Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. O‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarish


Download 154.93 Kb.
bet72/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

169-modda. O‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarish
Xodimga tegishli bo‘lgan o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarish tartibi barcha hollarda (kafolatli to‘lovlarni berish, ta’til vaqti uchun haq to‘lash, vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda, zararni qoplashda, majburiy progul qilinganda va boshqa hollarda ish haqi to‘lash), pensiya tayinlash uchun o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarishni istisno etganda, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi (6-ilova), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to‘lashga tuman koeffitsiyentlarini, shuningdek, ularga har yili beriladigan qo‘shimcha ta’tilning eng kam muddatini belgilash va qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom.
170-modda. Ish bilan bog‘liq xarajatlarning kompensatsiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar (171, 172, 173-moddalar) qonunchilik, jamoa shartnomalari va kelishuvlari, shuningdek mehnat shartnomalarida belgilangan shartlar va tartibda ish beruvchi tomonidan qoplanishi lozim.
(170-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
171-modda. Xizmat safari davrida va ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlarda xarajatlarni to‘lash
Xizmat safarida va ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlarda quyidagilar to‘lanishi lozim:
yo‘l kira xarajatlari;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami: 1268, 29.08.2003-y.) 9 va 10-bandlari, Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqam 2730, 19.11.2015-y.) 4-bobi (“Transport xarajatlari”).
doimiy turar joyidan boshqa joyda yashash, shu jumladan uy-joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlar;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami: 1268, 29.08.2003-y.) 9, 11 va 12-bandlari, Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqam 2730, 19.11.2015-y.) 3-bobi (“Yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlarni qoplashga mablag‘lar to‘lash”).
xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa xarajatlar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami: 1268, 29.08.2003-y.) 9-bandining ikkinchi xatboshisi, 12-bandining to‘rtinchi xatboshisi, Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqam 2730, 19.11.2015-y.) 5-bobi (“Vakillik, ko‘zda tutilmagan va xarajatlarning boshqa turlariga mablag‘ ajratish”).

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling