Umumiy psixologiya


Download 1.91 Mb.
bet1/27
Sana25.03.2020
Hajmi1.91 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Umumiy psixologiya” kafedrasi

o’qituvchisi Sh.Shakarboyeva

“UMUMIY PSIXOLOGIYA”

fanidan

(3-kurslar uchun)



O’QUV – METODIK MAJMUA

Bilimsohasi: 100000 –Gumanitar soha

Ta’limsohasi: 110000 - Pedagogika

Bakalavriat yo’nalishi: Barcha yo’nalishlaruchun(pedagogika-psixologiya yo’nalishlaridan tashqari)



Toshkent – 2019 yil

Fanning ishchi o`quv dasturi O’sbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2017 yil “24”08dagi 603-sonli buyrug`i bilan (buyruqning 2-ilovasi) tasdiqlangan. “Umumiy psixologiya” fani dasturi asosida tayyorlangan.

Fanning ishchi o`quv dasturi A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika unstitut Ilmiy Kengashining 2019yil “__” _______ dagi __ -sonli bayoni bilan tasdiqlangan.

Tuzuvchilar:

Umumiy psixologiya kafedrasi o’qituvchi Shakarboyeva Sh.



Taqrizchilar:

Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri: p.f.n. I.X.To’raqulova

Boshlang’ich ta’lim fakulteti dekani:

2019 yil “____” _________________ dots. F.Ibragimova



(imzo)

Umumiy psixologiya kafedrasi mudiri:

2019 yil “___” _________________p.f.n.Atamurodova R.

(imzo)

O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i



2019 yil “___” _________________X.Xamzayev

(imzo)

M U N D A R I J A



M U N D A R I J A

bet

1

Titul varag’i

2

2

mundarija

3

3

O’quv materiallar

4-240

4

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI

241-258

5

glossariy

259-263

6

Fan dasturi

264-283

7

Ishchi dastur

284-304

8

tarqatma materiallar

305-330

9

TESTLAR

318-325

10

adabiyotlar ro’yxati

326-327











1-MAVZU : YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING TADQIQOT SOHASI VA MUAMMOLARI
Mavzu o‘quv maqsadi :

Ta’limiy: bo‘lajak pedagoglar tomonidan Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining predmeti, vazifalari, bo‘limlari, tadqiqot metodlari haqidagi bilimlarni o‘zlashtirilishini tashkil etish.

Tarbiyaviy: bo‘lajak pedagoglar tomonidan Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining predmeti, vazifalari, bo‘limlari, tadqiqot metodlari haqida bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida talabalar dunyoqarashini kengaytirish.

Reja:

  1. Yosh psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari.

  2. Yosh psixologiya fanining (qisqacha rivojlanish tarixi) asosiy metodologik tamoyillari.

  3. Yosh psixologiyasining tadqiqot metodlari.

  4. Psixologik tadqiqotlarni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar.


1.1.Yosh psixologiyasining predmeti va vazifalari

Hozirgi davrda mamlakatimizda, shu jumladan xalq maorifi sistemasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar o‘qituvchilar, barcha pedagoglar oldiga o‘quvchining bilimlarini yuksak darajada o‘zlashtirishi; o‘quvchilar mustaqil tafakkurini, ular aktivligini rivojlantirish; ularda yuksak ahloqiy sifatlarni tarbiyalash; ularning tafakkur, muloqat, o‘qish, mehnat qilishga bo‘lgan qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi murakkab va ma’suliyatli vazifalarni qo‘ymoqda.

Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun faqat pedagogika fanining nazariy asoslarini, har bir o‘qituvchi predmetni o‘qitish metodikasini, maktab o‘quvchilarining fiziologiyasi asoslari, maktab o‘quvchilari gigienasi asoslarinigina bilish emas, balki ma’lum darajada psixologik bilimlarga ham ega bo‘lish lozim. Har bir pedagog ma’lum darajada psixolog ham bo‘lishi talab etiladi, chunki ular har biri faqat o‘ziga xos bo‘lgan, turli Yoshdagi, turli individual xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar bilan ish olib boradi.

Har bir bola faqat o‘ziga xos bilish faoliyati, iroda, xarakter, xulq-atvor xususiyatlariga ega. Maktabdagi ta’lim-tarbiya berish jarayonida mana shu xususiyatlarni bilish va shunga asoslanib ularga individual munosabatda bo‘lish lozim. Mana shularni hisobga olgandagina, har bir pedagog o‘zining asosiy vazifasi, ya’ni yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshiradi.

Shuning uchun ham psixologiya fanining alohida sohalari bo‘lmish yosh va pedagogik psixologiya asoslarini chuqur bilish har bir pedagog uchun muhim hisoblanadi.

Psixologiya fanining bir qator tarmoqlari, sohalari mavjud. Ular orasida yosh psixologiyasi alohida ahamiyatga ega. Yosh psixologiyasi psixik rivojlanish, shuningdek, bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik va etuklik davrida shaxs taraqqiyotining xususiyatlarini o‘rganadi. Juda ko‘p fundamental tadqiqotlar o‘tkazilganligiga qaramay bugungi kunda inson psixikasini uning butun hayotiy yo‘li bosqichlarida rivojlanishi xususiyatlarini yaxlit holda tavsiflashga erishilmagan.

Yosh psixologiyasi har bir yosh davrining qaytarilmas xususiyatlarini, yillar o‘tgan sari, asta-sekinlik bilan bola qanday qilib inson bo‘lib shakllanishi, shaxs sifatida o‘zini ijtimoiy munosabatlarda namoyon qilishi, kasb tanlashi, muloqot jarayonida o‘zining erk, huquq va majburiyatlariga intilishi, qanday qilib sevishi, ishonchli do‘st bo‘lib tarkib topishi, o‘zi va boshqalar uchun ma’suliyatni his qilishi kabi jihatlarni tadqiq etadi.

Bilimlarning har bir sohasi o‘ziga xos nomlanishga ega. Lekin ba’zi bir bilimlar sohasi bir necha nom bilan ham atalishi mumkin. Masalan, yosh psixologiyasini boshqacha qilib, rivojlanish psixologiyasi deb nomlanishi mumkin. Ammo bu erda aynan bitta yoki bir-biriga mazmun jihatdan juda yaqin bo‘lgan bilimlar sohasi ko‘zda tutiladi va inson xulq-atvori, psixik rivojlanishning yosh xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritilmoqda. Rus psixologi R.S.Nemov asarlarida ular sinonim sifatida qo‘llaniladi.



Yosh psixologiyasi – turli xil yosh davrlarining psixologik xususiyatlariga e’tibor beradi. Rivojlanish psixologiyasi – inson psixologiyasining yosh jihatdan qayta tuzilishi qonunlari haqidagi bilimlar sohasi.

Yosh psixologiyasini rivojlanishdan tashqarida, o‘zgarmas deb qarash mumkin emas. Xuddi shunday, rivojlanishni yosh xususiyatlarini ajratib ko‘rsatmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi.



Yosh psixologiyasining bir qator muammolarini ajratib ko‘rsatish mumkin.

1.Inson psixik xususiyatlari va xulq-atvori rivojlanishining organizm va muhitga bog‘liqligi muammosi.

2.Insonning rivojlanishiga stixiyali ta’lim va tashkil etilgan ta’limning ta’siri muammosi.

3.Layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro munosabati muammosi.

Bir tomondan psixik rivojlanish organizmga, ya’ni inson organizmining anatomik fiziologik tuzilishiga bog‘lik. Nerv sistemasi va miyaning insoniy tuzilishi uni ong egasi, nutq va yuqori darajadagi intellekt sohibi sifatida rivojlanishiga imkon beradi. Nasliy yo‘l bilan yoki jiddiy kasallik oqibatida yuzaga keluvchi organizm anatomik fiziologik holatidagi buzilishlar psixik taraqqiyotga ta’sir etishi va rivojlanishdan orqada qolishga olib kelishi mumkin. Bolaning miyasi etilib bo‘lmaguncha unda verbal nutqni va u bilan bog‘liq bo‘lgan qobiliyatlarni shakllantirish mumkin emas.

Ikkinchi tomondan, organizmning psixik rivojlanishi muhitga ham bog‘liq. Chunki psixik taraqqiyotga ta’lim-tarbiyaning ta’siri juda beqiyos. Biroq, psixik taraqqiyotning u yoki bu bosqichida bu omillardan qaysi biri ko‘proq ta’sir etishini aniq aytish qiyin.

Stixiyali ta’lim-tarbiya maxsus ta’limiy maqsadlarsiz, hech qanday dasturlarsiz, insonning jamiyatda boshqa kishilar bilan munosabatlari natijasida amalga oshadigan ta’lim-tarbiya. Tashkil etilgan ta’lim-tarbiya esa maqsadga qaratilgan holda maxsus ta’limiy tizimda olib boriladigan ta’lim-tarbiyadir.

Shak-shubhasiz, inson stixiyali va tashkil etilgan ta’sirotlar ostida psixologik jihatdan taraqqiy etadi, lekin ulardan kay biri inson xulq-atvoriga kuchliroq ta’sir etishi masalasi muammoligicha qolmoqda.

Keyingi muammo – layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro munosabati masalasidir. Bolaning qobiliyatlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi layokatlarning o‘zi nima? Layoqatlar tarkibi faqat organizmning nasliy xususiyatlari bilan bog‘liqmi yoki uning tarkibiga insonning orttirilgan xulq-atvor va psixik xususiyatlarini ham kiritish mumkinmi? Bola qobiliyatlarining taraqqiyoti ko‘proq mavjud layoqatlarga bog‘liqmi yoki unga to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiyaning ta’siri kuchliroqmi? kabi savollar hanuzgacha to‘la-to‘kis o‘z echimini topmagan.

Yosh psixologiyasi psixika va xulq-atvorda bir yosh davridan ikkinchisiga o‘tishda yuzaga keladigan miqdoriy hamda sifatiy o‘zgarishlarni o‘rganadi. Odatda bu o‘zgarishlar hayotning muayyan bosqichlarini, 1 necha oydan (go‘daklik davri) to bir qancha yillarni (katta yosh davrida) qamrab oladi. Ushbu o‘zgarishlar “ doimiy ta’sir etib turuvchi ”omillar – biologik etilish hamda inson organizmining psixofiziologik holati, uning insonga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rni, intellektual hamda shaxs rivojlanishida erishgan darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Psixika va xulq-atvorda yuzaga keladigan bu turdagi yoshga xos o‘zgarishlar evolyusion o‘zgarishlar deb ataladi. Evolyusion o‘zgarishlarda miqdoriy va sifatiy qayta qurishlar nisbatan sekinlik bilan amalga oshadi.

Nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida jadal yuz beradigan chuqur o‘zgarishlarni revolyusion o‘zgarishlar deb atash mumkin. Revolyusion o‘zgarishlar odatda bir yosh davrining tugallanishi, ikkinchi yosh davrining boshlanishi arafasida ro‘y berib, yosh taraqqiyotining inqirozlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Yosh taraqqiyotidagi inqirozlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan psixika va xulq-atvorda ro‘y beradigan revolyusion qayta (qurishlar) tuzilishlar Yoshni davrlarga ajratishning asoslaridan biri sifatida qaralishi mumkin.

Rivojlanish belgilaridan biri bo‘lgan yana 1 turdagi o‘zgarishlar aniq bir ijtimoiy vaziyatning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, ularni situatsion (ya’ni vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan) o‘zgarishlar deb atash mumkin. Bunday o‘zgarishlar inson xulq- atvori va psixikasida tashkil etilgan yoki maxsus tashkil etilmagan ta’lim-tarbiya ta’sirida vujudga keladi.

Evolyusion va revolyusion o‘zgarishlar odatda barqaror hamda qaytarilmas bo‘lib, sistematik mustahkamlashni talab qilmaydi. Situatsion o‘zgarishlar beqaror, o‘zgaruvchan, ularni mashqlar orqali mustahkamlash talab qilinadi. Evolyusion va revolyusion o‘zgarishlar inson psixologiyasini shaxs sifatida qayta o‘zgartirsa, situatsion o‘zgarishlarda xulq-atvorning ba’zi ko‘rinishlari, bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil bo‘ladi.



Yosh psixologiyasining predmeti – inson psixikasining Yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini o‘rganishdan iborat.

Yosh psixologiyasi o‘z navbatida bir qancha sohalarga bo‘linadi. Bular :

1.Bolalar psixologiyasi

2.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixologiyasi.

3.O‘smir psixologiyasi.

4.Ilk o‘spirinlik yoshi psixologiyasi.

5.Katta yoshdagilar psixologiyasi.

6.Gerontopsixologiya ( qarilik) psixologiyasi.




Yosh psixologiyasining umumiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

1) Psixik jarayonlarning, bilimlarni o‘zlashtirishning yosh imkoniyatlarini tadqiq qilish.

2) Shaxs rivojlanishining muhim omillarini o‘rganish.

3) Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish.

4) Har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini o‘rganadi.

Yosh psixologiyasining asoslarini bilmay turib, ta’lim-tarbiyaning

hech qanday nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal qilib bo‘lmaydi.

Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil qilish uchun ta’lim jarayonining o‘ziga xos psixologik qonuniyatlarini, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini, ko‘nikma va malakalarni, faol, mustaqil hamda ijobiy tafakkur jarayonlarini tarkib toptirishni yaxshi bilish lozim bo‘ladi. Psixolog L.S. Vigotskiy ko‘rsatib o‘tganidek, ular ma’lum hodisalarga nisbatan o‘zlarining kundalik hayotdagi oddiy tushunishlari bo‘ladi. Bu esa ilmiy tushunchalarning tarkib topishiga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Bundan keyin, tushunchalarni tarkib toptirishda hissiy negizga qay darajada tayanish lozimligini, qaysi paytda ko‘rgazmalilikdan va yakka hodisalardan qutilib, mavhumlik hamda umumiylikka o‘tish maqsadga muvofiqligini bilish kerak. Ko‘rgazmali tayanchdan barvaqt voz kechish ham ana shu bosqichda sun’iy ravishda to‘xtab qolish ham bir xil xatodir. Shuning bilan birga ko‘rib va eshitib idrok qilish xususiyatlarini hamda ularning o‘zaro munosabat xarakterini bilish kerak. O‘tilgan materiallarni qanday yo‘l bilan psixologik jihatdan samarali qilib mustahkamlash mumkin? O‘quvchiga savolni qanday berish mumkin: umumiy qilibmi yoki qonkret shakldami? Bir xil savollarni beraverish to‘g‘rimi? Yordamchi savollarning roli qanday? (Psixologiyada shu narsa ma’lumki, javob beriladigan savolning ifodalanishiga ham bog‘liq bo‘ladi).

Pedagogik psixologiyani bilish tarbiya ishlarida ham zarurdir. Shaxs tarkib topishi jarayonining psixologik qonuniyatlarini, jumladan, axloqiy odatlar va ishonch-e’tiqod tarkib topishining qonuniyatlarini bilmay turib, to‘g‘ri tarbiya berish mumkin emas.

Ma’lum yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta’lim va tarbiya berib bo‘lmaydi. Bolaning har bir yoshi o‘z qiyinchiliklariga ega bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga nisbatan psixologik jihatdan to‘g‘ri keladigan va yaroqli bo‘lgan narsa, ko‘pincha o‘smirlarga nisbatan yaroqsiz va xato bo‘lishi mumkin. Biroq o‘qituvchi, tarbiyachi shunchaki ma’lum yoshdagi o‘quvchi bilan emas, balki qonkret bir o‘quvchi bilan, individual shaxs bilan ishlaydi. O‘quvchining bilishi mutlaqo zarur bo‘lgan individual farqlar bitta yosh doirasida nihoyat darajada katta bo‘ladi. Ta’lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo‘lishning sharti o‘quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan iboratdir. Bu narsa o‘quvchining ruhiy dunyosidan xabardor bo‘la bilishni, psixologik jihatdan to‘g‘ri kuzatish tashkil qila bilishni va tabiiy eksperiment uyushtirishni bilishni taqozo qiladi.

Mana shu yuqorida ko‘rsatilgan qonuniyatlarni hammasini bilish o‘z- o‘zicha hali ta’lim-tarbiya ishlarida muvaffaqiyatning garovi bo‘la olmaydi. Lekin juda ko‘p xatolarning oldini olish imkonini beradi, chunki bu qonuniyatlar o‘qituvchini ko‘r-ko‘rona harakat qilish zaruratidan qutqaradi. Demak, pedagogik psixologiyaning mohiyatini bilish har bir pedagog uchun ta’lim-tarbiya jarayonini samarali amalga oshirish uchun zarur.

Pedagogik psixologiyaning predmeti – ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik qonuniyatlarini hamda pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir.

Psixolog I.A.Zimnyaya bo‘yicha pedagogik psixologiyaning predmeti –inson tomonidan ijtimoiy-madaniy tajribani o‘zlashtirishning qonuniyatlari, mexanizmlarini, Shuningdek, bu jarayon natijasida yuzaga keluvchi ta’limning turli sharoitlarida pedagog tomonidan tashkil etiluvchi va boshqariluvchi o‘quv faoliyati sub’ekti sifatida inson shaxsi rivojlanishi va intellektual darajasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat.



Pedagogik psixologiya - ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni, o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tatqiq etishdir. Pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri – maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib,bu hol yangi ta’lim dasturiga o‘tish bilan bog‘liqdir. Pedagogik psixologiya uch bo‘limdan iborat: ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o‘qituvchi psixologiyasi.

Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar:

1.Bolaning rivojlanishida uning hayotidagi har bir senzitiv davrni topish va undan iloji boricha ko‘proq foydalanish muammosi. Bu masalaning muammoliligi shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv davrlari ma’lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi va qachon tugashi noma’lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti o‘ziga xos individual bo‘lib, turli davrda har xil kechadi.

2. Bolaga ongli tashkil etilgan pedagogik ta’sir va uning psixologik taraqqiyoti orasidagi bog‘lanish muammosi. Bolaga ta’lim va tarbiya ta’sir etadimi, yoki bola faqat bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lib, intellektual va axloqiy rivojlanishga ta’sir qilmaydimi? Har qanday ta’lim bolaning rivojlanishiga ta’sir qiladimi yoki faqat muammoli va rivojlantiruvchi ta’limmi?

3. Ta’lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining har bir aniq davrida ta’limga yoki tarbiyaga urg‘u berish kerakmi?- bola hayotining ayni davrida nimaga ko‘proq ehtiyoj sezadi: kognitiv –intellektual yoki shaxs sifatida rivojlanishgami?

4.Pedagogik ta’sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining sistemali xarakteri muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy hislatlarning o‘zgarishi sifatida tasavvur qilsak, ularning har biri alohida rivojlanishi mumkin, o‘z navbatida ularga bog‘liq.

5. Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivojlanishi ta’lim va etilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va muhitga bog‘liqligi muammosi.

6. Bolaning ongli ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorligi muammosi. Bu muammoni hal qilishda ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorlik deganda nima nazarda tutilishi: bolada layoqatlarning mavjudligi ma’nosidami yoki ta’lim va tarbiyaga qobiliyatning rivojlanganligi ma’nosidami, bolada yaqin taraqqiyot zonasi va rivojlanish darajasi mavjudligi ma’nosidami, intellektual va shaxsiy etuklikning ma’lum darajasiga erishilganligi ma’nosidami?

7. Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pedagogik ta’sirlarni o‘zlashtira olmasligi unga bolaligida yomon ta’lim va tarbiya berilganligi.

8. Ta’limni individuallashtirishni ta’minlash muammosi.Bolalarning layoqat va qobiliyatlari asosida guruhlarga bo‘lib o‘qitish, har bior bolaning individual xususiyatlarga mos ta’lim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi.

YUqorida keltirilgan psixologik-pedagogik muammolarni hal qilish o‘qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, ko‘nikma va malakalarni talab qiladi.



Pedagogik psixologiya metodlari

Pedagogik psixologiyada umumiy va Yosh psixologiyada foydalanilgan metodlar qo‘llaniladi. Ular: kuzatish, yozma va og‘zaki savolnomalar, eksperiment va boshqalar. Lekin ular bolalarning Yoshi va psixologik va pedagogik muammolariga bog‘liq ravishda qo‘llaniladi.

Umumiy metodlardan tashqari, pedagogik psixologiyaning maxsus metodlari ham mavjud. Masalan, ularga psixologik-pedagogik eksperiment, maxsus psixologik-pedagogik testlar kiradi.Psixologik-pedagogik eksperiment bolaga u yoki bu pedagogik ta’sirning mahsuldorlik darajasini aniqlash uchun maxsus rivojlantiruvchi maqsadni ko‘zlab o‘tkaziladi.Psixologik-pedagogik eksperiment uch bosqichdan iborat:


  1. Aniqlovchi eksperiment.

  2. SHakllantiruvchi eksperiment.

  3. Nazorat eksperimentlari.

Pedagogik psixologiyada qo‘llaniladigan barcha metodlar quyidagilarga bo‘linadi:

  1. Tashkiliy metodlar.

  2. SHarhlash metodlari.

  3. Baholash metodlari.

  4. Natijalarni yig‘ish va qayta ishlash metodlari.

Tashkiliy metodlar o‘tkaziladigan tadqiqotning maqsadi, mazmuni, tuzilishi, tashkil etilishi, tayyorgarlik shakllarini o‘z ichiga oladi. Sharhlash metodlari o‘tkaziladigan tadqiqotning barchasi yoki uning ayrim qismlarini amalga oshirish shakllariga tegishli bo‘ladi. Baholash metodlari tadqiqot natijalarini, jumladan tadqiqotda ishtirok etgan bolalarning psixologik va xulq-atvor xarakteristikalarini aniqlash psixologik-pedagogik baholash usullarini qamrab oladi. Natijalarni yig‘ish va qayta ishlash metodlari deganda tadqiqotda sinaluvchilar haqida zarur ma’lumotlarni to‘plash nazarda tutiladi.

Yuqorida keltirilgan tadqiqot metodlaridan tashqari yana bolaga amaliy psixologik-pedagogik ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq ikki guruh metodlar mavjud.Bu psixologik maslahat va korreksiyadir. Psixologik masalahat bolaning rivojlanishi davomida duch kelgan muammolarni o‘rganish va tanishish asosida unga og‘zaki tavsiyalar va nasihatlar turida yordam ko‘rsatishdir. Korreksiya psixologning qiziqtirayotgan shaxsga bevosita pedagogik ta’sir ko‘rsatishidir.

Xususan, pedagogik psixologiya “bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashning qonuniyatlarini; bu jarayonda namoyon bo‘ladigan individual farqlarni; o‘quvchilarda faol mustaqil ijodiy tafakkur shakllanishi qonuniyatlarini; ta’lim va tarbiya ta’siri ostida psixikada yuzaga keladigan o‘zgarishlarni, ya’ni yangi psixik tuzilmalar shakllanishini o‘rganadi. ”

Pedagogika bilan pedagogik psixologiya o‘rtasida yana ham mustahkam va ajralmas aloqa bordir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda boshqa ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining qonkret turlarini o‘rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanning, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o‘rin olgandir. Pedagogik psixologiya maktabda bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini o‘rganadi, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni tekshiradi, o‘quvchilarda aktiv, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini o‘rganadi. Pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiya ta’siri bilan o‘quvchilar psixikasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni ham o‘rganadi. Bundan tashqari, o‘quv materiallarining o‘quvchilarga mos kelishi, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligi, darslik, o‘quv qurollari, asbob- uskunalar va maktab ishlarining rejimiga nisbatan bo‘lgan psixologik talablar kabi muammolarning hammasini ham pedagogik psixologiya o‘rganadi.

Pedagogik psixologiyaning eng muhim vazifalaridan biri maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bu narsa yangi ta’lim dasturiga o‘tish munosabati bilan ta’limning mazmunida yuzaga kelgan jiddiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Pedagogik psixologiya shu bilan birga o‘quvchilar shaxsining tarkib topish jarayonini, bu jarayonning umumiy qonuniyatlarini va individual farqlarini, turli tarbiyaviy tadbirlarning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganadi hamda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashni psixologik asoslarini tekshiradi. Nihoyat, pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo‘lgan o‘quvchi shaxsini va o‘quvchi mehnatining xususiyatlarini o‘rganadi. Bunda o‘quvchining ta’lim-tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta’minlovchi sifatlarini ajratib ko‘rsatish bilan birga uning pedagogik bilimlari, ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotning psixologik sharoitlari aniqlanadi.



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling