- Bilish hodisalari boshqacha qilib aytganda aqliy, intellektual jarayonlar deb
- ataladi. Sezgilar, idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq - bilish jarayonlari deb
- hisoblanadi. Odatda hayotimizda psixik funktsiyalar termini o’rniga psixik
- jarayonlar terminini ishlatamiz.
- Ammo psixik funktsiyalar terminidan foydalangan ma’qulroq. Funktsiya
- tushunchasining mazmuni kengroq. Bu tushuncha psixik jarayonni ham, psixik
- holatni ham, faollikni ham, ish-harakatini ham o’z ichiga oladi. Funksiya qanday
- bo’lmasin yaxlit bir narsaning qismi emas, balki namoyon bo’lishi, amal qilishi
- demakdir. Shuning uchun sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq, diqqat, hislar,roda psixika qismlari emas, balki bir butun ongning funktsiyalari, bir butun
- shaxsning funktsiyalaridir.
S e z g i l a r - muayyan paytda sezgi organlarimizga: ko’ruv, eshituv, tuyish, hid - S e z g i l a r - muayyan paytda sezgi organlarimizga: ko’ruv, eshituv, tuyish, hid
- bilish va boshqa shu kabi organlarimizga ta’sir etib turgan narsalardagi ayrim
- xossalarning aks etishidir. Masalan, qizil, oqni, shirin, achchiqni, og’ir, engilni
- sezamiz.
- Idrok-tevarak-atrofimizdagi narsalarning yaxlit holda aks etishidir. Masalan, uy,
- gul, nutq, musiqa va boshqa shu kabilarni idrok etamiz. Narsalar sezgilar asosida
- idrok etiladi. Sezgi va idrok tevarak-atrofimizda¬gi narsa va hodisalar hamda
- ulardagi xilma-xil xossalarning miyamizdagi obrazlaridir.
- Xotira-narsa va hodisalar hamda ulardagi xossalarning sezgi va idrok orqali hosil
- bo’lgan obrazlari nom-nishonsiz yo’qolib ketmaydi ular miyamizda o’rnashib,
- saqlanib qoladi va qulay sharoitda yana esimizga tushadi. Ilgari idrok etilgan
- narsalarning esimizga tushirilgan obrazlari tasavvurlar deb ataladi. Sezgi va idrok
- kabi, ko’nglimizdan kechgan fikr, hislarimiz va qilgan ishlarimiz ham miyaga
- o’rnashib, saqlanib qoladi va yana esimizga tushadi. Idrok etilgan va ko’ngildan
- kechgan narsalarning miyamizga o’rnashib (esimizda qolib), saqlanishi va yana
- esimizga tushishidan iborat bo’lgan ana shu psixik faoliyat xotira deb ataladi.
- X a yo l - narsa va hodisalarning idrok orqali miyamizda hosil bo’ladigan
- obrazlardan tashqari, o’zimiz bevosita idrok etmagan narsalar haqidagi tasavvurlar
- ham miyamizdan katta joy oladi. M: ibtidoiy odamlarning hayot sharoitlari
- haqidagi tasavvurlarimiz, Marsdagi hayot haqidagi tasavvurlarimiz va shunga
- o’xshashlar ana shundaydir. Bu tasavurlar xotiramizda bor tasavvurlar asosida
- xayolda (fantaziyada) hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |