Umumiy pedagogika va psixologiya fanining


V. Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetentsiyalar)


Download 86.61 Kb.
bet16/18
Sana07.02.2023
Hajmi86.61 Kb.
#1174289
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Dastur kimyo kechki

V. Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetentsiyalar)
Fanni o’zlashtirish natijasida talaba:

  • pedagogik jarayonning moxiyatini tushunadi, ta’lim va tarbiyaning metodlarini biladi, ta’lim tizimini boshqarish, ta’lim va tarbiya jarayonlarini pedagogik diagnostikasi, pedagogik faoliyat, psixikaning evolyutsion taraqqiyoti, shaxs psixologiyasi, ichki regulyatsiya, sezgi va idrok, Diqqat va xotira, tafakkur va Nutq xaqida tasavvurga ega bo’lishi;

  • pedagogik jarayonni yaxlit tizim sifatida tashkil qilish, ta’lim va tarbiya metodlaridan, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, O’quv reja, O’quv dastur va uslubiy va O’quv qo’llanmalarni ishlab chiqish, shasning individual- psixologik xususiyatlarini diagnostika qilish, psixologik jarayonlarni yuzaga kelish mexanizmlarini bilish, shaxs kamoloti yo’lida ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil qilish ko’nikmasiga ega bo’lishi;

  • ta’lim jarayonini innovatsion boshqarish, Inklyuziv ta’lim sharoitida faoliyat yuritish, O’quvchilarni bilim olganlik va tarbiyalanganligini tashxis qilish, pedagogik maxoratni egallash yo’llari, ta’lim muassasasining ish hujjatlarini to’gri yuritish, pedagogik manbalar bilan ishlay olish, ilg’or tajribalarni o’rganish va o’z faoliyatiga singdirish malakalariga ega bo’lishi kerak.



VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

  • faollashtiruvchi maruzalar;

  • interfaol metodlar;

  • seminar-konferentsiya,

  • seminar-munozara;

  • guruxlarda ishlash;

  • individual va jamoaviy loyixalar;

  • keys-stadilar.



VII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, taxlil natijalarini to’gri aks ettira olish, o’rganilayotgan jarayonlar xaqida mustaqil mushoxada yuritishi, joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarishi, yakuniy nazorat bo’yicha yozma ishni topshirishi kerak.Oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlarida:
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 5 (a’lo) baho;
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 (yaxshi) baho;
Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 3 (qoniqarli) baho;
Talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas, deb topilganda – 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.





Download 86.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling