba’zilari 
madrasaga kirib o‘qishni davom ettirardilar. Oliy diniy maktab 
bo‘lgan madrasada o‘rta asrga oid diniy falsafa va musulmon 
huquqlari, arab tilining grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars 
o‘tilardi. Uning o‘quv rejalari vaqt va sharoitga qarab o‘zgarib 
turgan. Masalan: XV asrning 30-40 yillarida Samarqand va Hirot 
madrasalarida dunyoviy bilimlar: matematika, astronomiya
musiqa kabi fanlar ham o‘qitilgan. 
Madrasa uch bo‘limdan iborat bo‘lgan: birinchi bo‘limda mu-
sulmon diniy aqidalari bayon qilingan kitob – arab tili va qonun-
chilik o‘rgatilar edi. Bu bo‘lim talabasi 9-10 yil o‘qigan.
Ikkinchi bo‘limda qonunchilik, ilohiyot, (qonunchilik), mush-
kulot, mantiq, arab tili grammatikasi, notiqlik mahorati kalom 
o‘qitilgan. Unda 7-8 yil o‘qishgan.
Uchinchi bo‘limda ilohiyot, qonunchilik, kalom o‘qitilgan. Qo-
nunchilik kursida geografiya va arifmetikadan ba’zi ma’lumotlar 


409 
berilgan. Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shu-
g‘ullanish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo‘lar edi. Mak-
tab va madrasalarda asosan o‘g‘il bolalar o‘qitilar edi. Shaharlar-
dagi diniy maktablarda ba’zi domlalarning xotinlari – otinoyilar 
qizlarni ham o‘qitish bilan shug‘ullanar edilar. Maktab va 
madrasalarda dars o‘zbek, arab va fors-tojik tillarida olib borilardi. 
Musulmon maktablarida ta’lim tizimi 5 toifaga bo‘lingan edi. 
Quyi maktab – bu maktablarda o‘g‘il bolalarga savod 
o‘rgatishgan (4 yil). 
Xalilxona maktabi – (namoz) yod oldirib o‘rgatilgan. 
Qorixona - Qur’on yod olingan. 
Madrasa. 
Maktab internat – o‘rta madrasa. Bu maktabda ham diniy, ham 
dunyoviy fanlar o‘qitilib, o‘rta ma’lumot berilgan. 
Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin 
maktab va madrasalarda ba’zi o‘zgarishlar yuz berdi. Musulmon 
maktablari uchun bosmaxonaga chop qilingan darsliklar paydo 
bo‘ldi. Qozondan bosmaxonada nashr qilingan qur’on va 
haftiyaklar, Hindiston va Erondan shoirlarning litografiyada chop 
qilingan to‘plamlari keltirildi, Toshkentning o‘zida ham maktablar 
uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yo‘lga qo‘yildi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling