Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Soliq qarzini soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan undirish


Download 4.28 Mb.
bet90/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

124-modda. Soliq qarzini soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan undirish
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘iga doir soliq qarzini shu konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan undirishda ushbu Kodeks 123-moddasining qoidalari ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qo‘llaniladi.
Soliqni soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining mol-mulki hisobidan undirish birinchi navbatda mazkur konsolidatsiyalashgan guruh mas’ul ishtirokchisining ushbu Kodeksning 122-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul mablag‘lari va banklardagi pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisida ushbu Kodeksning 122-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul mablag‘lari va banklardagi pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan yoki umuman bo‘lmagan taqdirda, soliqni undirish mazkur guruhning boshqa a’zolaridan ularning naqd pul mablag‘lari hamda banklardagi pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarida ushbu Kodeksning 122-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul mablag‘lari va banklardagi pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan yoki umuman bo‘lmagan taqdirda, soliqni undirish mazkur guruh mas’ul ishtirokchisining boshqa mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi. Bunday undiruv ushbu Kodeks 123-moddasi to‘rtinchi qismining 2 — 6-bandlarida belgilangan ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi mas’ul ishtirokchisining mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda, soliqni undirish ushbu Kodeks 123-moddasi to‘rtinchi qismining 2 — 6-bandlarida belgilangan ketma-ketlikda mazkur guruh o‘zga ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi.
Soliq organi soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi mavjud axborot asosida boshqa mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish amalga oshiriladigan soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining tarkibini hamda avvalgi ishtirokchilarning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda mazkur ishtirokchilardan undiruv qanday ketma-ketlikda amalga oshirilishini mustaqil tarzda belgilaydi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining soliq qarzini boshqa mol-mulk hisobidan undirish to‘g‘risida qaror chiqarilgan ishtirokchilariga nisbatan soliq to‘lovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquq va kafolatlar tatbiq etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 5-bobi.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling