Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 4.28 Mb.
bet336/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

711-bob. O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
4801-modda. Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasining alohida hududlarida mazkur Kodeksning 4802-moddasida belgilangan maxsus soliq stavkalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi soliq solishning alohida tartibi belgilanishi mumkin.
Soliq solishning alohida tartibiga ega O‘zbekiston Respublikasining alohida hududlari quyidagilardan iborat: Farg‘ona viloyatining So‘x tumani, Rishton tumanining Cho‘ng‘ara mahallasi, shuningdek Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa — 2 ko‘chasi.
4802-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq stavkalarini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
1) foyda solig‘i bo‘yicha — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq organida hisobda turgan va ayrim hududlarida amalga oshirilayotgan faoliyatdan daromadlar olayotgan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish chog‘ida qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar uchun qat’iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i har chorakda yigirma besh ming so‘m miqdorida to‘lanadi;
3) ijtimoiy soliq bo‘yicha:
yuridik shaxslar uchun (bundan budjet tashkilotlari mustasno) — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondiga nisbatan qo‘llaniladi;
O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida;
4) aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi soliq to‘lovchilarga nisbatan ular tushumining O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida amalga oshirilayotgan faoliyatidan olinadigan qismiga nisbatan qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining alohida hududlarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga va yer uchastkalariga, shuningdek ushbu hududlarda foydalaniladigan suv resurslariga nisbatan mazkur Kodeksning 415, 422, 429, 437 va 445-moddalarida belgilangan mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyent qo‘llaniladi.
(711-bob O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son — 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling