Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi


Download 4.28 Mb.
bet243/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

341-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan bo‘nak to‘lovlari summalarini, shuningdek soliq summalarini to‘lashni, shunday guruhni tuzish to‘g‘risidagi shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda, mazkur summalarni ushbu guruhning va ular alohida bo‘linmalarining ishtirokchilari bo‘yicha taqsimlamasdan amalga oshiradi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha soliq hisoboti soliq organiga ushbu Kodeks 339-moddasining beshinchi qismida belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 339-moddaisning beshinchi qismi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining qolgan ishtirokchilari o‘zi hisobda turgan joydagi soliq organiga soliq hisobotini taqdim etmaydi.
Agar soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari ushbu guruhning konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga kiritilmaydigan daromadlarni olsa, ular o‘zi hisobda turgan joydagi soliq organlariga soliqning faqat ushbu daromadlarga nisbatan hisoblab chiqarilgan qismi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etadi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliq hisoboti shu guruhning mas’ul ishtirokchisi tomonidan soliq hisobi ma’lumotlari hamda umuman soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha konsolidatsiyalashgan soliq bazasi asosida faqat konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga nisbatan soliqni hisoblab chiqarish qismi bo‘yicha tuziladi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi tomonidan ushbu guruh faoliyat ko‘rsata boshlagan soliq davrining birinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq bo‘yicha har oylik bo‘nak to‘lovlarining summasi shu guruh barcha ishtirokchilarining ushbu guruh tuzilishidan oldingi soliq davrining uchinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovlari summasi sifatida aniqlanadi.
Agar soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma soliq organi tomonidan soliq davri boshlanganidan keyin ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari tomonidan soliq davri boshidan buyon o‘tgan hisobot davrlarining yakunlari bo‘yicha to‘langan bo‘nak (joriy) to‘lovlari soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining bo‘nak joriy to‘lovlari soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining tegishli ishtirokchisi hisobiga o‘tkazilishi (qaytarilishi) lozim.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling