Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Pedagogika fanining metodologiyasi
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
6. Pedagogika fanining metodologiyasi Fan faqat u yangidan yangi bilimlar bilan olib borilgan holda- gina rivojlanishi mumkin. O‘z navbatida, ularni to‘plash va talqin qilsh uchun ilmiy asoslangan izlanish kerak bo‘ladi. Oxirgisi o‘z bog‘lanishlarini fanshunoslikda metodologik nomini olgan nazariy prinsiplar majmuasidan topadi. Na faqat pedagog amaliyotchilar, balki tadqiqotchilar ham ko‘pincha “metodologiya” tushunchasi ortida real hayotdan va ta’limiy amaliyotdan uzoqda bo‘lgan (qan- daydir abstrakt) narsani ko‘radilar. Shu bilan birga metodologiya — bu “nazariy va amaliy faoliyatlarni tashkil etish va qurishning prinsip va usullari tizimidir” 1 . Psixolog S.L.Rubinshteyn “Katta nazariyalar savollari, bu ish bilan birga katta ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy savollar hamdir. Yirik nazariy muammolarni haqiqatdan ko‘rish bu ularning hayotning aniq masalalari bilan munosabatda ko‘rish demakdir” 2 deb yozadi. Pedagog kasbiy tayyorgarligining yuqori darajasi unda metodologik madaniyatning mavjudligidan iborat. Bu madani- yatning asosiy alomatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: − falsafa kategoriyalari bilan pedagogik fanlarning kont- septual qobig‘ini tashkil etuvchi asosiy tushunchalar bilan “mustahkamlangan” jarayonlarni tushunish; − Ta’limni turli tushunchalarini abstraktlikdan konkretlik- kacha ko‘tarilib borish pog‘onalari sifatida anglash; − anglash faoliyati metodida pedagogik nazariyalarni qayta o‘zgartirishni o‘rganish; 1 Философский энциклопедический словар. — М., 1983. — С. 365. 2 Рубинштейн С.Л. Бытие и сознание: О месте психического во всеобщей взаимосвязи явлений. — М., 1957. — С. 3. 13 − pedagog tafakkurining pedagogik shakllariga genezisiga yo‘nalganligi va ularning “to‘la yasovchi” xossasi; − pedagogning tushunchasi atamalar tizimida ta’lim amali- yotini amalga oshirish ehtiyoji; − pedagogik bilimlarning tarixiy rivojlanish davridagi yaxlitligi va izchilligini aniqlashga intilish; − “o‘z-o‘zidan ko‘rinib turgan” vaziyatlarga odatdagi pedago- gik ong tekisligida yotuvchi dalillarga nisbatan tanqidiy munosabat; − shaxsiy bilish faoliyati jarayoni va natijalariga, shuningdek, pedagog jarayonining boshqa qatnashchilari fikrlari harakatiga dastlabki shart-sharoitlar bo‘yicha refleksiya; − insonni bilish sohasidagi ilmga qarshi pozitsiyalarni asosli inkor etish; − pedagogikaning dunyoqarashlik, insonparvarlik funksiya- larini tushunish. Metodologiyani o‘rganish bilan o‘qituvchi uning prinsiplariga suyangan holda fikrlay boshlaydi va prinsipial bo‘lib boradi. Xususiy ilmiy metodologiya darajasida ta’lim va ijtimoiy siyosatning yagonaligi, yondashuvning bir butunligi, ta’limning birlikdagi subyektining kengayishi yaxlit pedagogik jarayonda tarbiyaviy maqsadlarning ustivorligi prinsiplarini o‘zlashtirish, ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Bo‘lajak pedagogning metodologik madaniyatini shakllantirish bilish metodologiyasi va pedagogik jarayonlarni qayta o‘zgartirishning mohiyatini tushunishga tayanadi. Metodologiya haqidagi faqat ilmiy izlanishlar mantiqiga tegishli prinsiplar tizimi sifatida rasm qilib borayotgan tasavvurlarni yengib o‘tish, ularning ahamiyatini ta’lim va tarbiyaning kundalik amaliyoti uchun ochib berish, yaxlit pedagogik jarayonni boshqarishni takomillashtirish muhimdir. Bo‘lajak o‘qituvchida metodologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan dialektik yondashuv bir qator ketma-ket avj olib borilgan bo‘g‘inlarni o‘z ichiga oladi: talabalarning ularga taqdim etilgan vaziyatlardagi qarama-qarshilik (ziddiyatlarni) tushuntirib o‘tishga va hal qilishga bo‘lgan intilishlari: Shundayin 14 tajribalar, sog‘lom fikrli mulohazalar, ularning bir yoqlama ekanligini ko‘rsatish metofizikligiga tayangan holda yechimining samarasizligini ochib berish; − dialektik mantiq talablari asosida muammoli vaziyatlarni samarali hal qilish yo‘llarini namoyish qilish; − taklif etilgan topshiriqlar ustida olib borilgan ish tajriba- larini va o‘zlashtirilgan mantiqni pedagogik amaliyotni turli sohalariga olib o‘tish imkoniyatlarini umumlashtirish. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling