Umumiy psixologiya


Download 1.91 Mb.
bet11/27
Sana25.03.2020
Hajmi1.91 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27

E.N.Sattarov rahbarligida S.N.Jo‘raeva tomonidan talaba shaxsiga kasbiy shakllanish ta’sirining psixologik jihatlari o‘rganildi. Tadqiqotda shaxsning kasbiy faoliyatga mutanosibligini belgilovchi psixologik xususiyatlar tva omillar aniqlandi, talabalarning oliy o‘quv yurtiga kirishida ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlariga sabab bo‘luvchi psixologik omillarning roli aniqlandi, shaxs xususiyatlarining kasbiy faoliyatga mutanosibligini ta’minlashga xizmat qiluvchi kasbiy motivlar, ustanovkalar va yo‘nalganlikning o‘rni aniqlangan.

Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar.

1. Ilk o‘spirinlik davrida psixologik jarayonlarning shakllanish


xususiyatlari.

2.O‘spirinlikdagi aqliy rivojlanish bilan etakchi faoliyatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik.

3.Umumiy va maxsus layoqatlarning rivojlanishi.

4.O‘spirinlik davrida kasb tanlashning o‘ziga xos xususiyatlari.




8-MAVZU: ETUKLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI

  1. Yoshlik davri va uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlar.

  2. Etuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari.

  3. Etuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari.

8.1Yoshlik davri va uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari

Yoshlik davri 23—28 Yoshlarda bo‘lib, bu davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalt oishrishdan iboratdir. Yoshlarning mehnat faoliyati quyidash uchta muhim belshsi bilan boshqa Yosh davrlaridan farkdanadi: 1) mutaxassislikning mohiyatiga, ishlab chikrrish shart-sharoitiga va mehnat jamoasi a’zolarining xususiyatiga moslashish (ko‘nikish) — mehnat faoliyatining dastlabki yillari (taxminan 1 yildan 3 yilgacha) yoki jamoada o‘z o‘rnini topish va qadr-qimmatga erishish; 2) mutaxassis sifatida o‘zini takomillashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish (mehnat faoliyatining ikkinchi pallasi — 3 yildan 8 yilgacha — ish staji nazarda tutiladi) yoki kasbkorlik mahoratini egallash; 3) mahorat sirlaridan foyda- lanish, tashabbus ko‘rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy etuklikni namoyish qilish yoki mehnat faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli mahsulot yaratish namunasini ko‘rsatish.

YUqoridagi bosqichlar barcha kasbkor egalariga xos bo‘lsa-da, lekin ishlab chiqarishga ertaroqva kechroq kirib kelgan odamlar o‘rtasida Yosh jihatdan tafovut mavjud bo‘ladi. Masalan, kasb-hunar kollejini tamomlagan yigit-qizlar o‘z mehnat faoliyatini oliy ma’lumotli Yoshlardan oldin boshlaydilar, biroqular ham mazkur bosqichlarni bosib o‘tishlari shart.

Hozirgi mutaxassislarning ko‘pchiligi o‘quv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalar o‘rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshlab qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar o‘z mohiyatiga ko‘ra uch xildir; ular: a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhit shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlar, mehnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakger xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, ma’naviyati, an’analari va hokazo; b) bilim va bilishga oid qiyinchiliklar: maxsus o‘quv yurtida olgan bilimlardagi uzilishlar, saviyaningcheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning etishmasligi va boshqalar; v) mutaxassislik bilan bog‘liq o‘ziga xos qiyinchilik- lar; ishlab chikdrishning mohiyash, xususiyash, texnologiya, quriyamalar, asboblar, amaliy ko‘nikmaning bo‘shliga yoki ular bilan etarli darajada tanishmaganlik, kasbningiqgasodiy negazini to‘la anglab etmaslik, xavfsizlik texnikasi, mahsulot ishlab chiqarishning chizma-yoyilmasi va grafik ifodasini taqqoslash murakkabligi, muammolar oldida esankirab qolish. Bu qiyinchiliklarni enshsh davrida insonning ruhiy holatlari, jarayonlari va xususiyatlarida miqsor hamda sifat o‘zgarishlari ro‘y beradi.

Psixofiziolog P.PLazarevning fikricha, eshitish, ko‘rish, periferik va kinestetik sezgirlikning o‘zgarishi 20 Yoshdan boshlanadi. Bu ma’lumotni chet el psixologlari Fulds, Raven, Pako kabilar yanada rivojlantirib, aqliy va mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 Yosh deb hisobladilar. B.G.Anan’ev o‘zining ilmiy- tadqiqotlarida Yoshlik davrida yigit va qizlardagi o‘zgarishlarni murakkab shaxs jihatlaridan umumiy ruhiy holat, verbal va noverbal aqliy (mantiqiy va mnemik funkdiyalar) sodda jarayonlargacha (organizmda issiklik paydo bo‘lishidan metobolizm — modda almashinuvgacha), hatgo shaxsningxususiyatigacha bo‘lgan holatlarni o‘z ichiga qamrab olishini matematik usullarga asoslangan ilmiy ma’lumotlar va ularning chuqur sifat tahlili orqali ko‘rsatib o‘tadi.

Ko‘zlarning farqlashdagi sezgirlish inson Yoshiga qarab o‘zgarishini tadqiq qilgan S.V.Kravkov sezgirlikning ortishi 25 Yoshgacha davom etishini, barqarorlashuvi esa 25 Yoshdan keyin ham davom qiliishni ta’kidlaydi. B.G.Ananev laboratoriyasida olingan natijalar inson funksional darajasining oshishi 23—27 Yoshdaga yigit va qizlarda 44 foiz, funksional holatining barqarorlashuvi 19,8 foiz, funksional darajaning pasayishi 36,2 foizga tengdir. Bu ma’lumotlar kamolot bosqichining turli mikrodavrlarida o‘sish jihatlarining o‘zaro munosabata har xil kechishini ko‘rsatib turibdi. YU.N.Kulyutkin katga kishilarningdiqqat, xotira, tafakkur, bilish jarayonlarini birgalikda o‘rgangan. YU.N.Kulyutkin o‘z tadqiqotida 0—130 shkalagacha oraliqni tekshirib, 22—25 Yoshlarda diqkdt va xotira 100,5, tafakkur 102,5 ballga tengligini, 26—29 Yoshlarda esadiqqat 102,8, xotira 97,0, tafakkur 95,0 ball ekanligini isbotlab berdi. Amerikalik olim V.SHevchuk voyaga etgan odamlarda ijodiy faoliyatning boshlanish nuqgasini tadqiq kilib, 11—20 Yoshlar oralishda u 12,5 foiz, 21—30 Yoshlarda esa 66 foiz ekanini aniqladi. Ziyolilarning ilmiy mahsuli dinamikasini o‘rgangan Z.F.Esareva uning boshlanishi matematiklarda 18—23, fiziklarda 24—27, biologlarda 25—31, psixologlarda 27—30, tarixchilarda 27—32, filologlarda 28—33 Yoshlarni tashkil qilishini ko‘rsatib o‘tadi.

Yoshlarning ijtimoiy hayotda qatnashuvini o‘rgangan V.SHevchuk ijtimoiy faoliyatga kirishishning eng yuqori cho‘qqisi 25 Yosh ekanini aniqlab, bu hol odamlarning 45,4 foizida bo‘lishini ma’lum qiladi. Uning fikricha, qolgan Yosh davrlarida insonning jamoatchilik faoliyati nisbatan juda kichik birlikni tashkil qiladi, hatto, u 45 Yoshda 3 foizga teng bo‘ladi.

Kishilarda ko‘rish maydoni chegarasi (idrok) xususiyatini o‘rgangan L.N.Kuleshova va M.D.Aleksandrova 18—35 Yoshlardagi haydovchilarda uning uch xil: normadan ortiq 11 foiz, normada 47 foiz, qolganlarida etalon bo‘yicha normadan kam bo‘lishini ta’kidlaydilar.

23—28 Yoshgacha davrda qator funksiyalar darajasining o‘zgarishi, takomillashuvi: ko‘rish maydonining ko‘lami, ko‘z bilan masofani chamalash, fazoviy tasavvur, bilish darajalari; anglash, diqqat va idrokning yaxlitligi hamda o‘zgarmasligining o‘sishi boshqa fao- liyat va ko‘rish ta’sirchanliga, qisqa muddatli ko‘rish xotirasi yoki mustahkamlanishi namoyon bo‘ladi: 22—25 Yoshlarda ikki xil omillar doirasi vujudga keladi va ular mnemologik (xotira, tafakkur) va atgensional (diqqat xususiyati va xossasining) majmuasidan iborat bo‘ladi.

Yoshlikdavrida yigit-qizlar kamolotigauchta muhim psixoloshk mexanizm, ya’ni mehnat jamoasi, oila mikromuhiti va norasmiy ulfatlar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, mehnat jamoasidagi psixologik muhit, ma’naviyat olami, barqaror maslak, ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan an’analar va odatlar yansh a’zoning xarakgerida ijobiy yoki salbiy o‘zgarishni vujudga keltirishi mumkin. Mazkur ta’sir natijasida asga-sekin umuminsoniy fazilatlar tarkib topishi yoki muayyan shaxsiy nuqgai nazar yo‘qolishi mumkin. Mehnat jamoasit yanga qo‘shilgan a’zo unda o‘z o‘rni va qadr-qimmatini kdror toptirish uchun bir qator yon berishga, o‘z maslagidan sal bo‘lsa-da chetlashishga majbur bo‘ladi. Bu yo‘l jamoadagi psixologik muhitga moslashishi maqsadida ichki ruhiy ziddiyatlarga, murakkab kechinmalarga, unsiz tug‘yonga qarshi quyilgan qadam hisoblanadi. Shuning uchun yakka shaxs xarakgerini shakllantiruvchi yoki uning mustaxqam ichki rishtalarini emiruvchi omil mehnat jamoasidagi ijgimoiy fikrdir. Jamoaga bo‘ysunish har bir a’zoning burchidir.

Ayrim hollarda ko‘pchilikning tazyiqiga uchragan shaxsda prinsipiallik, adolatlilik singari hislar, shaxsiy nuqgai nazar bo‘shashib qoladi, natijada unda ikkilanish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Yoshlik gashtini surayotgan yigit va qizlar ota-onasiga, buva- buvisiga, opa-singillariga, aka-ukalariga, turmush o‘rtog‘iga, farzandlariga oqilona munosabatda, oila a’zolarining har biri bilan to‘g‘ri muloqotda bo‘lipsh, muayyan qoidaga asoslangan muomala qilishi shart. Oiladagi shaxslararo munosabatning ko‘lami kengligi sababli bir nechta bosqichli muloqotga asoslanish kerak. Lekin oila tinchligi, totuvligi va ahilligiga halal bermaslik niyatida Yosh yigit va qizlar (kelinlar) vijdon amriga qarshi xatti-harakat qilishga ham majbur bo‘ladilar, o‘z maslaklari, fikrlari, shaxsiy qarashlariga xilof yo‘l tutadilar. Dilkashlik uchun har bir oila a’zosi bilan umumiy "til" topishga intiladilar. SHunga ko‘ra, oila muhiti ham yigit va qizlarning ruhiyati hamda ma’naviyatini o‘zgartiradigan omil vazifasini o‘taydi.

Inson uchun psixologik mexanizm rolini bajaruvchi yana bir omil ulfatlar davrasidir. Ulfatlar odatda shaxsiy mayli, qiziqishi, intilishi, orzu-istaga, maqsadi, qarashlari, Yoshi va xulqi bir-biriga mos tengdoshlardan iboratdir. Ko‘ngilchanlik, do‘stlar ra’yiga qarshi bormaslik tufayli Yoshlar xarakterida o‘zgarishlar yuzaga keladi. YUksakhislar, barqaror e’tiqod, ilmiy dunyoqarash, ichki kechinmalar, mustaqillik va tashabbuskorlik tuyg‘ulari poymol bo‘ladi, ya’ni "Do‘stinguchun zahar yut" qabilida ish tutiladi. Natijada mas’uliyatsizlik, yuzakilik, loqaydlik, ikkiyuzlamachilik, bevafolik singari illatlar tarkib topa boshlaydi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, ulfatlar davrasida yangi fazilatlarni, ishbilarmonlikni, amaliy ko‘nikmalarni egallash imkoniyati ham bo‘ladi. SHu boisdan ulfatchilikka faqat maishat nuqgai nazaridan yondashmay, uning mazkur imkoniyatlaridan foydalanishga ham harakat qilish ayni mudsaodir.

Yoshlik davri insonning kuch-quvvatga, orzu-havasga, ijodiy rejalarga, izlash va izlanishlarga, aqliy imkoniyatlarga boy davridir. Kelajak taqsiri, mo‘l-ko‘lchiligi, farovonlish, qudrati, madaniyati Yoshlarga bog‘liq, Shuning uchun ularning istiqbol rejalari, yaratgan loyihalari, shakllanayotgan ma’naviy va ruhiy olami hech kimni befarq qoldirmaslik kerak.

8.2. Etuklik davrining birinchi bosqichida shaxsning psixologik xususiyatlari

Kamol topishning bu bosqichiga 28—35 Yoshlardagi erkak va ayollar kiradilar. Etuklik davrida odam o‘zining barcha kuch-quvvati, qobiliyati, aql-zakovati, ichki imkoniyatlarini o‘z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga to‘la safarbar qila oladi. Erkak va ayollarning bu davrda mehnat va ijtimoiy faoliyatda muayyan tajribaga egaliga ularni istiqbol sari etaklaydi. Etuk shaxsning boshqalarga munosabati, ularni baholashi, dinamik stereotipida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi. U endi faqat o‘zining xatti-harakati uchun emas, balki boshqa odamlarning qilmishlari uchun ham javobgarligini anglay boshlaydi, ayniqsa, hayot tajribasiga ega bo‘lmagan Yoshlarning o‘z farzandlarining xulq-atvori, yurish-turishi uchun ham kuyadi, ularga imkoniyat boricha erdam berishga intiladi.

Etuklik kattalik, donishmandlik, rahnamolik, g‘amxo‘rlik, homiylik davridir. Boshqa Yosh davrlaridagi kabi mazkur davrda ham muayyan darajada inqiroz bo‘ladi. Bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirishga, kdysi imkoniyatlardan foydalanmagani, ayrim xatolar, tushunmovchiliklar sababli ko‘ngilsizliklar vujudga kelganlishni anglay boshlaydi. O‘ziga o‘zi hisob berish shu davrning muhim psixoloshk xususiyatlaridan biridir. Organizmdash ayrim o‘zgarishlar, umrning tez o‘tishi kishini qattiq tashvishga va iztirobga soladi. U bundan keyingi hayotninghar bir daqiqasidan unumli foydalanishga qaror qiladi. Ayrim orzu-istaklarini amalga oshirish uchun jismoniy va ruhiy imkoniyatlari etishmaslishni anglash uning psixikasida "turg‘unlik" tuyg‘usini vujudga keltiradi. Buning asosiy sababi 33—35 Yoshlarda mnemologik — attension majmua tubdan qayta qurilishidir. YAxlit mnemologik markazning mnemik (xotira) va mantiqiy (tafakkur) qismlarga ajralishi ro‘y beradi. Attensional holatning omillari saqlanib qoladi, lekin katga Yoshdagi inson intellekti tarkibida xotira va tafakkur muhim o‘rin tutadi. Biroq o‘zgarishlar uning ruhiy dunyosida, kechinma- larida, his-tuyg‘ularida chuqur iz qoldirmaydi, etuk shaxs xotirasida illyuzion xususiyatga ega bo‘lgan tasavvur obrazlari (Yoshlik tuyg‘usi, kayfiyati, orzusi, xom xayoli) saqlanib qolaveradi.

Etuklik bosqichida jismoniy va aqdiy imkoniyatlardan to‘laroq foydalanish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Bu hol butun kuch-quvvat, aqdiy zo‘riqish, iroda kuchi, asab taranglashuvi hisobiga emas, balki muayyan ko‘nikma, malaka va mahorat asosida ro‘y beradi.

Etuklikning turli davrlarida kamol topish jabhalarining o‘zaro munosabatini tadqiqqilgan B.G.Ananev laboratoriyasi xodimlari 29—32 Yoshlarda funksional darajaning oshishi 46,2, barqaror lashuvi 15,8, funksional darajaningpasayishi 38,0, 33—35 Yoshlarda mos ravishda 11,2; 33,3 va 55,5 foizni tashkil qilishini aniqlashgan.

YU.N.Kulyutkin tadqiqotining natijasiga qaraganda, 30—35 Yoshlarda diqqat 102,8, xotira 99,5, tafakkur 102,3 birlikka baravardir. Etuklik davri faoliyatining mahsuldorligini o‘rgangan G.Leman uning cho‘qqisi kimyogarlarda 30 Yosh, matematiklarda 30— 34, geologlar va astronomlarda 30—35 Yosh ekanligini va o‘rtacha mahsuldorlik cho‘qqisi 37 Yoshda bo‘lishini qatsd qilgan.

Psixofiziolog S.V.Kravkov ko‘zning farqiash sezgirligi Yoshga qarab o‘zgarishini 4 Yoshdan 80 Yoshgacha bo‘lgan odamlarda tekshirib, sezgirlikning ortishi 25 Yoshgacha, sezgirlikning barqarorlashuvi 25—50 Yoshgacha davom etishi mumkinligini aniqlagan.

Z.F. Esareva oliy maktab o‘qituvchilari aqliy faoliyatining mahsuldorligi muammosini tadqiq qilib, nomzodlik dissertatsiyasini yoqlashni matematiklar — 26, psixologlar — 32, filologlar — 34, tarixchilar — 31, fiziklar — 30, biologlar 32 Yoshda amalga oshirishi mumkinlishni aniqlagan. Kamolotning birinchi bosqichidaga etuk kishilarda ijtimoiy faoliyatda qatnashish istaga 30 Yoshda 18,3 foiz, 35 Yoshda 6,2 foizni tashkil etadi. Demak, ijtimoiy tashkilotlar faoliyatida qatnashish ko‘lami torayib boradi.

Bu davrda erkak va ayollarning tafovutlari namoyon bo‘ladi: jismoniy, jinsiy, ruhiy kamolotda ayollar ilgarilab kelgan bo‘lsalar, endi erkaklar oldinga o‘tib oladilar va bu hol inson umrining oxirigacha saqlanib qoladi.

Etuklik davrida ijodiy faoliyatning mahsuldorligini Z.F.Esareva quyidagi mezonlar bilan o‘lchashni lozim topadi: 1) e’lon qilingan ilmiy ishlarning miqdori; 2) chop qilingan asarlar ichida o‘quv qo‘llanma, darslik va monografiyalarning mavjudligi;

3) ilmiy tadqiqotda yangi yo‘nalishning ochilishi;



  1. ilmiy muammoni hal qilishda yangi usulning kashf etilishi;

  2. ilmiy makgabning tashkil qilinishi; 6) boshqa mualliflarning ishlariga murojaat qilish va ilova berish miqsori; 7) o‘qituvchining ilmiy ma’lumotlaridan talabaning mustaqil ishlarida foydalanish ko‘lami; 8) o‘qituvchi rahbarligidagi diplom va dissertatsiya ishlarining miqdori va sifati; 9) o‘qituvchining ilmiy faoliyatdagi muvaffaqiyati mukofot bilan taqdirlanishi; 10) dotsent va professor degan ilmiy pedagogik unvonlarga sazovor bo‘lish kabilar.

Mazkur Yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar, g‘alabalar yoki muvaffaqiyatsizliklar kishining ruhiy dunyosiga qattiq ta’sir etadi. Natijada unda takabburlik, mag‘rurlikhislari paydo bo‘ladi, o‘zini boshqalardan ustun qo‘ya boshlaydi yoki, aksincha, hayot zahmatlari uning pessimist, narsa va hodisalarga nisbatan loqaydlik tuyg‘usini vujudga keltiradi. Lekin har ikkala ko‘rinishga ega bo‘lgan ruhiy holat ham oila a’zolari, tengqurlari, mehnat jamoasi a’zolarining ta’siri orqali asta-sekin muayyan yo‘nalishga tushib qoladi.

Umuman, kamolot bosqichidagi odamlar istiqbol rejasi bilan yashashga harakat qiladilar, voqelikka, turmush ikir-chikirlariga, tabiat, jamiyat, koinot hodisalariga befarq qaramaydilar, imkoni boricha xotirjamlik, topguvlik, tinchlik, do‘sglik, dunyo lazzatlaridan oqilona foydalanish tuyg‘usi bilan yashaydilar.

8.3. Etuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari

Etuklik davri 36—55 (60) Yoshlardaga erkak va ayollarni o‘z ichiga oladi. Mazkur davrda ijodiy faoliyatni qaytadan baholashda o‘z ifodasini topuvchi yangi xislat namoyon bo‘ladi. Ular shu kungacha mehnat faoliyatida miqdor ketidan quvib yurgan bo‘lsalar, endi mehnat mahsulining sifati ustida bosh qotira boshlaydilar. Oilaviy turmushga, ijtimoiy hayotga, yashashning maqsadiga, inson qadr-qimmatiga, tevarak-atrofga, o‘zlariga va boshqa odamlarga yansh mezon bilan qaray boshlaydilar. Turmushning ikir-chikirlari, ijtimoiy hodisalarga vazmin, sabr-toqat bilan hayot tajribasiga suyangan holda munosabatda bo‘ladilar, har bir narsaning nozik tomoni yoki yomon oqibati haqida o‘z fikrlarini bildiradilar. Hayotda qo‘ldan boy bergan imkoniyatlari, xato va kamchiliklari ularda etti o‘lchab, bir kes qabilida ish tutish tuyg‘usini vujudga keltiradi. Shuning uchun ular umrning biror daqiqasi behuda o‘tishiga achinadilar, Yoshlik yillarida yo‘qotganlarini aqya-zakovat, donishmandlik bilan to‘ldirishga intiladilar.

Etuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari ko‘proq o‘rin egallay boradi, uning boshlanish nuqgasi 45—50 Yoshlardir. Lekin odamlarning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra, bu chegara turlicha, masalan, bu bir kishida 60 Yoshda, boshqa birida esa 70 Yoshda bo‘lishi mumkin. SHu sababli Yosh davrining chegaralari fakli shartli belgilanadi. Bu omil odamlar yashayotgan oila muhitiga, tarixiy-ijtimoiy shart-sharoitga, jug‘rofiy iqlim va hokazolarga ham bog‘liqdir. Mazkur Yosh davrining o‘zgaruvchanligini insonning biologik, ijtimoiy va tarbiyaviy omillari (irsiy alomat, ijtimoiy muhit, uzluksiz tarbiyaviy ta’sir) belgilaydi.

YU.N.Kulyutkin bir xil Yosh davridagi odamlarda har xil jarayonlar, holatlar, xossalar, xususiyatlarningo‘sishi, o‘zgarishi baravar emas, balki ularning birovda oldin xotira, keyin tafakkur, boshqa birovda, aksincha, rivojlanishini, bir psixik jarayonning zaiflashuvi, ikkinchisining jadal sur’at bilan o‘stirishini uqgiradi.

SHaxsningo‘z ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqchrishga intilishi faoliyatning barcha turlarida ma’naviy va ruhiy jihatdan o‘zini anglashini yanada takomillashtiradi. Etuklik davridagi erkak va ayollarning o‘zligini anglashdagi "Men" uch xil ko‘rinishda ifodalanadi: "Men" ko‘pincha "Men — obraz" shaklida o‘zi tomonidan talqin qilinadi. SHaxsning "Men — obrazi": 1) retrospektiv "Men"dan iborat bo‘lib, o‘tmishdagi o‘zligini aks ettiradi; 2) aktual "Men" sifatida tasavvur etilib, o‘zining hozirgi davrini ifodalaydi; 3) ideal "Men" obrazi esa yaqin kelajakda o‘zining qanday tasavvur qilish tuyg‘usi bilan bog‘liq holda yaratiladi. Shuning uchun o‘z imkoniyatlarini hayotda to‘la safarbar qilish istagi ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida o‘zining o‘tmish obrazini hozirgisi bilan solishtirib, shaxsiy ideal modelini vujudga keltiradi, shaxs mazkur modelga asoslanib, turmush rejalarini, xatti-harakat maqsadini, usul va vositalarini tanlay boshlaydi. Insonning o‘tmishidan hozirgi kunga, hozirgi kundan kelajakka intilishi o‘zini anglashning bosh mezoni hisoblanadi. O‘zligini anglashning boshqa mezonlari ham mavjud bo‘lib, ular o‘zini o‘zi baholash, nazorat qilish, tekshirish, qo‘lga olish, o‘ziga buyruq berish kabilarda aks etadi. O‘zini anglash ko‘pincha, o‘ziga boshqa kishilar: a) Yoshi ulug‘ odamlar; b) tengdoshlari; v) o‘zidan kichik odamlar nuqtai nazaridan qarashda ko‘rinadi.

Mazkur Yosh davridagi odamlarning ko‘rish maydonini o‘rgangan L.N.Kuleshova va M.D.Aleksandrova 36—50 Yoshli erkaklarda ko‘rish chegarasi quyidagicha ekanini aniqlaganlar: normadan ortiq4 foiz, normada 53 foiz, qolganlari normadan kam. YU.N.Kulyutkin 36—40 Yoshli sinaluvchilarda diqqat, xotira, tafakkurning 0—130 gacha shkalada 94,8; 93,7; 99,0 birliklarga ega ekanligini isbotlab berdi. B.G.Ananev esa mazkur Yoshdagilarda shaklni idrok qilishni binokulyar va monokulyar yo‘llarida muayyan darajada tafovutlar yuzaga kelishini aytadi.

Qator olimlar (Klapared, Mayls, Bellis, Filip) mazkur Yoshdagilarning tovush va yorug‘likdan ta’sirlanish vaqgi o‘zgarishini o‘rganganlar. Olingan ma’lumotlar amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘z qimmatini hozirgacha saqlab kelmokda. Fulds, Raven, Pako kabi tadqiqotchilar intellektning mantiqiy qobiliyatini tekshirib, 30 Yoshda 96, 40 Yoshda 87, 50 Yoshda 80, 60 Yoshda esa 75 foiz bo‘lishini aniqlaganlar. Ularning ijtimoiy faoliyatga kirish xususiyatini faollik nuqtai nazaridan o‘rgangan V.SHevchuk 35 Yoshdagi odamlar- ning 6,2 foizi bu faoliyatda qatnashish istagini bildirsa, 40 Yoshda 2,2 foizi qatnashishni xohlaydi, 2,8 foizi esa undan chiqishga qaror qiladi. Bu holat shu tarzda davom etadi.

Z.F.Esareva oliy makgab o‘qituvchilarining ijodiy faoliyati xususiyatlarini o‘rganib, doktorlik ishlarini yoqlashni matematiklar 33, psixologlar 46, filologlar 46, tarixchilar 47, fiziklar 37, biologlar 40 Yoshda amalga oshirishini aniqlagan.

Umuman, etuklik davrining ikkinchi bosqichiga mansub kishilar bir tomondan, bugun imkoniyatini mehnat va ijtimoiy faoliyatlarga bag‘ishlagani bilan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy faolliklari susayib borishi bilan farqlanadi. CHunki insonning keksayishi ham quvonchli, ham o‘kinchli damlarga, kechinmalarga, his-tuyg‘ularga serobliga bilan boshqa Yosh davridaga odamlardan ajralib turadi. Xotirjam dam olish istagi bilan ijtimoiy faoliyatdan uzoqlashish tuyg‘usi o‘rtasida inqiroz vujudga keladi. Qanday qarorga kelish, ya’ni mehnat jamoasi bilan alokdni uzmaslik yoki muglaqo ijtimoiy faoliyatdan chetlashish muayyan holatlardagi motivlar kurashiga bog‘liqdir.

Hozirgi zamon kishilarining o‘rtacha umr ko‘rishi XX asr boshlaridashga nisbatan kdriyb bir yarim — ikki marta uzayganlish, etuklik davridagi erkak va ayollarning jismoniy baquvvatligi, ma’naviyati va ruhiyati tetikligi ijtimoiy faollikni susaytirish haqida so‘z bo‘lishi mumkin emasligini ko‘rsatmokda. Demak, ularning ishchanliga, aqliy qobiliyati, kasbiy mahorati, turmush tajribasi, onshning yuksakligi, ma’naviyatining boylish, ruhiyatining soflish yangi zafar, mehnat kuvonchlari sari dadil qadam tashlashga to‘la kafolat beradi.

9-MAVZU: GERONTOPSIXOLOGIYA

Reja:


  1. Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha.

  2. Biologik keksayish.

  3. Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi.

  4. Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari.

  5. Uzoq umr ko‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari

9.1. Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha

Gerontopsixologiya psixologiya fanining tarkibiy qismi ekanini ilmiy jihatdan S.Xoll asoslagan bo‘lsa-da, lekin bu yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida Mark Tulliy Sitseron ("Katta Katon yoki keksayish haqida" asarida), I.I.Mechnikov ("Optimizm etyudlari" kitobida), O‘rta Osiyo allomalari donolik, donishmandlik haqidagi durdonalarida falsafiy fikr va muyaohazalarni bildirganlar. Amerikalik psixolog S.Xoll (1846— 1924) "Keksayish" monografiyasida amaliy va metodologak ahamiyatga molik qator g‘oyalarni ilgari surgan. O‘sha asar keng ilm ahli ichiga tez yoyilishiga qaramay, uning izdoshlari birdaniga ko‘paymadi.

Yigirmanchi asrning 30-yillaridan boshlab keksalik davriga oid tibbiy-bioloshktadqiqotlarning ko‘payishi, Shuningdek, inson kamolotiga shaxs sifatida yondashishning paydo bo‘lishi psixoge- rontologiyaningrivojlanishiga birmuncha ta’sir ko‘rsatdi. Ana shu tariqa keksayishga tibbiy, ijtimoiy jihatdan yondashish bilan bir qatorda psixologik jabha jihatidan yondashish ham vujudga keldi va psixogerontologiyaning tadqiqot sohasi kengayib bordi, shu soha bo‘yicha ingliz tilida maxsus jurnallar chiqa boshladi. Ilmiy izlanishlarning aksariyati keksayish davridagi odamlar shaxsining xususiyatlari, diqqati, xotirasi, tafakkuri, aql-zakovatiga bag‘ishlangan bo‘lib, boshqa psixik holatlar, jarayonlar juda kam tadqiq qilingan. Hozir keksayish psixologiyasi ham gerontologiyaga, ham ongogenez psixsshogiyasi sohasiga taalluqli degan ikki xil ilmiy nazariya mavjud, vaholanki, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini doimo ilmiy axborot va ma’lumotlar bilan boyitib turadi.

Psixogerontologiya fanida gerontologiya, involyusiya, geriatriya, gerogigiena, geteroxronlik kabi ilmiy tushunchalar mavjud. Gerontologiya — grekcha so‘z bo‘lib, keksayishning, keksalikning kelib chiqishi demakdir. Geriatriya so‘zi keksaygan inson shaxsini davolashni bildiradi. Involyusiya tushunchasi evolyusiyaning teskarisi bo‘lib, o‘sishdan orqaga qaytishni ifodalaydi. Gerogigiena — keksaygan odamning salomatligini saqlash va mustahkamlash sohasidir. Gerogigiena keksa odamlarda asab, ruhiy kasalliklarning oldini olish uchun xizmat qiladi. Geteroxronlik bir xil Yoshdagi odamlarda ruhiy jarayonlarning turlicha (har xil vaqg va muddatda) namoyon bo‘lishidir.

Psixogerontologiya fanida gerontogenezning evolyusion omillari qatoriga I.V.Davidovskiy nasliy, ekologik, biologik, ijtimoiy alomatlarni kiritadi. D.Bromley insonning kidirish sikli uchta bosqichdan iborat bo‘lishini ta’kidlaydi: 1) "ishdan, xizmatdan uzoqlashish" (iste’fo) — 66-70 Yosh; 2) keksalik (70 va undan katta Yosh), 3) munkillagan keksalik (hasta keksalik va o‘lim) — maksimum 110 Yosh. SHu bilan birga (keksayishning qonuniyatlari ham kashf qilingan, ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) geteroxronlik (har xil vaqglilik) qonuni; 2) o‘ziga xoslik qonuni; 3) xilma-xillik qonuni.

I.V.Davidovskiy "Keksayish nima?" nomli asarida ta’kid- laganidek, inson 50—60 Yoshga to‘lganda yoki undan oshgan chog‘ida etuklikning kechikkan davriga kirib keladi. SHu Yoshdagi odamlarningo‘limini XVIII asrdagi tengdoshlari bilan taqqoslansa, ularning yashash va mehnat qilish imkoniyati 75 Yoshgacha uzayishi mumkin. CHunki hozirgi kunda nafaqani belgilash haqiqiy bioloshk qarish Yoshidan 15—20 yil ilgarilab ketgan. Bu hol aqliy mehnat bilan shug‘ullangan ziyoli odamlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. I.V.Davidovskiyning fikricha, uzoq umr ko‘ruvchilar asosan ozshn, faol, harakatchan odamlar bo‘lib, havodan erkin nafas olishni juda yoqgiradilar, organizm faoliyatiga daxldor tinka quritar kasal- liklardan holi bo‘ladilar.

Tadqiqotchi P.P.Lazerev 1928 yilda umr o‘tishi bilan ko‘ruv apparati markaziy etnologiyasining xiralashuvini aytgan edi. Keyinchalik, 1967 yilda amerikalik psixolog Gregori bu fikrni tajribadan o‘tkazdi va inson keksayishi bilan retseptor appa- ratining optik funksiyasi zaiflashadi, ko‘ruv sezgasi va idrokini xiralashtiradi, dedi. Ko‘zningranshi sezishi Yoshi ulgayishi bilan o‘zgarib boradi, hatgo, rangni ajratish qobiliyati sezilarli darajada pasayadi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, rang ajratish, spektr nurlarining yoyilishi Ibn Sino tomonidan tushuntirib berilgan, fan olamida esa bu kashfiyot Gel’mgolsga qiyos beriladi. Ko‘rishning pasayishi geteroxron xususiyat kasb etib, spektrning qisqa va to‘kis qismida (ko‘k va qizil rangda) aniqroq aks etadi.

Psixogerontologik nuqgai nazardan sezish vaqgini tad qilgan E.N.Sokolov, E.I.Boyko, A.R.Luriya sezish vaqti Yosh davrining informatsion stimul funksiyasidan boshqa narsa emas, deya xulosa chiqaradilar. Ular sezish vaqgining egri chiziqli ko‘rsatkichlarini sxema tarzida ishlab chiqib, keksalik davriga xos ikkita xususiyatni chuqur tahlil qildilar. Xuddi shunga o‘xshash ma’lumotlar D.Birron, D.Botvinnik tajribalarida ham olingan.

Psixogerontologiyada keksa erkak va ayollarning psixologak xususiyatlarini o‘rganishda ko‘proq test (sinov) dan foydalaniladi. Testlar o‘z maqsadi, mohiyati hamda tizimiga binoan bir nechta ko‘rinishga ega: 1) maqsadga yo‘naltirilgan, bilim hajmini aniqlovchi standart testlar — imtihon — sinov varaqasi; 2) insonning aql-zakovatini o‘lchashga moslashtirilgan aql testlari; 3) inson shaxsining fazilatlarini tekshirishga mo‘ljallangan testlar; 4) inson iste’dodi, iqgidori hamda qobiliyatining darajasini aniqlashga qaratilgan testlar.

Keksayish davrida odamlar psixologiyasini o‘rganish testlar yordamida amalga oshirilishi sinaluvchilarda irodaviy kuch-quvvat sarflash, aqliy zo‘riqish, asabiy tanglik holatlarini kamaytirish uchun xizmat qiladi, tajribada vaqgdan tejamli foydalanish imkoniyatini yaratadi. SHu bilan birta testlar kishilarda (rang-barangligi uchun) qiziqish, tabiiy mayl, shug‘ullanish his-tuyg‘usini uyg‘otadi. Testlar bilan ishlashda vaqg cheklanganligi sababli ayrim nuqsonlarga yul qo‘yiladi, lekin ularni aynan o‘sha sinaluvchilarda muayyan vaqg o‘tgandan keyin takror o‘tkazilsa, kamchiliklar barham topishi mumkin. Keksalar psixologiyasini tadqiq qilishga oid tajribalarda psixogerontologiyaning ayrim usullaridan keng foydalanilmokda.

9.2. Biologik keksayish

Nafaqa Yoshiga to‘lgan kishilarning ishni davom etgirish istash va ulardan foydalanish ehtiyoji tibbiyot va ruhiyat ilmi oldiga bir qancha talablar qo‘yadi. Bu talablar M.D.Aleksandrova va uning shogardlari ta’kiddaganidek, 60 Yoshdan oshgan odamlarning somatik sihatliligi ularning ishlab chiqarishda qatnashishiga qanchalik imkon berishini, insonning ruhiy salomatligi ishlashda qay darajada yordamlashishini, sog‘lom keksa odamning psixo- fiziologik funksiyalari, psixik jarayonlari, shaxsiy xususiyat- lari va kasb-korlik uchun zarur talablarga mos kelish-kelmas- ligini aniqlashdan iboratdir. SHularning so‘nggi qismini tadqiq qilish bevosita psixologlarning zimmasida bo‘lib, Yosh ulg‘ayib borishiga qarab fiziologik funksiyalarning o‘zgarishi psixometriya ma’lumotlariga tayanib muayyan usulda o‘rganilishi lozim. Bu usulda bir qancha elat, jamoa hududning xuddi shu Yoshdagi aholisi bilan solishtiriladi. Tadqiqotning bu usuli ayrim ruhiy jarayonlarning Yosh dinamikasini aniqlashga xizmat qiladi.

Asab sistemasining qarishi V.D.Mixaylova-Lukasheva, M.M.Aleksandrovskaya kabi olimlarning fiziologak va gistologak tadqiqotlarida keksalarning asab sistemasi, bosh miya tuzilishi o‘zgarishi o‘rganilgan bo‘lib, bu hol makroskopiya va mikroskopiya ma’lumotlari asosida ifodalangan.

Makroskopiya ma’lumotlariga ko‘ra: a) keksalik davrida miyaning og‘irliga 20-30 foiz engallashadi: b) bir davrning o‘zida miya bilan kalla suyagining hajmi o‘rtasida disproporsiya kuchayadi; v) keksayish davrida miya burmalari kamayadi va ariqchalari kengayishi kuzatiladi, bular ayniqsa miya qobig‘ining peshona qismida yaqqol ko‘rinadi va etuk Yoshdagi odamlarga qaraganda 3—4 ta yo‘l qisqaradi; g) miyaning zichligi ortadi.

Mikroskopiyaning natijalariga binoan: 1) nerv hujayra- larining umumiy miqsori kamayadi, bu o‘zgarish qobig‘ining III-V zonalarida aniq bilinadi; 2) Purkine hujayralarining mikdori keskin kamayadi, hujayralarning yo‘qolishi etuk kyshilart nisbatan 25 foiz ko‘p bo‘ladi; 3) nerv hujayralari ajinlashadi: yadro esa noto‘g‘ri ko‘rinishga ega bo‘la boshlaydi; 4) nerv tolalari yo‘g‘on- lashadi; 5) xabar olib boruvchi yo‘lda mielin tolalarining miqdori ozayadi.



Sensor-perseptiv funksiyalarning qariish. Ko‘rish funksiyasining Yosh davri dinamikasiga bag‘ishlangan qator tadqiqotlar mavjud bo‘lib, amerikalik psixolog Kruk tadqiqotining ma’lumotlariga qaraganda, agar vaqg hech bir cheklanmasa, ko‘ruv stimullarini idrok qilish 20—50 Yoshli odamlarda bir tekis, aniq va to‘g‘ri amalga oshishi mumkin. Mabodo vaqg cheklangan bo‘lsa, idrok qilinayotgan jism qisqa vaqg namoyish qilinsa, qo‘zg‘atuvchining kuchi o‘zgarib tursa, Yoshlar bilan kattalar o‘rtasida keskin farq vujudga keladi. Oddiy turmushda bu hol jismlarga uzoq muddat termulish imkoniyati va sun’iy yorug‘liqdan foydalanish ko‘ruv idroki pasayishining oldini oladi va muvaqqat uzilishni barham toptiradi. L.E.Birron va L.Botvinnik quyidagicha xulosa chiqardilar: sensor axborotni qayta ishlash va stimullarni baholash uchun keksa kishilarga ko‘p vaqg kerak. Ko‘rish pasayishining ikkita sababi bo‘lib, biri ko‘z gavharining torayishi, ikkinchisi ko‘z akkomodatsiyasining yomon- lashuvidir.

S.Pakoning fikricha, idrok qilinayotgan ob’ekt va uning stimullari qanchalik murakkablashib borsa, tajribada Yosh davrining farqlari shunchalik ortib boradi.

Bir guruh psixologlarning uqdirishicha, idrok funksiyasidagi Yosh davriga bog‘liq pasayishning asosiy sabablaridan biri miya po‘stining gnostik zonasidagi neyronlar miqdorining kama- yishidir. U.Mayls va A.Uelford uning pasayishini aytganlar.

Eishtish. Eshitish qobiliyatining eng yuqori darajasi 14—15 Yoshlarga to‘g‘ri keladi, undan keyingi kamolot davrlarida biroz pasayish yuz beradi. Ko‘pgina olimlarning fikricha, inson Yoshining ulg‘ayishi bilan eshitishning zaiflashuvi mo‘‘tadil holat hisoblanib, organizmning biologik qarishi bilan uzviy bog‘liq ravishda kechadi. Ishlab chiqarishdaga kuchli shovqin odamning eshitish qobiliyatini yomonlashtiradi. Eshitish uquvini yuqotish erkaklarda ayollarga qaraganda kup uchraydi.

Ta’m bilish sezgisida ham Yosh ulg‘ayishi va keksalik tufayli ayrim o‘zgarishlar vujudga keladi. Masalan, nordon, shirin va achchiq- ni sezish 50 Yoshgacha keskin o‘zgar- masa-da, lekin undan keyinsh o‘sish davrida maza surg‘ichlari miq- dorining kamayishi evaziga sezsh chegaralarining kengayishi sodir bo‘ladi.

Hid sezgirligining o‘zgarishiga asosiy sabab nerv uchlari va tolalarida karaxtlikning boshlanishidir. Bundan tashqari, hid bilish sezshrligi kamayishining sabablari havoning ifloslanishi, zaharli va ko‘lansa hidsh moddalar bilan nafas olish, chekish, oziq-ovqatda A vitamini etishmas- ligidir.

Keksayganda og‘riq va teri-tuyush sezgirligi ham pasayadi. Tebranish sezshrlish ham Yosh o‘tgan sari yomonlashadi, orqa miyaning orqa qismlaridagi degenativ o‘zgarish ana shu holatni keltirib chiqaradi.

9.3. Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi

Keksayish davriga 61(56)—74 Yoshli erkak va ayollar kiradilar. Bu davrdagi kishilar xilma-xil xususiyatlari, shaxslararo munosabatlari bilan boshqa Yosh davrlardagilardan ajralib turadi. Mazkur Yoshdagilarni shartli ravishda ikkita katta guruhga ajratish mumkin: a) mutlaqo iste’foga chiqqan, ijtimoiy faol bo‘lmagan erkak va ayollar; b) nafaqaxo‘r erkak va ayollar, lekin ijtimoiy hayotning u yoki bu jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan keksalik alomatlari bosayotgan odamlar. Ularninghis-tuyg‘ulari yashash tarziga muvofiq namoyon bo‘ladi. Ularning his-tuyg‘ulari vujudga kelishi jihatdan ikki xildir: 1) barqaror kayfiyat, hotirjamlik tuyg‘usiga ega bo‘lgan, o‘z qadr-qimmatini saqlayotgan, nufuz talab erkak va ayollar; b) kayfiyati barqaror, osoyishta xulq-atvorli, oila muhitining sardoriga aylangan, tabiat va jamiyat go‘zalliklaridan bahramand bo‘layotgan, ijtimoiy faoliyatdan qariyb uzoqlashgan, qarilik gashtini surayotgan kishilar. Ularning bir guruhi moddiy boylikni ma’naviyat bilan qo‘shib olib borishga intilsalar, boshqalari to‘plangan moddiy boylik bilan qanoat hosil qiluvchilar, qolgan umrini xotirjam, zahmat chekmay o‘tkazishga ahdu paymon qilgan erkak va ayollardan iboratdir. Mazkur Yoshda yuzaga keladigan inqiroz ham mana shu ikkala omilning mahsuli hisoblanadi.

Keksayish davrida biologik organning zaiflashuvi psixik jarayonlarning ham o‘zgarishiga olib keladi. Ruhiy keksayish alomatlari ayollarda ertaroq paydo bo‘ladi. Erkak va ayollar o‘rta- sidagi farqlar borgan sari yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi. Bu farqlar bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira, tafakkur), axloqqacha (farosatlilik, hushyorlik, hozirjavoblik, topqirlik) va aql-zakovat (aql, bilim, ijtimoiy tajriba, mahorat, ijodiy faoliyat, barqaror malaka) kabi ruhiy holatlarda o‘z aksini topadi. Ayollarning zaifa deb nomlanishi ham bejiz emas, chunki jismoniy zaifliqdan tashqari boshqa ruhiy kechinmalarda ham beqarorlik sezilib turadi (ko‘z Yoshi quvonchdan bo‘lsa — irodaning zaifligini ko‘rsatadi, g‘am-g‘ussa, o‘kinish, tug‘yon sababli bo‘lsa his-tuyg‘uni boshqarish imkoniyati yo‘qligini ko‘rsatadi). Ayollarning tabiiy azobdan (tug‘ish, bola tarbiyasi) tashqari xizmat, oila tashvishi, yumushi, mehr-muhabbatga otashligi, nozik qalbi tashqi qo‘zg‘atuv- chilarga tez javob beruvchanligi jihatdan ertaroq qarishga olib keladi (asab sistemasining buzilishi, irodaviy zo‘riqish, aqliy tanglik holatlari).

Psixologlar keksayish davridagi erkak va ayollarning ruhiy dunyosini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borganlar. Amerikalik V.SHevchuk mazkur Yoshdagi odamlarning ijtimoiy faoliyatda qatnashishi xususiyatini tekshirib, 65 Yoshlilarning 24,1 foizi, 70 Yoshlilarning 17,4 foizi, 75 Yoshlilarning 7,7 foizi ijtimoiy faoliyatdan voz kechganligini aniqlagan. Oliy maktab muallimlarining ilmiy mahsuldorligi dinamikasini tadqiq qilgan M.D.Aleksandrova matematika, fizika, biologiya, psixologiya va boshqa sohalarning vakillari o‘rtasida keksayishning birinchi bosqichida (61—66 Yoshlarda) bir oz farq mavjud bo‘lsa-da, uning ikkinchi bosqichida (67-72 Yoshlarda) o‘sha tafovut ham yo‘qolib borishini ta’kidlavdi. L.I.Zaxarova esa keksayish davridagi erkak va ayollarning oliy nerv faoliyatini tekshirib, ularda ranglarni ko‘rish maydonining chegarasi uchun quyidagilar muhim rol o‘ynashini uqtiradi: 1) ko‘rish yo‘llari analizatori chekka qismlarining holati; 2) markaziy nerv sistemasining umumiy faolligi; 3) insonning Yoshi; 4) ko‘rish analizatorining faoliyat ko‘rsatish sharoiti; 5) insonning jinsi.

Amerikalik psixolog D.Veksler keksayishda aqlni o‘lchash uchun 1939 yilda maxsus test ishlab chiqqan va "Katta kishilar aqlini o‘lchash va baholash" nomli kitobida test o‘tkazish usuliyatini batafsil bayon qilgan.

D.Veksler tavsiya qilgan formulaga binoan har qanday Yoshdagi shaxsning akdiy kamolot darajasini mazkur Yoshga munosib tarzda ishlab chiqsa bo‘ladi. Buning uchun muallif aql koeffitsienti atamasidan foydalanadi:



AK= ─?100

D.Veksler shkalasi bo‘yicha AV — shaxsning aqliy ko‘rsatkichini, KV (keksayish darajasi) esa kalendar Yoshini anglatib keladi.

"Veksler batareyasi" 11. ta subtestdan iborat bo‘lib, ulardan 7 tasi verbal (so‘zlardan tuzilgan), 4 tasi noverbal (alomatlardan iborat)dir. Barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yuqori natijaga 15—25 Yoshlilar, boshqa ma’lumotlarga ko‘ra 26—29 Yoshlilar erishadilar; keyin 40—45 dan asta-sekin pasayish boshlanadi; 60— 65 Yoshlarda bu ko‘rsatkich yanada quyiga tushadi.

D.Veksler keskin o‘zgaruvchan va kam o‘zgaruvchan Yosh davri funksiyalariga alohida e’tibor beradi. Birinchisiga qiskd muddatli xotira, o‘xshashlik, simvollar, Koss kubchalari; ikkinchisiga — lug‘at boyligi, umumiy ma’lumotlilik, rasm tuzish (tartibga keltirish ma’nosida), tugallanmagan rasmlarni vdrok qilish kiradi. Mazkur variatsiyalardan foydalanib, eksperimental psixologiyaga yangi ko‘rsatkich kirigishni taklif qiladi, uni deterioratsiya koeffitsienti deb ataydi (deterioratsiya — yomonlashuv, buzilish, demaqdir):

DK = ──?

bu erda BKX — barqaror ko‘rsatkich, BK2 — beqaror ko‘rsatkichni bildiradi.

Yosh odamlarda mazkur koeffitsient 5 foizdan oshmaydi, keksalarda esa 20 foizga yaqinlashadi. Ko‘rinib turibdiki, Yosh ulg‘ayishi bilan nomutanosiblik darajasi o‘sib boradi.

D.Veksler testi to‘g‘risida har xil tanqidiy mulohazalar mavjud bo‘lsa-da, lekin muallifning Yoshlarga tatbiq qilgan testi ularning aqliy tayyorgarligi darajasini, o‘qishga uquvliligini bildirsa, keksalarda u hayotiy tajribalarga asoslangan donishmandlikni anglatadi, degan fikr to‘g‘ridir.



9.4. Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari

Keksalik davriga 75—90 Yoshdagi erkak va ayollar (buva va buvilar) kiradi va bunday odamlarning boshqa Yosh davrlaridagi odamlardan keskin farqlanadigan xususiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Keksalarni jismoniy va aqliy faollikka moyil hamda passiv turmush tarziga ko‘nikkan qariyalar guruhlariga ajratish mumkin. Ijtimoiy faollik faxriylar jamoasida, kasbiy jamoalar faoliyatida qatnashishda o‘z ifodasini topadi.

Keksalik davrida foniy dunyodan umidsizlik tuyg‘usi paydo bo‘ladi va bu hol faollikni, istiqbol rejalarini tuzishga intilishni susaytiradi. Lekin "O‘g‘limni uylantirsam, dunyodan armonim yo‘q" qabilidagi mulohazalar doimiy odatga aylanib qolgan. Keksalikning ikkinchi muhim xususiyati betobliqda vasiyat qilish, qarindosh-urug‘lardan rozi-rizolik tilashidir. Jismoniy harakat imkoniyatiga ega bo‘lgan qariyalar mehnat qilishga intila- dilar, biroquning mahsulidan ko‘ngillari sira to‘lmaydi. Ular tarixiy voqealarni tirik guvoh sifatida batafsil bayon qilib beradilar. Nutqdagi juz’iy kamchiliklarni hisobga olmaganda (ayrim mantiqiy bog‘lanishdagi nuqson, talaffuzning buzilishi) keng ko‘lamdagi axborotlarni o‘zgalarga uzatish imkoniyatiga ega.

Biologik qarish psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar va xatti-harakatlarda keskin o‘zgarishlarni vujudga keltiradi. Aksariyat sezgi organlari zaiflashadi, asab sistemasi kuchsizlanadi, ma’lumotlarni qabul qilish (xotira) va ularni qayta ishlash, mohiyatini anglash (tafakkur), u yoki bu holatlarga nigohini to‘plash va unda muayyan muddat tutib turish (diqqat) qiyinlashadi... Irodaning kuchsizlanishi og‘riq sezgidariga nisbatan bardoshlilik tuyg‘usini emira boshlaydi. Natijada tashqi ta’sirni qabul qilishda dikqatni saralash xususiyati o‘z ahamiyatini yuqotib borishi sababli qari odam bola tabiatli arazchan, ko‘ngli bo‘sh, hissiyotga beriluvchan xarakterli bo‘lib qoladi. Shuning uchun ular bilan muloqotga kirishishda mazkur shaxsning sifatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Xotiraning zaiflashuvi qariyalarda xayolparastlik illatini keltirib chiqaradi, ko‘pincha esda olib qolish, esda saqlash va esga tushirish o‘rtasida ko‘pgina sabablarga ko‘ra nomutanosiblik tug‘iladi, natijada unugish jarayoni kuchayadi. Diqqatni muayyan obektga to‘play olmaslik oqibatida biron faoliyat turi ustida uzoq mashg‘ul bo‘la olmaslik vujudga keladi. Narsa va jismlarni noto‘g‘ri idrok qilish, ya’ni illyuziyalar ko‘proqo‘rin egallaydi. Monokulyar va binokulyar ko‘rishda xilma-xillik yuzaga keladi. Xarakger xislatlarida chekinish, hadiksirash, ishonchsizlik hislari etakchi rol o‘ynay boshlaydi.

Psixologlardan I.Baylash va D.Zabek keksalarda xotira, idrok, mantiqiy tafakkur, eruditsiya, nutq sur’ati kabilarni tadqiq qilib, ular o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishni (xotira — 0,20, idrok — 0,28, mantiqiy tafakkur — 0,37, eruditsiya — 0,33, nutq tezligi — 0,40 ligini) aniqlaganlar. Amerikalik psixologlar Frend va Zabek keksalik davrida tafakkurning tanqidiyligini o‘rganishda deduksiya va sillogizmlardan foydalanib, keksalikda tafakkurning ob’ekti torayishi va keskin rad qilish kuchayishini aniqlaganlar. D.Bromley qariyalarda ijodiy tafakkurning pasa- yishi, o‘ta qiyinchilik bilan yangi sharoitga moslashuvini va dog- matizmga asoslanishini topgan.

B.A.Grekov so‘z assotsiatsiyasi metodi asosida keksalarda xotira jarayonining xususiyatini tekshirgan. Uning ma’lumotlarini quyidagicha ifodalash mumkin:



  1. 70—80 Yoshlardagi keksalikda xotira (ayniqsa mexanik esda olib qolish) zaiflashadi;

  2. 70—89 Yoshlarda mantiqiy-ma’noli xotirada miqdorning ahamiyati saqlanadi;

  3. obrazli xotira zaiflashadi;

  4. 70—89 Yoshlarda xotiraning barqarorlik negizida ma’noning ichki aloqdsi yotadi;

  5. uzoq muddatli xotira kuchsizlanadi;

  6. 90 Yoshda nutqning ichki bog‘lanishi buziladi;

  7. xotiraning obrazli, hissiy turlari nutqning tuzilishiga bo‘ysunmay qoladi.

Psixologiyada qariyalarda aqdiy faollikni o‘rganishda korrek- sion sinov va Krepylin sinovidan foydalaniladi. Kamolotning umumiy modeli U.SHayening uch omilli variantlari yordamida yaratiladi.

Hozirgi zamon psixologiya fanida keksalikni uchta tomondan: ontogenez psixologiyasi, psixogerontoloshya va tibbiyot psixoloshyasi yo‘nalishlarida o‘rganish zarur ma’lumotlar to‘plash imkoniyatini bermoqda.

Soglom qariyalarda donishmandlyk umrning oxirgi nafasiga qadar saqdanishi tajribaLarda qayd qilindi. Psixopatologik qolatlar barcha qariyalar uchun majburiy bosqich emasligi ham tasdiqdangan.

Keksalik davrida, umuman aellar bilan erkaklar o‘rgasidagi donishmandliqda farq mavjud bo‘lsa ham, lekin qariyalar orasidash donishmandlik, donolik xislatlari ham ikkala jinsga xosdir. Shuning uchun ikkala jins o‘rtasida bIologik qarishda tafovut mavjud bo‘lsa-da, lekin ruhiy jihatdan zaiflashuv jarayonida o‘zaro yaqinlik hukm suradi.

Psixogerontoloshyada yuksak ijodiy faoliyatning o‘ziga xos ko‘rinishlarini tadqiq qilish rassomlar, yozuvchilar va basta- korlarning ijodini, huquqshunoslarniig qobiliyati va mahoratani, hisobchilarning kasbiy malasalarini o‘rganish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan.

G. Leman o‘z tadqiqotlarida turli sohalardagi mutaxassislar faoliyatini tahdil qilib, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini atroflicha ifodalagan. Masalan, fransuz rassomi Klod Mone 50 Yoshdan 86 Yoshigacha ijodiy quvvatini sira bo‘shapggirmay, sermahsul mehnat qilgan. Uning ijodida hech qanday tushkunlik ro‘y bermagan. Ijodiy mahsuldorlik evolyusiyasi Titsian, L.Kronax, O.Tian, Mikelanjelo kabi o‘nlab ijodkorlarga xosdir.

G.Leman o‘z tadqiqotlarida ijodiy faollikning o‘ziga xos ko‘rinishlarini yozuvchi misolida o‘rgangan. Muallif hind yozuvchisi R.Tagorning ijodiyotini tahlil qylib, uning ijod cho‘qqisi 69 Yoshda bo‘lganini aniqdagan (yozuvchilar ijodiyot cho‘qqisi 34 Yoshda, 43 Yoshda ham uchraydi). R.Tagorning 25 Yoshida yozgan "Kslin" she’ri bilan 78 Yoshida yozgan "Sarob" asari o‘rtasidash o‘xshashlik va ustushtik chuqur ifodalangan.

G.Leman bastakor I.S.Bax (1685-1750) ijodiyotini tekshirib, uning durdona asarlari keksalikda yaratilganini aniqdagan. G.Leman o‘z tajribalarida huquqshunoslik, hisobchilik kasblaridagi shaxslarni o‘rganib, ular ijodiyotining muhim jihatlarini ochib bergan.

A.R.Luriya xotiraning o‘ziga xos xususiyatini jurnalist misolida o‘rganib, keksa kishilar psixikasi bo‘yicha ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar to‘plagan.

Keksalik Yoshidagi chol va kampirlarda o‘z shaxsiyatiga yangicha munosabatlar paydo bo‘ladi. Ko‘pincha ular o‘zlarini kamroqbezovta qilishga, jismoniy kuch-quvvatni ayashga, ehgiyotkorlik bilan harakat qilishga odatlanadilar, organizmlarining toliqishiga yo‘l qo‘ymaydilar, iloji boricha nutq faoliyatiga kamroq murojaat qiladilar, ortiqcha axborotlarni qabul qilmaydilar. Shuninguchun keksayganda "jon shirin bo‘lib qoladi".

Keksalikda er-xotin o‘rtasidagi munosabat yanada mustah- kamlanadi, yangi shakl va yangi sifat kasb etadi. Muloqot kezida barcha taassurotlar, ma’lumotlar, kechinmalar, his-tuyg‘ular yuzasidan fikr almashadilar. Bir-birlarini qumsash, hamdardlik kabi yuksak tuyg‘ular totuvlikni yanada mustahkamlaydi.

Keksalik davrining yana bir xususiyati boshqa kishilarga, begonalarga ham xayrixohlik bildirishdir. Ana shu yuksak inson- parvarlik hissi tufayli ular er yuzidagi jamiki inson zotiga yaxshilik tilaydilar. Bu so‘nggi yuksak tuyg‘u baynalmilalchilikning tabiiy ko‘rinishidir. Qariyalardagi rahmdillik, poklik, orasgalik, muloyimlik, samimiylik singari tuyg‘ularning ifodalanishi boshkd Yosh davridagi odamlar tuyg‘usiga aslo o‘xshamaydi. Shuning uchun "qari bilganni — pari bilmas", degan naql bor.

9.5. Uzoq umr ko‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari

Yirik jahon psixologlari S.Pako, G.Offre, L.Bine, U.Maynot, E.Medavir, A.Komfort, I.V.Davidovskiy, B.G.Ananev, N.V.Nagorniy, E.D.Aleksandrova va boshqalar uzoq umr ko‘rish sirlarini ekologak omillar orqali tushuntirishga harakat qila- dilar. Aksariyat olimlarning fikricha, ekologik omillar insonning yashash sharoitiga, kamol topishiga, bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan omillardir. Insonning ijtimoiy muhiti sharoitlari ichiga kasb mehnati, turmush tarzi, madaniyati va ma’naviyati kabilar kiradi.

Jahon fani to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, ochiq havoda ortiqcha zo‘riqishsiz jismoniy mehnat bilan shug‘ullangan odamlarda harakatningtezligi, qad-qomatning tikligi, ma’naviy tetiklik, ruhiy faollikuzokroq saqlanadi. Mana shu holat jismoniy tarbiya bilan doimiy shug‘ullanuvchi kishilarda ham bo‘ladi.

"Umrni uzaytirish muammolari" nomli (1952) kitobda dog‘is- tonliklarda uzoq umr ko‘rishnipg asosiy sabablary quyidagilar ekani ta’kidlangan: 1) Respublikaning tog‘li qismidagi iqlim sharoiti va jo‘g‘rofiy omillar; 2) sutkasiga 3—4 marta iste’mol qilinadigan go‘shtli, o‘simlik moyli va sutli oziq-ovqatlar, chekishning, ichish va ortiqcha jinsiy aloqaning taqiqlangani; 3) avloddan-avlodga asrlar davomida o‘tib kelayotgan madaniy an’analar, o‘ziga xos turmush tarzi va uning xususiyatlari; 4) gigiena- ning barcha qonun va qoidalariga rioya qilinishi va butun umr bo‘yi jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish; 5) bir maromda ham passiv, ham aktiv hordiqchiqarish; 6) aholi turmush darajasining moddiy-maishiy jihatdan yaxsh ilanishi va hokazolar.

S.Pako va uning izdoshlari ta’kidlaganidek, keksayish jarayonida ayrim psixofiziologik va psixologik jarayonlarning barqarorlashuvi inson umrining uzayishiga, unda ijodiy faollik uzluksiz davom etishiga yordam beradi, aqliy mehnat bilan doimo shug‘ullanuvchi keksa odamlarda mantiqiy xotira saqlanadi. SHu bilan birga iqgidorli va akdni peshlash mashqlari bilan shug‘ullangan kishilarda ham intellektning yuksak darajasi saqlanib, boshqa bilish funksiyalarining faoliyati bir tekis harakatni vujudga keltiradi.

Uzoq umr ko‘rishning, umr uzayishining muhim omillaridan yana bittasi kasb-korlik faoliyatiga bog‘liq psixik holatning barqarorlashuvidir. Ana shu holatga insonning ko‘rish idrokida fazoni farqlash (fazoviy tasavvur) qobiliyati kiradi. Fransuz gerontologi va oftalmologi G.Offre o‘zining "Gerontologiya asoslari" (1960) kitobidan joy olgan "Ko‘zning keksalarga xos o‘zgarishi" asarida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar keltiradi. Uning fikricha, keksalikda presbioniya (grekcha, qarilikda ko‘rishning zaiflashuvi) hodisasi ro‘y berib, yaqinni ko‘rish yomonlashadi. G.Offreningfikricha, 10 Yoshdan ko‘rish akkomo- datsiyasining kuchi pasayishi kuzatiladi, agar 10 Yoshda akkomodatsiya kuchi 16 dioptriyaga (grekcha optik o‘lchov) teng bo‘lsa, 40—45 Yoshda — 4, keyinchalik esa 1 dioptriyaga tushib ketishi mumkin. 50—60 Yoshlarda aqqomodatsiya o‘zining eng quyi darajasiga tushadi, biroq shundan keyingi Yosh davrlarida barqarorlashib boradi. Jahon psixologiyasi fani ma’lumotlariga qaraganda, akkomodatsiyaning kuchi shunchalik kamayib boradiki, yaqinni faqat ko‘zoynak bilan ko‘riladigai bo‘ladi.

Ba’zi manbalarda mayda narsalar bilan shug‘ullanmaydigan, ko‘zi uzoqni ko‘rishga o‘rgangan odamda akkomodatsiya yuksak darajada saqpanishi, ko‘z xiralashuvi juda sekin, goho butunlay ro‘y ber- masligi mumkin.

M.YA.Lojechnikova va L.N.Kuleshovaning aniqlashicha, haydovchi- lar, temiryo‘lchilar, ovchilarningko‘rish sezshrligi Yoshligada 1 yoki 1,5 birlikka teng bo‘lsa, uzoq yillardan keyin ham o‘zgarmasligi mumkin.

I.V.Davidovskiy va B.G.Anan’ev ta’kidlaganidek, qarish va uzoq umr ko‘rish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Binobarin, umrni uzaytirishning juda ko‘p omillari bor. YUqorida uzoq umr ko‘- rishning ekologak omillari ifodalandi, lekin uning psixologik, ijtimoiy-psixologak omillari, manbalari va mexanizmlari ham mavjuddir. Umuman aytganda, insonning umrini uzaytirish uchun shaxslararo yaxshi munosabat, shirin muomala, samimiy muloqot, oilaviy totuvlik, asab sistemasini asrash, barqaror his-tuyg‘u, hamdardlik, psixik faollik, irodaviy tetiklik bo‘lishi zarur.

10-MAVZU SHAXS IJTIMOIYLASHUVI VA IJTIMOIY XULQ-ATVOR”.

Reja:

1.Ijtimoiy psixologiyada shaxs ijtimoiylashuvi muammosi.

2.SHaxsning «Men» – obrazi va o‘z-o‘ziga baho berishi muammosi.

3.SHaxs dunyoqarashini va e’tiqodini o‘zgartiruvchi omillar.



Tayanch tushunchalar: shaxs, ijtimoiylashuv, attraksiya, motiv, konformizm empatiya, ustanovka, altruizm, etnotsentrizm.
10.1.Ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi.

Muloqot jarayonining xam, guruxiy jarayonlarning ham. egasi—sub’ekti xamda ob’ekti aslida aloxida shaxs, konkret odamdir. Shuning uchun xam ijtimoiy psixologiya aloxida shaxs muammosini xam urgandiki, uni usha turli ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nukdai nazardan tekshiradi. Ma’lumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada xam, Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada xam, differensial, xukukiy psixologiya va psixologiyaning qator maxsus bulimlarida xam urganiladi. Har bir bulim yoki tarmok uni uz mavzui va vazifalari nuktai nazaridan shaxsga taallukli bulgan muammolarni yoritadi. Masalan, umumiy psixologiya shaxsni psixologik faoliyatning maxsuli, aloxida psixik ja­rayonlarning egasi deb xisoblasa, sotsiologiya uni ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti deb qaraydi.

SHaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning uziga xosligi shundaki, u turli guruxlar bilan bo‘ladigan turli shakldagi o‘zaro munosabatlarning okibati sifatida karaladi. YA’ni, ijtimoiy psixologii avvalo biror gu­ruxning a’zosi xisoblangan shaxs xulk-atvori kanday konuniyatlarga buysunishini, shaxsning mulokotlar siste-masida olgan ta’sirlari uning ongida kanday aks topishini urganadi. Guruxning shaxs psixologiyasiga ta’siri kay yusinda sodir bulishi ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya muammosi bilan uzviy boglik bulsa, bu ta’sirlarning shaxs xatti-harakatlari, xulkida bevosita kanday namoyon bulishi ijtimoiy yul-yuriklar muammosi bilan boglikdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bulishini aniklagan xolda, shaxs xulk-atvorini boshkarish, mexanizmlarini ishlab chikish ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.

Xulosa kilib aytganda, shaxsga sotsial-psixologik yondashish uni ma’lum guruxlarning a’zosi, konkreg sharoitida uziga uxshash shaxslar bilan mulokotga kirishuvchi konkret odam deb tushunishdir.

SHaxs sotsializatsiyasi tug‘risida gap ketarkan, uning fanda ko‘pincha “shaxs taraqqiyoti” yoki “tarbiyasi” tushunchalari bilan sinonimdek ishlatilishiga aloxida e’tibor berish kerak. Lekin sotsializatsiya sof ijtimoiy-psixologik tushuncha bulib, aytib utilgan tushunchalardan fark siladi. Sotsializatsiya — bu individning ijtimoiy muxitga qushilishi, ijtimoiy ta’sirlarni uziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borishi jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama bulib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta’sirlarni kabul kiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda uz xulk-atvorlari, munosabatlarida namoyon etadi. Bu jarayon normal individda tabiiy tarzda ruy beradi, chunki individda shaxs bulishga extiyoj xamda shaxs bulishiga imkoniyat va zaruriyat bordir. Shuning uchun xam bola tugilib, ijtimoiy muxitga kushilgan ondan boshlab, undagi shaxs bulishga intilishni, undagi shakllanish jarayonini kuzatish mumkin (masalan, chakaloqlardagi bevosita emotsional muloqotga extiyojning borligi).

SHaxs sotsializatsiyasi yoki shakllanishnning uz soxasi, bosqichlari va muassasalari mavjud.

SHaxsning shakllanishi asosan uch soxada amalga oshiriladi:

1) faoliyat sohasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bulib, bu jarayonda faoliyatlar katalogi kengayib, boyib borave-radi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va kunikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni koniktirish yulidagi aktivligi unda uziga xos ijtimoii-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;

2) muloqot sohasi, ayniksa maktabgacha Yosh davrdagi va usmirlik davrlaridagi mulokot sistemalari bolada bir kancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo kiladiki, buning natijasida u faol xayotiy mavksga ega buladi, jamiyatda uz urnini tasavvur kilishga erishadi.

3) o‘z-o‘zini anglash soxasi, ya’ni ,,Men" obrazining yil sayin uzgarib borishi jarayoni bulib, avval uzini boshkalardan farkliligini, uzicha mustakil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish kobiliyatini anglash, so‘ngra esa o‘z-uzini baxolash, anglash, nazorat qilish- xususiyatlari rivojlanadiki, ular xam faol shaxs psixologiyasining tarkibii kismidir.

SHaxs sotsializatsiyasi, yukorida ta’kidlab utganimizdek bola tug‘ilishi bilan boshlansa-da, sezilarlik samaradorlik nuktai nazaridan uning boskichlari farklanadi. Masalan. birinchi boskich—mexnat faoliyatigacha bulgan boskich bulib, unga bolaning maktab­gacha davri xamda ukish yillari kiradi. Bu davrdagi sotsializatsiyaning axamiyati va uziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashki ijtimoiy muxit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongga sintdiriladi, mustakil xayotga tayyorgarlik borasida muxim boskich o‘tiladi.

Ikkinchi bosqich. — mexnat faoliyati davri — bu davr odamning etuklik yillari bilan boglik bulib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faol faoliyatda, shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega bulib, anik xayot yulini tanlagan, turmush kurib, kelgusi avlodni tarbiyalayotpsh shaxsda namoyon buladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning maxsulidir. Nixoyat, uchinchi davr — mexnat faoliyatidan keyingi davr bulib, bunga asosan aktiv mexnat faoliyatidan sung karilik gashtini surayotganlar kiradi. Bu davrda xam shaxs sotsializatsiyasi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshkalarga uzatiladi, shunga kura shaxs strukturasida xam xususiy uzgarishlar ruy beradi.

Sotsializatsiya jarayoni ruy beradigan sharoitlar — muassasalar xususida gapiriladigan bo‘lsa, turli davrlarda oila, bolalar muassasalari, maktab, boshqa o‘quv dargohlari, mehnat jamoalarinpng roli nazarda tutiladi.

Ijtimoiylashuv jarayonidagi muomala va muloqotning psixologik vositalari

Odamlar bir - birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri - o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr-g‘oyalariga ko‘ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir - bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va hatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsata olishdir.

Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi.

Verbal ta’sir - bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so‘zlardir. Ma’lumki, nutq - bu so‘zlashuv, o‘zaro muomala jarayoni bo‘lib, uning vositasi - so‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o‘zidagi barcha so‘zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so‘zlarni topib, sherigiga ta’sir ko‘rsatishni xohlaydi.

Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. SHunga qarab, masalan, do‘stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib - pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.

Noverbal ta’sirning ma’nosi «nutqsiz» dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, xidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o‘rtog‘ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko‘rganimdan biram xursandman», desa, ishonasizmi?

Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir - birlariga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lishganda, dastavval nima deyish, qanday so‘zlar vositasida ta’sir etishni o‘ylar ekan. Aslida esa, o‘sha so‘zlar va ular atrofidagi harakatlar muhim rol o‘ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko‘ra, birinchi marta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal harakatlar 58% gacha ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat o‘zgarishi mumkin albatta, lekin halq ichida yurgan bir maqol to‘g‘ri: «Ust-boshga qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi».

Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi sheriklarning rollariga ham bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskori - bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshliq ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif etsa, u o‘rnidan turib kutib oladi, iltifot ko‘rsatadi, xol-ahvolni ham quyuqroq so‘raydi va so‘ngra gapning asosiy qismiga o‘tadi.

Ta’sirning adresati - ta’sir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo‘lmasa, yoki adresat tajribalirok sherik bo‘lsa, u tashabbusni o‘z qo‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo‘ladi.


10.2.SHaxsning «Men» – obrazi va o‘z-o‘ziga baho berishi muammosi

Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini ma’lum ma’noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, uning axloq - ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o‘ziga ham bog‘liqdir. Odamning o‘z - o‘zini anglashi, bilishi va o‘z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o‘ziga, o‘z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. YA’ni, ijtimoiy xulq - shaxs tomonidan uni o‘rab turgan odamlar, ularning xulq-atvorlariga e’tibor berishdan tashqari, o‘zining shaxsiy harakatlari, ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi.

SHaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil bo‘lgan obraz – “Men” - obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.

“Men” - obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson o‘zini, o‘zligini kanchalik aniq va to‘g‘ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish extimoli ham shunchalik kam bo‘ladi, ya’ni u tarbiyalangan bo‘ladi.

O‘z-o‘zini anglash, o‘zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko‘pincha konkret shaxs tomonidan og‘ir kechadi, ya’ni inson tabiati shundayki, u o‘zidagi o‘sha jamiyat normalariga to‘g‘ri kelmaydigan, no’maqul sifatlarni anglamaslikka, ularni “yashirishga” harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga sikib chiqariladi (avstriyalik olim Z. Freyd nazariyasiga ko‘ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo‘lmay, u har bir shaxsdagi o‘z shaxsiyatini o‘ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko‘pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, “Men” - obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o‘sha shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit, o‘zgalar va ularning munosabati katta rol o‘ynaydi. Odam o‘zgalarga qarab, guyoki oynada o‘zini ko‘rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb ataladi. Uning mohiyati - aynan o‘ziga o‘xshash odamlar obrazi orqali o‘zi to‘g‘risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya “Men” - obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir. Masalan, ko‘chada bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Siz tinmay unga o‘z yutuqlaringiz va mashg‘ulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz. Lekin gap bilan bo‘lib, uning qaergadir shoshayotganligiga e’tibor bermadingiz. SHu narsani siz uning betoqatlik bilan sizni tinglayotganligidan, hayoli boshqa erda turganligidan bilib qolasiz va shu orqali ayni shu paytda “maxmadona, laqmaroq” bo‘lib qolganingizni sezasiz. Keyingi safar shu o‘rtog‘ingiz bilan uchrashganda, oldingi hatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun “O‘rtoq, shoshmayapsanmi?” deb so‘rab ham qo‘yasiz. Ana shu ilgarigi refleksiyaning natijasidir. YA’ni, suhbatdosh o‘rniga turib, o‘zingizga tashlangan nazar («men unga qanday ko‘rinyapman?») - refleksiyadir.

SHaxsning o‘zi haqidagi obrazi va o‘z-o‘zini anglashi Yosh va jinsiy o‘ziga xoslikka ega. Masalan, o‘ziga nisbatan o‘ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish va anglashga intilish ayniqsa, o‘smirlik davrida rivojlanadi. Bu davrda paydo bo‘ladigan «kattalik» hissi qizlarda ham, o‘smir yigitchalarda ham nafaqat o‘ziga, balki o‘zgalar bilan bo‘ladigan munosabatlarini ham belgilaydi. Qizlardagi “Men” - obrazining yaxshi va ijobiy bo‘lishi ko‘proq bu obrazning ayollik sifatlarini o‘zida mujassam eta olishi, ayollik xislatlarining o‘zida ayni paytda mavjudligiga bog‘liq bo‘lsa, yigitlardagi obraz ko‘proq jismonan barkamollik mezonlari bilan nechog‘li uyg‘un ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘smirlikda o‘g‘il bolalardagi bo‘yning pastligi, muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan “Men” - obrazi qator salbiy taassurotlarni keltirib chiqaradi. Qizlarda esa tashqi tarafdan go‘zallikka, kelishganlik, odob va ayollarga xos qator boshqa sifatlarning bor - yo‘qligiga bog‘liq xolda “Men” obrazi mazmunan idrok qilinadi. Qizlarda ham ortiqcha vazn yoki terisida paydo bo‘lgan ayrim toshmalar yoki shunga o‘xshash fiziologik nuqsonlar kuchli salbiy emotsiyalarga sabab bo‘lsa-da, baribir, chiroyli kiyimlar, taqinchoqlar yoki sochlarning o‘ziga xos turmagi bu nuqsonlarni bosib ketadigan omillar sifatida qaraladi.

“Men” - obrazi asosida ham bir shaxsda o‘z-o‘ziga nisbatan baholar tizimi shakllanadiki, bu tizim ham obrazga mos tarzda har xil bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi, shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog‘liq xolda turlicha bo‘lishi mumkin. YA’ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida - aksincha, pastlab ketishi mumkin. Bu baho aslida shaxsga boshqalarning real munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa-da, aslida u shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni, uning o‘zi sub’ektiv tarzda shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga bog‘liq tarzda shakllanadi. Masalan, maktabda bir fan o‘qituvchisining bolaga nisbatan ijobiy munosabati, doimiy maktovlari uning o‘z-o‘ziga bahosini oshirsa, boshqa bir o‘qituvchining salbiy munosabati ham bu bahoni pastlatmasligi mumkin. YA’ni, bu baho ko‘proq shaxsning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, u sub’ektiv xarakterga egadir.

O‘z-o‘ziga baho nafaqat haqiqatga yaqin (adekvat), to‘g‘ri bo‘lishi, balki u o‘ta past yoki yuqori ham bo‘lishi mumkin.

O‘z-o‘ziga bahoning past bo‘lishi ko‘pincha atrofdagilarning shaxsga nisbatan qo‘yayotgan talablarining o‘ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e’tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o‘qishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyatsizliklar oqibatida hosil bo‘lishi mumkin. Bunday o‘smir yoki katta odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetrokda yurishga harakat qilishi, o‘zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik qayfiyatida bo‘lishi bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar va hatti-harakatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suitsidal harakatlar, ya’ni o‘z joniga qasd qilish, real borligidan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin.

O‘z-o‘ziga baho o‘ta yuqori ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sir ko‘rsatmaydi. CHunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo‘rttirilishi, noo‘rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chetlab o‘tishga intilish tufayli shakllanadi. Ana shunday sharoitda paydo bo‘ladigan psixologik holat «noadekvatlilik effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchraganda yoki o‘zida nochorlik, o‘quvsizliklarni sezganda ham buning sababini o‘zgalarda deb biladi va shunga o‘zini ishontiradi ham (masalan, «halaqit berdi-da», «falonchi bo‘lmaganida» kabi bahonalar ko‘payadi). YA’ni, nimaiki bo‘lmasin, aybdor o‘zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar haqida bora-bora odamlar «oyog‘i erdan o‘zilgan», «manmansiragan», «dimog‘dor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar. Demak, o‘z-o‘ziga baho realistiq, adekvat, to‘g‘ri bo‘lishi kerak.

Realistik baho shaxsni o‘rab turganlar - ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qo‘ni-qo‘shni va yaqinlarning o‘rinli va asosli baholari, real samimiy munosabatlari mahsuli bo‘lib, shaxs ushbu munosabatlarni ilk Yoshligidanoq xolis qabul qilishga, o‘z vaqtida kerak bo‘lsa to‘g‘rilashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Bunda shaxs uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi - referent guruhning roli katta bo‘ladi. CHunki biz kundalik hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari, hattoki, maktab turib bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday referent guruh real mavjud bo‘lishi (masalan, ota-ona, o‘qituvchi, ustoz, yaqin do‘stlar), yoki noreal, hayoliy (kitob kaxramonlari, sevimli aktyorlar, ideal) bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Yoshlar tarbiyasida yoki real jamoadagi odamlarga maqsadga muvofiq ta’sir yoki taz’yiq ko‘rsatish kerak bo‘lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.

SHunday qilib, o‘z-o‘ziga baho sof ijtimoiy hodisa bo‘lib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni o‘rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Keng ma’nodagi yirik ijtimoiy jamoalar etalon rolini o‘ynashi oqibatida shakllanadigan o‘z-o‘ziga baho - o‘z-o‘zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi. Masalan, mustaqillik sharoitida mamlakatimiz Yoshlari ongiga milliy qadriyatlarimiz, vatanparvarlik, adolat va mustaqillik mafkurasiga sadoqat hislarining tarbiyalanishi, tabiiy, har bir Yosh avlodda o‘zligini anglash, o‘zi mansub bo‘lgan halq va millat ma’naviyatini kadrlash hislarini tarbiyalamoqda. Bu esa, o‘sha yuksak o‘z-o‘zini anglashning poydevori va muhim shakllantiruvchi mexanizmidir.

Demak, o‘z-o‘zini baholash - o‘z-o‘zini tarbiyalashning muhim mezonidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi:


  • o‘z-o‘zi bilan muloqot (o‘zini konkret tarbiya ob’ekti sifatida idrok etish va o‘zi bilan muloqotni tashkil etish sifatida);

  • o‘z-o‘zini ishontirish ( o‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali, ijobiy xulq normalariga bo‘ysundirish);

  • o‘z-o‘ziga buyruq berish (tig‘iz va ekstremal holatlarda o‘zini qo‘lga olish va maqbul yo‘lga o‘zini chorlay olish sifati);

  • o‘z-o‘ziga ta’sir yoki autosuggestiya (ijtimoiy normalardan kelib chiqqan xolda o‘zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish);

  • ichki intizom - o‘z-o‘zini boshqarishning muhim mezoni, har doim har erda o‘zining barcha harakatlarini muntazam ravishda korreksiya qilish va boshqarish uchun zarur sifat.

Demak, shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning ob’ektivligiga bog‘liq tarzda o‘z-o‘zi bilan muloqotga kirishib, jadvaldagiga muvofiq shaxs o‘zini nazorat qila oladi. Shuning uchun ham hayotda shunday kishilar uchraydiki, katta majlisda ishi tanqidga uchrasa ham, o‘ziga xolis baho berib, kerakli to‘g‘ri xulosalar chiqara oladi, shunday odamlar ham borki, arzimagan hatolik uchun o‘z «ich-etini eb tashlaydi». Bu o‘sha ichki dialogning har kimda har xil ekanligidan darak beruvchi faktlardir.
10.3.SHaxs dunyoqarashini va e’tiqodini o‘zgartiruvchi omillar.

Dunyoqarash - shaxsning shaxsligini (individ emas), uning ma’naviyatini, ijtimoiylashuvi darajasini ko‘rsatuvchi kuchli motivlardandir. Shuning uchun ham uning shakllanishi va o‘zgarishi masalasi muhim masalalardan bo‘lib, hamma vaqt va davrlarda ham o‘ta dolzarb bo‘lib kelgan. O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, jamiyatda tub islohotlar boshlandi. Ana shu islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri - ma’naviy - ma’rifiy islohotlar bo‘lib, uning asosiy maqsadi jamiyat a’zolari dunyoqarashini istiqlol ruhida shakllantirishni maqsad qilib qo‘ydi. Davlatimizning Yoshlar borasidagi siyosatining asosini ham ularda yangicha xurfikrlilik bilan yangicha dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu o‘rinda psixologiya o‘zgarishlar sharoitida e’tiqod, dunyoqarash va ideallar o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omillar xususida quyidagilar ajaratadi:



1. Ma’naviyat va ma’rifat. Avvalo ma’rifat xususida. Bu - odamning tabiat, jamiyat va insonlar to‘g‘risidagi turli bilimlari, tushunchalari, ma’lumotlari majmui bo‘lib, uning mazmuni bevosita shaxs dunyoqarashining mazmun - mohiyatini belgilaydi. Demak, Yoshlarga qaratilgan va ular o‘qib, o‘rganishi uchun yo‘naltirilgan barcha turdagi ma’lumotlar (kitoblar, ommaviy - ahborot vositalari orqali, muloqot jarayonida), ular asosida shakllanadigan yangicha tasavvurlar yangicha dunyoqarash uchun zamindir. Mustaqillik yillarida eski, o‘zini tarix oldida oqlamagan mafkuradan voz kechildi, yangi mustaqillik g‘oyasi, uning asosiy tamoyillari , Yoshlarni ma’rifatli qilish borasidagi vazifalar Davlatimiz rahbari I.A. Karimov asarlarida muxtasar, aniq bayon etilgan. Ular asosida mamlakatimizda yangi «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» qabul qilindi. Ular Yoshlarning eng ilg‘or ilm - fan yutuqlaridan boxabar qilish, buyuk allomalar merosini chuqur va teran o‘rganish, zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim - tarbiya jarayonini tashkil qilish, Yoshlarni ma’rifatli qilishning barcha shart - sharoitlarini yaratishni nazarda tutadi. Bu say’i - xarakatlar ma’naviyat borasidagi islohotlar, o‘zbek madaniyati, san’ati, adabiyotini rivojlantirish ishlari, tariximizni tiklash borasida amalga oshirilayotgan olamshumul ishlar tabiiy, Yoshlarimizda yangicha dunyoqarashning shakllanishiga asos bo‘ladi.

2.Oila. YUrtimizda oila hamisha davlat himoyasida va oliy qadriyat sifatida e’zozlanadi. Oila ijtimoiylashuvning asosiy va muhim o‘chog‘i bo‘lgani uchun ham uning shu muhitda tarbiyalanayotgan Yoshlar e’tiqodi va dunyoqarashidagi roli sezilarlidir. Respublikamizda «Oila»yili deb elon qilinishi, «Oila» ilmiy-amaliy Markazi o‘z faoliyatini boshlashi jamiyatda, Yoshlar tarbiyasi borasida oilaning roli va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan muhim tadbir bo‘ldi va ularda yurtga, Vatanga, yaqinlarga sadoqat, muhabbat hislarini tarbiyalash orqali dunyoqarashlari mazmuniga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

3.Mafkura. har bir davrning o‘z mafkurasi bo‘ladi va u shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida uning ongiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan hisoblanadi. Kommunistik mafkuradan batamom voz kechgan jamiyatimizda yangi mustaqillik mafkurasi shakllanmoqda. Zero, mafkura jamiyat a’zolarining tabiat, jamiyat va ijtimoiy jarayonlar xususidagi g‘oyalari, bilimlari majmui bo‘lib, har bir ijtimoiy guruh o‘z e’tiqodiga mos mafkurani tanlaydi. Mustaqillikdan ruhlangan , uning moddiy va ma’naviy ne’matlaridan bahramand bo‘layotgan o‘zbekistonliklar o‘tgan qisqa vaqt mobaynida uning qadriyatlari, har bir shaxsga yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlari, ilm va bilim borasidagi shart - sharoitlarni anglab, o‘zlari ongli ravishda ana shu tuzumga sadoqat va uni sevish, ardoqlash va himoya qilishga tayyorlik falsafasini shakllantirmoqdalar. YAngi mafkura mustaqillik va milliy qadriyatlar g‘oyasi ta’sirida shakllanmoqda va bu tabiiy, birinchi navbatda Yoshlar dunyoqarashini o‘zgartiruvchi muhim shartdir.

4.Ijtimoiy ustanovkalar. Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va o‘zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm - bu ijtimoiy ustanovkalardir. Bu - shaxsning atrof muhitida sodir bo‘layotgan ijtimoiy xodisalarni, ob’ektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o‘rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham o‘zgartirishga aloqador kategoriyadir.

Rus olimi V.A. YAdov o‘zining dispozitsion konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni to‘rt bosqich va to‘rt tizimli sifatida tasavvur qilgan.:

A) elementar ustanovkalar (set) - oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko‘pincha ongsiz tarzda hosil bo‘ladigan ustanovkalar. Ularni o‘zgartirish uchun moddiy shart - sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o‘zgartirish kifoya.

B) ijtimoiy ustnovkalar (attitud) - ijtimoiy vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o‘zgartirish uchun ijtimoiy shart - sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o‘zgartirish kerak.

V) bazaviy ijtimoiy ustanovkalar - ular shaxsning umumiy yo‘nalishini belgilaydi va ularni o‘zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o‘zgartirish demakdir.

G) Qadriyatlar tizimi - ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr - qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o‘z qadrini yo‘qotmay kelayotgan qadriyatlardir.

Ijtimoiy ustanovkalarni o‘zgartirishning eng sodda va qulay yo‘li - bu ayni vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni qaytarishdir. Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo‘lganda, ob’ektivlashadi, ya’ni o‘z kuchini va mavjudligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, u erda biror g‘oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o‘z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so‘zlar va iboralar, xarakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo‘l bilan ko‘pchilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo‘llaniladi. SHulardan kelib chiqib, ijtimoiy ustanovkalarni o‘zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni o‘zgartirishga erishish mumkin.

Respublikamizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, jamiyatning ruhiy va ma’naviy takomili ko‘p jihatdan oilada ota-onaning farzand tarbiyasiga qanchalik mas’uliyat bilan yondashganiga ham bog‘liq bo‘ladi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda O‘zbekiston respublikasi “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonunda davlat, jamiyat va oila oldiga o‘z burchi va ma’suliyatini anglab etadigan har tomonlama etuk shaxsni shakllantirish masalasi qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qarori bilan tasdiqlangan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konuni qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan holda yuksak umumiy va kasbkor madaniyatiga, ijodiy hamda ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda muljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarni yangi avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgandir. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmuni qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi. YAngi o‘quv rejalari, dasturlarni, darsliklarni joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’limotni ishlab chiqishni, o‘quv yurtlarni attestatsiyadan o‘tkazishni va akreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarni tashkil etishni taqozo etdi.

Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari quyidagilardan iborat:

-Respublikaning demokratik huqukiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganligi;

-mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xom ashyo yo‘nalishdagi raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil o‘tayotganligi, mamlakat eksport salohiyatini kengayayottganligi;

-davlat ijtimoiy siyosatida shaxs madaniyati va ta’lim ustivorligi qaror topganligi;

-milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usining shakllanayotganligi, boy milliy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;

-O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obro‘sining mustahkamlanib borayotganligini e’tirof etish muhim.

So‘ngi yillarda o‘sib kelayotgan Yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida har tomonlama tarbiyalash masalasiga e’tibor kuchaymoqda. O‘zbekiston istiqlolini mustahkamlashda va rivojlantirishda ma’naviy sog‘lom avlodni voyaga etkazish ularning ongi, xarakterini milliy qadriyatlarimiz asosida axloqli-odobli qilib trabiyalashimiz zarurdir. CHunki, ma’naviy kamol topgan insonlargina barkamol jamiyat qurishlari mumkin. Prezidentimiz I.A.Karimov o‘z asarlarida ta’kidlaganidek: “Bugun O‘zbekiston xalqi ulug‘ ajdodlarining an’analari, urf-odatlarini davom ettirib, taqdirini o‘z qo‘liga olib, yangi tarixiy sharoitda kelajagini o‘rganmoqda”.

SHarq madaniyati va ma’naviyati shu qadar noyob, betakror va jozibali bo‘lib, buning asosiy sabablaridan biri o‘zbek oilasining betakror muhiti, undagi an’analar, rasm-rusmlar va qadriyatlarning barhayotligidadir. Zero har qanday oila inson taqdiri va kamolotini, kelajagini belgilab beruvchi omil ekanligi bilan xarakterli hisoblanadi. Ayniqsa, undagi an’analar, milliy qadriyatlar ma’naviy boy, axloqan etuk, intellektual rivojlangan yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni, ya’ni sog‘lom avlodni tarbiyalash, voyaga etkazishda ularning o‘rni va ahamiyati kattadir.

Demak,oila-hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasl qanday inson bo‘lib etishishiga ta’sir ko‘rsatadigan katta tarbiya o‘chog‘idir.

Oila farovonligi-milliy farovonlikning asosidir. Oilada eng avvalo: halollik, rostgo‘ylik , mehr-oqibat ,or-nomus, sharmu-hayo, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlar shakllanadi. SHarqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa , mahallada tinchlik va osoyishtalik hukm suradi.

Oila va bola tarbiyasi muammosi hamma vaqt dolzarb masala bo‘lib kelgan. Oila muhiti qanchalik axloq-odobning madaniyat qoidalari va milliy qadriyatlari asosida tashkil topgan bo‘lsa, bola shaxsining to‘g‘ri shakllanishi uchun shart-sharoit yaratilsa, shaxs shunchalik barkamol, komil inson bo‘lib etishadi.

O‘zbek oilasidagi an’anaviy ta’lim-tarbiya namunalarini farzandlarimizga amaliy tarzda o‘rgatib, oilaviy munosabatlar madaniyatini yuksaltirishga da’vat etib shu orqali ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabalarni oqilona tashkil etishga yordamlashish hammamizning vazifamizdir. Yosh avlodga ma’naviy, axloqiy tarbiya berishning yo‘llari va vositalari xilma-xil bo‘lib, bular ichida Yoshlarni xalqimizning milliy an’analari ruhida tarbiyalash alohida o‘rin tutadi.

Haqiqatdan ham yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning ijodchisi bo‘lishi bilan birga asrlar davomida yaratilgan bu ma’naviy boyliklar yana xalq manfaatiga xizmat qiladi. Milliy an’analar xalqimizning ana shunday ma’naviy boyliklaridan biridir.

Ma’lumki, an’analar muhim ijtimoiy hodisa bo‘lib, kishilarning odatlari, yurish-o‘tirish qoidalari, axloq normalari bo‘lib, asrlar davomida yashab kelsada, avloddan-avlodga o‘tar ekan, mazmuni yanada boyiydi va insoniyat donishmandligining ifodasi sifatida xalq pedagogikasiga aylanadi. Bu donishmandlik odamlarning turmushi, his-tuyg‘ulariga singib, ularning shunchaki qarashlari va ideallarigina emas, shu bilan birga, ijtimoiy ong formasi ham bo‘lib qoladi. Ularda odamlarning dilidagi, ko‘nglidagi, psixologiyasidagi eng ezgu orzu istaklari o‘z ifodasini topadi.

O‘zbek xalqi, mamlakatimizdagi boshqa qardosh xalqlar kabi Yoshlarga axloq tarbiyasini berishda o‘zining azaliy an’analariga ega bo‘lgan. Bizning hozirgi kundagi vazifamiz esa, o‘tmishda avlodlar tomonidan yaratilgan eng yaxshi an’analarni o‘rganish va hayotimiz talablariga mos holda rivojlantirishdir.

Qadimiy, tarixiy manbalar, xalq og‘zaki ijodi materiallari, sharq klassiklarining ta’lim-tarbiyaga oid asarlarini sinchiklab o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek xalqi qadim zamonlardan boshlab farzandni tarbiyalash sohasida o‘ziga xos an’analarga ega bo‘lgan. Ota-onalarning bolalarni sevishi, o‘z navbatida farzandlarning ota-onani astoydil hurmat qilishi oila tarbiyasining ko‘rki bo‘lib hisoblangan.

SHarq mamlakatlarida ayniqsa, ota-onalarning shaxsiy namunasi farzand tarbiyasining eng muhim usullaridan biri hisoblangan. SHunga ko‘ra, o‘g‘il bolalar yurish-turishi, o‘zaro muomalasi, erga ishlashi va kasb egallashda otasiga o‘xshashlikka harakat qilgan. Ota kasbini egallash yaxshi tarbiyaning natijasi hisoblangan. Qizlar esa uyni saranjom-sarishta tutish, turli taomlar tayyorlash, to‘qish va tikish, mehmon kutish kabi ishlarda onasiga o‘xshashga harakat qilganlar.

An’anaga ko‘ra, farzandlarning yurish-turishi va o‘zaro munosabat qoidalari, Yoshlarning ota-ona va kattalar oldidagi burchi, mehnati,kasb-kori va ularning inson hayotidagi roli haqidagi dastlabki tushuncha va tasavvurlarni oilada olganlar.

Agar o‘g‘il bolalarga oila tashvishi bilan yashash, uning shon-shuhrati uchun kurashishi ,Yoshlikdan biror kasbning boshini tutish, har qanday mehnatga tayyor turish kabi sifatlar sindirilsa,qizlarga esa kattalarni hurmat qilish,ota-onalarning so‘ziga quloq solish har doim nazokatli va shirin so‘z bo‘lish, ota-yoki boshqa katta kishilar uyga kirib kelishganida o‘rnidan turib qarshi olish kabi odob va ma’naviy hayot qoidalari oilada o‘rgatilar edi.

Hayot tajribasini ko‘rsatishicha, jamiyatning ravnaqi, gullab-yashnashi, farovon hayotning asosiy mezoni axloq-odob bo‘lib hisoblangan. Shuning uchun ota-bobolarimiz oilaga, oilada bola tarbiyasiga, ularning ma’naviy kamoliga, axloqiga katta e’tibor berib kelganlar.



11-MAVZU: KICHIK GURUXLAR PSIXOLOGIYASI

Reja:


1.Ijtimoiy psixologiyada kichik guruhlar muammosi.

2.Kichik guruhlarning klassifikatsiyasi.

3.Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar.

Tayanch tushunchalar: guruh, referent guruh qonuniyatlari, negativizm, tashqi, ichki uyushganlik, liderlik, konformlik.

11.1.Ijtimoiy psixologiyada kichik guruhlar muammosi.

Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan ob’ektlardandir. Bu muammoni tadqiq etishda olimlar o‘z oldiga individ yakka holda yaxshi ishlaydimi yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo‘lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi degan savollarga javob izlash masalasini qo‘yganlar. SHuni ta’kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o‘zaro hamkorligi emas, balki ularning bir vaqtda bir erda birga bo‘lganligi faktining ta’siri o‘rganildi.

Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo‘lgan individ faoliyatining tezligi oshadi, lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi. Bunday ma’lumotlar amerikalik N.Triplett, nemis olimlari A.Mayer, V.Myode, rus olimi V.Bexterev va boshqalarning tadqiqotlarida ham qayd etildi. Bu psixologik hodisa ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy fasilitatsiya nomini oldi, uning mohiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat mahsullariga uning yonida bo‘lgan boshqa individlarning bevosita ta’siri bo‘lib bu ta’sir avvalo sensor kuchayishlar hamda ish-harakatlarning, fikrlashlarning tezligida namoyon bo‘ladi Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham kuzatildi, ya’ni boshqalar ta’sirida individ reaksiyalaridagi tormozlanish faoliyatining susayishi holatlari; bu narsa fanda ingibitsiya deb ataladi.

Kichik guruhlarga xos qonuniyatlar:



Birinchidan, kichik guruhlarning hajmi, uni tashkil etuvchi shaxslar soni xususida shunday fikrga kelindiki, kichik guruh “diada” ikki kishidan tortib, to maktab sharoitida 30-40 kishigacha deb qabul qilindi. Ikki kishilik guruh deyilganda, avvalo oila – yangi shakllangan oila ko‘proq nazarda tutiladi. Lekin samarali o‘zaro ta’sir nazarda tutilganda 7-2 kishi ko‘zlanadi. Bunday guruh turli ijtimoiy psixologik tadqiqotlar uchun ham, ijtimoiy-psixologik treninglar o‘tkazish uchun ham qulay hisoblanadi.

Ikkinchidan, guruhning o‘lchami qanchalik katta bo‘lsa, uning alohida olingan shaxslar uchun qadrsizlanib borish xavfi kuchayadi. YA’ni, shaxsning ko‘pchilikdan iborat guruhdan o‘zini tortish va uning normalarini buzishga moyilliga ortib boradi.

Uchinchidan, guruhning hajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o‘zaro munosabatlar taranglashib boradi. CHunki, shaxslarning bir-birlari oldida mas’uliyatlarining oshishi va yaqindan bilishlari, ularning o‘rtasidagi aloqalarda doimo aniqlik bo‘lishini talab qiladi. Munosabatlardagi har qanday disbalanslar, ya’ni nomutanosibliklar ochiq holdagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.

To‘rtinchidan, agar guruh a’zolarining soni toq bo‘lsa, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar juft bo‘lgan holdagidan ancha yaxshi bo‘ladi. SHundan bo‘lsa kerak, boshqaruv psixologiyasida odamlarni biror nimaga saylashda va umuman rasmiy tanlovlarda guruhdagi odamlar soni toq qilib olinadi.

Beshinchidan, shaxsning guruh taz’yiqiga berilishi va bo‘ysunishi ham guruh a’zolarining soniga bog‘liq. Guruh soni 4-5 kishi bo‘lgunga qadar, uning ta’siri kuchayib boradi, lekin undan ortib ketgach, ta’sirchanlik kamayib boradi. Masalan, ko‘chada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisaning guvohlari soni ortib borgan sari, jabrlanganga yordam berishga intilish, masuliyat hissi pasayib boradi.

Bu qonuniyatlarni bilish esa, o‘z navbatida tabiiy guruhlarni boshqarish ishini ancha engillashtiradi.



11.2.Kichik guruhlarning klassifikatsiyasi.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling