- Tafakkur- Idrok va tasavurlarimizda aks etadigan narsa tafakkurda taqqoslanib,
- tahlil qilinadi va umumlashtiriladi. Tafakkur voqelikning umumiylashtirilgan
- bevosita va eng to’liq hamda eng aniq intihosidir. Tafakkur jarayonlaridagi fikrlar
- muhokama va tushunchalar tushuniladi va vujudga keladi. Odam fikrlash faoliyati
- tufayli voqelikni idrok va tasavvurlaridagiga qaraganda aniqroq, to’laroq va
- chuqurroq bilib oladi.
- Nutq- Tafakkur nutqqa chambarchas bog’liq. Fikrlarimiz nutq yordami bilan
- shakllanadi va ifodalanadi. Kishilar nutq vositasida aloqa qiladilar, fikrlarini bir-
- birlari bilan o’rtoqlashadilar; odamning hissiyoti va intilishlari ham o’z nutqida
- ifodasini topadi. Nutq kishilarning bir-birlari bilan bilan aloqa qilish usulidir.
- D i q q a t- Yuqorida ko’rsatilgan psixik jarayonlarning hammasi odamda diqqat
- mavjud bo’lgandagina yuzaga chiqadi. Diqqat ongimizning o’zimiz idrok
- etayotgan, tasavvur qilayotgan, fikr yuritilayotgan va aytayotgan narsamizga
- qaratish, bir nuqtaga to’plash demakdir. Diqqat o’ziga xos alohida bilish jarayoni
- emas, balki bilish jarayonlarning faol borishi va sifatli bo’lishi uchun zarurdir.
Umumiy psixologiya fanining predmeti. - Umumiy psixologiya fanining predmeti.
- «Psixologiya» (yunoncha psychelogos) so’zini o’zbek tiliga tarjima qilsak,
- u «jon», «ruh» haqidagi «fan, ta’limot» degan ma’no anglatadi. Hozirgi davrda
- esa «jon» tushunchasi o’rniga «psixika» qo’llaniladi. «jon», «psixika»
- tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi.
Psixologiyaning predmeti quyidagilardan tashkil topgan: - Psixologiyaning predmeti quyidagilardan tashkil topgan:
- 1) psixologik bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira va hokazo),
- 2) psixikaning shakllari (faoliyat, xulq, muomala),
- 3) psixikaning holatlari (kayfiyat, xayolparishonlik kabilar),
- 4) psixikaning hodisalari,
- 5) psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalari,
- 6) psixikaning qonuniyatlari,
- 7) psixikaning mexanizmlari,
- 8) psixik sharoit, muhit, vaziyat,
- 9) o’zaro sababiy bog’lanishlar,
- tadqiqot metodlari, vositalari, materiallari va printsiplari.
Pisixalogiya test - EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |