Umumiy psixologiya


Download 1.91 Mb.
bet10/27
Sana25.03.2020
Hajmi1.91 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27

Ижтимо-ий муҳит

Табиий муҳит



ЎСМИР ФАОЛИЯТИ







ЎСМИР ШАХСИ



ИЖТИМОИЙ ПСИХОЛОГИК ЖИҲАТИ

ДУНЁҚАРАШ ЖИҲАТИ

ИНДИВИДУАЛ ПСИХОЛОГИК ЖИҲАТИ



ПСИХИК ЖАРАЁНЛАРИ

МАЪНАВИЙ ҚИЁФАСИ

БОШҚА ОДАМЛАРГА МУНОСАБАТИ



ПСИХИК ХУСУСИЯТЛАРИ

ИЖТИМОИЙ РОЛЛАРИ



ДУНЁҚАРАШИ



ПСИХИК ХОЛАТЛАРИ

ИЖТИМОИЙ ПОЗИЦИЯЛАРИ



АХЛОҚИЙ ҚИЁФА

ИЖТИМОИЙ УСТАНОВКАЛАРИ



ПСИХИК ЯНГИЛАНИШЛАР

O‘smirlik Yoshida psixologik jihatdan eng muhim hislat - voyaga etish yoki kattalik hissining paydo bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-ahloqiy sohada, aqliy faoliyatda, qiziqishda, munosabatda, ko‘ngil olish jarayonida, xulq-atvorning tashqi shakllarida o‘z ifodasini topadi. O‘smirlik Yoshiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rgana turib, o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yo‘llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Jinsiy etilish o‘smirning bu Yoshdagi xulq-atvoriga asosiy biologik vosita sifatida ta’sir o‘tkazadi. Lekin bu bevosita ta’sirdir. Kichik o‘smir psixologik "mexanizmi" sxematik ravishda quyidagicha baholanadi. Endokrin garmonlarini paydo bo‘lishi va ularning markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jinsiy etilishning boshlanishi bolalar faolligining jismoniy va psixologik imkoniyatlarini oshiradi hamda ularning o‘zlarini kattalardek his etish, mustaqil bo‘lish tuyg‘ularini tuyushlari uchun qulay shart-sharoitlarni olib keladi. Biroq, psixik rivojlanishning bu bosqichida ham bola hali mustaqil harakat qilishga to‘la tayyor bo‘lmaydi. Ijtimoiy omillar esa quyidagilardir: kichik maktab Yoshidan o‘rta maktabga o‘tish, ya’ni yakka o‘qituvchi rahbarligidan ko‘pchilik o‘qituvchilar tasarrufiga o‘tish va muloqotdagi o‘zgarishlar ijtimoiy foydali ishlarni kengaytirib borish, mustaqil va amaliy ishlarni ko‘proq bajarish, shu bilan birga bolaning oiladagi o‘rnining ham o‘zgarishidir. Katta o‘smirlarga nisbatan kichik o‘smirlarda paydo bo‘ladigan kelisha olmaslikni ulardagi jinsiy etilish bilan emas, balki atrofdagi shart-sharoitlar, oiladagi ota-ona, aka-ukalarning unga munosabati, mahalla-ko‘y, ya’ni ijtimoiy sharoitlar ta’siri bilan bog‘lash zarur.



Mana shu ijtimoiy sharoitlarni ulardagi psixologik iqlimni o‘zgartirish yo‘li bilan o‘smirlarning xulq-atvoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish, yomon xulq-atvor, o‘jarlik, kamchiliklarini tan olmaslik kabi salbiy xislatlarning oldini olishi mumkin. Bu davrda o‘smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar hayotida hali o‘z o‘rnini topa olmagan holatda bo‘ladi. O‘smir o‘zining qobiliyati va kuchini to‘g‘ri baholamay turib, murakkab hayotiy masalalarni hal kilishga urinadi, ammo fikr yuritish qobiliyati yuzaki bo‘lganligi sababli kundalik hayotida qator kamchiliklarga yo‘l ko‘yadi. Lekin u o‘z xatosini tan olishdan ko‘ra kattalar bilan bahslashishni afzal ko‘radi. Tanqid qilgan kishilarni yoqtirmaydi, har bir tanqid go‘yoki uni mensimaslik belgisi, atayin kilinayotgan ish bo‘lib ko‘rinadi. U mustaqil, o‘zboshimchalik bilan ish tutishga urinadi, kattalarning maslahatiga e’tibor bermaydi. Ayrim o‘smirlar o‘zining kattalar safiga qo‘shilganligini namoyish kilish uchun turli xil salbiy odatlarga o‘rgana boshlaydilar. O‘smir xulqidagi bunday o‘zgarishlar o‘qituvchi va ota-onalarni qattiq tashvishga soladi. Ularni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun esa kattalardan psixologik bilim va tajribani talab etadi. Bu Yoshda kattalar o‘smirlarni bilib-bilmay qo‘yayotgan kamchilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yo‘l bilan yondashgan holda yordam berish uni "katta bo‘lib qolganlik” tuyg‘usini so‘ndirib emas, balki katta odam qanday bo‘lishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini anglatishi zarur.

O‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. O‘smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa bo‘ladi va norozilik bildiradi. O‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bo‘lmagan inson deb biladi. Ota-onalar va pedagoglar o‘smirlar bilan alohida ishlab, ularning ko‘nglini topishi va xatti –harakatlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘lga solishlari lozim. Ba’zi o‘qituvchilar kichik o‘smirdagi bu o‘zgarishlar - salbiy alomatlar, urushqoqlik, o‘jarliklarining ildizlari qaerdan kelib chiqqani va nima bilan bog‘langanligi, nimaning ta’siri ekanligini bilmay turib, noto‘g‘ri tashxis va xulosalar chiqaradilar, bu esa aksariyat holda fojiaga olib kelishi mumkin. Asosiy ziddiyatni keltirib chiqaruvchi omillardan biri o‘smirning o‘z mustaqilligini imkoniyatidan ortiq darajada baholashidir. O‘z imkoniyatlarini ortiqcha baholash bilan kichik o‘smirning psixik imkoniyatlari o‘rtasida tafovut paydo bo‘ladi. Kattalarning irodasiga bo‘ysinmaslik, maktab, sinf faollari va boshqalarning qarorlarini bajarmaslik- bu mazkur sharoitga etarli darajada baho bera olmaslikning yagona reaksiyasi bo‘libgina qolmay, shu bilan birga bu o‘smir, uning shaxsi nuqtai nazaridan o‘zini boshqalarga tanitish yo‘li sifatida ham xizmat qiladi. Bu yo‘l orqali bola o‘z shaxsining ahamiyatini, uning ta’sirchanligini hamda tevarak -atrofdagi kishilarga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini ham ta’kidlab ko‘rsatishga erishmoqchi bo‘ladi.



Demak, bu o‘smirni to‘laqonli psixik rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy bir hislat ekanligini bilgan holda shu bilan bog‘liq salbiy ishlarni psixologik tabiatini to‘g‘ri tushunmog‘i va bolalarni o‘zlarini katta tutishlariga to‘sqinlik qilmaslik, aksincha ularning bunday hatti-harakatlarini ijobiy baholashga intilishi kerak.

O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘proq kiziktiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga tarbiyalashga harakat kiladilar. U kattalar huquqini cheklaydi, o‘zinikini esa kengaytiradi. kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum tenghuquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi.

O‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya - qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning hatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar.

O‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida o‘smirning erkin harakat kilish quroli, Shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi.

O‘z-o‘zini anglash hissini tarkib topishi, o‘ziga nisbatan go‘yo alohida mustaqil shaxs sifatidagi munosabatning vujudga kelishi bu davrdagi har ikki jinsdagi va istagan tepmerament tipidagi o‘smirlar uchun muhim xususiyatlardir. O‘smir o‘g‘il-qizlar shaxsining kamol topishida, o‘zini anglash jarayonida o‘ziga baho berish mayli va istagi o‘zini boshqa shaxslar bilan taqqoslash, o‘ziga bino qo‘yish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Bular esa o‘smirning psixik dunyosiga aqliy faoliyatiga, tevarak-atrofga munosabatning shakllanishiga ta’sir qiladi. Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo‘lgan sari o‘smirning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da namoyon bo‘la boshlaydi.

O‘g‘il bolalar va qiz bolalarning ijtimoiy rollari turlicha bo‘lishi to‘g‘risidagi jamiyatda tarkib topgan tushunchalar bilan bolalar tomonidan o‘zlashtirilgan tasavvurlar o‘smir Yoshidagi shaxsning shakllanish yo‘llarini belgilab beradi. O‘smir o‘z kuchi va quvvati, chidamliligi ortayotganini, bilim saviyasi kengayayotganini anglay boshlaydi.

O‘smirlar ustanovkalari muhim funksional axamiyatga ega bo‘lib, uning ma’lum bir faoliyatni samarali bajarishga tayyorligi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning asosiy vazifalari - 1) faoliyat amalga oshirilishining qatiy xarakterini belgilab beradi. 2) o‘smir shaxsini standart vaziyatlardagi faoliyatlar kechishini erkin xolda nazorat qilish va qaror chiqarishdan ozod qiladi.

O‘smirlik davri xususiyatlarini talqin kilgan olimlarning ta’kidlashicha, o‘g‘il va qizlarning bu Yoshda o‘rtoqlari bilan munosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqishi yorqin namoyon bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishlar ta’sirida bolalar jismoniy va aqliy imkoniyatlarini o‘sib borish munosabati bilan o‘zlariga ko‘proq ishona boshlaydilar, ular endi oilaviy muammolar muhokamasida ham ishtirok eta boshlaydilar.



Aslida o‘smir Yoshidagi bolalarning psixik holatlarini va psixik rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish, psixik muammolarini erkin va to‘g‘ri echishlari uchun yordam berish, ularga psixologik yondashish zarur. Kichik o‘smir Yoshdagilar bilan ishlayotganda o‘quvchining har bir tashqi va ichki reaksiyasi ortida uning o‘z psixologik sabablari borligini bilish muhimdir. Bu "madaniyatsiz", "zararli", "tushunib bo‘lmaydigan” deb nom olgan xatti-harakatlar bir qarashda shunday baholanadi, lekin bu xatti-harakatlar shaxs qaror topishining maxsus bosqichi uchun xos xususiyatdir. Kichik o‘smirda o‘z-o‘zini hurmat qilish va o‘zini anglashni shakllantirishning bir qancha yo‘llari mavjud. Masalan: bu davrda kattalarga taqlid qilish yoki oilada o‘z hurmatini talab qilish, o‘z so‘zini o‘tkazish, o‘zini hurmatli, obro‘li katta Yoshli kishini obraziga o‘xshatib rivojlantirish kuchli bo‘ladi. Ularga biror so‘z yoki tanbeh bilan murojaat qilsangiz, u o‘zini mustaqil fikrlay olishi va biror ishni albatta uddasidan chiqa oladigandek ko‘rsatadi. Vaholanki, hali o‘smirni psixologik imkoniyatlari etarli emas yoki rivojlanmagan bo‘lishi mumkin. Kattalar, o‘qituvchilar o‘smirdagi bu jarayonni psixologik nuqtai nazardan baholay olishlari, unga soxta, yuzaki yondashmay, aksincha, unga o‘z imkoniyatlarini o‘stirishga o‘z ichki va tashqi qobiliyatlarini to‘g‘ri rivojlantirishga yo‘naltirishlari muhim xisoblanadi. O‘smirlar uchun o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir. U endi salbiy va ijobiy tomonlariga alohida bir urg‘u bermagan holda o‘zi xohlagan kishisi bilan do‘st bo‘lish xuquqini talab etadi. O‘smirlar orasida sodiqlik va to‘g‘rilik kabi xislatlar yuqori baholanib, sotqinlik o‘z so‘ziga bevafolik, egoizm, qizg‘anchiqlik qattiq qoralanadi va qattiq jazolanadi. Bu jazo u bilan urishish, kaltaklash unga qarshi baykot e’lon qilish va uni yolg‘izlatib qo‘yish shaklida bo‘lishi mumkin. O‘smirlar o‘zini hurmat qilishini, o‘z fikrini va qiziqishini himoya qilishni bilmagan tengdoshlariga juda past baho beradilar.

5-6 sinf o‘quvchilariga sinfdagi o‘zi egallagan mavqeiga katta e’tibor berish xususiyati xos. Ayniqsa, 6 sinfdan boshlab, o‘quvchilar o‘z tashqi ko‘rinishlariga, Shuningdek qarama-qarshi jinsdagi bolalar va ular bilan o‘zaro munosabatlariga e’tibor bera boshlaydilar.

7-sinf o‘quvchilarida esa o‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi. 8-sinf o‘quvchilari esa mustaqillik, o‘ziga xoslik, do‘stlik va o‘rtoqlik bilan bog‘liq bo‘ladigan shaxsiy xislatlar paydo bo‘ladi.

Ma’lumki, har bir bolaning munosabatlari aniq ishlarda ko‘rinadi, mustahkamlanadi va qayd etiladi. Bola o‘zidagi mustaqillikni shakllantirish uchun o‘zi mustaqil ishlarni bajarishiga to‘g‘ri keladi. Lekin, ikkinchi tomondan bir marta mustaqil ish bajarish uchun mavjud shart-sharoitlardan holi bo‘lishga harakat qiladi. Bola boshqa mexanizmlarga ega emas. Bular o‘smirning o‘z kuchiga ichki bir ishonchni mavjud emasligini bildiradi. Bu belgilar mana shu Yoshda kishini mustaqil harakat qilishga qodir bo‘lishga, ayni hollarda tevarak atrofdagi kishilarga qarshi borib, o‘zini haq ekanligini qattiq turib himoya qilishga, boshqa hollarda esa vaziyatni vazminlik bilan qabul qilishga dav’at etadi, Kichik o‘smirda o‘z-o‘zini hurmat qilish va o‘zini anglashni shakllantirishning bir qancha yo‘llari mavjud. Masalan: bu davrda kattalarga taqlid qilish yoki oilada o‘z hurmatini talab qilish, o‘z so‘zini o‘tkazish, o‘zini hurmatli, obro‘li katta Yoshli kishini obraziga o‘xshatib rivojlantirish kuchli bo‘ladi. Ularga biror so‘z yoki tanbeh bilan murojaat qilsangiz,u o‘zini mustaqil fikrlay olishi va biror ishni albatta uddasidan chiqa oladigandek ko‘rsatadi. Vaholanki, hali o‘smirni psixologik imkoniyatlari etarli emas yoki rivojlanmagan bo‘lishi mumkin. Kattalar, o‘qituvchilar o‘smirdagi bu jarayonni psixologik nuqtai nazaridan baholay olishlari, unga soxta pedagogik, yuzaki yondashmay, aksincha, unga o‘z imkoniyatlarini o‘stirishga o‘z ichki va tashqi qobiliyatlarini to‘g‘ri rivojlantirishga yo‘naltirishlari muhim hisoblanadi. O‘smir Yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini endi kichkina bola emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iborat. Mustaqil ishlar qilishga uringan o‘smir shunday qilishga haqqi borligiga o‘zini-o‘zi ishontiradi, chunki men endi “katta bo‘lib qoldim” deb o‘ylaydi. Shuning uchun ham psixologlar “katta bo‘lib qolganlik tuyg‘usi” shaxsning o‘smirlik Yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar. Bu Yoshda kattalar o‘smirlarni bilib-bilmay qo‘yayotgan kamchilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yo‘l bilan yondashgan holda yordam berish uni "katta bo‘lib qolganlik”' tuyg‘usini so‘ndirib emas, balki katta odam qanday bo‘lishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini anglatishi zarur. Demak, bu o‘smirni to‘laqonli psixik rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan bog‘liq salbiy ishlarni psixologik tabiatini to‘g‘ri tushunmog‘i va bolalarni o‘zlarini katta tutishlariga to‘sqinlik qilmaslik, aksincha ularning bunday xatti-harakatlarini ijobiy baholashga intilishi kerak. O‘smirlarni o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir.

U endi salbiy va ijobiy tomonlariga alohida bir urg‘u bermagan holda o‘zi xohlagan kishisi bilan do‘st bo‘lish huquqini talab etadi. O‘smirlar orasida sodiqlik va to‘g‘rilik kabi xislatlar yuqori baholanib, sotqinlik o‘z so‘ziga bevafolik, egoizm, qizg‘anchiqlik qattiq qoralanadi va qattiq jazolanadi. Bu jazo u bilan urishish, kaltaklash unga qarshi baykot e’lon qilish va uni yolg‘izlatib qo‘yish shaklida bo‘lishi mumkin. O‘smirlar o‘zini hurmat qilishini, o‘z fikrini va qiziqishini himoya qilishni bilmagan tengdoshlariga juda past baho beradilar.

O‘smirlarning psixik rivojlanishida yangi

xislatlarning paydo bo‘lishi

O‘smirlik davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada rivojlanadi. Bu yillarda o‘smirlar uchun hayot davomida kerak bo‘ladigan asosiy shaxsiy va tadbirkorlik xususiyatlari ochiq ko‘rina boshlaydi. Xotira, mexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira darajasiga ko‘tariladi. Nutq rivojlangan, xilma-xil va boy tafakkur esa o‘zining barcha ko‘rinishlari: harakatli, obrazli, mantiqiy darajasida rivojlanadi. O‘smirlarni endi turli amaliyot va aqliy faoliyatlarga o‘rgatish mumkin. Shuningdek, bu davrda umumiy va maxsus layoqatlar shakllanadi va rivojlanadi.

O‘smirlik davriga juda ko‘p ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar xos. Maktab dasturini o‘zlashtirish va boshqa ishlar bilan bog‘liq turli masalalarni echishda ko‘zga tashlanadigan o‘smirlarning intellektual rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy muammolar bo‘yicha fikrlashga undaydi, o‘smirlarning o‘zlari ham bunga harakat qiladilar. Boshqa tomondan esa ayniqsa, kelajak kasb, xulq-atvor etikasi, o‘z majburiyatlariga mas’ullik kabi muammolar muhokamasida infantillik (Yosh bolalarga xos jismoniy va psixologik holat)ni kuzatish mumkin.

5-6 sinf o‘quvchilariga sinfdagi o‘zi egallagan mavqeiga katta e’tibor berish xususiyati xos. Ayniqsa, 6 sinfdan boshlab, o‘quvchilar o‘z tashqi ko‘rinishlariga, Shuningdek qarama-qarshi jinsdagi bolalar va ular bilan o‘zaro munosabatlariga e’tibor bera boshlaydilar.

7-sinf o‘quvchilarida esa o‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi. 8-sinf o‘quvchilari esa mustaqillik, o‘ziga xoslik, do‘stlik va o‘rtoqlik bilan bog‘liq bo‘ladigan shaxsiy xislatlarni yuqori baholashadi. O‘smirlarning ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqishlariga asoslangan holda faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va boshqa foydali sifatlarni rivojlantirishi mumkin.

O‘smirlik davrida o‘quv fanlarini turli o‘qituvchilar o‘qitishlari bilan kattalar shaxsi va faoliyatini baholashning yangi mezonlari ham shakllana boshlaydi. O‘smirlik asosan, bilimli, talabchan, haqqoniy, o‘quv materialini qiziqarli va tushunarli yo‘l bilan etkaza oladigan, o‘quvchilarni ajratmaydigan, o‘qituvchilarni ko‘proq hurmat qiladilar va yaxshi ko‘radilar. Ular o‘qituvchi bilan munosabatlariga ham katta z’tibor beradilar.

10-15 Yoshli bolalarning faoliyat motivlarida ham o‘zgarishlar amalga oshadi. Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo‘lgan sari o‘smirning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da namoyon bo‘la boshlaydi.

O‘smirlik Yoshidagi o‘quvchilarning emotsional xususiyatlari

O‘smirlik Yoshida, taxminan 13—14 Yoshlarda, bolalarni emotsional kechinmalarida katta o‘zgarishlar boshlanadi. SHu Yoshdagi bolalarda ta’lim ta’siri ostida abstrakt-mantikiy va tanqidiy tafakkur ancha o‘sadi. O‘smirlar dunyokarashqarashlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bilan qiziqa boshlaydilar, ularning kamalak va kamolot tashkilotlarida ishtirok qilishlari bunday qiziqishlarning o‘sishiga ko‘p jixatdan yordam beradi. Mana shularning hammasi xilma-xil intellektual va axloqiy hislarni o‘sishi uchun manba bo‘lib qoladi. O‘smirlarda xayol kuchli ravishda o‘sadi. Hislarning o‘zi xayolning o‘sishiga yordam beradi. va xayolning o‘zi ham xilma-xil chuqur emotsional kechinmalarning manbai bo‘lib qoladi. Kelajak to‘g‘risidagi orzular, qaxramonlik, romantika- shularning hammasi emotsional kechinmalarning manbaidir. Bu Yoshda o‘z-o‘ziga baho berish hissi kuchli ravishda o‘sadi.

O‘smir Yoshidagi bolalarning aloqa doirasining kengayishi va ularda ijtimoiy-siyosiy masalalarga qiziqish o‘sishi tufayli axloqiy hislar o‘smirlarhayotida katta o‘rin oladigan bo‘lib qoladi , ularda vatanparvarlik hissi yorqin namoyon bo‘ladi. SHu Yoshda organizmda fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi sababli emotsional qo‘zg‘alishlarning xarakterida ham o‘zgarish ro‘y beradi. Hislar kuchli ravishda namoyon bo‘laveradi, lekin ko‘pincha bu hislar barqaror bo‘lmaydi. Boshqa Yoshdagi bolalarga qaraganda o‘smirlarda injiqlik va arazlash ko‘p bo‘ladi.



6.4.O‘smirlik davrida shaxslararo munosabatO‘smirlik davrida etakchi faoliyat - bu o‘qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir.

O‘smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi - bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir.O‘smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u to‘la o‘rtoqlik kodeksiga bo‘ysunadi. O‘smirlarni o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir. O‘smirlar do‘stlik,o‘rtoqlik va o‘zaro yordamlashyni hamma narsadan yuqori qo‘yadilar: ana shunday o‘zaro munosabatlar, o‘spirinlik yillarida ham davom eta beradi. Bunda o‘smirlar va ilk Yoshdagi o‘spirin o‘quvchilarniig xulq-atvorlariga do‘stlari ota-onalar va pedagoglarga nisbatan bir necha marta kuchlirok ta’sir etadilar. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, o‘smir bolaning etilmaganligi va tajrnbasizlngi uni tevarak-atrofdagi kimsalardan madad axtarishga majbur kiladi. O‘smir bolaga uning istaklarini tushunadngan va ularni amalga oshirishga yordam beradigai do‘st kerak. O‘smirning do‘stlari bilan muloqoti ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega.Tengdosh bolalar bilan prinsipial tenglik holatidagi munosabatlar muhitiga nisbatan o‘smirda alohida qiziqish bo‘ladi. Bu hol o‘smirda yuzaga keladigan shaxsiy kattalik hissining etik mazmuniga mos keladi. Kattalar bilan muloqotda bo‘lish tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqotning o‘rnini bosa olmaydi.

O‘smir uchun tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqot u mustaqil harakat qiladigan o‘zining shaxsiy munosabatlari muhitiga ajraladi. U bunga haqqim bor, deb o‘ylaydi, o‘z huquqlarini himoya qiladi va aynan Shuning uchun ham o‘rtoqlari bilan bo‘lgan munosabatga kattalarning o‘rinsiz, qo‘pol aralashuvi o‘smirning xafagarchiligiga va noroziligiga olib keladi.

O‘smirda tengdoshlar bilan muloqot qilish va hamkorlikdagi faoliyatga intilish yaqqol namoyon bo‘ladi. Jamoa hayoti bilan yashash, yaqin o‘rtoqlar, do‘stga ega bo‘lish xohishi – do‘stlar tomonidan qabul qilingan, tan olingan, hurmat qilingan bo‘lishdek kuchli xohishdir. Bu o‘smirning muhim talabiga aylanib boradi.

O‘smir uchun eng yoqimsiz vaziyat – jamoa va o‘rtoqlarining noroziligi, muloqot qilishni istamaslik, eng og‘ir jazo esa – ochiq yoki nooshkor aloqa uzish, gaplashmaslikdir.

O‘smirlar do‘stlik kodeksining muhim me’yorlari – sha’nini hurmat qilish, tenglik, sodiqlik, do‘stga yordam, to‘g‘ri so‘zlik.

Do‘stlik me’yorlarini egallash bolaning o‘smirlikdagi muhim yutug‘idir.



Agarda u bunday do‘stni qarindoshlari vz pedagoglari orasidan topa olmasa, unday paytda u o‘z qizikishlari va intilishlarini ko‘llab-kuvvatlaydigan hamda undagi kamchiliklarni nimalar bilandir to‘ldira oladngan odamni begona katta kishilar yoki o‘z tengqurlari orasidan albatta topadi.

O‘z tengdoshlari bilan tenglik asosida qilingan munosabat asosida o‘smir alohida bir ijtimoiy munosabatlar maktabini o‘taydi. O‘zaro qiziqishlar, atrof dunyoni, bir-birlarini o‘zligini anglashlari va tushunishlari ular uchun juda qimmatlidir. O‘smirlar uchun uy vazifalari, uy ishlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga qaraganda tengdoshlari bilan muloqot qilish muhimrokdir. O‘z sirlarini bola endi ota-onasiga emas, balki tengdoshiga ko‘proq ishonadi. O‘z tengdoshlari bilan muloqot va munosabat jarayonida o‘z shaxsini erkinlik bilan to‘la namoyon eta oladi. SHaxsiy erkinlikni u katta bo‘lish xuquqi deb anglaydi.O‘smirning o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligini yaxshi bilgan tajribali o‘qituvchilar sinfda ham o‘quvchilarning ayrim kichik –kichik guruhlari orasida ijobiy ijtimoiy fikrni shakllantirishga katta e’tibor beradilar, o‘smirlarga ularning yaqin do‘stlari orqali ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladilar. Ayrim o‘quvchilarning (ayniqsa o‘qishda o‘rqada qoladigan va “tarbiyasi qiyin” bo‘lgan o‘quvchilarning) sinf jamoasidagi shaxslararo munosabatlar tizimidan “tushib qolishlariga” yo‘l qo‘ymaydilar.

O‘smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti xarakteri ularning katta bo‘lganlik hissi asosida tuzilgan bo‘ladi. Kattalar tomonidan qilinadigan o‘smirlarning haq-huquqlarini cheklashlariga bildirgan qarshilik va e’tirozlariga o‘zlari ham qattik qayg‘uradilar. Ular muloqotda kattalarning qo‘llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat o‘smirga kattalarni yaxshiroq tushunishlari uchun yordam beradi. O‘smir o‘zida bo‘layotgan o‘zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muammolar haqida kattalar bilan bo‘lishishga katta ehtiyoj sezadi, lekin buni hech qachon birinchi bo‘lib o‘zi boshlamaydi. O‘smir o‘ziga nisbatan Yosh bolalardek qilinadigan muomala-munosabatiga qattiq norozilik bildiradi, o‘smirlar muloqoti nihoyatda o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi.O‘zini kattalardek his qilish tuyg‘usi bolaning shaxsan o‘ziga bo‘lgan munosabatini muayyan darajada o‘zgartiradi va har qanday ichki munosabat singari bu ham tashqi munosabatlarning ta’siri ostida, mazkur shaxsga nisbatan boshqa odamlarning munosabatlari tashkil topadi.Shuning uchun o‘smir o‘zi haqida atrofdagi kishilar qanday fikrga kelishi to‘g‘risida ko‘p o‘ylaydi hamda buning uchun qulay muhit yaratish yo‘llarini faollik bilan izlaydi.Bu shunday muhit bo‘lmog‘i kerakki, undagi munosabatlar endi o‘smirning katta kishi, mustaqil odam bo‘lib qolganligini yaqqol namoyon bo‘lishini istaydi. Har bir o‘smir bilan muloqotda uning shaxsidagi eng yaxshi tomonlarni topa bilish, nimaga qobiliyati bor ekanligini aniqlab olish hamda ularga tayangan holda o‘smirning o‘ziga bo‘lgan ishonchini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash g‘oyat muhimdir. Aks holda tarbiya sohasida katta qiyinchiliklar kelib chiqishi muqarrar. O‘smir o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilarning ko‘z o‘ngida o‘z shaxsining mustaqilligini tasdiqlash, o‘zligini bildirib, o‘z “men” ini anglatish maqsadida u yoki bu darajadagi o‘z imkoniyatidan tashqari ishlarga qo‘l urishga va shu orqali o‘z shaxsining ta’sirini atrofdagi kishilarga o‘tkazishga harakat qilib ko‘rishga majbur bo‘ladi. Basharti, bola o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatishning ilojini topa olmasa, u holda psixologik ehtiyoj tufayli u salbiy ishlarda o‘zini ko‘rsatishi, o‘z kamchiliklarini oshirib ko‘rsatishi, qilish mumkin bo‘lmagan ishlarni atayin qilishi, ko‘proq o‘jarlik va qaysarlik qilishi va boshqa salbiy ishlarni qilishi mumkin.Ushbu Yoshdagi bolalarning o‘z-o‘zini hurmat qilish tuyg‘usini shakllantirish uning shaxsi rivojida muhim hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi bolaning sinf va maktab jamoasi oldidagi obro‘sini ko‘tarish yo‘llarini izlashi turli sohalardagi yutuqlarini ko‘pchilikka ma’lum qilib, xato va kamchiliklarini yo‘qotishda donolik bilan harakat qilishi uning o‘z kuch va imkoniyatlariga ishonishiga zamin yaratadi.Bu bilan o‘smirda shakllanib kelayotgan “katta kishi” bo‘lib qolish tuyg‘usini hurmat qilishini bildiradi, o‘qituvchi o‘smirning zarur munosabatlarini yo‘lga qo‘yishida unga zarur kishiga aylanadi.

O‘smirda psixik jarayonlarning keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi muloqotida, kattalar bilan o‘smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi.

Odobli, dilkash o‘smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo‘pol, serzarda bo‘lib qoladi. O‘smir xulqidagi bunday o‘zgarishlar tajribasiz o‘qituvchi va ota-onasini qattiq tashvishga soladi.

Xo‘sh, o‘smirlarning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch nima? O‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch - uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni o‘smirning psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish, uning shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish orqali asta-sekin yo‘qotish mumkin.



Ota-onalarning o‘smirga shu erkinlikni bermasligi yoki o‘smirning shunday deb bilishi natijasida, ular ota-onaga qarshi pozitsiyada bo‘ladilar. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, ana shu muloqot va munosabat asosida o‘smirlarda g‘urur hissi shakllana boshlaydi. Albatta, g‘urur me’yor va qoidalari kattalardan o‘rganiladi, lekin o‘z g‘ururini qanday himoya qilishi o‘smirlarning alohida nazoratida bo‘ladi.

Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar.

1.O‘smirlik davrining asosiy psixik xususiyatlari.

2.O‘smirlik davridagi etakchi faoliyat turi.

3. O‘quv faoliyatining qayta tuzilishi hamda o‘smirdagi bilish
jarayonlarining rivojlanishi.

4.O‘smirlik davri krizisi, sabablari va namoyon bo‘lishi.

5.«Tarbiyasi qiyin» o‘smir xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlar va
ularga psixologik yondoshuv.

6.O‘smirlik Yoshida individual yondoshuv.

7-MAVZU: ILK O‘SPIRINLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Reja:

1. Ilk o‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari.

2.Xorijiy psixologiyada ilk o‘spirinlik haqida nazariyalar.

3.Ilk o‘spirinlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish.

4. Ilk o‘spirinlik davrida do‘stlashish muammosi.

5. Ilk o‘spirinlik davrida o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi.

6.Ilk o‘spirinlik davrida o‘quv kasbiy faoliyatning etakchi fao- liyatga aylanishi va kasb tanlash muammosi.

7. Ilk o‘spirinlik davrida kasbga yo‘naltirishning psixologik muammolari.
Mavzuning o‘quv maqsadi:

Ta’limiy: Talabalarga ilk o‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari, bu davrdagi aqliy va emotsional rivojlanish, shaxs xususiyatlari haqida tushuntirish va anglatishdan iborat.

Tarbiyaviy: ilk o‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari bilan tanishtirish orqali shaxsda o‘z-o‘zini boshqarishni, irodaviy va shaxsiy sifatlarni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: Talabalarda ilk o‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish.



7.1. Ilk o‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari

Ilk o‘spirinlik davri «kamolot bo‘sag‘asi” deb ta’riflanadi. Bu kamolot bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni o‘z ichiga oladi. Psixologiya fani o‘spirinlik muammosini kompleks o‘rganishni da’vat etadi.

Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot sur’ati bilan uning bosqichlari ijtimoiy etilish muddati bilan hamma vaqt ham to‘g‘ri kelavermaydi. Akseleratsiya natijasida bugungi ilk o‘spirinlarning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o‘rtacha ikki-uch yil avval etilmoqda. Fiziologlar bu jarayonni 2-darajali jinsiy belgilarning paydo bo‘lishiga qarab, 3-ta bosqichga ajratadilar:



Akseleratsiya munosabati bilan o‘spirinlik Yoshining chegarasi endi 15-16 dan 18 Yoshgacha bo‘lmoqda. Demak, o‘spirinlik ham oldin boshlanadi. Lekin, bu taraqqiyot davrining qonkret mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ularning mavqei, ular egallaydigan bilimlarning hajmi va bir qator boshqa faktorlar ijtimoiy sharoitlarga bog‘liqdir.

Ilk o‘spirinlik Yoshidagi bolalar bu 15 Yoshdan 17-18 Yoshgacha bo‘lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilaridir. O‘spirinlik – bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi, uning ijtimoiy jihatdan etilishi, o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi, ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishi davri, fuqaro va vatanparvarning ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir.Faol ijtimoiy hayot, o‘qishning yangi xarakteri (mustaqil bilim olish) yigit va qizlarda dunyoqarashning shakllanishiga, ularda mustaqillik va burch hissining tarkib topishiga, bilimning turli sohalarida ularning ijodiy qobiliyatini avj oldirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Rus psixologi L.I.Bojovich ilk o‘spirinlik davrida shaxs motivatsion sohasining rivojlanishiga urg‘u beradi: o‘quvchilarning hayotda o‘z o‘rnini va ichki pozitsiyasini aniqlashi, dunyoqarashning shakllanishi va uning bilish faoliyatiga, o‘z-o‘zini anglashga va axloqiy ongga ta’siri nazarda tutiladi.

Ilk o‘spirinlar mustaqil hayot sohasida yaqin istiqbolga ega bo‘lar ekanlar, o‘zlarining hayot yo‘llarini belgilab olishga, bundan buyongi mehnat faoliyatlarining aniq istiqbollarini aniqlab olishga, o‘zlarining kelgusi ixtisoslarini tanlashga intiladilar. SHu munosabat bilan kasb-hunarga oid qiziqishlar tarkib topadi va yanada barqarorroq bo‘lib qoladi, yigit va qizlar o‘z kelajaklari haqida jiddiyroq o‘ylay boshlaydilar.

Ilk o‘spirinlik davridagi jismoniy rivojlanish ustida to‘xtalib o‘tamiz, bu narsa quyidagi sabablarga ko‘ra muhimdir. Jismoniy rivojlanishning ayrim xususiyatlari ilk o‘spirin shaxsining ayrim sifatlari rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi va uning bundan keyingi hayot faoliyati sohasidagi imkoniyatlarini bir qadar belgilab beradi. Birinchidan bu o‘rinda kasb tanlash nazarda tutiladi, bu esa ma’lum darajada yigit va qizlarning individual jismoniy tuzilishi xususiyatlariga ham bog‘liqdir. Ikkinchidan, jinslarning o‘zaro mayli ta’sir ko‘rsatadiki, bunda jismoniy rivojlanish xususiyatlari ancha muhim rol o‘ynaydi. O‘zining jismoniy kuchini va jozibadorligini, sog‘lomligi va mukammalligini his etish yigit va qizlarda o‘ziga ishonch, dadillik, tetiklik, optimizm va xushchaqchaqlik singari sifatlarning tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi.



Bo‘yning o‘sishi o‘spirin qizlarda 15-16 Yoshgacha, o‘g‘il bolalarda 17-18 Yoshgacha davom etadi. Bu Yoshda muskullar kuchi tez o‘sadi. Masalan, 18 Yoshli bola muskul kuchi 12 Yoshli bolaga nisbatan 2 baravar ko‘p bo‘ladi. Jismoniy taraqqiyot, asosan, to‘g‘ri ovqatlanish rejimiga va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Jinsiy taraqqiyot jihatdan bu Yoshdagi ko‘pchilik yigit va qizlar postpubertat (tugallanuvchi) davrda bo‘ladilar. Bularning jismoniy rivojlanishi katta Yoshdagi odamning jismoniy rivojlanishidan kam fark qiladi. Bo‘yning va organizmning notekis o‘sishi va rivojlanish davri tugallanadi hamda jismoniy rivojlanishning nisbatan birmuncha tekis davri boshlanadi.O‘spirinlik Yoshida jismoniy sifatlar (bo‘y, og‘irlik) nisbatan barqaror darajaga etgan bo‘ladi. Shuningdek, muskul kuchi va ishchanlik qobiliyati sezilarli darajada ortadi.

Ko‘krak qafasining hajmi kengayadi, skelet, naychasimon suyaklar qattiqlashadi, to‘qimalar va a’zolarning shakllanishi va funksional taraqqiyoti tugallanadi. Odatda bu Yoshda yurak va qon tomirlarning rivojlanishida o‘smirlarga xos bo‘lgan notekislik endi tekislashadi, qon bosimi baravarlashadi, ichki sekretsiya bezlari bir me’yorda ishlay boshlaydi. Nerv sistemasining va xususan, miya rivojlanishidagi o‘zgarishlar ma’lum bo‘lib qoladi. Lekin, bu o‘zgarishlar miya massasining ortishi hisobiga emas, balki miyaning ichki hujayralari tuzilishining murakkablashuvi hisobiga ro‘y beradi.

Katta yarim sharlar qatlamidagi hujayralarning tuzilishi sekin-asta kattta Yoshdagi kishi miyasining hujayralariga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bosh miya po‘stining qismlarida assotsiativ to‘qimalarning miqdori ko‘payadi. Natijada o‘qish va mehnat jarayonida katta (yarim sharlar) qatlamining analitik-sintetik faoliyati murakkablashadi. Ba’zan bu Yoshdagi o‘quvchilarda nerv qo‘zg‘aluvchanligining ortishi, nerv sistemasi normal ishlashining buzilishi ko‘pincha noto‘g‘ri yashash rejimining: tungi mashg‘ulotlar, to‘yib uxlamaslik, toliqish, chekish, noratsional ovqatlanish, zararli odatlar va boshqa ayrim sabablarning natijasida ro‘y beradi.

Ilk o‘spirlik Yoshining boshlanishida odatda jinsiy etilish tugallanadi, ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanadi, bu hol yigit va qizlarning tashqi ko‘rinishida ham sezilarli o‘zgarish hosil qiladi. Jinsiy etilish davrining tugallanishi hali jismoniy etuklikni ham, buning ustiga psixik va ma’naviy etuklikni ham anglatmaydi. Faqat 18 Yoshga borib, nikohdan o‘tishga ruxsat beriladigan davrda, shu Yosh uchun minimal darajada zarur bo‘lgan jismoniy, ma’naviy, fuqarolik etuklik darajasi boshlanadi. 18 Yoshli yigit va qizlar jamiyat tomonidan katta Yoshli kishilar deb e’tirof etiladi.

Ilk o‘spirinlik davrini ikkinchi o‘tish davri deb hisoblash mumkin. Agar birinchi o‘tish davri ko‘proq bolalikka yaqin bo‘lsa, ikkinchi o‘tish davrida bo‘lgan o‘spirin ko‘proq Yoshlik davriga yaqindir va shu jihatidan o‘rganiladi hamda tadqiq etiladi. Ilk o‘spirinlik davri, asosan, unda mustaqil hayotning boshlanishi (o‘rta maktabni tamomlab, litsey, kollejlarga kirishi)bilan xarakterlanadi. Hayotdagi bu o‘zgarishlar ilk o‘spirinning shaxsiga, o‘z-o‘zini anglashiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘smirlardan farqli o‘laroq ilk o‘spirinlar katta hayotni tasavvur etmaydilar, balki unda ishtirok etadilar.

Ilk o‘spirinlarning mustaqilligi ortishi bilan kattalarning unga munosabatlari ham o‘zgaradi. Kattalar o‘smirga ko‘proq bola deb qarasalar, ilk o‘spirin Yoshdagilarga katta odamdek munosabatda bo‘ladilar. Ilk o‘spirinlar hayotda o‘z o‘rnini topishga nisbatan intilishi anglangan holatda bo‘ladi. U o‘z hayotiy rejalarini amalga oshirish uchun harakat qila boshlaydi va ma’lum bir kasbni egallay boshlaydi yoki shu soha bo‘yicha akademik litseylarda o‘qishini davom ettiradi. O‘spirinlar tanlagan sohalari yoki kasblarida juda katta yangiliklar, kashfiyotlar qilgilari keladi, lekin asta-sekinlik bilan yangilik va kashfiyotlar qilish uchun ularda bilim va tajriba etishmayotganligini, buning uchun ko‘prok o‘qish va o‘rganishlari kerakligini anglay boshlaydilar.

Hayot faoliyati kengaygan sari, o‘spirinlarda ijtimoiy rollar kengligi faqat miqdor tomondangina kengayib qolmay, balki sifat tomonidan ham o‘zgarib boradi. Masalan: 16 Yoshda pasport oladi; 18 Yoshidan faol saylash huquqiga va oila qurish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘spirin jinoiy ishlar uchun javobgar bo‘ladi. Ba’zi o‘spirinlar bu Yoshdan boshlab ishlay boshlaydilar. Kasb tanlash haqida o‘ylay boshlaydilar. Lekin, shunga qaramay o‘spirinlarda kattalarga qaramlik xususiyatlari saqlanib qoladi.

O‘spirinlar (16-18 Yoshlar) o‘zlarining psixologik xususiyatlari bilan boshqa Yosh davrdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Jismoniy hamda aqliy jihatdan voyaga etgan, kamolotga erishgan, dunyoqarashi, o‘z-o‘zini boshqarishi kabi etuk insoniy xususiyatlari tarkib topgan bo‘ladi. Ular vazmin, mulohazali bo‘ladilar, katta Yoshdagilarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar. Ular uzoqni ko‘zlaydigan, kelajak uchun qayg‘uradigan, ota-onalarining yaqin yordamchisiga aylanadilar. O‘quv faoliyati o‘spirinning asosiy faoliyati bo‘lib qolaveradi, o‘qishga nisbatan o‘smirlik Yoshiga qaraganda o‘spirinlikda bir muncha yuqoriroq bo‘ladi. Mustaqil hayotga tayyorgarligini o‘z-o‘zini anglashi bilan bog‘liq motivlar bu davrda etakchi o‘rinni egallaydi. Motivlar tizimida jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lishga intilish, insonlarga naf keltirish kabi ijtimoiy motivlar ustunlik qiladi. Bu davrda o‘spirinlarning kelgusi hayoti va tanlayotgan kasbiy rejalariga ko‘ra fanlarga nisbatan qiziqishlari o‘zgaradi. O‘spirinning fanlarga hamda shu fan o‘qituvchilariga nisbatan munosabati o‘zgaradi. O‘spirinlik davrida o‘zi ko‘zlagan maqsadlariga erishishga asoslangan motivlar birinchi o‘ringa ko‘tariladi. O‘smirlar o‘zlarining o‘qishga bo‘lgan munosabatlari va ularning o‘qish-o‘rganishga undovchi sabablarni yaxshi anglaydilar. O‘spirinlik Yoshida boshdan kechiriladigan his-tuyg‘ularning boyligi, xilma-xilligi bilan, hayotning turli tomonlariga emotsional munosabatda bo‘lishi bilan ajralib turadi.

7.2.Xorijiy psixologiyada ilk o‘spirinlik haqida nazariyalar

Rus psixologi L.S.Vigotskiy 1920 yillardayoq ilk o‘spirinlar haqida nazariyalar ko‘pligi ta’kidlagan edi. Ilk o‘spirinlar haqida 3ta yirik yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Birinchi yo‘nalish biogenetik yo‘nalish deb ataladi, uning asosida etilishning biologik jarayonlari yotadi. Ikkinchi yo‘nalish sotsiogenetik yo‘nalish deb ataladi, unda asosiy e’tibor ijtimoiylashuvga qaratiladi. Uchinchi yo‘nalish psixogenetik deb atalib, uning asosida psixik jarayonlar va funksiyalarning rivojlanishi yotadi.

Taraqqiyotning biogenetik nazariyalarida rivojlanishning biologik determinantlariga asosiy urg‘u beriladi. Rivojlanish jarayonining o‘zi bosqichlari universal bo‘lgan etilish sifatida talqin etiladi. Bu yo‘nalishning yorqin namoyondalaridan biri XX asr amerikalik psixologi

S.Xolldir. Uning ta’kidlashicha, rivojlanish psixologiyasining asosiy qonuni biogenetik “rekapitulyasiya qonuni” hisoblanadi, unga ko‘ra individual rivojlanish, ontogenez filogenezning asosiy bosqichlarini takrorlaydi.Go‘daklik rivojlanishning hayvonot fazalarini takrorlaydi. Bolalik qadimgi odamlarning asosiy mashg‘ulotlari ovchilik va baliq ovlash bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. 8dan 12 Yoshgacha bo‘lgan davr o‘smirlikdan oldingi davr deb ataladi, yovvoyilik tugallanib, madaniyatning boshlanishi deb ta’riflaydi.12-13 Yoshdan 22 -25 Yoshgacha bo‘lgan davrni o‘spirinlik deb ataladi, kattalikning boshlanishi, romantizm davri deb ataladi. Bu davrda tashqi va ichki nizolar avj olib, insonda “individuallik hissi” paydo bo‘ladi. Holning bu nazariyasi psixologlar tomonidan tanqid qilinadi.

Biogenetik nazariyaning boshqa varianti nemis “konstitutsional psixologiya” vakillari tomonidan ishlab chiqildi. E.Krechmer va E.Yensh ba’zi biologik omillar asosida (tana tuzilishi tiplari va boshqalar) shaxs tipologiyalari muammolarini ishlab chiqib, insonning jismoniy tiplari va uning rivojlanish xususiyatlari orasida qandaydir bog‘lanish mavjud bo‘lsa kerak deb taxmin qiladilar. E.Krechmer barcha insonlarni ikki tomonga joylashtirish mumkin, bir tomonda sikloid (oson qo‘g‘aluvchan, kayfiyati o‘zgaruvchan) ikkinchi tomonda shizoid (kamgap,hissiyotlar i yorqin bo‘lmagan) tiplarni joylashtirish mumkin.Krechmerning shogirdi K.Konradning ta’kidlashicha, bu tavsiflarni Yosh bosqichlariga ham qo‘llasa bo‘ladi: O‘smirlikdan oldingi davr “sikloid”, ilk o‘spirinlik esa “shizoid” davrga to‘g‘ri keladi. SHizoid shaxsning o‘spirinligi murakkab va og‘ir kechadi, uning hislatlari individual-tipologik xususiyatlar bilan yanada chuqurlashadi.Sikloid shaxs ilk o‘spirinlik xavotirlanishlarini engil shaklda boshidan kechiradi,bu Yoshning xususiyatlari uning tipologik xususiyatlari bilan muvozanatlashadi.

Nemis olimi V.Seller “Konstitutsiya va rivojlanish” asarida (1952) ta’kidlashicha, psixik va somatik rivojlanish orasidagi bog‘lovchi zveno bola tana tuzilishining o‘zgarishi va uni anglash hisoblanadi.

Biogenetik yo‘nalish namoyondalari olimlar e’tiborini taraqqiyotning psixik va jismoniy o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishga qaratdilar. Bu psixofizologiya uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Psixika taraqqiyotini faqat biologik qonunlar asosida tushunish muvaffaqiyatga erishmadi. Ular taraqqiyotning ijtimoiy omillarining rolini yo‘qqa chiqarib, faqat biologik omillarning rolini bo‘rttirmoqchi bo‘ldilar.SHunday nazariyalardan biri mashhur amerikalik psixolog A.Gezell nazariyasidir. U taraqqiyotda biologik omillarga urg‘u beradi.Gezellning fikricha, ilk o‘spirinlik Yoshi 11 dan 21 Yoshgacha davom etadi, ulardan birinchi besh yil (11dan 16 Yoshgacha) bo‘lgan davr juda muhimdir. Uning ta’kidlashicha, o‘n yil, oltin davr bo‘lib bola muvozanatli, hayotni oson idrok etadi, ota-onasi bilan muomalasi yaxshi, tashqi ko‘rinishi haqida qayg‘urmaydi. 11 Yoshdan organizmda qayta qurish boshlanadi; bola ta’sirchan bo‘lib qoladi, qarshilik ko‘rsatish (negativizm), kayfiyatning tez o‘zgarishi, tengdoshlari bilan janjallar, ota-onaga qarshi isyon paydo bo‘ladi.12 Yoshda hayotga munosabat ijobiylasha boshlaydi, o‘smirning oiladan uzoqlashishi hamda tengdoshlarining ta’siri kuchaya boradi. Bu Yoshdagi asosiy hislatlar: aqllilik, chidamlilik va hazil; o‘smir bajonudil tashabbus bilan chiqadi, tashqi ko‘rinishi haqida qayg‘ura boshlaydi va qarama-qarshi jins vakillariga qiziqishi ortadi. 13 Yoshlilarning asosiy hislatlari – o‘smir o‘zi bilan o‘zi bo‘lib, introvertlik hislatlari kuchayadi; o‘z-o‘zini tanqid qiladi, tanqiddan tez xafa bo‘ladi, psixologiya bilan qiziqa boshlaydi, ota-onaga ham tanqidiy munosabatda bo‘la boshlaydi, do‘st tanlashi ham o‘zgarib boradi, somatik o‘zgarishlar kuchayganligi sababli kayfiyatning tez o‘zgarishi namoyon bo‘ladi.

14 Yoshda introversiya ekstroversiya bilan almashadi, o‘smir muloqatchan, kuch-quvvatga to‘la, o‘ziga ishonchi ortgan, insonlarga va ular orasidagi farqqa qiziqish ortadi. U o‘zini boshqalar bilan solishtirishni, kino va adabiy qahramonlarga o‘zini o‘xshatib, muhokama qilishni yoqtiradi. Gezellning ta’kidlashicha, 15 Yoshlilarning xususiyatlarini yagona shaklda ifodalash qiyin, chunki individual farqlar ortib boradi. Bu Yoshdagi yangi psixologik tuzilma - mustaqillik ruhining ortishi bo‘lib, bunda o‘smirning maktab va oilaga munosabati kuchayadi, tashqi nazoratdan qochish o‘z-o‘zini nazorat qilish va ongli o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan uyg‘unlashadi. Bularning barchasi o‘smirning salbiy ta’sirlarni idrok qilish va tez xafa bo‘lishini orttiradi.

16 Yoshda yana osoyishtalik boshlanadi: isyonchilik xushchaq-chaqlikkka aylanadi, ichki mustaqillik, hissiy barqarorlik, muloqatchanlik, kelajakka intilish kuchayadi.SHunday qilib, Gezellda biogenetik qonsepsiya taraqqiyotning turli jihatlarini, xronologik birlashtirilgan tavsiflashga aylanadi.

Sotsiogenetik nazariyalarda ilk o‘spirinlik xususiyatlari jamiyatning tuzilishidan, ijtimoiylashuv usullaridan, boshqalar bilan o‘zaro ta’sir xususiyatlaridan kelib chiqadi.Ilk o‘spirinlikni o‘rganishda sotsiogentik yo‘nalish ijtimoiy psixologiyaning ta’siri bilan bog‘liq.Nemis psixologi K.Levinning “maydon nazariyasi” bo‘yicha insonning xulq-atvori, bir tomondan shaxsning, ikkinchi tomondan uni o‘rab turgan muhitning funksiyasidir. Lekin shaxs xususiyatlari va muhit hislatlari o‘zaro bog‘liq. Bola oiladan, maktabdan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi, chunki bu ijtimoiy institutlar alohida olingan individlarsiz bo‘lishi mumkin emas. Levin shaxsiy va muhit komponentlarining birligi va o‘zaro ta’sirini hayotiy yoki psixologik fazo deb ataydi. O‘tish davrining muhim jarayonlari sifatida Levin shaxs hayotiy dunyosining, muloqot doirasining kengayishi deb hisoblaydi. Ilk o‘spirinning xulq-atvori o‘zgaruvchandir. Bolalikdan kattalikka o‘tgan o‘spirin, to‘liq unisiga ham, bunisiga ham kirmaydi. Uning hayotiy dunyosi va ijtimoiy vaziyatdagi bu xususiyati intilish darajasining noaniqligi, ichki qarama-qarshilik, kuchli tortinchoqlik va agressivlik kabi psixikasining holatlarida namoyon bo‘ladi. Bunday nizolar qanchalik ko‘p bo‘lsa, bolalar dunyosi va kattalar dunyosi orasida farq shunchalik ko‘p bo‘ladi.

Levin qonsepsiyasining yutug‘i shundaki, u o‘spirinlikni ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida qaraydi, shaxsning psixik taraqqiyotini uning ijtimoiy holatining o‘zgarishi bilan bog‘laydi.

Ilk o‘spirinlik biogenetik va sotsiogenetik yo‘nalishlarining umumiy xususiyati shundaki, taraqqiyotning manbaalari va harakatga keltiruvchi kuchlarini ular psixik omillardan tashqarida izlaydilar. Birinchi hoda organizmda ro‘y beradigan biologik jarayonlarga urg‘u beriladi, ikkinchisida shaxs ishtirok etadigan ijtimoiy jarayonlarga urg‘u beriladi.

Psixogenetik yo‘nalish har ikkala yo‘nalishning ahamiyatini kamaytirmagan holda, psixik jarayonlarning rivojlanishini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu yo‘nalishni uchga bo‘lib o‘rganish mumkin.Ular:

Xulq-atvorni hissiyot, mayl va boshqa psixikaning ratsional bo‘lmagan tarkibiy qismlari bilan tushuntiruvchi nazariya psixodinamik nazariya deb ataladi.Bilish qobiliyatlari va intellektning rivojlanishiga urg‘u beriladigan qonsepsiya kognitiv yoki kognitiv-genetik qonsepsiya deb ataladi. SHaxsning rivojlanishiga urg‘u beriladigan qonsepsiyalar personologik qonsepsiyalar deb ataladi.

Ilk o‘sprinlik haqida psixodinamik nazariyaning yirik namoyondasi mashhur amerikalik psixolog E.Erikson hisoblanadi. Uning falsafiy-metodologik qarashlari freydistik-psixoanalizning davomi hisoblanadi.Z.Freyd shaxs taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi biologik jinsiy mayl(“libido”) deb hisoblaydi. Eriksonning ta’kidlashicha, insonning rivojlanishi, o‘zaro bog‘liq uch jarayondan iborat: biologiya o‘rganadigan jismoniy taraqqiyot, psixologiya o‘rganadigan ongli “Men”ning rivojlanishi, ijtimioy fanlar o‘rganadigan ijtimoiy rivojlanish. Taraqqiyotning asosiy qonuni – “epigenetik prinsip “ bo‘lib, rivojlanishning har bir yangi bosqichida oldingi bosqichlarda bo‘lmagan yangi hodisa va hislatlar paydo bo‘ladi. Taraqqiyotning yangi fazasiga o‘tish “normativ inqiroz” shaklida o‘tadi, u tashqaridan patologik hodisaga o‘xshaydi, lekin o‘sishning normal qiyinchiliklarini ifodalaydi.

Taraqqiyotning yangi bosqichiga o‘tish oldingi bosqichga xos bo‘lgan asosiy qarama-qarshilikni hal qilish asosida mumkin bo‘ladi. Agar qarama-qarshilik hal qilinmasa u albatta keyin namoyon bo‘ladi.

Erikson hayotiy siklni sakkiz bosqich (faza) ga bo‘ladi.

Birinchi bosqich – go‘daklik. Uning asosiy maqsadi – tashqi dunyoga “ishonish” hissini hosil qilishdir. Uning asosiy vositasi ota-onaning muhabbati va g‘amxo‘rligidir. Agar go‘dakda “asosli ishonish “ vujudga kelmasa, unda dunyoga “asosli ishonmaslik”, xavotirlanish hissi paydo bo‘ladi.

Ikkinchi bosqichilk bolalik - bolada uyat va shubhalanish kabi hislar paydo bo‘ladi. Bolada mustaqillik, ma’suliyat, tartib va intizomni hurmatlash kabi xislatlar paydo bo‘ladi.

Uchinchi bosqich – o‘yin Yoshi (5-7 Yosh) tashabbus hissi, nimadir qilish hissi paydo bo‘ladi. Bu Yoshda guruhiy o‘yinlar, tengdoshlari bilan muloqot, xayolning rivojlanishi muhim hisoblanadi. Bu Yoshda adolat, qoidaga mosligini tushunish hissi paydo bo‘ladi.

To‘rtinchi bosqich –maktab Yoshidagi yangi psixologik tuzilma - maqsadga erishish qobiliyati, tashabbuskorlik hissidir.

Beshinchi bosqich – o‘spirinlik bo‘lib, boshqalarga o‘xshamaslik, individuallik hissining paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Erikson o‘z-o‘zini anglash, vaqtni yangicha his qilish, jinsiy qiziqishlar shakllanishi mexanizmlarini to‘liq tavsiflaydi.

Oltinchi bosqich – Yoshlik – boshqalar bilan intim psixologik yaqinlik, jumladan jinsiy yaqinlik ehtiyoji va qobiliyati paydo bo‘ladi.

Ettinchi bosqich – etuklik davrida hayotiy faoliyatning barcha sohalarida ( mehnatda, ijodiyotda, g‘amxo‘rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatish va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg‘usi uzluksiz hamroh bo‘ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi.

Sakkizinchi bosqich, ya’ni qarilik inson sifatida o‘z burchini uddalay olganligidan, turmushning keng qamrovliligidan qanoatlanish tuyg‘ulari bilan xarakterlanadi.

Personologik yo‘nalish vakillari, jumladan E.SHprangerning ta’kidlashicha, bu davrdagi asosiy o‘zgarishlar: shaxsiy “Men”ni kashf qilish, refleksiyaning o‘sishi, o‘zining individualligini anglash va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof etish, hayotiy ezgu rejalarning paydo bo‘lishi, o‘z shaxsiy turmushini ongli holda qurishga intilish va hokazolardir. SHrangen o‘spirinlikni ikki davrga bo‘ladi. Birinchi davr 14-17 Yoshlarda vujudga keladigan inqiroz o‘spirinlarda o‘zlarini kattalarning bolalarcha munosabati doirasidan qutulish tuyg‘usi paydo bo‘lishidan iboratdir. 17-21 Yoshlilarning asosiy xususiyati ularda tengqurlaridan “ajralish” inqirozi va tanholik istagining paydo bo‘lishidir. Bu holat tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqadi. SHpranger ilk o‘spirinlarda o‘z-o‘zini anglash va qadriyatlar yo‘nalganligiga asos solgan. Bu yo‘nalishni keyinchalik K.Byuler, A.Maslou va boshqalar davom ettirganlar.

Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj. Kelli, L.Kolberg, D.Bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalarni kiritish mumkin. J.Piajening intelekt nazariyasi aql-idrok funksiyalari hamda uning davrlari haqidagi ta’limotni o‘z ichiga oladi. Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik va moslashish, ko‘nikishdan iborat bo‘lib, aql-idrokning funksional invariantligi deb yuritiladi.

U intellektni quyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi: 1) sensomotor intellekt (tug‘ilishdan 2 Yoshgacha); 2) operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 Yoshdan 7 Yoshgacha); 3) konkret operatsiyalar davri 7-8 Yoshdan 11 -12 Yoshgacha); ;) rasmiy operatsiyalar davri.

7.3. Ilk o‘spirinlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish

Ilk o‘spirinlarning bilish jarayonlari shunday darajaga etadiki, kattalar bajaradigan barcha aqliy ishlarni bajarishga amaliy jihatdan tayyor bo‘ladilar. Ularning bilish jarayonlari murakkab va egiluvchan bo‘lib boradi.Ular bu Yoshga kelib jiddiy ishlarga ko‘p vaqtlarini ajrata boshlaydilar, dam olish va o‘yin-kulguga juda kam vaqt ajratadilar. Ularning barcha bilish jarayonlari , jumladan, xayol, xotira, nutq, tafakkur rivojlanadi. Ilk o‘spirinlik Yoshidagi o‘quvchilarining bilish jarayonlari turli nuqtai nazarlarni tahlil etishga va bu masala bo‘yicha har tomonlama fikr yuritishga yordam bera oladi.Bilishga qiziqishning rivojlanishi, o‘qishga ongli munosabatda bo‘lishning o‘sishi bilish jarayonlarining ixtiyoriyligini, ularni boshqara olish mahoratini yanada rivojlantirishga undaydi.

Bu Yosh davrining oxiriga borib, o‘quvchilar o‘zlarining bilish jarayonlarini to‘la-to‘kis egallab oladilar, ularni hayot va faoliyatning muayyan vazifalariga bo‘ysundiradilar. Ular axloqiy va siyosiy va boshqa mavzular bo‘yicha erkin fikrlaydilar. Ilk o‘spirinlarga umumiydan xususiyga, xususiydan umumiyga xulosa chiqarish, ya’ni induksiya va deduksiya xosdir.

Ilk o‘spirinlar ko‘pchilik ilmiy tushunchalarni o‘zlashtiradilar, turli masalalarni echish jarayonida ulardan foydalanishni o‘rganadilar. Bu esa ularda nazariy yoki so‘z-mantiq tafakkurning rivojlanganligini bildiradi. Kuzatish aniq maqsadga qaratilgan va yanada sistemali bo‘lib boradi. SHaxsning kuzatuvchanlik xususiyati rivoj topadi. SHu birga N.D.Levitov ko‘rsatib o‘tganidek, o‘spirinlar o‘z kuzatishlarida parishonxotir bo‘lmasliklarini, kuzatishni o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarga bo‘ysundirishlarini, etarli darajada to‘plangan faktlar to‘planmaguncha xulosa chiqarishga shoshilmasliklarini nazorat qilib borish zarur. Ilk o‘spirinlarning o‘quv faoliyati ularning faolligi va mustaqilligiga ancha yuqori talablar qo‘yadi. Akademik litsey va kasb-hunar kolleji dasturida belgilangan materiallarni o‘zlashtirish uchun nazariy tafakkur rivojlangan bo‘lishi hamda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini egallash zarur.

Xotirani rivojlantirishda mavhum so‘z-mantiq xotira, ma’nosiga tushunib esda olib qolishning roli sezilarli darajada ortadi. Garchi ixtiyoriy xotira ustunlik qilsa-da, ixtiyorsiz esda olib qolish ham ilk o‘spirinlar tajribasidan chiqib ketmaydi. U faqat o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi, ilk o‘spirinlarning qiziqishlari, xususan ularning bilishga oid va kasb tanlashga oid qiziqishlari bilan ko‘proq bog‘lanadi. SHu bilan birga faol ravishda bilim egallash, o‘qish va jamoat faoliyatida har holda ixtiyoriy xotira etakchi rol o‘ynaydi.

So‘zma-so‘z yodlab olish alohida hollarda zarur ekanligini o‘quvchilar yaxshi tushunadilar. Ilk o‘spirinlar esda olib qolish usullaridan – rejalarni va tekstning sxemalarini, qonspektlarni tuzish, asosiy fikrlarni ajratib ko‘rsatish va ostiga chizish, ilgari ma’lum bo‘lgan fikrlarga taqqoslash, solishtirish usullaridan o‘smirlarga qaraganda beqiyos darajada keng suratda foydalanadilar. Ular esda olib qolishga alohida-alohida yondoshadilar.

Qiziqishlarning differensiyalashganligi diqqatning tanlovchanligini, ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatning roli ancha ortishini belgilab beradi. Ilk o‘spirinlarda ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat bilan bir qatorda ixtiyoriy diqqatning ham ahamiyati ortadiki, ular o‘quv materiali bilan bevosita qiziqmasdan, o‘rganilayotgan hosidisalarning hayotiy ahamiyatini tushunib, unga diqqatlarini qaratadilar.

Diqqatni ko‘chirish va taqsimlash qobiliyati sezilarli ravishda rivojlanib, takomillashib boradi. Xususan, diqqatni taqsimlash bir vaqtning o‘zida o‘qituvchining tushuntirgan narsalarini ham tinglash, ham yozib borish, o‘z javobining mazmunini kuzatib borish mahoratining shakllanishida o‘z aksini topadi. Ilk o‘spirinlar o‘quv ishlari jarayonida o‘zlariga ta’sir qiladigan chalg‘ituvchi narsalarga o‘smirlardan ko‘ra ko‘proq qarshi turishga, bardosh berib engishga qobildirlar.

Ilk o‘spirinlarning ayrimlarida diqqatning tanlovchanligi shu narsada ham ko‘rinadiki, ular o‘quv materialini idrok qilar ekanlar, hamma vaqt uning ahamiyatiga baho berishga, uni amaliy jihatdan ahamiyatliligi nuqtai nazardan idrok qilishga harakat qiladilar. Agar unga material muhim bo‘lib tuyulmasa, u o‘z diqqatini susaytiradi. SHunisi qiziqki, diqqatning bu o‘ziga xos harakati ko‘pincha atayin ro‘y bermaydi. Odatda ilk o‘spirinning diqqati shu sohadagi muayyan bilimlarni amalda tatbiq etish haqida gap borgan vaqtdagina ixtiyorsiz ana shu predmetga qaratiladi.

Bu Yoshdagi o‘spirinlar atrofdagi turli voqea-hodisalardagi haqiqatni bilishga intiladi. Ularni tayyor echimlar, ma’lumotlar emas, balki shu echim va ma’lumotlarni o‘zlari mulohaza yurgizib, qidirish jarayonining o‘zi ko‘proq qiziqtiradi. Bu borada turli masalalar bo‘yicha bahs va munozaralar yuritishga va o‘zlarining fikrlarini isbotlashga juda qiziqadilar. Bu davrda bilish jarayonlarining rivoji faol ravishda davom etadi. Bu rivojlanish o‘spirinning o‘ziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. Bu davrga kelib, o‘spirinlar to‘la ravishda mantiqiy tafakkurga ega bo‘ladilar, nazariy fikr yuritib, o‘zlarini-o‘zlari tahlil eta oladilar. Ular endi bemalol axloqiy, siyosiy va boshqa mavzularda bahslasha olib, o‘z munosabatlarini bildira oladilar. O‘spirinlik davrida bolalar juda ko‘p ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirib, ulardan turli masala va muammolarni engishda foydalana oladilar. O‘spirinning o‘z-o‘zini anglashi o‘quv, mehnat va muloqot motivatsiyalarini o‘zgarishida o‘z aksini topadi. Bu davrda, bolada yangi faoliyatlar yuzaga kelib, psixik rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi.

O‘spirinlik Yoshi o‘qish, mehnat, muloqot singari etakchi faoliyatlar asosida umumiy va maxsus layoqatlarning rivojlanayotganligi bilan xarakterlanadi. Lekin, bu rivojlanish o‘spirinning o‘ziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. O‘spirinlik davriga kelib, juda ko‘p bolalarda o‘z faoliyatlarini oldindan rejalashtirish layoqati yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Shuningdek, o‘z-o‘zini boshqarish ham o‘spirinlik Yoshidagi bolalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi.

O‘spirinning o‘quv mashg‘ulotiga munosabati o‘z xususiyati va mazmuni jihatidan boshqa Yoshdagi o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi munosabatidan tubdan farq qiladi. Ular voyaga etib boradilar, ularning tajribasi ortadi; ular mustaqil hayot bo‘sag‘asida turganliklarini anglaydilar. O‘quvchilarning o‘qishga ongli qarashi kuchayadi, bu qarash bevosita hayotiy ma’no kasb etadi. Ilk o‘spirinlar jamiyatning kelajakdagi mehnat hayotida to‘laqonli ishtirok etishning zaruriy sharti bilim, ko‘nikma va malkalarning mavjud fondi ekanligini, hosil qilingan mustaqil bilim egallash ko‘nikmalari ekanligini aniq ravshan his qiladilar. Bilimlarga ehtiyoj sezish hozirgi vaqtda ilk o‘spirlarning xarakterli xususiyatlaridan biridir.O‘quv rejasi va dasturning murakkablashuvi, yangi fan va mavzularning kiritilishi, o‘zlashtirilishi nazariy tafakkur yordamida amalga oshirishni taqozo etadi. Ana shundan kelib chiqqan holda, o‘quvchilarning o‘qishga munosabati ham o‘zgaradi, ular ayrim fanlarga tanlab munosabatda bo‘la boshlaydilar. O‘spirin o‘quvchilarning o‘quv fanlariga munosabatlari quyidagi holatlarga bog‘liqdir:

O‘spirinlik davrida bilishga oid qiziqish ko‘lami tobora amaliy xususiyat kasb eta boshlaydi. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy masalalarga, texnika, tabiatga, osmon jismlariga, sport va hokazolarga qiziqishi kuchayadi. O‘spirinlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik yanada takomillashib boradi, mantiqiy xotirasi, esda olib qolishining oqilona yo‘li sifatida ta’lim jarayonida etakchi vazifani ado eta boshlaydi. Mazkur pallada o‘spirinlarning tafakkuri tobora mantiqiy, faol, mustaqil va ijodiy xususiyat kasb eta boshlaydi. Tafakkur rivojlanishi bilan birgalikda o‘quvchilarning nutq madaniyati rivojlanadi. O‘spirin turli janrdagi adabiy asarlarni o‘qishi, tushunishi orqali mustaqil fikr yuritish, mulohaza qilish va munozaraga kirishish, nazariy fikrlash hamda o‘z-o‘zini tahlil qilishga o‘rganib boradi. O‘spirinlik tafakkurining sifatiga uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, mustaqilligi, samaradorligi, tezligi kabilar kiradi. Tafakkurning mazmundorligi deganda, o‘spirin ongida tevarak-atrofdagi voqelik to‘g‘risida qancha miqdorda mulohazalar, muhokamalar va tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi.



Tafakkurning chuqurligi deganda esa, moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari, ularning o‘zaro bog‘lanish va munosabatlari o‘spirinning fikrlash faoliyatida to‘liq aks etganligi tushuniladi. Tafakkurning kengligi o‘zining mazmundorligi va chuqurligi sifatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Tafakkurning mustaqilligi deganda o‘spirinning shaxsiy tashabbusi bilan o‘z oldiga yangi vazifalar qo‘ya bilishi, bu vazifalarni hech kimning yordamisiz, oqilona usullar bilan mustaqil hal qilish xususiyatini tushunish kerak. Tafakkurning tezligi qo‘yilgan savolga to‘liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi.

Ayrim qiz va yigitlar aqliy rivojlanishdan orqada bo‘lib, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga ulgurmaydilar yoki qiynaladilar, ular tevarak-atrofdagi voqelikni bilib olish maqsadida umumlashtiruvchi tushunchalardan foydalanishni bilmaydilar, chunki bu tushunchalar, xulosalar, fikrlar, hodisa va faktlarni yodlab oladilar. Bolalarni aqliy jihatdan rivojlantirish uchun o‘qish faoliyatlarida faollashtirish va ularning bilimlarini ongli ravishda o‘stirib borish kerak.

Ta’limda onglilik o‘quvchining yuqori darajadagi faolligi bilan ta’minlanadi. Bilimlarini faol faoliyat ko‘rsatib o‘zlashtirganda, o‘quvchilar bu bilimlarni yaxshi tushunibgina qolmay, ularni amaliy faoliyatda qo‘llashga ham o‘rganadilar. O‘quvchilarga ijtimoiy masalalar, iqtisodiy hamda ijtimoiy faktlar va hodisalarni mustaqil ravishda ilmiy tahlil qilish va ularga baho berish usullarini maxsus o‘rgatish muhim va zarurdir. Bu o‘rinda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlarini faollashtirishga, to‘g‘ri rahbarlik qilgan holda rivojlantirish lozim. O‘spirinlarning aqliy jihatdan rivojlanishida nazariy tafakkurning roli kattadir.

O‘spirin adabiy asarlarni o‘qish va tushuntirish orqali mustaqil fikrlash, mulohaza yuritish va munozaralarga kirishishga o‘rgana boradi. Unda asta-sekin tabiat va jamiyat haqida o‘zining nuqtai nazari, e’tiqodi, qarashi shakllanadi. Ma’lumki, shaxsning ana shu fazilatlari uning fikrlashi, mustaqil o‘ylashi, to‘g‘ri hukm va xulosalar chiqarishi, qat’iy qarorga kela olishi natijasidir.

O‘spirinlarning adabiy asarni baholashi, u haqda shaxsiy fikrlarni bildirishi, muammo yuzasidan bahslashuvi insoniy hislatlarning muayyan darajada ishtirok etishi tanqidiy tafakkurning aynan o‘zginasidir. Turmushda uchraydigan noo‘rin tanqidiylik esa o‘spirinning badiiy didi va hayotiy tajribasi zaifligidir. O‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchilar tafakkuridagi tanqidiylikni haqqoniylik darajasiga ko‘tarishdan, ularga voqelikka odilona, oqilona, tanqidiy nuqtai-nazardan qarashni o‘rgatishdan iborat. O‘spirinlarda moddiy dunyo to‘g‘risida shaxsiy fikrlar, mulohazalar, ilmiy dunyoqarash tarkib topganidan keyingina tafakkurning tanqidiylik xususiyati rivojlana boshlaydi. Tanqidiy tafakkurning rivojlanishi o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirishga, ta’lim jarayonida tashabbuskorlikka, voqelikni isbotlash va asoslash ko‘nikmalari tarkib topishiga imkon yaratadi. Hodisalar to‘g‘risida hukm va xulosa chiqarish, tasdiqlash yoki inkor qilish qobiliyatini rivojlantiradi. O‘spirinning qobiliyati va iste’dodi ta’lim jarayonida, mehnat faoliyatida rivojlanadi. Qobiliyatning o‘sishi bilimlar, ko‘nikmalar, malakalarning sifatiga bog‘liq bo‘lib, shaxsning kamol topish jarayoniga qo‘shilib ketadi. Demak, maktabda o‘tiladigan, darslar, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlar, referat, qonspekt yozish kabi faoliyat turlari o‘spirinlar o‘zlashtirish uchun zarur materiallarni mustaqil holda tushunishga olib keladi.

SHaxsning bilish jarayonlari uning emotsiyalari bilan bog‘liq. O‘smirlik davridagi kuchli emotsional reaksiyalar garmonal va fiziologik jarayonlarga bog‘liq. Bolgariyalik psixologlar G.D.Pirov va boshqalar 5 Yoshdan 17 Yoshgacha bo‘lgan bolalarni ko‘ndalang kesim metodi orqali o‘rganib, nerv faoliyatining eng qo‘zg‘aluvchan tipi 5 Yoshlilar orasida uchrashini aniqlashgan. Bola katta bo‘lgan sayin qo‘zg‘aluvchanlik kamayib, muvozanatlilarning soni ortgan. Pubertat Yoshda ( 11-13 Yosh qizlarda va 13 -15 Yosh o‘g‘il bolalarda) qo‘zg‘aluvchanlarning miqdori ortadi, bu davrning oxiriga borib qo‘zg‘aluvchanlik yana kamayadi.

Emotsional zo‘riqishning fiziologik manbaalari qizlarda aniq payqaladi, ularda depressiya, jizzakilik, xavotirlanish va o‘z-o‘zini hurmat qilishning pasayishi hayz ko‘rishning ma’lum davrlariga bog‘liq. Bunga o‘z vaqtida SH.Byuller ham e’tibor bergan edi.

O‘g‘il bolalarda aniq fiziologik bog‘liqlik ko‘zga tashlanmaydi, lekin pubertat davr ular uchun ham qiyin kechadi. Rus psixologi P.M.YAkobson kattalar va tengdoshlariga salbiy reaksiyalar 12,5 -13, 5 Yoshda eng ko‘p uchraydi, deb ta’kidlagan edi.O‘smir va o‘spirinlardagi emotsional reaksiyalar faqat gormonal o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lib qolmay, balki ijtimoiy omillar va tarbiya sharoitlari, individual-tipologik farqlarga ham bog‘liq. Katta bo‘lishdagi psixologik qiyinchiliklar, “Men” obrazi va intilish darajasi orasidagi qarama-qarshilik kabi o‘smirga xos bo‘lgan emotsional zo‘riqish, ilk o‘spirinlik davrida ham saqlanib qoladi.

Psixolog V.R.Kitlovskaya proektiv testlar yordamida xavotirlanishning Yosh dinamikasini o‘rganib, bog‘cha Yoshidagi bolalar tarbiyachilar bilan muloqotda eng ko‘p xavotirlanishlarini, ota-onalar bilan kamroq xavotirlanishlarini aniqlagan. Kichik maktab Yoshidagi bolalar tengdoshlari bilan kamroq, begona katta odamlar bilan muloqotda ko‘proq xavotirlanishi ma’lum bo‘lgan. O‘smirlar bo‘lsa begona katta odamlar va o‘qituvchilar bilan kamroq, ota-onalari va tengdoshlari bilan muloqotda ko‘proq xavotirlanishi aniqlangan. Ilk o‘spirinlar esa barcha sohadagi muloqotda eng yuqori xavotirlanish namoyon bo‘lgan, ayniqsa ota-onalar va ular bog‘liq bo‘lgan kattalar bilan muloqotda kuchli xavotirlanish namoyon bo‘lgan. A.E.Lichkoning ta’kidlashicha, 14-18 Yoshda xarakterning ba’zi xususiyatlariga ortiqcha urg‘u beriladi. Ilk o‘spirinlikdagi tipologik o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qolish, ba’zan insondagi to‘liq emaslik hissi bilan birga kechadigan yakkalanib qolishga olib keladi.

Yosh ulg‘aygan sayin insonda emotsional qo‘zg‘alish hosil qiluvchi omillar ko‘payib boradi. Agar katta odam Yosh bolalarga o‘xshab har bir qo‘zg‘atuvchiga javob qaytaraversa, u ko‘p qo‘zg‘alish va emotsional beqarorlikdan olamdan o‘tgan bo‘lur edi. Kattalarni xavotirlanishdan tashqi ta’sirlarga tanlab javob qaytarish hamda ichki tormozlanish va o‘z-o‘zini nazorat qilishning mahsuldor ichki mexanizmlari qutqaradi.

Amerikalik olim G.Djons 12 Yoshli o‘smirlar va 17 Yoshli ilk o‘spirinlarning emotsional roeaksiyalarini (teri –galvanik reaksiyalari) solishtirdi.U so‘zli qo‘zg‘atuvchilarni yoqimli, yoqimsiz va befarqlarga ajratgan. Tajriba natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, umumiy emotsional reaksiya o‘smirlarga nisbatan ilk o‘spirinlarda yuqori bo‘lgan.Lekin ular orasidagi asosiy farq tanlash darajasida kuzatilgan: ilk o‘spirinlar o‘smirlarga nisbatan befarq va yoqimsiz so‘zlarga javob qaytarganlar. SHunday qilib, ilk o‘spirinlarning emotsiyalari, intellekt singari aniq qo‘zg‘atuvchi bu sinaluvchi uchun qanday ahamiyatga egaligini hisobga olmasdan o‘lchash mumkin emas.Ilk o‘spirinlik davridagi emotsional qiyinchilik va muammolarni aniq qarab chiqish lozim, chunki ularning kelib chiqish sabablari har xil. O‘smirlik davridagi dismorfofobiya – o‘z tanasi va tashqi ko‘rinishidan tashvishlanish ilk o‘spirinlik davrida o‘tib ketadi. Ilk o‘spirinlarda namoyon bo‘ladigan xavotirlanish belgilari bu Yoshdagi maxsus qiyinchiliklarga reaksiya emas, balki ilgari olingan ruhiy jarohatlanishning keyin namoyon bo‘lishidir.

Ko‘pchilikda o‘smirlikdan ilk o‘spirinlikka o‘tishda muloqotchanlik va umumiy emotsional kayfiyat yaxshilanadi. E.A.Silinaning longityud tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, u bolalarni 7 va 9 sinflarda kuzatib, o‘smirlarga nisbatan ilk o‘spirinlarda kamroq impulsivlik va emotsional qo‘zg‘aluvchanlik, ko‘proq ekstravertlik va emotsional barqarorlik kuzatilishini aniqlashgan.A.V.Kuchmenko tadqiqotlarida ham 16-18 Yoshli ilk o‘spirinlar o‘smirlarga qaraganda, o‘zlarining nerv sistemasi tipiga bog‘liq bo‘lmagan holda bosiqlik va barqarorlik kuzatilgan.

Amerikalik psixolog R.Kettel tadqiqotlarida ham ilk o‘spirinlarda o‘smirlarga nisbatan muloqotchanlik, odamlar bilan kirishimlilik, boshqaruvchanlik kabi hislatlar ortishini, umumiy qo‘zg‘laluvchanlik kamayishini aniqlashgan.

SHunday qilib, ilk o‘spirinlik Yoshi emotsional holatlarni ifodalash usullari va emotsional reaksiyalarning differensiallashishini hamda o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z-o‘zini boshqarishning ortishini kuzatish mumkin.Ilk o‘spirinlarning kayfiyati o‘smirlarga nisbatan barqaror va anglangan hamda ijtimoiy sharoitning keng doirasiga mos bo‘ladi.

Doimo hissiyot vujudga keltiradigan shaxsiy muhim munosabatlar doirasining kengayishi oliy hislarning rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Axloqiy norma va tamoyillarning ma’lum tizimini o‘zlashtirish jamiyat va boshqa odamlar oldida ma’suliyat hissi, hamdardlik qobiliyati, do‘stlik va muhabbat ehtiyoji, o‘rtoqlik hissi va axloqiy-siyosiy hislar kabi yuksak axloqiy hislarga aylanadi.

Ilk o‘spirin tomonidan qabul qilingan xulq-atvor normalarining buzilishi unda aybdorlik hissini vujudga keltiradi. SHu bilan birga unda estetik hislar doirasi ham kengayadi. Ilk o‘spirinlarda intellektning rivojlanishi bilan birga hazil-mutoyiba hissining ham rivojlanishini ta’kidlash joiz. Intellektual va praksis hislar ham sezilarli rivojlanadi. Sodda bolalarcha qiziquvchanlik tafakkur jarayonidan ongli zavqlanish, qiyinchiliklarni engishdan quvonish, ijodga ongli intilish va boshqalarga aylanadi.



SHunga ko‘ra har kim qobiliyatiga yarasha kasb-hunar tanlasa, bu sohada muvaffaqiyatli mehnat qilsa, ijtimoiy turmush taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan bo‘ladi. O‘spirinlar u yoki bu kasbni o‘z ixtiyorlari bilan ongli ravishda tanlashlari uchun ular mustaqillik, dadillik, qat’iylik, o‘zini tuta bilish, chidamlilik, sabr-toqat kabi irodaviy hislatlarga ega bo‘lishlari kerak. Mehnat qilishda muqaddas burchni bajarish istagi, maqsadning aniqligi, hunar o‘rganishga ishtiyoqmandlik mazkur fazilatlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘spirinlar aqliy rivojlanishida tasavvurning ahamiyati juda katta, chunki inson biron bir ishni qilishga kirishar ekan, albatta uning natijasini tasavvur eta olishi kerak. Tasavvursiz hech qanday ishni to‘g‘ri rejalashtirish mumkin emas. O‘spirinda tasavvur qila olish layoqati yaxshi rivojlangan bo‘lsagina, u o‘z hayotidagi idealni tasavvur eta oladi, shunga ko‘ra uzoq va yaqin rejalarini tuzadi.

Hozirgi yigit va qizlarni 30-40 yil avvalgi tengqurlari bilan solishtirganda, ularning umumiy saviyalari naqadar o‘sganligini ko‘rish mumkin. O‘spirinlarning intellektual qiziqishlari doirasi keng va ko‘pqirralidir. O‘spirinlarning qiziqishlari aksariyat hollarda o‘zi tanlagan kasb va yo‘nalish Shuningdek, hayotiy rejalariga asoslangandir. O‘spirinlik Yoshiga kelib, yigit va qizlarning dunyoqarashlari yuksak pog‘onaga ko‘tarila boshlaydi. Bu esa o‘spirinning tashki olamni tushunishiga, baholashiga bo‘lgan munosabatlarini aniqlashga yordam beradi. O‘spirinlarning dunyoqarashi endi ularning ilmiy, falsafiy, siyosiy va diniy qarashlari tizimidan iboratdir.

Ma’lum bir kasbda faoliyat ko‘rsatishni boshlayotgan o‘spirin unga intellektual, ijtimoiy-psixologik hamda axloqiy jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. O‘smirlik davrining oxirlari va o‘spirinlik Yoshiga kelib, ularda mehnat ko‘nikma va malakalari rivojlanadi. Bu ko‘nikma va malakalari ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Har qanday kasbiy ko‘nikma va malakalarning o‘sishi, avvalo, o‘spirin intellektining umumiy rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Shuning uchun ham bu davrdagi o‘spirinlar intellektining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim.

O‘zbekistonda E.G‘.G‘oziev rahbarligida J.S.Iskenderov tomonidan pedagogika kolleji o‘quvchilarida xarakterning intellektual va irodaviy xususiyatlarini shakllanishini baholashda test-reyting tizimidan foydalanishning samarali yo‘llari ishlab chiqildi. Pedagogika kolleji o‘quvchilarida xarakterning intellektual va irodaviy xususiyatlarini shakllanish jarayoni shasxning umumiy yo‘nalganligi, kasbiy ustanovkalari, kasbiy tasavvurlari va imkoniyatlari mutanosibligi omillar asosiga qurilishi tadqiqot davomida dalillandi.

Bu Yoshdagi bolalar uchun muloqotga kirishish ehtiyojining mavjudligi ham juda muhim, lekin u etakchi emas, faqat tanlagan kasb va yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ul bo‘lmagan o‘spirinlargina ko‘proq tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishga ehtiyoj sezadilar. Bu Yoshdagi bolalar mehnat faoliyati bilan xuddi kattalardek shug‘ullana oladilar. Ilk o‘spirinlik davrini kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanishi uchun senzitiv davr deb hisoblash mumkin. O‘zining kasbiy taqdirini tasodifan yoki noto‘g‘ri hal etilishi murakkab ichki kechinmalarga, ikkilanishlarga, ziddiyatlarga olib kelishi mumkin. Bu esa yigit va qiz hayoti uchun ham, jamiyat uchun ham katta zarar keltiradi. Kasb tanlash vaqtida ilk o‘spirinlar o‘z moyilligi va qobiliyatlarini shaxsiy sifatlar, xususan, nerv sistemasining tipi, analizatorlar xususiyati emotsional-irodaviy sifatlarini ham hisobga olishlari zarur.
7.4. Ilk o‘spirinlik davrida do‘stlashish muammosi

Axloqiy va ijtimoiy, siyosiy hislarning rivojlanishi ayniqsa xarakterlidir. Ular odatda muayyan axloqiy talablar bilan o‘zaro to‘g‘ri munosabatda bo‘ladilar. Boshdan kechirgan his-tuyg‘ularni anglab etish mahorati ham rivojlanadi.

Do‘stlik – ilk o‘spirinlik davridagi shasxlararo munosabat va hissiy bog‘lanishning muhim turidir. O‘spirinlik Yoshida o‘quvchilarda o‘rtoklik hissining rivoj topishi xarakterlidir. Rossiya psixologlari I.V.Straxov bilan A.L.SHnirman tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, o‘spirinlik Yoshidagi do‘stlik, o‘smirlik Yoshidagi do‘stlikdan ba’zi bir xususiyatlari bilan farq qiladi.

Birinchidan, o‘spirinlarda do‘stlik motivlari ancha chuqurroq bo‘ladi. Do‘stlikning o‘ziga yuqori talablar qo‘yiladi, bular: oshkoralik, o‘zaro ishonch, talabchanlik, sadoqat, birgalikda doimiy yordam ko‘rsatish, kamchiliklarni tugatish, do‘stiga yordam berish, o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish va hokazo.

Ikkinchidan, do‘stlik hislari ancha sermazmun bo‘lib, qiziqishlar faoliyatning keng doirasini qamrab oladi.

Uchinchidan, do‘stlik emotsional bo‘lib, do‘sti kechirayotgan hislarga javob bera olish qobiliyatiga ega bo‘ladi.

O‘spirinlik Yoshidagi do‘stlik ko‘pincha butun umr bo‘yi davom etadi. Ilk o‘spirinlik davridagi do‘stlikning psixologik qonuniyatlari o‘zining barqarorligi bilan ajralib turadi. Har xil insonlarning do‘stligi bir xil bo‘lmaydi, Yosh, jins, va individual-tipologik xususiyatlarga ega bo‘ladi. O‘rtoqlik munosabatlari jamoani jipslashtirishga yordam beradi, uning hayotiy faoliyatini oshiradi. YOningda o‘rtog‘ing borligini his qilishning o‘ziyoq qiyinchiliklarni engishga yordam beradi. O‘spirinlar do‘stlik, samimiylik, emotsional sofdillik kabi hislatlarni birinchi o‘ringa qo‘yishadi. Do‘stlar bir-birlari bilan yuraklarini bo‘shatadilar. Do‘stlarga samimiy mehribonlik shaxsining reflektivlik darajasiga hamda uning emotsional hayot xususiyatlariga bog‘liqdir.O‘spirin hamma vaqt rostgo‘y, samimiy bo‘lishni istaydi.

Ilk o‘spirinlik davridagi do‘stlikning mezonlarini aniqlash uchun ularga quyidagi bir necha tugallanmagan gaplar taklif etiladi: “Do‘st – bu...”, “Do‘stim bilan men ko‘pincha....”, “Do‘st va o‘rtoq bir emas, chunki ular ...”. Bunda do‘stlikning ikkita bosh mezoni aniqlandi: birinchisi o‘zaro yordam ko‘rsatish va sodiqlik; ikkinchisi – psixologik yaqinlik (“...meni tushunadigan”; “ ...meni yaxshi ko‘radigan”, “...hamma narsa haqida gaplashish mumkin” va h.). Birinchi tipdagi javoblar ko‘p uchrasa-da, Yosh ulg‘ayishi bilan, ayniqsa 18-19 Yoshlilarda psixologik yaqinlik ehtiyoji ortadi. Bu ehtiyoj qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan, shahardagi ilk o‘spirinlarda qishloqdagi tengdoshlariga nisabatn kuchli namoyon bo‘ladi.

Ilk o‘spirinlarning do‘stlashishi o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p funksiyalidir, bu esa uning ko‘p shakllari mavjudligini: oddiy birgalikda vaqt o‘tkazishdan, to bir-birlariga sirlarini ochiq aytishgacha kuzatish mumkin. Asosida birgalikdagi faoliyat yotadigan guruhiy munosabatlardan farqli ravishda do‘stlik bu eng avvalo hissiy bog‘lanishdir.Do‘st uchun shaxsiy yaqinlik muhimdir.

Ilk o‘spirilik davridagi do‘stlikning psixologik ahamiyati shundaki, u bir vaqtning o‘zida u o‘z-o‘zini ochish maktabi va boshqa insonni tushunish maktabidir. Shuning uchun ilk o‘spirinlar alter ego (ikkinchi “Men”)ning qanday tipini tanlashlari qiziqish uyg‘otadi.15-16 Yoshli yigit va qizlar o‘zlaridan kattalarni do‘st sifatida tanlashadi, ularning gaplarini jon deb eshitishadi, ularning xulq-atvorini kuzatishadi. Kattalar bilan do‘stlashish ular uchun qadrlidir. Kattalar bilan emotsional aloqaga kirish ehtiyoji ba’zan o‘z hayotiy ideallarini topgandek, ularga berilib ketishga ham olib kelishi mumkin.

Lekin tengdoshlari bilan do‘stlashish ehtiyoji undan-da kuchli namoyon bo‘ladi. ”Kim bilan do‘stlashishni hoxlarding, o‘zingdan kattalar bilanmi, tengdoshlaring bilanmi, yoki o‘zingdan kichiklar bilanmi?” degan savolga ilk o‘spirinlarning ko‘pchiligi (75-85 %) tengdoshlarini tanlashgan, kattalarni (11-20%), hamda kichiklarni juda kam (1-4 % ) tanlashgan. Qizlar ham ko‘pincha tengdoshlarini tanlashgan, lekin ko‘pincha kattalarni ham tanlashgan(39-50%), o‘zlaridan kichiklarni hech tanlashmagan. (I.S.Kon va V.A.Losenkov tadqiqotlari natijalari).

Do‘st tanlashdagi bunday farqlarning psixologik mohiyati nimada? Fransuz psixologi B.Zazzo ham o‘z tadqiqotlarida yuqoridagidek natijalarni qo‘lga kiritgan. “Ideal do‘st” Yoshi ba’zi har doim anglanmaydigan psixologik ehtiyojlarni ochadi. Buning uchun tengdoshlarni tanlash teng munosabatlarga intilishni bildiradi. Tengdoshi bilan do‘stlashish o‘xshashlik va tenglik tamoyillariga asoslanadi: “Men bilan teng yigit bilan muloqot qilish oson”, “Ustimdan kuladi, deb qo‘rqmasdan unga hamma narsani aytish mumkin”, “O‘zimni aqlli ko‘rsatishga intilmasdan, qanday bo‘lsa shunday o‘zimni ko‘rsatishim mumkin, u bilan o‘zimni erkin tutaman”. O‘zidan kattaroq do‘stni tanlash g‘amxo‘rlik, rahbarlik ehtiyojini bildiradi: “”Men bilmaydigan narsalarni aytib berishi mumkin”.

Do‘stlarcha yaqinlik ba’zi do‘stlarning o‘xshashligini bildiradi. Lekin bunday o‘xshashlik har doim hamma narsada ko‘rinmaydi.Amerikalik psixolog D.Kendel 1900 nafar do‘stlarni o‘rganib, ba’zi ob’ektiv xarakteristikalarida (ijtimoiy kelib chiqish, jins, Yosh va boshqalarda) o‘xshashlikni aniqlagan; do‘stlarning psixologik xususiyatlarida va ijtimoiy ustanovkalaridagi o‘xshashlik ahamiyatsiz bo‘lgan.

Ilk o‘spirinlik davridagi do‘stlik psixologiyasi shaxs xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Bunda avvalo jins farqlari kuzatiladi. Qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan 1,5-2 yil oldin yaqin do‘stlikka ehtiyoj paydo bo‘ladi, ularda do‘stlik hissiyotlarga boy. Qizlarda do‘stlikning mezonlari yigitlarga nisbatan psixologik motivlarga boy bo‘lib, ular yozilib gaplashib, bir-birlariga sirlarini aytishga ehtiyoj sezishadi.

Do‘stlikning individual-psixologik xususiyatlari kam o‘rganilgan. O‘spirinning emotsional hayotida yangi bir holat sevgi paydo bo‘ladi. O‘spirinlik sevgisi sof, poqiza, beg‘ubor, xilma-xil kechinmalarga boy, yoqimli, xayolga berilish va samimiyat belgilariga ega bo‘ladi. Yigit va qizlarning sevgini boshdan kechirishida bir-birlarini hurmat qilish, do‘stlik, o‘zaro yordam, bir-birini tushunish kabi hislatlar xarakterli bo‘lib, ular bir-birlaridagi yuksak ma’naviy sifatlarni qadrlaydilar. Yigit va qiz bolalar o‘rtasidagi munosabatlar o‘spirinlik Yoshida faollashgan bo‘ladi. O‘rtoqlariga nisbatan munosabatlar doirasi kengayadi, Ayniqsa, qizlarda aralash do‘stlik ehtiyojlari kengayadi. Bolalarga xos 16-17 Yoshlarda birinchi jinsiy moyillik va sevgi ehtiyojlari ko‘rina boshlaydi. Ikki jins o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasi asosiy muammolardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Ilk o‘spirinlarda kuchli va chuqur his bo‘lgan sevgi hissi aks ettirilgan, kishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadigan badiiy adabiyot, kinofilm va teatrlarga zo‘r qiziqish paydo bo‘ladi. O‘z hissiyotlarini o‘zi ham qog‘ozda bayon qilish, ko‘pincha she’riy shaklda izhor etish ehtiyoji tug‘iladi.

Mabodo ana shunday hislar akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilarida paydo bo‘lsa, unga qanday munosabatda bo‘lish kerak? Ayrim o‘qituvchilar o‘quvchilarda ana shu hisning paydo bo‘lishidan ko‘pincha cho‘chiydilar va asabiylashadilar. Ular bu tuyg‘uda “yomon berilib ketishlik”ni, “bemavrid va zararli sevgini” ko‘radilar, bu o‘qishga va jamoat faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblaydilar. Tanalar, boshqacha nazar bilan qarash va mashara qilishlar, “baloning oldini olish”, “ta’qiq etilgan munosabatlarga chek qo‘yish”, “yo‘l qo‘ymaslik” kabi nojo‘ya urinishlar boshlanadi. Bu hisga ko‘pincha salbiy munosabatda bo‘ladilar.

Vaholangki, 16-17 Yoshda boshqa jinsdagi kishiga mayl qo‘yish va qiziqish bilan qarash normal hodisadir.18 Yoshda yigit va qizlar nikohdan o‘tish huquqiga ega bo‘ladilar. O‘spirin sevgisi o‘z asos e’tibori bilan sog‘lom sevgi bo‘la oladi. Samimiy kechinmalar olamiga qo‘pollik bilan bostirib kirish sira ham mumkin emas, buning ustiga yigit yoki qizning ana shu tuyg‘uga berilgani uchun uning ustidan kulish, haqorat qilish va koyishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Birinchi sevgi alomatlarini avaylash, ularga sezgirlik va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kerak. Lekin bu ana shu tuyg‘ularga beparvo va befarq qarash kerak, degan ma’noni bildirmaydi.

Bu tuyg‘ularning qanday xarakter kasb etishi, yigit va qiz o‘rtasida qanday munosabatlarni keltirib chiqarishi o‘quvchilar shaxsining ma’naviy darajasiga bog‘liq. Ko‘p hollarda sevgi tuyg‘usi yigit va qizlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. U yigit va qizlarga o‘z kamchiliklariga barham berishga, shaxsning ijobiy fazilatlarini hosil qilishga intilishni vujudga keltiradi, o‘qib-o‘rganishga, qiyinchiliklarga qarshi kurashga o‘rgatadi. Bu tuyg‘u ilk o‘spirinlarni poqiza, muloyim qiladi, ularda olijanob tuyg‘ular va intilishlarni tarbiyalaydi. Unday bo‘lsa, nega bu tuyg‘uga chek qo‘yish kerak? Aksincha, tarbiyachi bunday tuyg‘uni qadrlashi va hurmat qilishi, uning vujudga kelishidagi soflikni avaylashi, bu tuyg‘uning kelgusida ham har ikkala tomonga yaxshi ta’sir ko‘rsatishi uchun qo‘lidan kelgan hamma chorani ko‘rishi (hech bo‘lmaganda, halaqit bermasligi) kerak.

O‘spirinlarda sevgi hissi bir qancha holatlarga bog‘liq. Birinchidan - jinsiy etilish; ikkinchidan - ishonadigan, suyanadigan va har qanday nozik masalalar bo‘yicha gaplashish mumkin bo‘lgan do‘stga ehtiyoj; uchinchidan - bu tabiiy insoniy ehtiyoj hisoblanib, inson ko‘pincha o‘zini yolg‘iz his qilganida kuchli emotsional bog‘liqlikka intiladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha bunday tuyg‘u kuchaygan shaklda birinchi bor ilk o‘spirinlik davrida yuzaga keladi. Ilk o‘spirinlar yolg‘iz bo‘lishni istamaganliklari uchun o‘zlari faol ravishda o‘zaro yaqin muloqot, bir-birlari bilan intim munosabatni izlaydilar. Ba’zan o‘spirinlar bu hislarga shunchalik berilib ketadilarki, boshqa narsalar mavjudligi haqida mutlaqo unutib qo‘yadilar. Bu davrda o‘spirinlarda sevish mumkin bo‘lgan qiz yoki yigit ideali paydo bo‘ladi va ko‘p yillar davrida bu ideal saqlanib turadi. O‘spirinlar tasavvuridagi ideal kimnidir yoqtirishiga, sevishiga turtki bo‘ladi. O‘spirinlarning ideal obrazlari ba’zan real bo‘lmaydi, ya’ni ular hech kimni «unga» o‘xshatmaydilar. Bu esa ularda ishonchsizlik hamda yolg‘izlik hissini ham yuzaga keltirishi mumkin. Ilk o‘spirinlarga shu mavzuda badiiy adabiyotlar o‘qish, kinofilmlar, teatrlar tomosha qilishni tavsiya etish hamda Yoshi ulug‘ kishilar bilan suhbatlar o‘tkazish, ularga o‘zlarini kelgusi hayotlarini o‘zlariga mos turmush o‘rtoqlar topish masalasiga jiddiyroq yondoshishlariga yordam beradi.

Respublikamizda ilk o‘spirinlik davrida do‘stlikning psixologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlagan tadqiqotlarni prof.G‘.B.SHoumarov rahbarligida F.A.Akromova o‘tkazgan. Uning tadqiqotlarida ham do‘stlikka doir yuqoridagi natijalar olingan.
7.5. Ilk o‘spirinlik davrida o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi

O‘spirinlarni hali to‘la katta deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki ularning shaxs xususiyatlarida hali bolalikni kuzatish mumkin. Bu ularning fikrlarida, berayotgan baholarida, hayotga va o‘z kelajaklariga munosabatlarida ko‘zga tashlanadi. Ko‘pchilik o‘spirinlar maktabni tugatish vaqtiga kelib ham kasb tanlashga nisbatan mas’uliyatsiz yondoshadilar. Bu davr o‘spirinning axloqan o‘z-o‘zini anglashi va barqaror “Men” obrazining shakllanishi Shuningdek, axloqning yangi bosqichiga o‘tishi bilan xarakterlanadi. Bu anglash oddiygina o‘sishdan iborat bo‘lib qolmasdan, u sifat jihatdan o‘ziga xos xarakterga ega bo‘ladi, bu hol o‘z shaxsining ma’naviy-psixologik xususiyatlarini qonkret hayotiy maqsadlar va intilishlar nuqtai nazaridan anglash va ularga baho berish ehtiyoji bilan bog‘langandir.

Ilk o‘spirinning o‘zini o‘zi anglashi o‘smirning o‘zini-o‘zi anglashidan xuddi shu tomonlari bilan farq qiladi. Xuddi ana shu narsa ilk o‘spirinlarda o‘zining psixik hayotiga, o‘z shaxsining sifatlariga, o‘z qobiliyatlariga chuqur qiziqish uyg‘otadi, xuddi Shuning uchun ham o‘z xatti-harakatlariga nazar tashlash, o‘z his-tuyg‘ularini va kechinmalarini bilib olish ehtiyoji paydo bo‘ladi.

O‘z-o‘zini anglash o‘quvchining ichki kechinmalar dunyosiga kirishi bilan bog‘liq emas va foydasiz, maqsadsiz o‘z-o‘zini tahlil qilishdan ham iborat emas. O‘z-o‘zini anglash hayot va faoliyat talablaridan kelib chiqadi. Jamoadagi yangi vaziyat, tevarak-atrofdagilar bilan bo‘ladigan yangicha munosabatlar o‘quvchini o‘z imkoniyatlarini baholashga, o‘zining shaxsiy xususiyatlarini, o‘ziga nisbatan qo‘yilayotgan talablarga javob bera olishi yoki javob bera olmasligi nuqtai nazaridan anglashga majbur qiladi.

Ilk o‘spirinning o‘z-o‘zini anglashiga oid bu qiziqarli xususiyat quyidagilardan iborat. Ilk o‘spirin o‘zining kuchli va ojiz tomonlarini, o‘zining ustunligi va kamchiliklarini o‘smirga qaraganda yaxshiroq va chuqurroq baholay oladi. Biroq o‘smir ko‘pincha ilk o‘spiringa qaraganda o‘ziga to‘g‘riroq baho beradi.O‘smirda o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishiga boshqa kishilarning fikrlari ta’sir qiladi. O‘smir go‘yo o‘ziga tevarak -atrofdagilar ko‘zi bilan qaraydi, uning aynan o‘zi haqidagi fikrlari ko‘pincha ota-onalari, o‘qituvchilari va o‘rtoqlarining fikrlarini takrorlaydi. Tabiiyki, uning o‘z-o‘ziga baho berishi ham ancha ob’ektiv bo‘ladi, chunki u tevarak-atrofdagilarning ob’ektiv bahosini takrorlaydi. Bu hol akademik litsey va kollej o‘quvchilarida boshqacha bo‘ladi.

Yoshining ortishi bilan unda o‘z shaxsini, o‘z xatti-harakatlari va faoliyatini mustaqil tahlil qilish va baho berish tendensiyasi kuchayadi. O‘z-o‘ziga baho berish esa hamisha tashqaridan berilgan bahoga qaraganda qiyinroqdir. Shuning uchun ilk o‘spirin o‘zining shaxsiy xususiyatlarini va xatti-harakatlarini o‘smirga qaraganda yaxshiroq tahlil qila olmasa ham, o‘ziga ayrim hollarda ob’ektiv baho bera olmaydi. Shuning uchun ular ko‘pincha o‘z shaxslariga ortiqcha baho beradilar, g‘ayri tabiiy manmanlik, kekkayish, takabburlik, kibrlanish hollariga yo‘l qo‘yadilar, tevarak-atrofdagi kishilarga mensimasdan munosabatda bo‘ladilar; boshqalar esa o‘zlariga g‘ayri-tabiiy ravishda etarli baho bermaydilar, o‘zlarini “o‘rtamiyona”, “arzimas”, “oddiy va ko‘zga tashlanmaydigan odam” deb hisoblaydilar.

Intellekti yaxshi rivojlangan o‘spirinlar kattalarni tashvishga solayotgan masala muammolarini tushuna oladilar va ularni muhokama eta oladilar. O‘spirinlar juda ko‘p muammoli savollarga javob o‘ylaydilar. Ularning diqqatini ko‘proq axloqiy masalalar tortadi. Ilk o‘spirinning o‘z-o‘zini anglashi o‘smirning o‘z-o‘zini anglashidan shu jihatlari bilan farqlanadi. Xuddi ana shu narsa ilk o‘spirinni o‘zining psixik hayotiga, o‘z shaxsining sifatlariga, o‘z qobiliyatlariga chuqur qiziqish uyg‘otadi, xuddi Shuning uchun ham o‘z xatti-harakatlariga nazar tashlash, o‘z his-tuyg‘ularini va kechinmalarini bilib olish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Agar o‘smirning tushunchasida sezgir kishi hamisha boshqalarga yordam ko‘rsatsa, ilk o‘spirin Yoshidagi o‘quvchilar esa bunda ancha nozik tafsilotlarning ham farqiga boradilar, ular sezgirlik – ayniqsa qanday yordam zarurligini his qila bilish va u ana shu yordamni ustalik bilan kishini xafa qilmasdan, ko‘rsata olishdan iborat deb hisoblaydilar.

O‘smir o‘zining hozirgi ahvoliga muvofiq ravishda o‘ziga baho beradi, katta maktab Yoshidagi o‘quvchi o‘zining kelajagiga muvofiq ravishda o‘ziga baho beradi. O‘smir o‘zicha: “Men maktab jamoasining a’zosi sifatida qandayman?” deb savol beradi. Ilk o‘spirin esa o‘ziga: “Men kelgusi mustaqil hayot uchun qandayman? Men unga yaroqlimanmi?” –deb savol beradi.

Ilk o‘spirin shaxsga, umuman uning barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda baho bera bilsa, o‘smir o‘zining shaxsiga ayrim ishlar, xatti-harakatlarga qarab baho beradi va bu bahoni umuman shaxsga tatbiq etadi.

Ilk o‘spirinda o‘zi, o‘z shaxsi to‘g‘risida to‘g‘ri, ob’ektiv tasavvur hosil bo‘lishi uchun unga ko‘p o‘ylab, ustalik bilan yordam ko‘rsatish kerak. Agar o‘qituvchining bergan bahosi do‘stona va to‘g‘ri bo‘lsa, uning fikrlari ilk o‘spirinning imkoniyatlariga chuqur ishonch bilan, uning shaxsini chuqur hurmat qilish bilan aytilgan bo‘lsa, hatto o‘qituvchining bildirgan keskin tanqidiy mulohazalari ham odatda etarli darajada diqqat-e’tibor va minnatdorchilik bilan qabul qilinadi.

Agar kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilar uchun axloqiy masalalarni echish manbai - o‘qituvchilar bo‘lsa, o‘smirlar bu savollarga javobni ko‘proq tengdoshlari davrasidan qidiradilar. O‘spirin Yoshdagilar esa savollarga to‘g‘ri javobni topishda ko‘proq katta kishilar foydalanadigan manbalarga murojaat etadilar. Bunday manbalar asosan real, ko‘pqirrali, murakkab insoniy munosabatlar va ilmiy-ommabop, badiiy, publitsistik adabiyotlar, san’at asarlari, matbuot, radio, televidenie bo‘lib hisoblanadi. Bugungi o‘spirinlarga hayotga nisbatan hushyor, aqliy-amaliy qarash, erkinlik va mustaqillik xos. Ular haqqoniy bo‘lish tushunchasiga ham real tarzda yondoshadilar. Litsey va kollejni tugallash vaqtiga kelib, juda ko‘p o‘spirinlar axloqiy jihatdan shakllangan va ma’lum axloq normalari qatiylashgan xususiyatlarga ega bo‘ladilar.

O‘spirinlarda axloqiy dunyoqarash bilan bir qatorda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, diniy va boshqa sohalar bo‘yicha ma’lum bir qarashlar vujudga keladi. Juda ko‘p yillardan beri o‘spirinlarni yaxshilik va yomonlik, haqiqat va noqonuniylik, axloqiylik va axloqsizlik masalalari tashvishlantirib keladi. Hozirgi davr o‘spirinlari har bir narsaga ishonuvchan yoki salbiy munosabatlar bo‘lmay, balki hayotga real, aqliy, amaliy qaraydigan, ko‘proq erkin va mustaqil bo‘lishga intiluvchi Yoshlardir.

O‘spirinlar ongli ravishda egallangan axloq normalari asosida o‘z xatti-harakatlarini yo‘lga solishga intiladilar. Bu esa, avvalo o‘spirin o‘zini anglashining o‘sishida namoyon bo‘ladi.

O‘zini anglash murakkab psixologik struktura bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Bu narsa ularning alohida shaxs ekanligini tan olishga intilishida o‘z ifodasini topadi. Buning uchun ayrim Yoshlar turli modalarga mayl qo‘yish, tasviriy san’atga, musiqaga, kasb-hunarga, tabiatga maftunkor qiziqishlarini namoyish qilishga harakat qiladilar. O‘quv va mehnat jamoalari ta’sirida matonat, jasurlik, sabr-toqat, kamtarlik, intizomlilik, halollik kabi insoniy fazilatlar takomillashadi. Xudbinlik, loqaydlik, munofiqlik, laganbardorlik, dangasalik, qo‘rqoqlik, g‘ayirlik singari illatlarning barham topishi tezlashadi.

O‘spirinlar shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tashkilotlarining roli alohida ahamiyat kasb etadi. Ularda faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik, o‘z harakatlarini tanqidiy baholash singari fazilatlari barqaror xususiyat kasb etib boradi. O‘spirin yigit va qizlarning jamoatchilikda faol ishtirok etishi orqali muayyan tashkilotchilik qobiliyati namoyon bo‘ladi. O‘zining kimligi, qandayligi, qobiliyatlari, o‘zini nimaga hurmat qilishini aniqlashga intiladilar.Do‘st va dushmanlarining kimligi, o‘z istaklari, o‘zini va tevarak-atrofni, olamni yaxshi bilishi uchun nima qilish kerakligini anglashga harakat qiladi. Ma’lumki, o‘spirinlarning hamma savollari anglangan bo‘lmaydi. Ba’zan o‘spirinlar o‘zlaridan hech qanoatlanmaydigan, o‘z oldilariga haddan tashqari ko‘p vazifalar qo‘yadigan, lekin uning uddasidan chiqa olmaydigan bo‘ladi. Mana bulardan ko‘rinib turibdiki, o‘spirinlar o‘z-o‘zini analiz qilish teranligi va yuksak talablarni bajarish kerakligini o‘zida aks ettira boradilar. Bu esa o‘spirinlarning kelgusi yutuqlari shartlaridan biridir.

YUqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, shaxsning ilk o‘spirinlikdagi eng muhim hislatlaridan biri o‘z-o‘zini hurmatlash, o‘z-o‘ziga baho berish hamda o‘zini shaxs deb tan olish yoki olmaslik darajasidir. O‘spirinlar o‘zlarida shaxsning muayyan kompleks sifatlarini hosil qilishga intiladilar. Ularni o‘z-o‘zini tarbiyalash borasida bir butun ma’naviy psixologik qiyofani shakllantirish masalasi qiziqtiradi. Bunda shaxs ideali va namunaning mavjudligi katta ahamiyatga ega. Masalan: o‘g‘il bolalar - qahramonlik, yaxshi ota, tadbirkor, o‘qituvchi, vrach yoki badiiy asar hamda kinofilmdagi obrazlarni o‘zlariga ideal deb bilsalar; qizlarimiz mehnatkash ayol, jozibali jamoat arbobi, nazokatli uy bekasi yoki ilmiy xodim va boshqalarni ideal deb biladilar.. O‘zaro munosabat va emotsional hayot o‘z mavqeini belgilashning murakkab muammolarini o‘spirinning o‘zi hal qila olmaydi. Bu masalani o‘spirinning ota-onasi, o‘z tengqurlari, o‘qituvchilar ishtirokida ularning qo‘llab-quvvatlashida hal qilishi mumkin.

O‘spirinlarni ming yillab tashvishlantirayotgan axloqiy muammolar bu – yaxshilik va yomonlik, adolat va qonunga xiloflik, tartiblilik va ma’suliyatsizlik va hokazo. Hozirgi ilk o‘spirinlar ko‘p asrlar oldin yashagan yigit va qizlardan farq qilmasalar-da, ularga hayotga amaliy nuqtai nazardan qarash xos bo‘lib, ko‘proq mustaqillik va erkinlik xos.

Dunyoda va mamlakatimizda ro‘y berayotgan jo‘shqin ijtimoiy hodisalar, o‘zgarishlar Yosh avlodga mustaqil tanlash, barcha narsada shaxsiy yo‘nalganlik, mustaqil qaror qabul qilish imkonini bermoqda. Zamonaviy yigit va qizlarning psixologiyasini hayotning o‘zi bir necha o‘n yillar ilgari yashagan tengdoshlaridan farq qiladigan psixologiyani shakllantirmoqda. Bu hislatlar quyidagilar: axloqiy xarakterga ega bo‘lgan ko‘p muammolarni qo‘yish va hal qilish, mustaqillik, fikrlarning har doim to‘g‘ri emasligi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va diniy muammolarni hal qilish.

Respublikamiz psixologlari tomonidan ilk o‘spirinlar shaxsining psixologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlagan qator tadqiqotlar o‘tkazilgan. SHunday tadqiqotlar sirasiga A.Jabborov rahbarligida o‘tkazilgan O.U.Avlaevning tayanch-harakat a’zolari buzilgan ilk o‘spirinlarning shaxs xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotini keltirish mumkin.Tadqiqot natijasida muallif quyidagilarni aniqlagan: Tayanch-harakat a’zolari buzilgan kontingentlar shaxsining motivatsiyalari mazkur Yoshdagi sog‘lom tengdoshlari singari bir xildagi munosabatni namoyon qilganiga qaramay ularning imkoniyatlari shaxslilik pozitsiyasidan cheklanib qoladi. Ichki motiv, bilish motivi, musobaqalashuv motivlaridagi natijalar nisbiy ma’noda tenglikni ifodalasa-da, ammo ularninng o‘zini o‘zi hurmatlashi sog‘lom tengdoshlariga qaraganda ancha past ko‘rsatkichli motiv darajasini namoyon etadi.

Demak ilk o‘spirinlik davri katta mustaqil hayotga qadam qo‘yish bo‘sag‘asidir.


7.6. Ilk o‘spirinlik davrida o‘quv kasbiy faoliyatning etakchi faoliyatga aylanishi va kasb tanlash muammosi

Ilk o‘spirinlar shaxsining taraqqiyotida ijtimoiy foydali mehnatning roli katta. Ilk o‘spirinlar mehnati faqat o‘zining moddiy natija berishi tomoni bilangina muhim emas. Bu Yoshdagilarning mehnatini to‘g‘ri tashkil etish shaxsning kollektivizm, umum foydasi uchun qilinadigan mehnatga muhabbat, tashabbuskorlik, maqsadga intiluvchanlik, intizomlilik, qat’iyatlilik singari sifatlarini tarkib toptirishga yordam beradi. O‘quvchilar umumiy mehnatda qatnashar ekanlar, mehnatni va mehnat kishilarini hurmatlash tuyg‘usini hosil qiladilar, ularda mehnat qilish ehtiyoji va istagi paydo bo‘ladi.

Mehnat jarayonida o‘quvchilarda yangi tuyg‘ular – o‘z mehnatidan quvonish, yaratilgan narsa bilan faxrlanish tuyg‘usi, ko‘p kuch-g‘ayrat sarflagandan keyin erishilgan g‘alabadan qanoat hosil qilish tuyg‘usi vujudga keladi. Ana shu yangi quvonchli emotsiya o‘quvchini yana bir marta bu tuyg‘ularni boshdan kechirish uchun tag‘in mehnat vaziyatiga jalb qiladi. Mehnatning ijtimoiy ahamiyati va uning natijalariga ijtimoiy baho berish – o‘quvchini mehnatga psixologik jihatdan tayyorlashning zarur tomonlaridan biridir.

Jamoada mehnat qilishda uning tarbiyaviy ahamiyati kuchli bo‘ladi. Jamoaviy mehnat, o‘zaro mehnat ma’suliyati ilk o‘spirin shaxsini tarkib toptirishda katta rol o‘ynaydi.Jamoa bo‘lib mehnat qilish o‘quvchilarning mehnatda hamkorlik va o‘zaro yordam ko‘rsatish tajribasini, bir-birlarini nazorat qilish tajribasini hosil qilishlariga imkon beradi, mehnatning umumiy natijalaridan shaxsiy manfaatdorlikni, o‘z xatti-harakatlarini jamoa manfaatlariga bo‘ysundirish odatini tarkib toptiradi. Ilk o‘spirinlik Yoshi – mehnat hayotida o‘z-o‘zini aniqlab olish Yoshi bo‘lib, bu vaqtda o‘quvchi o‘zining mehnatdagi iste’dodini jiddiy ravishda izlay boshlaydi, unda o‘zining kelajakdagi kasbini belgilab olish intilishi paydo bo‘ladi. O‘smirlardan farqli ravishda ilk o‘spirinlar kasbni o‘ylab tanlaydilar, nima uchun shu kasbni tanlaganliklarini asoslab beradilar. Ularning ko‘plari o‘zlarining individual jismoniy va psixik xususiyatlarini biror kasb kishisiga qo‘yiladigan talablar bilan taqqoslamoqchi bo‘ladilar. Buning natijasida ilk o‘spirinlar amaliy jihatdan masalaga yaqinlashib qoladilar va o‘z qiziqishlari hamda imkoniyatlarini hisobga olib, haqiqiy kasblarni tilga ola boshlaydilar.

Ming-minglab kasblar bor, lekin muayyan mehnat turiga individual moyillik bilan unga bo‘lgan qobiliyat va uning ijtimoiy ahamiyatiga yuqori baho berish birga qo‘shilib ketgan vaqtdagina chin yurakdan tanlangan kasbgina kishiga ma’naviy qoniqish va jamiyatga foyda keltiradi. Ilk o‘spirinlar uchun xarakterli xususiyat – kasblarga keskin tanlab munosabatda bo‘lishdir.Ular ayrim kasblarni yuksak baholaydilar, o‘quvchilarning ko‘z o‘ngida bu kasblarning ijtimoiy mavqei ulug‘dir. Boshqa kasblarning ijtimoiy mavqei juda past.

Kasbiy niyatlarning barqarorligini o‘rganish yuzasidan N.I.Krilov o‘tkazgan tekshirish shuni ko‘rsatdiki, hatto o‘z niyatlarini amalga oshirib, oliy o‘quv yurtiga kirgan talabalar orasida ham ko‘plari o‘zlarining kim bo‘lishlarini oxirigacha hal qilmaganlar. Bunga sabab Yoshlarni mazkur oliy o‘quv yurtiga olib kelgan kasb haqidagi tasavvur bilan bu kasbning haqiqiy, amaliy mazmuni o‘rtasidagi nomuvofiqlikdir. O‘zining kasb tanlash bo‘yicha taqdirini tasodifan hal etish murakkab kechinmalarga, tanlagan kasbi sohasida ikkilanishlarga, og‘ir ichki nizolarga olib kelishi mumkin. Bu esa yigit va qizlar uchun ham, jamiyat uchun ham katta zarar keltiradi.

Kasb tanlash nimaning ta’siri ostida ro‘y beradi? Bunday tanlashning motivlari nima?

Ko‘pdan-ko‘p materiallar maktab o‘quvchilarida o‘zlarining kelajakdagi kasblariga qiziqishni tarbiyalashda maktab va o‘qituvchilarning ma’lum darajada rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Bir qancha tadqiqotlarning bergan ma’lumotlariga qaraganda, so‘rab chiqilgan o‘quvchilarning 40-50 % kelajakdagi kasbni tanlashga biror o‘quv predmetiga bo‘lgan qiziqishlari sabab bo‘lganligini aytadi. Ko‘pgina o‘quvchilar xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan kasblarni tanlaydilar, bunga Vatanga foyda keltirish istagini sabab qilib ko‘rsatadilar, lekin bu kasblarni o‘zlarining individual xususiyatlariga, qobiliyatlariga muvofiq keladi, deb hisoblamaydilar. Ilk o‘spirinlarning ko‘pchiligi kasb tanlashga motiv qilib o‘z qobiliyatlarini ko‘rsatadilar. Ko‘p o‘quvchilar esa oilaviy an’analarning mavjudligini, moddiy-maishiy ta’minlanganlik sababini, do‘stlar va o‘rtoqlaridan namuna olganligini motiv qilib ko‘rsatib o‘tadilar. Ayrim hollarda ish joyi yoki oliy o‘quv yurtining uydan yaqinligi va boshqalar motiv bo‘lgan.

Ilk o‘spirinlarning qiziqishlarini xarakterlaganda avvalo shuni aytish kerakki, yigit va qizlar odatda xuddi shu Yoshda biror fanga, bilim tarmog‘iga, faoliyat sohasiga bo‘lgan o‘zlarining qat’iy spetsifik qiziqishlarini belgilab oladilar. Ilk o‘spirin Yoshidagi bunday qiziqish shaxsning bilish-professional yo‘nalishining tarkib topishiga olib keladi, yigit yoki qizning maktabni tamomlagandan keyin qanday kasb tanlashini, hayot yo‘lini belgilab beradi. Ana shunday maxsus qiziqishning mavjudligi muayyan sohadagi bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga doimiy intilishni rag‘batlantiradi: katta maktab Yoshidagi o‘quvchi zarur adabiyot bilan aktiv ravishda tanishib boradi, tegishli to‘garaklarda bajonidil shug‘ullanadi.

Ilk o‘spirinlik Yoshida bilishga oid qiziqishlar tobora keng, qat’iy va amaliy xarakter kasb etadi.O‘quvchilarning qiziqishlari keng va xilma-xil bo‘lib boradi: texnikaga, tabiyotga, ijtimoiy-siyosiy masalalarga, falsafiy-axloqiy masalalarga, sportga qiziqish ortadi

7.7. Ilk o‘spirinlik davrida kasbga yo‘naltirishning psixologik muammolari

Ilk o‘spirinlarga xos xususiyatlardan biri hayotiy rejalarning shakllanishidir. Bir tomondan hayotiy rejalar shaxs o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni umumlashtirishi va mustahkamlashi natijasida vujudga keladi. Boshqa tomondan maqsad va motivlarning qonkretlashishi jarayoni ro‘y beradi.

Hayotiy reja – bir vaqtning o‘zida ijtimoiy va axloqiy hodisadir. Kim bo‘lish (kasbiy o‘zlikni anglash) va qanday bo‘lish (axloqiy o‘z-o‘zini anglash) muammolari o‘smirlik davrida farqlanmaydi. O‘smir va o‘spirinlarning hayotiy rejalari tarqoq bo‘lib, ularning amaliy faoliyatiga mos kelmaydi. Ilk o‘spirinlar “Hayotiy rejalaringiz bormi?” degan savolga “ha” deb javob berishgan, lekin ko‘pchilik hayotiy reja sifatida o‘qish, kelajakda qiziqarli ish bilan shug‘ullanish, sodiq do‘stlarga ega bo‘lish va ko‘p sayohat qilish deb ta’kidlashgan.

Hayotiy reja faqat so‘nggi natijagina emas, unga erishish usul va yo‘llari, unga zarur bo‘ladigan ob’ektiv va sub’ektiv imkoniyatlar e’tiborga olingandagina bu so‘zning asl ma’nosi vujudga keladi. Faol va xayolotga beriluvchan orzudan farqli ravishda, hayotiy reja – bu faoliyat rejasidir, u birinchi navbatda kasb tanlashga bog‘liq.

Ilk o‘spirin uchun kasb tanlash avvalo axloqiy muammodir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham shaxs mehnat qilish huquqi bilan birga, o‘z qobiliyati, layoqati va qiziqishiga ko‘ra kasb tanlash huquqiga egaligi ta’kidlangan.

Bugungi kunda kasb tanlash har xil nuqtai nazardan qarash mumkin bo‘lgan ko‘p o‘lchovli va ko‘p darajali jarayondir. Birinchidan, jamiyat shakllanayotgan shaxs oldiga qo‘ygan vazifalar seriyasi sifatida, ularni shaxs ma’lum vaqt davomida ketma-ket hal qilishi zarur. Ikkinchidan, individ o‘z qiziqish va layoqatlarini shakllantiradigan qaror qabul qilish jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi. Uchinchidan, hayotning individual uslubini shakllantirish jarayoni sifatida, kasbiy faoliyat uning bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu uch nuqtai nazar o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan ishning har xil tomonlaridir.

Yosh davrlari psixologiyasida kasb tanlash bir necha bosqichdan iborat.

Birinchi bosqich – bolalar o‘yinlari bo‘lib, unda bola o‘ziga har xil kasbiy rollarni qabul qiladi va shu bilan bog‘liq xulq-atvorning alohida elementlarini “o‘ynaydi”.

Ikkinchi bosqich – o‘smirlik xayoli bo‘lib, o‘smir orzularida, o‘zini u yoki bu qiziqarli kasbning namoyondasi sifatida ko‘radi.

Uchinchi bosqich - ilk o‘spirinlik davrini qamrab oladi – dastlabki kasb tanlashdir.Har xil faoliyat turlari o‘smirning qiziqishlari tomonidan saralanadi va baholanadi (“Men tarixiy romanlarni yoqtiraman, tarixchi bo‘laman”), keyin qobiliyatlari nuqtai nazaridan kasb tanlashga harakat qilinadi (“Men matematikani yaxshi o‘zlashtirayapman, matematik bo‘lsammikan?”, eng so‘nggida qadriyatlar tizimi nuqtai nazaridan qarab chiqiladi (“Men kasal odamlarga yordam berishni hohlayman, vrach bo‘laman"; “Ko‘p pul topishni hohlayman, qaysi kasb bu talabga javob beradi?”). Qiziqishlar, qobiliyatlar va qadriyatlar kasb tanlashning har bir bosqichida namoyon bo‘ladi. Fanga qiziqish o‘quvchini u bilan ko‘proq shug‘ullanishga undaydi, bu esa uning qobiliyatlarini rivojlantiradi, qobiliyatlar esa faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlaydi va qiziqishlarni mustahkamlaydi.

To‘rtinchi bosqich – amaliy qaror qabul qilish, kasb tanlash bosqichi bo‘lib, o‘z ichiga ikki bosh tarkibiy qismni oladi: avval biror faoliyat bilan shug‘ullanish istagi paydo bo‘ladi, keyin esa qonkret soha tanlanadi (“O‘qituvchi bo‘laman”, “Matematika o‘qituvchisi bo‘laman”). Kasb tanlash ko‘p bosqichli jarayon. 9-sinf o‘quvchilari akademik litseyga yoki qaysi kasb –hunar kollejiga topshirishlarini tanlashlari zarur. Qiziqishlar, qobiliyatlar va qadriyatlar yo‘nalganligidan tashqari qaror qabul qilishda o‘zining imkoniyatlarini – oilaning moddiy sharoiti, o‘quv tayyorligi darajasi, sog‘lig‘i va boshqalarni hisobga olish ham muhim rol o‘ynaydi.

Kasb tanlash ilk o‘spirindan ikki xil ma’lumotni talab qiladi: kasb dunyosi va har bir kasbga qo‘yiladigan talablardan xabardorlik; o‘z qobiliyatlari va qiziqishlarini bilish. U ma’lumot ham bu ma’lumot ham ilk o‘spirinlarga etishmaydi. Ilk o‘spirinlarning hayotiy rejalarini amalga oshirish va kasb tanlashi ijtimoiy sharoitlarga, ayniqsa ota-onaning umumta’lim darajasiga bog‘liq.Ota-onaning ta’lim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, farzandlarining oliy-o‘quv yurtida o‘qishni davom ettirishi va bu rejalarni amalga oshirish ehtimoli shunchalik yuqoridir. Hayotiy rejalarni amalga oshirish ehtimoli yigitlarda qizlarga nisbatan yuqoridir.

Kasbiy yo‘nalganlik nafaqat ijtimoiy, balki psixologik muammo hamdir. Psixologiyada kasbiy yo‘nalganlik bo‘yicha uch nazariy nuqtai nazar mavjud.

Birinchi nuqtai nazar faoliyatning muvaffaqiyati va usullari bog‘liq bo‘lgan individual xususiyatlarning amaliy o‘zgarmasligi va barqarorligi haqida g‘oyaga asoslangan.Bunda birinchi tomondan, u yoki bu ishga mos insonlarni kasbga yo‘llash va tanlashga urg‘u beriladi, ikkinchi tomondan u yoki bu insonning individual xususiyatlariga mos kasblarni tanlashda namoyon bo‘ladi.

Ikkinchi nuqtai nazar qobiliyatlarni maqsadga muvofiq shakllantirish g‘oyasidan kelib chiqadi, bunda har bir insonning muhim xislatlarini rivojlantirish nazarda tutiladi.YUqorida keltirilgan bu ikki nuqtai nazar ham har xil shakllantirilishi mumkin, lekin ularning umumiy metodologik kamchiligi shundaki, individuallik va mehnat faoliyati o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan, bir-biriga qarama-qarshi, biri ikkinchisini albtata bo‘ysundiradigan kattaliklar sifatida qaraladi.

Uchinchi nuqtai nazar psixologiyadagi ong va faoliyatning birligi tamoyilidan kelib chiqadi, faoliyatning individual uslubini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ushbu qonsepsiya E.A.Klimov ilgari surgan quyidagi qarashlarga asoslanadi:


  1. Faoliyatning muvaffaqiyati uchun muhim bo‘lgan amaliy tarbiyalanmaydigan shaxsiy (psixologik) xislatlar mavjud.

  2. Kasbiy faoliyat sharoitlariga moslashishning mehnat mahsuldorligi bo‘yicha bir xil bo‘lgan, har xil usullari mavjud.

  3. Alohida qobiliyatlarning kuchsiz ifodalanganligini mashq qilish yoki boshqa qobiliyatlar yoki ish usullari yordamida bartaraf etishning keng imkoniyatlari mavjud.(sekin javob qaytarish qobiliyatini tayyorlanish tadbirlaridagi o‘ta diqqatlilik bilan to‘ldirish mumkin; bir sharoitdagi faoliyatning susayishini, inson sun’iy ravishda faoliyatni o‘zgartirishi mumkin – harakatlar tartibini o‘zgartirishi yoki ob’ektlar ranglarini o‘zgartiradi deb tasavvur qilishi mumkin).

  4. SHaxsning individual o‘ziga xosligini hisobga olgan holda qobiliyatlarni shakllantirish zarur, tashqi sharoitlarni hisobga olgan holda ichki sharoitlarni rivojlantirish.

Kasb tanlashda kasbiy maslahat juda muhim hisoblanadi. Bu jiddiy tayyorgarlikni talab qiladigan qiyin ishdir.Hozirgi vaqtda har bir maktab psixologi tomonidan o‘tkaziladigan 9-sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan kasbga yo‘naltirish ishlari bo‘yicha diagnostik va maslahat ishlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Kasb tanlashda – kasb tanlash amalga oshiriladigan Yosh, ilk o‘spirinning ma’lumotlilik darajasi va uning intilish darajasi muhim omillar hisoblanadi.

Biz yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, kasb tanlash murakkab va uzoq jarayon. Muammo na faqat umumiy davomiylikda, balki bosqichlarning ketma-ketligida hamdir. Bu erda ikkita xavf mavjud. Ulardan birinchisi ilk o‘spirinlarning kasb tanlash jarayonini aniq va barqaror qiziqishlari bo‘lmaganligi uchun keyinga qoldirishidir. Bu keyinga qoldirish umumiy etukmaslik, xulq-atvorning infantilligi bilan qo‘shiladi. Bu holat kasb tanlash jarayoni kattalik va barqaror “Men” obrazining, o‘z-o‘zini hurmat qilishning asosiy komponentlaridan biri ekanligini esga olsak tushunarli bo‘ladi.

Ota-onalarning urinishlari (ayniqsa ziyoli oilalarda ko‘p uchraydi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri psixologik ta’sir ko‘rsatish yordamida bu jarayonni tezlashtirmoqchi bo‘ladilar (“Sen qachon kasb tanlaysan? Men sening Yoshingda ...”). Bu esa bolalarda xavotirlanishni kuchaytirib, ba’zan hech qanday kasb tanlamasdan, turli sevimli mashg‘ulotlarni tanlashgacha bo‘lgan salbiy natijalarga olib keladi. Bunda o‘z vaqtida o‘qish davomida bolalarning qiziqishlari va dunyoqarashini kengaytirish, har xil faoliyat turlari bilan tanishtirish, amaliy mehnat ko‘nikmalarini shallantirish sifatida yordam ko‘rsatish mumkin.

Erta kasbiy tanlash ijobiy omil hisoblansa-da, uning ham o‘ziga yarasha kamchiliklari bor. O‘smirlarning qiziqishlari tasodifiy, vaziyatli omillarga bog‘liq. O‘smir faqat faoliyatning mazmuniga qarab ish tutadi, uning boshqa jihatlarini payqamaydi.

Ilk o‘spirinlarning bo‘lajak kasblari haqida xabardorlik darajasi ham muhim hisoblanadi. Yigit va qizlar ular tanlaydigan kasblar doirasini, har bir kasbning aniq xususiyatlarini bilmaganliklari uchun kasbni tasodifan tanlaydilar. Kasb haqida ma’lumotga ega emaslik oliy o‘quv yurtiga kirganlar orasida ham uchraydi. “Bo‘lg‘usi kasbingizning xarakteri, mazmuni va sharoitidan xabardormisiz?” degan savolga talabalarning to‘rtdan bir qismigina “ha” javobini berishgan. Inson kasb tanlayotgan vaqtida qanchalik kichik bo‘lsa, uning kasb tanlashi shunchalik mustaqil bo‘lmaydi, shaxsiy qadriyatlar tizimi asosida emas, ma’lumotlarning etarli bo‘lmaganligi tufayli kimningdir tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Kasb tanlash ma’lum shaxsiy intilish darajasini aks ettiradi. U o‘z ob’ektiv imkoniyatlarini hamda qobiliyatlarini baholashdan iborat. Bundan tashqari unga sub’ekt tomonidan anglanmaydigan kasbga qo‘yiladigan talablar ham ta’sir qiladi. 15-17 Yoshli yigit va qizlarning intilish darajasi ko‘pincha yuqori bo‘ladi.Bu normal va foydali holat bo‘lib, Yoshlarni yanada izlanishga va qiyinchiliklarni bartaraf etishga undaydi. Dastlabki hayotiy muvaffaqiyatsizlik tufayli, masalan oliy o‘quv yurtiga topshirishga urinishdan kelib chiqadigan jarohatdan qanday qutulish mumkin?

Ba’zi konkursdan o‘ta olmagan Yoshlar ularning barcha hayotiy rejalari puchga chiqqanligi, to‘g‘rilab bo‘lmaydigan halokat ro‘y berdi, deb o‘ylaydilar. Lekin sotsiologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, oliy o‘quv yurtida o‘qishni jiddiy hoxlovchilar o‘zlarining hayotiy rejalarini keyinroq ham amalga oshirishi mumkin.

Insonning Yoshi ulg‘aygan sayin hayotiy qadriyatlari va hayotiy rejalari o‘zgarib boradi. Oliy o‘quv yurtiga kirishni hohlaganlar, dastlab o‘qishga kirganlari uchun xursand bo‘ladilar.Kasbni to‘liq o‘ylab tanlamaganlar uchun keyinchalik qiyinchiliklar vujudga keladi: ularning ayrimlari o‘qishni eplay olmaydi, boshqa birlari tanlagan mutaxassislikdan ko‘ngli to‘lmaydi, yana boshqalari oliy o‘quv yurtini to‘g‘ri tanlaganiga shubhalanadi. L.V.Lisovskiy tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, ”YAna kasb tanlashga to‘g‘ri kelsa, yana shu kasbni tanlarmidingiz?” degan savolga so‘ralganlarning uchdan bir qismi rad javobini berishgan. YUqori kurslarda tanlagan kasbidan qoniqadiganlar kamaymasdan, aksincha ortib boradi.

Buni har xil sabablar bilan tushuntirish mumkin: oliy o‘quv yurtidagi o‘qitish darajasi bilan, o‘quvchilik vaqtida payqamagan bo‘lg‘usi kasbning salbiy jihatlarini ko‘rish bilan va h. Ko‘pchilikda qoniqmaslik rivojlanishdagi inqirozli oddiy nuqta bo‘lib, amaliyot boshlanganda bularning bari yo‘qolib ketadi. Yosh mutaxassis ishga tushganda yangi qiyinchiliklar vujudga keladi. Ularning ba’zilari yuqori ma’suliyat hissiga javob bera olmaydi, ba’zilarda esa talablar olingan bilim darajasidan ancha quyida bo‘ladi. SHunday qilib, rivojlanishning oliy o‘quv yurtidagi varianti nizolardan holi emas.

Insonninn hayot yo‘li turli tumandir.Ilk o‘spirinlikda inson hayot yo‘lini o‘zi tanlaydigandek tuyuladi, lekin uning kasb tanlashiga tarbiya, muhit va boshqalar ham ta’sir qiladi.Kasb-hunar kolleji yoki litseyni bitirgandan so‘ng shaxsiy bo‘lmagan tashqi omillarning ta’siri yanada kuchli bo‘ladi.V.N.SHubkinning ta’kidlashicha, biz tanlaydigan yo‘llardan boshqa bizlarni tanlaydigan yo‘llar ham mavjud. Oliy o‘quv yurtini tugallagan Yoshlar ta’limni hayotni mazmunli va qiziqarli qilish vositasi sifatida hamma narsadan ustun qo‘yishadi. Ishlaydigan Yoshlar esa ta’limning mohiyatini jamiyatga ko‘proq foyda keltirishda degan fikrdalar.

O‘spirinlar turli kasblarni turlicha baholaydilar.17 Yoshlilar kasblarni qontrast “oq-qora”, mavhum deb baholasalar, 25 Yoshlilar o‘zlarining hayot yo‘llari bilan baholaydilar. Muvaffaqiyatli kasbga yo‘naltirishning muhim shartlaridan biri o‘quvchilarning mehnatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi va ularning faolligidir.

Kasbga yo‘naltirish – shaxsning ijtimoiy taqdirini belgilashning tarkibiy qismidir. Kasb tanlash - hayot mazmuni haqidagi o‘ylari va shaxsiy “Men” tabiati bilan mos kelganda muvaffaqiyatli hisoblanadi.

Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti talabalarida Z.T.Nishanova rahbarligida o‘tkazilgan D.Xodjakulova tadqiqotlarida so‘ralganlarning yarmisi yana shu kasbni tanlashlarini ta’kidlab, tasdiq javobini berishgan, uchdan bir qism talabalar esa ikkilanishlarini bayon etishgan. Talabalarda kasbiy yo‘nalganlikning shakllanishi va rivojlanishi jarayoniga faol maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatish uchun quyidagilarni tavsiya etish mumkin:

1. Oliy o‘quv yurtidagi ta’lim jarayonida har bir talabaning barqaror kasbiy yo‘nalganligi shakllanishiga yordam berish uchun ta’limning muvafaqqiyatini ta’minlaydigan psixologik fenomenlar majmuini hisobga olish zarur.

2. Oliy ta’lim davomida har bir talabaga individual yondashuvni amalga oshirmoq, kasbiy yo‘nalganlik imkoniyatlaridan kengroq foydalanish lozim.

3. Talabalarning anchagina qismi kasbni anglamay tasodifan tanlaganliklarini hisobga olib, oliy o‘quv yurtidagi ta’lim jarayonida talabalarda dunyoni kasb nuqtai nazaridan ko‘rishni shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimini tavsiya etish mumkin.

4. Ko‘pchilik talabalar hozirgi zamon masalalari bilan aloqasi borligi, ilmiylik, muammolilik, bilimining chuqurligi, ta’limda ko‘rsatmalik va texnika vositalarining qo‘llanilishini mutaxassislik fanlarini o‘qitishdagi ijobiy jihatlar sifatida ta’kidlangani bois, darslarni jonli, yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda qiziqarli qilib o‘tishlarini o‘qituvchilarga tavsiya etamiz.

5. Talabalarda kasbiy yo‘nalganlikni shakllantirish uchun kasb professiogrammasi va psixogrammasi bilan tanishtirish hamda kasbiy muhim hislatlarni psixologiya darslarida amaliy mashg‘ulotlarda hamda tarbiyaviy soatlarda guruh murabbiylari yordamida rivojlantirishni tavsiya etamiz.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling