Umumiy psixologiya fanidan topshiriqlarni bajarish mexanizmlari
Download 155.84 Kb.
|
Презентация XUSUSIYGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- FANNING VAZIFASI
- Fan o‘qitilishining natijalari(shakllanadigan Kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI IQTISODIYOT VA SERVIS UNIVERSITETI FAN: UMUMIY PSIXOLOGIYA Katta o`qituvchi, falsafa doktori (PhD): ALIMARDANOVA R. N TERMIZ – 2023UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN TOPSHIRIQLARNI BAJARISH MEXANIZMLARI FANNI O‘QITISHDAN MAQSAD Talabalarda psixologiya fani, psixika, shaxs, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari, irodaviy sifatlar, hissiy holatlar, individual-xususiyatlarga doir bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish FANNING VAZIFASI Talabalarda jamiyat hayotida umumiy psixologik hodisa, holat va jarayonlarning mohiyati, psixik rivojlanish va uning o’ziga xos xususiyatlari, shaxs kamoloti va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, yosh davrlari tasnifi, psixik taraqiyotning turli bosqichlari uchun o’ziga xos psixofiziologik va individual psixologik xususiyatlari hamda hissiy-irodaviy sifatlarini tahlil etish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Fan o‘qitilishining natijalari(shakllanadigan Kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba: -Talabalarga psixologiya fanining mohiyati, psixika va ong tushunchalari, psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar, psixik rivojlanish va uning o’ziga xos xususiyatlari, yosh davrlari tasnifi, o’smirlik,o’spirinlik, yoshlik,yetuklik oila psixologiyasi,qarilik davrining psixik taraqqiyoti va uning turli bosqichlari uchun xos psixofiziologik va psixologik xususiyatlar haqidagi bilimlarga bo`ladi. Talaba psixologiya fanining tarixi, psixika va ong, psixologik metodlar, individ, irsiyat va muhit, shaxs, muloqot, faoliyat, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi, shaxsning individual xususiyatlari haqida tushuncha, tasavvurga ega bo’lishi bilan birga, psixik rivojlanishga ta’lim-tarbiya jarayonlarining ta’siri yuzasidan olgan bilimlarni amaliy faoliyatga tadbiq etish bo’yicha ko’nikmasiga; -Shaxs(o‘quvchi)ning psixologik xususiyatlarini o‘rganuvchi metod va texnologiyalar; bilish jarayonlari va individual xususiyatlarning diagnostikasi va korreksiyasi; pedagogik jarayonni boshqarish, o‘quv eksperimentlar o‘tkazish, shaxs(o‘quvchi) psixikasining o‘ziga hos xususiyatlarini kuzatish, o‘quv jarayonida turli anketa va boshqa usullarni qo‘llay olish, psixologik ma’rifiy ishlarni tashkil etish malakasiga ega bo`ladi. Download 155.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling