Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

19-bob. Soliq monitoringi
169-modda. Soliq monitoringi to‘g‘risidagi umumiy qoidalar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Quyidagilar soliq monitoringining predmetidir: soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish,
o‘ziga nisbatan soliq monitoringi o‘tkazilayotgan yuridik shaxs tomonidan soliqlar va yig‘imlarni
hisoblashning to‘g‘riligi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligi (o‘tkazib berilganligi).


(169-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq monitoringi ushbu Kodeksga muvofiq yuridik shaxs qaysi soliqlar va yig‘imlarga
nisbatan soliq to‘lovchi yoki soliq agenti bo‘lsa, barcha shunday soliqlar va yig‘imlarni qamrab
oladi.
Soliq to‘lovchilar uchun soliq monitoringi ixtiyoriydir.
Soliq monitoringi soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror asosida soliq organi
tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik shaxs, agar uning oldingi yil uchun daromadlari yillik moliyaviy hisobot
ma’lumotlariga ko‘ra kamida besh milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, soliq monitoringini
o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan soliq organiga murojaat qilishga haqli.
(169-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son)
Yuridik shaxs soliq organiga soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risida ariza taqdim etgan
yildan keyingi kalendar yil soliq monitoringi o‘tkaziladigan davrdir.
Soliq monitoringini o‘tkazish soliq monitoringi o‘tkaziladigan yilning 1-yanvaridan
boshlanadi va soliq monitoringi o‘tkazilgan davrdan keyingi yilning 1-iyulida tugallanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son qarori
bilan tasdiqlangan Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 
1-bobi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling