Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Moliyaviy sanksiyani undirish to‘g‘risidagi ariza


Download 4.28 Mb.
bet119/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

167-modda. Moliyaviy sanksiyani undirish to‘g‘risidagi ariza
Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror chiqarilganidan keyin tegishli soliq organi mazkur shaxsga nisbatan ushbu Kodeksda belgilangan moliyaviy sanksiya qo‘llash haqidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi. Moliyaviy sanksiyalarni undirishning suddan tashqari tartibiga yo‘l qo‘yilmaydigan hollarda moliyaviy sanksiya qo‘llashning xuddi shunday tartibidan foydalaniladi.
Sudga murojaat qilingunga qadar soliq organi soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilayotgan shaxsga moliyaviy sanksiyaning tegishli summasini o‘z ixtiyori bilan to‘lashni yozma shaklda taklif qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Zarur bo‘lgan hollarda, soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilayotgan shaxsdan moliyaviy sanksiya undirish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda soliq organi qonunchilikda belgilangan tartibda talabnomani ta’minlash haqidagi iltimosnomani sudga yuborishi mumkin.
(167-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
168-modda. Moliyaviy sanksiyalarni undirish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va qarorlarni ijro etish
Soliq organlarining yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishini nazarda tutuvchi qarorlari bo‘yicha moliyaviy sanksiyalar summalarini undirish soliq organlari tomonidan ushbu Kodeksning 120 — 124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda mustaqil tarzda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq organlarining arizasiga ko‘ra yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar undirish to‘g‘risidagi ishlar sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Sudlarning moliyaviy sanksiyalarni undirish to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan qarorlarini ijro etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(168-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 120 — 124-moddalari.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling