Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
-modda. Organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq organlariga ma’lumotlar
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
133-modda. Organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq organlariga ma’lumotlar
taqdim etish majburiyatlari Oldingi tahrirga qarang. Tadbirkorlik subyekti bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi soliq organiga ushbu shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay tegishli yuridik shaxslarning davlat reyestridan ko‘chirmani, rahbar (rahbar vazifalarini bajaruvchi shaxs) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini va uning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlarni topshirishi shart. Shuningdek mazkur organlar soliq organiga davlat reyestriga kiritilgan va tegishli shaxslarga taalluqli bo‘lgan har qanday o‘zgartirishlar to‘g‘risida bunday o‘zgartirishlar kiritilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ma’lum qilishi shart. (133-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son) Oldingi tahrirga qarang. Ichki ishlar organlari identifikatsiyalovchi ID-kartalar berilganligi, shu jumladan yo‘qotilgan yoki amal qilish muddati o‘tgan pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar o‘rniga identifikatsiyalovchi ID-kartalar berilganligi faktlari to‘g‘risida, bekor qilingan pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar haqida o‘zlari joylashgan joydagi soliq organlariga har oyda xabar berib borishi, shuningdek turar joyni ijaraga olish (ijaraga berish) shartnomasi, tekin foydalanishga berish shartnomasi mavjud emasligi yoki ijaraga olish (ijaraga berish) shartnomasining soliq organlarida majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etilmaganligi bo‘yicha aniqlangan faktlar to‘g‘risida o‘zlari joylashgan joydagi soliq organlariga uch kun ichida xabar berishi shart. (133-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son) Oldingi tahrirga qarang. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mol-mulk, ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etishi shart. (133-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son) Tabiiy resurslardan foydalanuvchilarni hisobga olishni va (yoki) ularni ro‘yxatdan o‘tkazishni, shuningdek tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiruvchi organlar tabiatdan foydalanish joyidagi soliq organlariga tegishli tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilgan (litsenziya, ruxsatnoma berilgan) kundan e’tiboran o‘n kun ichida soliq solish obyekti bo‘lgan bunday resurslardan foydalanishga doir huquqlar berish to‘g‘risida ma’lum qilishi shart. Oldingi tahrirga qarang. Suv resurslarini hisobga olishni amalga oshiruvchi organlar suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga suvdan foydalanuvchi shaxslar va ular tomonidan foydalanilgan suv hajmlari to‘g‘risida real vaqt rejimida elektron shaklda axborot taqdim etishi shart. (133-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714- sonli Qonuni Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling