Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

Oldingi
 tahrirga qarang.
Ochiq payli investitsiya fondlarining muomaladagi investitsiya paylariga doir operatsiyalar
bo‘yicha, shu jumladan ular tegishli ochiq payli investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulkini
ishonchli boshqarishni amalga oshirayotgan kompaniyadan sotib olingan (to‘langan) taqdirda,
bitimning haqiqiy narxi, agar u investitsiya fondlari to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan
tartibda investitsiya payining hisob-kitob qiymatiga teng bo‘lsa, bozor narxi deb e’tirof etiladi va
soliq solish maqsadida qabul qilinadi.
(327-moddaning yigirma beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimning haqiqiy narxi, agar ushbu
bandda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qimmatli qog‘ozning hisob-kitob qilingan
narxi va narxning cheklangan tarzda chetga chiqishidan kelib chiqib aniqlangan eng yuqori va
eng past narxi o‘rtasidagi oraliqda turgan bo‘lsa, bozor narxi deb e’tirof etiladi va soliq solish
maqsadlari uchun qabul qilinadi.
Ushbu modda maqsadlari uchun muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar narxining
cheklangan tarzda chetga chiqishi, ushbu qimmatli qog‘ozning hisob-kitob qilingan narxidan
20 foiz miqdorda ko‘payishidan yoki kamayishidan kelib chiqib belgilanadi.
Muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘oz hisob-kitob qilingan narxidan kelib chiqqan
holda belgilangan eng kam narxidan va narxlarning chegaraviy tarzda chetga chiqishidan kelib
chiqib hisoblangan narxidan past narxda realizatsiya qilingan taqdirda, moliyaviy natijani
aniqlashda qimmatli qog‘ozning hisob-kitob qilingan narxidan va narxlarning chegaraviy
o‘zgarishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng past narx qabul qilinadi.
Muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlarning hisob-kitob qilingan
narxidan va narxlarning chegaraviy o‘zgarishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng yuqori
narx bo‘yicha sotib olingan taqdirda, soliq solish maqsadlarida moliyaviy natijani aniqlashda
qimmatli qog‘ozning hisob-kitob qilingan narxidan va narxlarning chegaraviy chetga
chiqishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng yuqori narx qabul qilinadi.
Ushbu modda maqsadlarida qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada
bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarning hisob-kitob narxini belgilash tartibi qimmatli qog‘ozlar
bozori bo‘yicha vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan
kelishilgan holda belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ochiq payli investitsiya fondlarining qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida
muomalada bo‘lmagan investitsiya paylariga doir operatsiyalar bo‘yicha, shu jumladan ular
ochiq payli investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulkni ishonchli boshqarishni amalga


oshiruvchi boshqaruvchi kompaniyadan sotib olingan (to‘langan) taqdirda, agar bitimning
haqiqiy bahosi investitsiya fondlari to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlangan
investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymatiga teng bo‘lsa, soliq solish maqsadlari uchun
bitimning haqiqiy narxi qabul qilinadi.
(327-moddaning o‘ttiz birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yopiq va oraliq payli investitsiya fondlarining muomalada bo‘lmagan investitsiya paylariga
doir operatsiyalar bo‘yicha, shu jumladan ular tegishli payli investitsiya fondini tashkil etuvchi
mol-mulk ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi boshqaruvchi kompaniyadan sotib olingan
taqdirda, agar bitimning haqiqiy bahosi investitsiya fondlari to‘g‘risidagi qonunchilikda
belgilangan tartibda aniqlangan investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymatiga teng
bo‘lsa, soliq solish maqsadlari uchun bitimning haqiqiy narxi qabul qilinadi.
(327-moddaning o‘ttiz ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar investitsiya fondlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq payli investitsiya fondlarining
muomalasi cheklangan investitsiya paylarini berish, to‘lash yoki ayirboshlash investitsiya
payining hisob-kitob qilingan qiymati bo‘yicha amalga oshirilmasa, agar bitimning haqiqiy
bahosi bitta investitsiya payi beriladigan va payli investitsiya fondini ishonchli boshqarish
qoidalariga muvofiq, tebranishlarning eng ko‘p chegarasi hisobga olinmagan holda aniqlangan
pul mablag‘larining summasiga teng bo‘lsa, soliq solish maqsadida bitimning haqiqiy narxi
qabul qilinadi.
(327-moddaning o‘ttiz uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarning hisob-kitob qilingan narxi qimmatli
qog‘ozni o‘tkazishning barcha muhim shartlarini belgilovchi shartnoma sanasida aniqlanadi.
Soliq solish maqsadlari uchun muomalada bo‘lmagan investitsiya paylarining hisob-kitob
qilingan narxi bitimni tuzish sanasiga eng yaqin bo‘lgan, investitsiya payining hisob-kitob
qilingan qiymati aniqlanadigan sanadan oldingi sanada aniqlanadi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling