Umumiy pedagogika va psixologiya fanining


- Mavzu. Umumiy psixologiya fani predmeti, ilmiy tadqiqot metodlari


Download 86.61 Kb.
bet4/18
Sana07.02.2023
Hajmi86.61 Kb.
#1174289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Dastur kimyo kechki

1 - Mavzu. Umumiy psixologiya fani predmeti, ilmiy tadqiqot metodlari
Psixologiyaning predmeti xaqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari. Psixologiyaning falsafa doirasida rivojlanishi. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirish shakllari. Psixik aks ettirish. Onglilik va ongsizlik.
Umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, yosh va pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi, psixofiziologiya, zoopsixologiya, muxandislik psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, xarbiy psixologiya, sport psixologiyasi, maxsus psixologiya (oligofreniya, tiflo, surdo), differentsial psixologiya, yuridik psixologiya. Introspektsiyaning psixologik holatini tadqiq qilishga kodir emasligi. Psixik jarayonlarning shakllanishi va xukm surishini tekshirishning ob’ektiv metodlari. Kuzatish, suhbat, inson faoliyati maxsulini tahlil qilish psixologiyaning metodlari sifatida.
2 - Mavzu. Inson psixikasini ontogenezda rivojlanishi
Shaxs xaqida tushuncha. Shaxsni o’rganishga turlicha yondashuvlar. Z.Freyd maktabi. Z.Freyd g’oyalarida shaxs strukturasi. Shaxs psixologiyasi, ko’p qirraligi. Individ, shaxs, individuallik. Shaxsning turli fanlar nuqtai nazaridan o’rganilishi. Shaxs muammosi va fanning metodologik darajalari. Shaxsga nisbatan evolyutsion tarixiy va tizimli yondashuv. Shaxsning psixik rivojlanishini tabakalashtirish sxemasi (D.B.Elkonin). Inson tabiatini evolyutsion jixatdan tadqiq etish. Muxit, shaxs rivojlanishi. Psixologiyaning turli yo’nalishlaridagi rivojlanish xaqidagi tasavvurlar. Hayot tarzi, inson individual xususiyatlari, Hamkorlik faoliyati-shaxs rivojlanishining asoslari. S.Xollning bolani taraqqiyot kontseptsiyasi: rekapitulyatsiya qonuni, shaxs kamolotida fazalari.
3 - Mavzu. Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi
Teri tuyushning uch komponenti (sezish, xaroratni sezish, og’rikni sezish). Teri tuyushning murakkab shakllari va sezish idroki. Sezish va xarakatni sezishni o’rni. Sezish obrazining paydo bo’lish fazalari. Obrazlarni bilish va ko’rishda informatsion ko’rinishlar. Sezishning fiziologik mexanizmlari. Eshitishning fiziologik va neyrofiziologik asoslari. Eshitish idrokining murakkab formalari. Ko’rish analizatorining tuzilishi. Ko’rish analizatorining yo’llari. Ko’rish analizatorining markaziy apparati. Birlamchi va ikkilamchi ko’rish po’stloqlari. Sezgilarni signalli aks ettirishi. Adaptatsiyani vujudga kelishi. Adaptatsiyaning periferik va markaziy mexanizmlari. Idrokning assotsiativ nazariyasi. Nativizm va empirizm. Geshtalt psixologiyada idrok. Gibsonning idrok nazariyasi. Xebning idrok nazariyasi. Piajening idrok nazariyasi. Pertseptiv faoliyat nazariyasi. Mutlak eshitish. Har xil musiqiy oxanglarda tovushlarni idrok qilishning ketma-ketligi. Rang sinesteziyasini fizikasi va Nutq tovushlarining fonologiyasi. So’zlarni idrok qilish.

  1. - Mavzu Diqqat va Xotira - psixik jarayon sifatida

Diqqatning boshqa psixik xodisa va jarayonlar bilan taqqoslash. Pertseptiv, intellektual va ijro etuvchi qiqqat. Diqqatning psixik o’rni xaqidagi baxslar va uning tabiati. Diqqatning mustaqil faoliyat ekanligi yoki bu boshqa psixik faoliyat uchun xam xosligi. Diqqatning xajmi. Diqqat xajmining individual xususiyatlari. Diqqatning to’planishi. Diqqatning barqarorligi. Diqqatning tebranishi. Diqqatning ko’chishi va taqsimlanishi. Material xarakteriga, faoliyat turlari ko’ra diqqatning barqarorligi. Diqqatni bo’linishini belgilovchi omillar. Ta’sirlarga chidamliligini baxolash usullari. Diqqatning ko’chishi va taqsimlanishi. Har xil xarakatlarga diqqatning taqsimlanish qobiliyatini belgilovchi omillar. Xotira xaqida umumiy tushuncha. Xotira - o’tmish tajribalarni esga olib qolish, esga saqlash va unutishdan iborat jarayon sifatida. Xotira bilan bog’liq xodisalar. Fenomenal xotira. Xotira va o’rganish. Diqqat va xotira. Xotira va shaxs. Asab tizimida xotira izlarini saklanishi. Qiska va uzoq muddatli xotiraning fiziologik mexanizmlari. Xotirani ta’minlovchi miya tizimlari. Ixtiyorsiz, ixtiyoriy xotira. Obrazli xotira.


  1. Download 86.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling