Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-bob. Soliq solishdan ozod etish


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

33-bob. Soliq solishdan ozod etish
243-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish
bo‘yicha aylanma


Agar ushbu Kodeksning 
260-moddasida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
quyidagilarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga qarash bo‘yicha xizmatlarni;
(243-modda birinchi qismining birinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-653-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y.,
03/20/653/1592-son)
2) bemorlar va keksalarni parvarish qilish bo‘yicha xizmatlarni;
3) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlarini, diniy ashyolarni, diniy
tashkilotlar hamda birlashmalar tomonidan udumlarni va marosimlarni o‘tkazishga doir
xizmatlarni;
Oldingi
 tahrirga qarang.
4) protez-ortopediya buyumlarini, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun inventarni, shu
jumladan ushbu buyumlar va inventarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya
qilinadigan buyumlar va inventarni, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarga ortopedik
protezlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan protez-ortopediya buyumlarini va
inventarni ta’mirlash hamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarni;
(243-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-
770-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
5) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining
mahsulotlarini ushbu muassasalar tomonidan realizatsiya qilish;
6) ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat
bo‘lgan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga
haq to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan
shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya
qilinadigan tovarlar va xizmatlarni;
Oldingi
 tahrirga qarang.
(243-modda birinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-
812-sonli 
Qonuniga 
asosan 2023-yil 1-apreldan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son)
8) pensiyalar va nafaqalar to‘lashga doir xizmatlarni;
Oldingi
 tahrirga qarang.
(243-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-
812-sonli 
Qonuniga 
asosan 2023-yil 1-apreldan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son)
10) o‘qitish (ta’lim) sohasidagi xizmatlarni, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar
o‘tkazishni tashkil etish xizmatlarini, xususan:
boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan
keyingi ta’lim sohasidagi ta’lim xizmatlarini;
ta’lim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha
ta’lim berish bo‘yicha xizmatlarni;
maktabgacha ta’lim va tarbiya dasturlari doirasida ta’lim va tarbiyalash faoliyatini amalga
oshiruvchi tashkilotlarda bolalarga qarash va ularni parvarishlash bo‘yicha xizmatlarni,
to‘garaklarda, seksiyalarda (shu jumladan sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan
bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni;

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling