Umumiy pedagogika


Download 273.89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.06.2020
Hajmi273.89 Kb.
#115173
Bog'liq
2 5368615674396542645


MUSTAQIL TA'LIM MAQSADI, MAZMUNI VA VAZIFALARI 

 

Mustaqil ta'limning maqsadi: 

- talabalarni  "Umumiy  pedagogika"  fanining  pedagogika  tarixi  bo'limi  bo'yicha 

nazariy bilimlar mustahkamlash va umumlashtirish; 

- talabalarda fan asoslarini mustaqil o'zlashtirish ko'nikma va malakalarini 

shakllantirish; 

- talabalarning  bilish  faolligi,  mustaqil  ijodiy  ish  qobiliyatlari  va  kreativ 

ko'nikmalarini rivojlantirish; 

-  talabalarda o'z-o'zini kasbiy rivojlantirish va takomillashtirish malakalarini qaror 

toptirishdan iborat. 



Mustaqil ta'lim mazmuni 

Mustaqil  ta'lim mavzusi talabalar mustaqil  o'rganadigan ma'ruza va seminar 

mashg'uloti mavzulalaridan iborat bo'ladi. Jumladan: 

"Avesto" asarida komil inson qiyofasining aks etishi, Kultegin, Bilga Hoqon, 

Tunyukuk  bitiklarida  ta'lim-tarbiya  masalalarni  o'ziga  xos  yoritilishi,  Ahmad 

Yassaviy  merosida  pedagogik  g'oyalarning  o'rni,  Abu  Rayhon  Beruniyning  ilmiy 

merosining  pedagogik  ahamiyati,  Mahmud  Qoshg'ariyning  ijtimoiy  tarbiyaga 

munosabati, Umar Hayyomning ijodiy merosining falsafiy-pedagogik tavsifi, Amir 

Temurning  ma'naviy-axloqiy,  ma'rifiy  masalalarga  yondashuvi,  Zahiriddin 

Muhammad Boburning ma'naviy-ma'rifiy qarashlari, Komil inson va uni tarbiyalash 

masalasi Alisher Navoiy talqinida, Husayin Voiz  Koshifiyning axloqiy qarashlari, 

Muhammad  Sodiq  Qoshg'ariy  tomonidan  umumlashtirilgan  odob-axloq  kodeksi, 

Jahon Otin Uvaysiy va Anbar Otinlarning qizlar maktabi, Yangi usul maktablarining 

ta'lim taraqqiyotidagi o'rni, Munavvar Qori Abdurashidxon о'g'lining ta'lim-tarbiya 

sohasidagi  xizmatlari,  XX  asrning  70-80  yillarida  O'zbekistonda  xalq  ta'limi, 

Mustaqillik  va  ta'lim  tizimidagi  islohatlar,  O'zbekiston  Respublikasi  Birinchi 

Prezidenti  I.A.Karimovning  "Yuksak  ma'naviyat  -  yengilmas  kuch"  asarida 

ma'naviy tarbiya masalalari, Qadimgi Sparta  va Afina maktablari tajribasi, Iogann 

Genrix  Pestalosining  ta'lim-tarbiya,  maktab  -  maorif  tizimiga  qo'shgan  hissasi, 

Iogann Fridrix Gerbartning pedagogik qarashlari, Fransiya davlatida ta'lim tizimi. 

Mustaqil  ta'lim  talabalarning  nazariy  bilimlarini  mustahkamlashga 

mavzularni  tushunishg  qobiliyatini  maksimal  darajada  rivojlanishiga,  umumiy 

dunyoqarashlini kengaytirishga yordam beradi. 

Mutaxassislar  tayyorlash  tizimini  tubdan  qayta  qurishda,  o'quv-tarbiya 

jarayonining  ahamiyatini  oshirishda  talabalarning  mustaqil  ishlari  muhim  o'rin 

egallaydi.  Tahlillar  shuni  ko'rsatadiki,  mustaqil  ishlar  deganda  shunday  o'quv 

faoliyati  tushuniladiki,  unda  bilimlar  egallanishi  bilan  birga,  ko'nikmalar 

shakllantirish ham mustaqil tashkil etilishi ta'minlanadi. Bu esa amaliyotda xususiy-

didaktik maqsadiarga bog'liq ravishda 4 ta mustaqil ish tipida amalga oshadi. 

Mustaqil  ishlar  xususiy-didaktik  maqsadining  birinchi  turi  -  bu  sirtdan  qaraganda 

faoliyatning  algoritmi  ma'lumotlari  va  vazifalar  sharoitidan  iborat,  ya'ni  dastlabki 

bilimlarning  (bilimlarning  birinchi  bosqichi)  shakllanishi  omillari  asosida 

talabalarda shakllanadigan va ulardan talab qilinadigan malakalarni aniqlashdir. Bu 

maqsadga  yetish  uchun  talabalar  tomonidan  idrok  qilinadigan  vazifalarni  yechish 

zarurligi ko'zda tutiladi. Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining ikkinchi tipi 

bunda o'zlashtirilgan axborotlar xotirada qayta ishlashga va tipik vazifalarni, ya'ni 

bilimlarning ikkinchi bosqichini bajarishga qaratilgan bilimlar shakllanadi. 

Mustaqil  ishlarning  ikkinchi  tipi  barcha  turlarining  umumiy  tavsifnomasi 

shundaki, bunday ishlarda vazifalarning hal qilinish g'oyasi (tamoyili) e'lon qilinadi, 



talabalardan  ushbu  g'oyani  (tamoyilni)  rivojlantirib,  konkret  sharoitga  tatbiq  etish 

usul va usullari talab qilinadi. 



         Mustaqil  ishlar  xususiy-didaktik  maqsadining  uchinchi  tipi  talabalarda 

uchinchi  bosqich  -  tipik  bo'lmagan  vazifalarni  bajarish  chog'ida 

shakllanadigan 

bilimlardan 

iboratdir. 

Bu 

maqsadga 

talabalardan 

o'rganilayotgan  ob'ektdagi  o'zgarishlar  sabablarining  algoritm  asoslarini 

tuzishni  talab  qiladigan  bilish  (idrok  qilish)  masalalarini  yechish  jarayonida 

erishish mumkin. 

Mustaqil  ishlar  xususiy-didaktik  maqsadining  to'rtinchi  tipi  ijodiy 

faoliyatga omillar yaratishdir. 

Bunday  ishlarni  bajarishdagi  talabalarning  bilish  faolligi 

shundan iboratki, bunda talabalar muhokama qilinayotgan ob'ekt mohiyatiga 

tobora chuqur kirib boradi, zarur bo'lgan yangi, oldindan noma'lum bo'lgan 

g'oyalarni topish va yangi axborotlarni yuzaga keltirish tamoyillarini hal qilish 

uchun  zarur  bo'lgan  yangi  aloqalar  munosabatlarni  o'rnatadi.  Bunda  talaba 

vazifalarni bajarishning har bir bosqichida o'zi yaratishi lozim bo'lgan, uning 

uchun yangi bo'lgan harakatlar mohiyati, u yoki bu axborot xarakteri ustida 

bosh qotirishga majbur bo'ladi. 

Pedagogikaga oid adabiyotlarda mustaqil ishlarning quyidagi turlari qayd 

qilinadi:  namunalar  bo  'yicha  mustaqil  ishlar;  rekonslruktiv-variativ;  evristik 

(qisman, ijodiy); ijodiy tadqiqot. 

Namunalar  bo'yicha  mustaqil  ishlar  tipik  vazifalarni,  turli  mashqlarni 

namuna asosida yechishdir. Ular materialni o'zlashtirishga omil bo'ladi, lekin 

talabalarning ijodiy faolligini o'stirmaydi. 

Rekonstruktiv-variativ mustaqil ishlar nafaqat bilimlarning amaliy 



tavsifnomasini,  balki  bilimlar  tuzilmasini  qayta  ishlab  chiqishni,  masala, 

muammoni yechishda mavjud bilimlarni jalb qilishni ko'zda tutadi. 

Evristik  mustaqil  ishlar  lektsiya,  laboratoriya,  amaliy  mashg'ulotlar, 



seminarlarda qo'yilgan ayrim masala, muammolarni hal qilish bilan bog'liqdir. 

Tadqiqiy  mustaqil  ishlar  tadqiqot  muammosini  ko'ra  olish 



malakasini, uni mustaqil ifodalay olish, farazni belgilab olish, muammoning hal 

qilinish rejasini ishlab chiqish, uni hal qilishni mo'ljallaydi. 

Ijodiy  tadqiqot  ishlari.  Bunday  ishlarda  vazifa  muammoli  vaziyatning 



yuzaga kelishini taqozo qiladigan sharoit yaratishdan iborat bo'ladi. Talaba o'z 

faoliyatida  tayyor  namunalardan  ozod  bo'lgan  holda  masalaning  hal  qilinish 

yo'llarini  qidiradi,  tadqiq  qiladi.  Bunday  ishlar  sirasiga  eksperiment  qo'yish, 

jihozlar,  maketlar  va  dastgohlarni  loyihalash  bilan  bog'liq  bo'lgan  vazifalar 

kiradi. 

SHunday  qilib,  mustaqil  ishlar  o'qitishning  eng  muhim  metodi 

bo'lib, unda talabalar mashg'ulotlarga tayyorlanish, olingan bilim, malaka va 

ko'nikmalarni mustahkamlash jarayonida ularning individual faolligi oshadi. 

Mustaqil 

ishlarni 

samarali 

tashkil 

etishning 

asosiy 

shartlari 

quyidagilardan iborat: mustaqil ishlarning ilmiyligi, uning tadqiqiy xarakteri; 

mustaqil  ravishda  о  'z  bilimlarini  yanada  oshirib  borishga  bo  'Igan  ehtiyojning 

shakllanishi;  mustaqil  ishlar  vazifalarini  individuallashtirish;  mustaqil  ishlarni 

tashkil etishga metodik rahbarlik qilish. 



Mustaqil  ta'lim  jarayoni  uning  aniq  shakli,  metodlari  va  usullarini 

qamrab olishi shart. 

Mustaqil  ta'limning  asosiy  metodi  adabiyotlar  ustida  individual  ishlashdir.  Bu 

metod  axborotlar  oqimida  eng  muhim  axborotni  topish,  unga  to'g'ri  baho 

berish,  ushbu  axborotdan  o'zining  kasbiy  faoliyatida  foydalanish  malakasini 

shakllantiradi.  Qo'lga  kiritilgan  axborotlar  asosida  mustaqil  mashq  qilish 

metodlaridan  foydalanish  imkonini  beradi.  Bu  metoddan  foydalanish  amaliy 

faoliyatida zarur bo'ladigan sifat ko'rsatkichlarini ta'minlaydi. 

SHuningdek,  mustaqil  ta'limga  amaliy  ahamiyatga  molik  bo'lgan 

vazifalarni bajarish va audiovizual uskunalar bilan ishlash ham kiradi. 

 

Mustаqil ta’lim topshiriqlari bo’yicha tavsiyalar. 

Mustaqil  ta’lim  mazmuni  ma’ruza  va  seminar  mashg’ulotlari  mavzulari  asosida 

shakllantiriladi. Biroq mustаqil ta’lim ko’proq ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida 

o’rganilmagan masalalarni o’z ichiga qamrab oladi. Mustaqil ta’lim asosida o’qib-

o’rganilgan masalalar fan bo’yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlari savollarida o’z 

aksini topadi. 

№ 

Mustaqil ta’lim mavzulari 

Ajrati-

gan soat 

1. 


“Аvesto”da ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar. 

H.Homidovning “Avesto fayzlari”kitobini o’qib, annotatsiya yozish. 



Adabiyot: Ҳ.Ҳамидов. “Авесто” файзлари. – Т.: А.Қодирий 

номидаги Халқ мероси нашриёти, 2001. 

2. 


Imom Al-Buxoriyning pedagogik g’oyalari. 

Abu АbdullohibnIsmoilal-Buxoriyning“Аl-adab аl-mufrad”kitobidan 

20 ta hadisni ko’chirib yozish. 

Adabiyot: Абу Абдуллоҳ Ибн Исмоил Ал-Бухорий. “Ал-адаб ал-

муфрат. – Т.:Ўзбекистон, 1990. 

3. 


Abu Аbdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning didaktik 

g’oyalari. 

“O’zbek pedagogikasi antologiyasi”ning 62-77 -betlarini o’qib, 

konspekt yozish. 

Adabiyot: Ўзбек педагогикаси антологияси. – T.: Ўқитувчи, 1995. 



Abu Rayhon Beruniyning pedagogik qarashlari. 

“O’zbek pedagogikasi antologiyasi”ning 118-132- betlarini o’qib, 

konspekt yozish. 

Adabiyot: Ўзбек педагогикаси антологияси. – T.: Ўқитувчи, 1995. 

5. 



Аhmаd Yassаviyning pеdаgоgik g’оyalаri. 

Аhmаd Yassаviy “Hikmаtlаr”ini o’qib, tahlil etish. 

Аdаbiyot: Ўзбек педагогикаси антологияси. – T.: Ўқитувчи, 1995. 

6. 



Umar Hayyomning ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari. 

Umar Hayyom ruboiylarini o’qib tahlil etish. 



Adabiyot: Хайём Умар. Рубоийлар. – Т., 1991. 

7. 



Amir Temur o’gitlarining tarbiyaviy ahamiyati. 

“Amir Temur o’gitlari” kitobini o’qib, konspekt qilish. 



Adabiyot: Амир Темур ўгитлари.- Т.: Чўлпон, 1992. 



Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari. 



“O’zbek pedagogikasi antologiyasi”ning 259-262- betlarini o’qib, 

konspekt yozish. 



Adabiyot: Ўзбек педагогикаси антологияси. – T.: Ўқитувчи, 1995. 

9. 


Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asarining didaktik 

ahamiyati. 

“O’zbek pedagogikasi antologiyasi”ning 333-341 betlarini o’qib, 

konspekt yozish. 

Adabiyot: Ўзбек педагогикаси антологияси. – T.: Ўқитувчи, 1995. 

10 



Husаyin Vоiz Kоshifiyning аxlоqiy qаrаshlаri. 

R.Mаhmudоv “Dеgоnimni ulusqа mаrg’ub et....” asarini o’qib, Husayn Vоiz 

Kоshifiyning аxlоqiy qаrаshlаrini konspekt qilish. 

Аdаbiyot:Mаhmudоv R. Dеgоnimni ulusqа mаrg’ub et..... – T.: 

O’zbеkistоn, 1992. 

11 


Muhаmmаd Sоdiq Qоshg’аriyning pedagogik qarashlari. 

“Yaxshi kishilаr оdоbi” asarini o’qib, annotatsiya yozish. 



Аdаbiyot: Muhаmmаd Sоdiq Qоshg’аriy. Yaxshi kishilаr оdоbi. – T.: 

Yangi аsr аvlоdi, 2002. 

12  Anbar Otinning pedagogik fikrlari. 



“O’zbek pedagogikasi antologiyasi”ning 416-429 betlarini o’qib, 

konspekt yozish. 



Adabiyot: Ўзбек педагогикаси антологияси. – T.: Ўқитувчи, 1995. 

13. 



Munаvvаr Qоri Аbdurаshidxоnovning pedagogik qarashlari. 

“Pedagogika tarixidan xrestomatiya”ni, o’qib, Munavvar Qori 

Abdurashidxonovning pedagogik qarashlarini konspekt qilish. 

Adabiyot: Hasanboyeva O. Pedagogika tarixidan xrestomatiya. – T.: 

O’qituvchi, 1993. 

14. 


Jaloliddin Davoniyning ta’limiy-axloqiy qarashlari 

“Pedagogika tarixidan xrestomatiya”ni, o’qib, konspekt qilish. 



Adabiyot: Hasanboyeva O. Pedagogika tarixidan xrestomatiya. – T.: 

O’qituvchi, 1993. 

15  Qadimgi Sharq donishmandlari tarbiya haqida 



“O’zbek pedagogikasi antologiyasi”ni o’qib, konspekt yozish. 

Adabiyot: Ўзбек педагогикаси антологияси. – T.: Ўқитувчи, 1995 

16 



Qadimgi Sparta va Afina maktablarida ta’lim-tarbiya. 

“Pedagogika tarixi”kitobining 386-398 betlarini o’qib, konspekt qilish. 



Adabiyot: Хошимов.К, Нишонова С. ва бошқалар. Педагогика 

тарихи.Т: Ўқитувчи, 1996. 

17 


Iogann Genrix Pestalotstsining pedagogik g’oyalari. 

“Pedagogika tarixidan xrestomatiya” kitobining 90-93 betlarini o’qib, 

konspekt qilish. 

Adabiyot: Hasanboyeva O. Pedagogika tarixidan xrestomatiya. – T.: 

O’qituvchi, 1993. 

18.  Yan Amos Komenskiyning pedagogik g’oyalari. 



“Buyuk didaktika” kitobini o’qib, annotatsiya yozish. 



Adabiyot: Коменский Я.А. Буюк дидактика. – Т.: Ўқитувчи, 1975. 

19. 


K.D.Ushinskiyning pedagogik g’oyalari. 

“Pedagogika tarixidan xrestomatiya” kitobining 93-98 betlarini o’qib, 

konspekt qilish. 

Adabiyot: Hasanboyeva O. Pedagogika tarixidan xrestomatiya. – T.: 

O’qituvchi, 1993. 

20.  AQSh, Yaponiya, Germaniya davlatlari ta’lim tizimi. 



“Xorijda ta’lim”kitobini o’qib, tezis tayyorlash.   

Adabiyot: Ж.Йўлдошев. Хорижда таълим. – Т.: Шарқ, 1999. 



 



Jami: 

40 soat 

 

 Mustaqil ta’lim mavzularining har biriga 5 ball ajratiladi. 



 

Mustaqil ishlarni baholash mezonlari 

Baholash mezonlari 

Ballar 

Mavzuning mohiyati, nazariy asoslari aniq va tizimli 

yoritilgan, mavzuning dolzarbligi talabaning mustaqil 

qarashlari, zamonaviy adabiyotlar, internet manbalari 

asosida tahlil etilgan, ijodiy yondashilgan xollarda 

5 ball 


Mustaqil ish mavzusi dolzarb yo’nalishda tanlangan, 

uning mazmuni to’liq yoritib berilgan, ammo 

talabaning mustaqil fikrlari va qarashlari bilan 

boyitilmagan xollarda 

 4 ball 

Mustaqil ish mavzusining mohiyati talab darajasida 

yoritilmagan, zaruriy adabiyotlar bilan ishlanmagan, 

mavzuning asosiy tushunchalariga izohlar 

keltirilmagan xollarda 

3 ball 


Mustaqil ish mavzusi talab darajasida tayyorlanmagan 

va plagiyatlikka yo’l qo’yilgan xollarda 

2 ball 

 

Adabiyotlar ro’yxati: 

1.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyevning  mamlakatimizni 

2016- yilda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga 

mo’ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo’nalishlariga 

bag’ishlangan  VazirlarMahkamasining    kengaytirilgan  majlisidagi  ma’ruzasi 

materiallari 

2.  “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonun 2016-yil 14- sentabr 

3.  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyevning    2016-yil 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul  qilinganining  24-yilligiga 

bag’ishlangan ma’ruzasi materiallari 

4.  Hashimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi / Дарслик. – Tошкент: “Istiglol” 

нашриёти, 2005. 


5.  Nishonova S. Komil inson tarbiyasi. – Tошкент: “Istiglol” нашриёти, 2004. 

6.  Авлоний  Абдулла. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. – Тошкент: Ўқитувчи 

1993. 

7.  Ахмедова М.Э Ниёзов Г. “Педагогика тарихидан семинар машғулотлари” 



ўқув қўлланма Т:2011, Ношир нашриёти 157 б. 

8.  Кайковус. Қобуснома. – Тошкент: “Мерос” нашриёти, 1992. 

9.  Педагогика тарихидан хрестоматия / Тузувчи: О.Ҳасанбоева. – Тошкент: 

“Ўқитувчи”, 1990. 

10. Ўзбек педагогикаси антологияси / Тузувчилар: К.Ҳошимов, С.Очил). – 

Тошкент: “Ўқитувчи”, 2010. 

11. Форобий, Абу Наср. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент: Халқ мероси 

нашриёти, 1993. 



Elеktrоn tа’lim rеsurslаri 

1. www. tdpu. uz 

2. www. pedagog. uz 

3. www. ziyonet. uz 



4. www. edu. uz 

 

Download 273.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling